ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

POMIDORNING NAV NAMUNALARINI IQLIMLASHTIRISH VA URUG‘ TAYORLASH USLUBLARI

Abstract

Bugingi kunda tezlik bilan rivojlanib borayatgan demografik o‘zgarishlar, oziq-ovqat tanqisligi, global iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi sohasida birqancha muomolarni yuzaga keltirdi. Chunga qaramastan, mamlakatimizda sabzavot-poliz mahsulotlarini yetishtirish va eksport hajmini kengaytirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni kiritish bo‘yishа ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

УДК

635.631.53 OAK tan olgan bazalarda indekslanadigan O'zbekiston jurnallari

TAYORLASH USLUBLARI

Jolimbetova Gu‘laziya Majit qizi- Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va

agrotexnologiyalar institutining 2- bosqish magistranti

Kirish. Bugingi kunda tezlik bilan rivojlanib borayatgan demografik o‘zgarishlar, oziq-ovqat tanqisligi, global iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi sohasida birqancha muomolarni yuzaga keltirdi.

Chunga qaramastan, mamlakatimizda sabzavot-poliz mahsulotlarini yetishtirish va eksport hajmini kengaytirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni kiritish bo‘yishа ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 29 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavodchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimsha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5388-son farmoni; 2019 yil 11 dekabrdagi «Meva-sabzavodchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4549-son qarori; 2019 yil 23 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini taskiqlash to‘g‘risida»gi PF-5853-sonli farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vaziyfalarni bajarish sohani rivojlanishiga xizmat qiladi.

Respublikamizda xalq sonining ortishi, ularning turmush darajasining yaqshilanib borishiga, qishloq xo‘jaligining asosiy sohasi bo‘lgan sabzavod va polizshilikning o‘rni katta. Хalqning eng ko‘p istemol qiladigan sabzavotlaridan biri bu - pomidor hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sabzavod ekinlari ichida pomidor yetakshi o‘rinni egallaydi. 2022-yilda pomidor ekini 4697 gektar mаydonda yetishtirilgan, yalpi mahsulot hajmi 79077 tonna bo‘lgan. Sabzavodlar yetishtiriladigan umumiy mаydonning 39,7%, yalpi mahsulot hajmning 26,2% pomidor ekiniga to‘g‘ri keladi.

X.Ch.Buriev, D.E.Madreyimova (2016) [2], pikrinsha, xalqning sabzavod o‘simliklariga bo‘lgan hozirgi talabiga muvofiq yuqori o‘nimli va texnologik navlar yaratilmoqda.

Navlarni boshqa yerga mexanik tarafdan olib borishga bo‘lmaydi. S.S.Muradova, K.Davronov, K.T.Normurodova, D.E.Madreyimova (2017) [3] pikricha navlarni keng maydonlarga rayonlashtirishning asosiy ishi shundan iborat, yaratilgan hududda yuqori o‘nimdorlikka ega bo‘lib, boshqa hududlarda shu ko‘rsatkishdan past bo‘lsa, demak yaratilgan yangi nav faqatgina shu hududga ekilishi kerak. Shu boyis har bir hududning o‘zining sharoyitiga tegishli navlari bo‘lishi kerak. Bu har bir klimat sharoyitga tegishli selektsionerlar tamonidan shu hududda tanlash yo‘li bilan yangi navlarni yaratish kerakligini bildiradi.

Shu bilan birga, mahalliy sharoyitlarda yetishtirilgan urug‘lar yuqori o‘nimdorli avlod berishi haqida ham ko‘pgina malumotlar bor (Balashov V.V., Shefatov A.V., 1999) [1].

Pomidorning keng hajmda istemol qilinishi va ko‘plab yetishtirilishi – mevasining tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, minerallar, organik moddalar ko‘pligi bilan bog‘liq. Mevasining tarkibida 4,5-8,7 quruq modda, 3% atirofida qandli moddalar, shu jumladan kraxmal, klechatka, yog‘lar, karatinoid, pektin moddalari, fermentlar, alkoloidlar hamda askorbin kislotasi mavjud.

