ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

QADIMDA USTALARNING SHOGIRD TAYYORLASHDA O’ZIGA XOS MILLIY ANANAVIY ASOSLARI.

Abstract

Qadimda ajdodlarimiz ustoz-shogird asosida yoshlarga hunar o’rgatish bo’yicha boy tajribaga egadir.  Shuning uchun biz quyida Markaziy Osiyoda ustoz va shogird an’analari asosida kadrlar tayyorlash tarixi haqida fikr yuritmoqchimiz.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

XOS MILLIY ANANAVIY ASOSLARI.

Amanullayev Abdunabi Abdumo‘minovich

Namangan davlat universiteti Amaliy san’at va rangtasvir kafedrasi

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

amanullayev2020@mail.ru

Annotatsiya: Qadimda ajdodlarimiz ustoz-shogird asosida yoshlarga hunar o’rgatish bo’yicha boy tajribaga egadir. Shuning uchun biz quyida Markaziy Osiyoda qonun-qoidalar, talablari bo’lgan. Xalq xunarmandchiligida ustozlarning o’ziga yarasha ikki fazilatlari ya’ni shaxsiy va kasbiy fazilatlarining o’z mezoni bo’lgan. Shu mezon asosida ustaga salbiy va ijobiy baho berganlar. Shuning uchun ota o’z farzandini yakka shogirdlikka berishda ustaning yuqoridagi mezonga javob bera olish darajasini atroflicha o’rganib chiqadi.

Kalit so’zlar: Assimetriya, ritm, Simmetriya, ganchkorlik, an’analar, Silet, Ornamet, Perspiktiva, Plastika, muqarnas, grix, me’mor, stilizatsiya.

V drevnosti nashi predki imeli bogatыy opыt obucheniya molodeji professionalnomu masterstvu po prinsipu «uchitel-uchenik». Poetomu mы xoteli bы obsudit nije istoriyu podgotovki uchiteley i uchenikov v Sentralnoy Azii. V drevnosti podgotovka masterov imela svoi natsionalnыe traditsii, obыchai, pravila i trebovaniya.

Annotatsiya:V narodnыx promыslax uchitelya obladali dvumya unikalnыmi kachestvami: lichnыm i professionalnыm. Po etomu kriteriyu master otsenivalsya otritsatelno i polojitelno. Poetomu, kogda otets zapisыvayet svoyego rebenka v kachestve individualnogo uchenika, on tщatelno proveryayet sposobnost mastera sootvetstvovat vыsheperechislennыm kriteriyam.

Klyuchevыe slova: Asimmetriya, ritm, simmetriya, keramika, traditsii, Silet, Ornamet, Perspektiva, Plastika, mukarnas, griks, zodchiy, stilizatsiya.

Annotation: In ancient times, our ancestors had a rich experience in teaching trades to young people on the basis of teachers and students. Therefore, we would like to discuss below the history of teacher and student training in Central Asia.

In ancient times, master training had its own national traditions, customs, rules and requirements. In folk handicrafts, teachers had two unique qualities: personal and professional. Based on this criterion, the master was evaluated negatively and positively. Therefore, when a father enrolls his child as an individual student, he carefully examines the master's ability to meet the above criteria.

Keywords: Asymmetry, rhythm, symmetry, pottery, traditions, Silet, Ornamet, Perspiktiva, Plastic, muqarnas, grix, architect, stylization.

O’zbekiston xalqlarining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy o’rganish va taxlil qilish g’oyat muhimdir. Republikamiz xukumatining qator xujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozlari asosida rivojlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarga tarbiya-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashxur bo’lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu ma’noda Respublika xukumati tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan islox qilish maqsadida 1997 yil “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Qarorlar tayyorlashbo’yicha milliy dastur” qabul qilindi. Unda O’zbekiston Respublikasining ta’lim soxasidagi siyosatini. Umuminsoniy qadriyatlar, jamiyatning istiqbolidagi rivojlanishini hisobga olgan holda yurg’iziladi deyilgan.

Kirish:Qadimda ajdodlarimiz ustoz-shogird asosida yoshlarga hunar o’rgatish bo’yicha boy tajribaga egadir. Lekin keyingi vaqtlarda ajdodlarimizning boy me’rosidan hamda tajribalaridan to’liq foydalana olmayapmiz. Buning sabablaridan biri ustoz-shogird an’analarini chuqur o’rganmaganligimizdir.

Ajdodlarimiz tajribalari yoritilgan adabiyotlarni ham yetarli deb bo’lmaydi. Bundan tashqari ajdodlarimiz boy tajribalarini hozirda hunar o’rgatilayotgan joylarda. Chunonchi: oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida ustoz va shodird asosida o’rgatayotgan ustaxonalarda. Qo’shimcha ta’lim muassasalarida ustoz va shogird sharqona odobi to’liq o’rgatilmasligi o’quvchi yoshlarimizni axloq odobiga va bilim darajasiga, umuman, ular ma’naviyatining shakllanmasligiga salbiy ta’sir etayotganligining guvoxi bo’lamiz. Shuning uchun biz quyida Markaziy Osiyoda qonun-qoidalar, talablari bo’lgan.

Xalq xunarmandchiligida ustozlarning o’ziga yarasha ikki fazilatlari ya’ni shaxsiy va kasbiy fazilatlarining o’z mezoni bo’lgan. SHu mezon asosida ustaga salbiy va ijobiy baho berganlar. SHuning uchun ota o’z farzandini yakka shogirdlikka berishda ustaning yuqoridagi mezonga javob bera olish darajasini atroflicha o’rganib chiqadi.

