ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

PUBLISISTIKA USLUBIDA MAQOL VA MATALLARNING IFODALANISH XUSUSSIYATLARI

Abstract

Maqollar va matallar oz xususiyati bilan o`zbek tilining ajralmas bir bolagi hisoblanadi. Ayrim maqollarning kelib chiqish tarixi uzoq tarixlarga borib taqaladi va insonlarning yashagan davri, osha paytda qamrab turgan muhit, davr mentaliteti, dunyoqarashlari ham ahamiyatlidir. Ushbu maqolada maqol va matallarning xalq so’zlashuv hayotidagi o’rni va ahamiyati, uning ijodkorlar asarlaridagi tutgan o’rni haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, publisistika sohasining maqol va matallar bilan chambarchas bog’liq ekanligi ko’rsatib o’tiladi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

XUSUSSIYATLARI

Madaminova Gulsora Mirxamidovna

Farg’ona davlat universiteti chet tillar kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya: Maqollar va matallar oz xususiyati bilan o`zbek tilining ajralmas bir bolagi hisoblanadi. Ayrim maqollarning kelib chiqish tarixi uzoq tarixlarga borib taqaladi va insonlarning yashagan davri, osha paytda qamrab turgan muhit, davr mentaliteti, dunyoqarashlari ham ahamiyatlidir. Ushbu maqolada maqol va matallarning xalq so’zlashuv hayotidagi o’rni va ahamiyati, uning ijodkorlar asarlaridagi tutgan o’rni haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, publisistika sohasining maqol va matallar bilan chambarchas bog’liq ekanligi ko’rsatib o’tiladi.

Kalit so’zlar: Majoziy ibora, ritmik shakl, antiteza, ong, qarash, estetik tuyg’u, poetic shakl.

Matal—muayyan hayotiy hodisani aniq va to`g`ri belgilab beradigan obrazli ifoda, ibora. Matallarda asosan kinoya qochiriq, taqqoslash, o`xshatish kabi badiiy vositalardan oqilona foydalaniladi. Bunda asosan majoziy iboralarning o`z asl manolari bilan bir vaqtda ularning ko`chma ma`nolari o`rtasidagi yaqinlik, mantiqiy bog`lanilishi lozim. Maqollar va matallar bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida qofiyalanish hamisha saqlanmaydi.

“Shamol bo`lmasa, daraxtning shoxi qimirlamas”

“Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit.”1

Maqol va matallar muayyan ritmik shaklga ega bo`ladi. Maqol –xalq og`zaki ijodi janri; qisqa va lo`nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma`noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli janr hisoblanadi. Maqol ham matallar singari muayyan ritmik shaklga egadir. Maqollarda asosan avlod ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatdagi munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg`ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixchamlanib sodda poetik shaklga keltiriladi. 1 O`Zme.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.

Maqol va matallar mavzular jihatdan rang barangdir. Vatan, mehnat, ilm-hunar, do`stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy xislatlar xususida rang-barang maqol va matallar vujudga kelgan. Maqollarda antiteza hodisasi ko`p uchraydi.

“Kattaga hurmatda bo`l, kichikka izzatda bo`l”

“Uzoqni somonidan yaqinning poxoli yaxshi”

Publisistika uslubi va unda maqol va matallarning ifodalanishi, xususiyatlari haqida gapiradigan bo`lsak, avvalo publisistika uslubi nima? Uning xususiyati nima? Uning ahamiyati nimadan iborat? degan qator savollarga javob berishimiz kerak.

Publisistika(lotincha: publicus- ijtimoiy) – davrning ijyimoiy- siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bag`ishlangan adabiy ijod turi hisoblanadi. Publisistikaning vazifasi ijtimoiy fikr uyg`otish va uni shakllantirish, ma`lum maqsadga yo`naltirish, hujjatli fakt, ma`lumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador o`tmish va kelajak faktlari publisistikaning ma`lum bir predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ong, qarashlarning salmog`i ortgan sari publisistning, ya’ni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifodalash tamoyili ham oshadi. Publisistika roman, pyesa, kino asarlarda ham paydo bo`lmoqda. Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham publisistikaga kiradi. Publisistika mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy- axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslubiy jihatidan baxs-munozarali, tashviqot- targ`ibot, tanqidiy- tahliliy, hajviy ko`rinishlarga ega.