Pomidor mevasidan 100 dan ortiq mahsulotlar tayorlanadi. Ularni toza holida, quritilgan, tuzlangan hollarida poydalanish mumkin. Mamlakatimizda pomidor mevalarini toza holida iste’mol qilinishi, foydalanishgan hamda qayta ishlangan mahsulotlarni eksportga chiqarish imkoniyatlari juda katta.

Respublika hukumatining 2017-2021-yillar davomida paxta maydonlarini qisqartirish hisobidan mevali bog‘larni va sabzavod- poliz ekinlari maydonlarini kengayttirish orqali, xalqning meva-poliz mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga, eksport ko‘lamini ortdirishga katta etibor qaratilmoqda.

Pomidor yetishtirishni ko‘payttirishning asosiy yo‘li – hosildorlikni ko‘payttirish. Pomidor hosildorligini ko‘payttirish uchun, yangi hosildor nav va duragaylarni ishlab chiqarishga joriy etish, yangi texnologiyalardan foydalanish va uning urug‘shiligini to‘g‘ri yo‘lga qoyishni talab etadi.

Biz shu maqsadda, pomidorning ko‘plab mahalliy navlarin va shetdan olib kelingan turli xil nav namunalarini respublikamiz sharoyitida ekib o‘stirish orqali, ularning tuproq-iqlm shoroyitimizga moslashuvini o‘rgandik.

Materiallar va uslublar. Dala tajriybasi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida olib borildi. Tajriyba ob`ekti sipatida kollektsiyon- Riogrande, Super strayn, Super andur va H-7422 nav namunalari o‘rganildi.

Dala tajiriybasida fenologik nazoratlar, biometrik o‘lshovlar olib borildi, unimdorlik, hosilning tovarbopligi, shu jumladan mevalardan urug‘ shiqimi aniqlandi. Lobaratoriya sharoyitida 1000 dona urug‘ massasi, o‘nib shiqish energiyasi va o‘nibshangligi o‘rganildi. Olingan malumotlar B.A.Dospexov (1985) metodikasi bo‘yish statistik analiz qilindi.

Natijalar va munozara. Pomidor asosan 70x25(30) yoki 90x25(30) sxemasida ekiladi. Pomidorni almashlab ekishda eng yaqshi ekinlar: karam, bodiring, poydali ko‘katlar, ildiz mevalilar, beda va poliz ekinlari hisoblanadi. Iytuzumdoshlar turkimiga kiradigan ekinlar - karam, bolgar qalampir, baklajon ekilgan maydonlarga pomidor ekish tabsiya qilinmaydi.

Pomidor ekinining ozuqaviy moddalarga talabshangligi juda yuqori boladi. Shu jumladan 40-45 t/ga pomidor hosilini olish uchun, tuproqqa 180-200 kg azot, 140-150 fosfor, 100kg kaliy berilishi kerak.

O‘simlikning o‘sish davrida ozuqaviy moddalar bilan to‘liq taminlanishi uchun, fosforning 75%, kaliyning 50%i kuzda asosiy yer haydashdan oldin, qolgan fosforning qolgan qismini azotning 3/1 bo‘lagi bilan ekish oldidan, azotning 3/2 qismi kaliyning 50%i bilan birga o‘simlikning o‘suv davrida beriladi. Pomidor oshiq dalaga o‘tkazilgandan keyin ikki marta oziqlantiriladi. Birinchi oziqlantirish, o‘simlik ommaviy gullaganda, ikkinchi oziqlantirish mevalab boshlaganda amalga oshiriladi.

Pomidordan yuqori hosil olish uchun, uning ozuqaga bo‘lgan talabini hisobga olish kerak. Asosiy oziqlik moddalardan kaliy, kalciy, azot va fosforni pomidor o‘simligi ko‘p talab etediqiladi. Fosfor, pomidorning mevalashida asosiy ro‘l oynaydi. O‘zlashtirilgan fosforning 94%i, mevalarning rivojlanishiga sariflanadi. Pomidor nihollari rivojlanishining dastlabki kunlarida fosforli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish kerak, sababi u ildiz tizimining yaqshi rivojlanishiga, meva moddalari toplanishiga va erta gullashiga, mevaning erta pishishiga samarali tasir ko‘rsatadi. Fosforning yetishmasligi, o‘simlik tarafidan azot o‘zlashtirilishini pasayttiradi, natiyjada o‘simlik kalta boyli, nozik bo‘lib qoladi.

O‘simlikda shingillarning joylashish orniga va soniga qarap ham urug‘larning yirik – kichikligi o‘zgaradi. O‘simlikda shingillar soni qanchali ko‘p bolsa, urug‘lari chuncha mayda bo‘lib, urug‘lar soni ko‘payadi. Aksinsha qanchalik shingil soni oz bo‘lsa, chunchalik yirik urug‘lar shakillanadi. Pomidor mevasida naviga binoan urug‘lar soni 50 dan 120 gacha, yoki 170-320mg, meva og‘irligining 0,2 - 0,5%ni tashkil qiladi. Pomidorning nok shakilli va kishik tuxim shakilli navlarining urug‘lari mayda, ko‘p sonda, yirik dumoloq yoki yalpoq shakilga ega pomidor navlarida, urug‘lar soni kam va yirik bo‘lishi aniqlandi. Erta pishar pomidor navining elita urug‘larini, birinshi terim vaqtida olish kerak. Ayrim indeterminant navlardan birinchi shingilining mevalaridan, determinant navlarning ikkinchi, u‘chinchi, to‘rtinchi shingillaridan olishga bo‘ladi.

Pomidor tuproq namliligiga talabshan, havo namligi 45-65 % atrofida bo‘lgani maqul. Namlik 80%dan yuqori bo‘lganda, gullari shanglanishini to‘qtatadi va zamburug kasaligi paydo bo‘la boshlaydi.

Xulosalar. Olingan natiyjalarga qaraganda, oshiq maydonlarda yetishtirilgan pomidorlar shipobaxishligi va mazasi bo‘yisha bir qancha yuqori xususiyatlarga ega. Shu boyistan pomidor urug‘larini oldin pleonkada undirib, nihol tayorlab, keyin tabiy sharoyitta yetishtirgan maqul.

Yon shoxlaridan tayorlangan urug‘larning gullash fazasi va birinchi mevalarining pishish vaqti, asosiy payaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shoxlaridan tayorlangan urug‘larga nisbatan juda kesh boshlanadi. Shu jumladan asosiy payaning shoxlaridan yetishtirilgan nihollarga solishtirganda, yon shoxlaridan yetishtirilgan urug‘larning dastlabki mevalari ham kesh pishib yetilishi belgili bo‘ldi.

Adabiyotlar royxati

1. Balashov V.V., Shefatov V .A. Vliyanie mest vırashivaniya semyan tomata na ix posevnıe kachestva i urojay // Kartofel i oboshi. – Moskva, 1999. – №3. – S. 23- 24.

2. Buriev X.Ch., Madreyimova D.E., Ubbiniyazova D.O Raznokachestvennost` semyan tomata v Uzbekistane //Monografiya, Germaniya, Lamberd, 2016. – S. 127.

3. Muradova S.S., Davronov K., Normurodova K.T., Madreyimova D.E. Pomidor usimligi xosildorligini oshirishda rezobakteriyalar asosida xosildorligini oshirish //Jurnal UzMU Xabarlari 2017 № 3/2. 1b.101-104s.

4. https://lex.uz/m/acts/3758023

5. https://lex.uz/docs/3604601

6. https://lex.uz/docs/4567334

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.