O`rta Osiyo xalqlari tarixida publisistika ancha qadimiydir. Publisistika xususiyatlari “Qobusnoma” asarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Shu o`rinda Alisher Navoiyning “Majolis un- nafois”, “Munshaot” , “Mahbub ul-qulub” asarlarida ham publisistikaning tugal xususiyatlari uchraydi. O`tgan asrlarda yashab ijod etgan, ko`zga ko`ringan namoyondalarimiz Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Mahmud, Sayid Hasan Ardasher va boshqalarni adabiy portretlarini publisistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiyni nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni o`zbek badiiy publisistikasining asoschisi deb atashga imkon beradi. Publisistik xususiyat o`zbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. O`zbekistonda ijtimoiy hayotga etilgan.2

90-yillardan so`ng o`zbek milliy jurnalistikasida ham o`ziga xos o`zgarishlar kuzatildi. An`anaviy sharhlash jurnalistikasi o`rniga yangilik jurnalistikasi paydo bo`ldi. Natijada publisistik janrlar axborot janrlariga ko`proq o`rin bera boshladi. Publisistika keying yillarda yuqori bosqichlarga ko`tarilishda davom etdi.

Maqol va matallarning publisistikada ishlatilish ahamiyatini ko’zga ko`ringan yana bir jihati shundan iboratki, unda bu voqelikni yoki deylik axborotni o`qiyotgan o`quvchi qisqa, lo`nda, hech bir qiyinchiliksiz tushuna olishidir. XX asrda ijod qilgan ayrim adiblarimiz maqol va matallarning bu xususiyatlaridan yozgan samarali asarlarida foydalangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirxamidovna, M. G. (2022). MAQOL VA MATALLARNING KOMMUNIKATIV XUSUSIYATI. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(2), 125-129.

2. Madaminova, G. M. (2020). ON THE QUESTION OF DEFINING THE

CONCEPT OF" SLANG". Мировая наука, (1), 41-44.

3. Mirxamidovna, M. G., & Musinovna, S. H. (2022). Communicative Characteristics of Proverbs and Languages. International Journal of Formal Education, 1(10), 11-17.

4. Musinovna, S. H., & Mirxamidovna, M. G. (2022). Paremiological Units in Uzbek, English and Russian. International Journal of Formal Education, 1(10), 18- 21.

5. Musinovna, S. H., & Mirxamidovna, M. G. (2022). Paremiological Units in Uzbek, English and Russian. International Journal of Formal Education, 1(10), 18- 21.

6. Musinovna, S. H., & Tadjibaevn, M. A. (2021). STRUCTURAL AND SEMANTIC CHARACTERISTICS OF PROVERBS. Евразийский Союз Ученых, (1-4 (82)), 22-25.

7. Sotvoldiyeva, H. M. (2019). STRUCTURAL AND SEMANTIC

CHARACTERISTICS OF PROVERBS. Мировая наука, (9), 53-56.

2 Publisistika vikipediya

8. Oxojonovich, A. S., & Usmoilovich, A. Y. (2022). About the Problems of Language Teaching to Little Children. International Journal of Culture and Modernity, 14, 30-34.

9. Abdiloyev, S. O. (2022). Nemis tili darslarida frazeologizmlardan foydalanishning innovatsion usullari. Архив научных исследований, 2(1).

10. Oxojonovich, A. S. (2022). On the General Associative Aspects of Allegoric Symbols. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 424-428.

11. Aziz, A., & Shavkat, A. (2022). Aristocrats Sympathetic to Heine. International Journal of Formal Education, 1(10), 40-43.

12. Aziz, A., & Shavkat, A. (2022). Symbol of the Paris of Inspiration. International Journal of Formal Education, 1(11), 17-20.

13. Умаржонова, Г. М., & Абдиллоев, Ш. О. (2022). НЕМИС ВА ЎЗБЕК

ТИЛЛАРИДА “HAND”-“ҚЎЛ” КОМПОНЕНТЛИ СОМАТИК

ФРАЗЕОЛОГИЗМЛАРНИНГ СТРУКТУР-ГРАММАТИК

ТАҲЛИЛИ. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY

JURNALI, 2(10), 226-231.

14. Oxonjonovich, A. S. (2022). GERMAN PHRASEOLOGICAL UNITS

WITH A ZOONYM COMPONENT. BARQARORLIK VA YETAKCHI

TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 239-244.

15. Oxonjonovich, A. S. (2023). Peculiarities of Semantics of Phraseological Units with Zoonyms. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 17, 98-102.

16. Ibrokhimovich, S. R., & Mamatojievich, M. A. (2021). TECHNIQUES FOR CREATIVE WRITING. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(12), 493-496.

17. Ibrokhimovich, S. R., & Yusupovich, I. V. (2021). Professional Communication in the Pedagogical Activity of a Teacher. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 264-268.

18. Yusupovich, I. V., Pirnazarovich, R. R., & Mamatojiyevich, M. A. (2022). Using Social Forms in German Language Lessons its Benefits. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 724-726.

19. Ibroximovich, S. R. (2022). SATIRA JANRINING PAYDO BO'LISHI

VA RIVOJLANISHI TARIXI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR

ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 245-251.

20. Ibroximovich, S. R., & Yusupovich, I. V. (2022). Satire as a Literary Genre. International Journal of Formal Education, 1(11), 9-16.

21. Adxamjonovich, M. R., & Ibroximovich, S. R. (2022). Lexico-Thematic and Linguoculturological Characteristics of the Concept Teacher. International Journal of Formal Education, 1(10), 106-110.

22. Abdufattoyevna, H. M. (2021). Neurodidactics In Teaching Foreign Languages. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 3, 142-144.

23. Kuchk arova, Y., & Nuriddinova, S. (2021). ISSUES OF PERFECT PERSONAL EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 524-527.

24. Abdufattoyevna, H. M. (2021). Neurodidactics In Teaching Foreign Languages. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 3, 142-144.

25. Abdufattoyevna, H. M., & Munira, M. (2022). MODERN

EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN ENGLISH LESSONS. BARQARORLIK VA

YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 295-301.

26. Abdufattoyevna, H. M., & Munira, M. (2022). Modern English Teaching Methods. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(11), 357-362.

27. Abdufattoyevna, H. M. (2023). TEACHING ENGLISH AS THE

SECOND FOREIGN LANGUAGE. BARQARORLIK VA YETAKCHI

TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(4), 21-27.

28. Йигиталиева, З. М. (2020). МАТНДА МОДУСНИНГ ИФОДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ. Международный журнал искусство слова, 3(2).

29. Йигиталиева, З. М. (2022). МОДУСНИНГ ПРОСОДИК

ВОСИТАЛАР ОРҚАЛИ ИФОДАЛАНИШИ. TA'LIM VA RIVOJLANISH

TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 193-200.

30. Йигиталиева, З. М. (2022). ТИЛДА МОДУС ИФОДАЛОВЧИ

ЛЕКСИК ВОСИТАЛАР ТАҲЛИЛИ. INTEGRATION OF SCIENCE,

EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6),

225-231.

31. Йигиталиева, З. М. МИМИК МОДУСДА ЭМОЦИЯНИНГ

ИФОДАЛАНИШИ.

32. Yigitaliyeva, Z. M. (2020). About functional synactic aspects of modality and modus. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(8), 266-272.

33. Muratovna, Y. Z. (2022). Psychological and CognitivePragmatic Basis of Modus. Eurasian Scientific Herald, 6, 120-124.

34. Yigitaliyeva, Z. M. (2019). Methods of modus expression in Uzbek publicistic texts. International Journal of Student Research, (3), 84-87.

35. Yigitaliyeva, Z. (2020). EXPRESSION OF THE MODUS BY PARALINGUISTIC MEANS. Theoretical & Applied Science, (2), 25-29.

36. Yigitalieva, Z. (2022, March). ANALYSIS OF TEXT CONCEPTS. In E Conference Zone (pp. 1-3).

37. Muratovna, Y. Z. (2021). Modern Interpretation of Language Modal Structure. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

38. угли Мухаммаджонов, С. Т. (2022). ПОНЯТИЕ" РЕБЕНОК" И ИХ

СРЕДСТВА В СОВРЕМЕННОЙ ЛИНГВИСТИКЕ. PEDAGOGS jurnali, 23(1),

196-199.

39. Salohiddin, M. (2022). EUROPEAN LITERATURE AND ITS

FORMATION. Confrencea, 4(4), 34-36.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.