Ya’ni “Yomon ustaga berma shogird etib, buzar u buzuq fe’lini o’rgatib”, maqoliga asosan yaxshi ustaga “Suyagi bizniki, eti sizniki” degan an’ana bo’yicha topshirganlar.

“Bolani usta oldiga olib borish o’ziga yarasha tantana bo’lgan. Bolaning otaonasi va qarindosh-urug’lari “bo’y” degan bo’g’irsoq va holvaytar qilib, ustaning huzuriga kelganlar va “bolaning go’shti sizniki, suyagi bizniki” qabiladagi gaplar bilan uning ixtiyoriga topshirganlar. Keltirilgan pishirig’lar o’sha paytdayoq birgalikda tanovul etilgan. Usta bolaga hunar o’rgatishdan tashqari butun o’qish davomida oziqovqat bilan ham ta’minlab turgan.

Ikkala kelishuvchi tomon orasida yozma ravishda shartnoma bo’lmagan. Kasbga o’rgatish tekin bo’lgan”.

Buning uchun ustoz shogirdiga mayda-chuyda uy ishlarini buyurgan. Keyingi esa ustaga asbob-uskunalarni olib berib turish yoki xom-ashyoni tayyorlab turish, keyinchalik esa eshik derazalarni, ustunlarni o’rnatishga va naqshlarni o’yishga o’rgatgan. Ya’ni bolani yashash bilan birga hunar sirlarni oddiydan murakkabga qarab o’rgatib borgan. 3-4 yillardan so’ng yaxshi tajribali shogirdga usta 15-20 kun mobaynida pul ishlab kelishi uchun ruxsat bergan.

SHogirdga usta nomini berishining o’ziga xos urf-odatlari bo’dgan. Bu tantanali kun shogirdning ota-onasi uyida yoki ustaning uyida o’tkazilgan. Marosimga shogirdning qarindoshlari , ustozning qo’lida ishlayotgan shogirdlar, ustalar, mullalar qatnashgan. Ustalar kattasi oqsoqol yoki ustakalon yoki uning yordamchisi poykor usta nomini olayotgan shogirdning boshiga salla o’raydi. CHo’pon kiygizib beliga qiyiqcha bog’lanadi va masalan, duradgor yoki yog’och o’ymakor usta bo’ladigan bo’lsa belbog’iga tesha yoki arra qistirib qo’yiladi. Ustachilik qonun qoidalarida tarixi va duradgorlikning 12 qoidalari, insonlarga bo’lgan muhabbat, tartib-intizom, haqgo’ylik, o’z kasbini yurakdan yaxshi ko’radigan bo’lish va boshqalar o’rgatiladi. Odatda , shogirdga toza suv berishgan va undan bo’lg’usi usta bir necha qultum ichgan. SHundan so’ng esa shogirdni “usta” degan unvon bilan ataganlar, ustalar va do’stlari uni tabriklaganlar. Keyin katta usta dasturxondan “Nonni suxta” nomli tandir nonni olib kechaning sababchisi bo’lgan shogirdiga qarab “qaerga borsang ham o’zingni qilgan kulchangni ko’rsatgin” deb beradi. Yosh usta nonni dasturxon ustiga qo’yadi.

Bunday urf-odatlarning har xil turlari bo’lgan. Ba’zi urf-odat bo’yicha bo’lguvchi ustaga biror - bir uyni mustaqil bezashga topshirganlar. U bo’lajak usta ishni ishni birkazgandan so’ng ustalar uning qilgan ishini tekshiradilar va baho beradilar.agar ish ustalarga ma’qul tushsa, unda urf-odatlar bo’yicha shogirdga “usta” degan unvon berilgan. SHundan so’ng yosh ustaga boshqa shaharga borib mustaqil ishlashga ruxsat berilar edi. Yoki ba’zi yosh ustalar “xalifa”, ya’ni katta usta boshchiligida birga ishlab yurar edilar.

Har bir hunar ham odatda avloddan- avlodga o’tgan, begona bolalardan esa o’ta iste’dodli, shu hunarga mehr qo’yganlargina tanlab olingan. CHinakam o’ymakor ustalarni orzu qilgan kishilar uchun madrasada o’qigan bo’lishi, tarix, she’riyat va musiqa sirlaridan voqif bo’lishi, xatto musiqa asboblarini biroz chala bilishi shart qilib qo’yilgan. Ayrim ustalar shogirdlari uchun maxsus odob talablarini ishlab chiqqanlar.

Masalan, ular shogirddan pokizalikni, ish vaqtida chalg’imaslikni, egri va noma’qul ishlarga yaqin yo’lamaslikni qat’iy turib talab qilganlar. SHularning o’ziyoq xalqimiz qadim-qadimdan amaliy san’at turlarininechog’li ardoqlaganini, ganchkorlik san’atidek mashaqqatli hunarni faqat eng munosib va fidoyi kishilargagina ishonib topshirganini ko’rsatadi.

“Ustozga ta’zim” kitobidan (hunar) olingan ushbu parcha ilgari hunar o’rganish naqadar mashaqqatli bo’lganini, shogird o’z ustozi tomonidan ming bir chig’iriqqa solinganini ko’rsatadi. Lekin ustozlarning qattiqqo’lligi bejiz emas edi. Negaki, har qanday hunarmandchilik, xususan, ganchkorlik amaliy san’at kishidan usta nozik didli, sabr-toqatli bo’lishni taqozo etadi.

Qadimdan ajdodlarimiz usta va shogird an’analari asosida yoshlarga hunar o’rgatish bo’yicha boy tajribaga ega bulganlar. Lekin keyingi vaqtlarda ajdodlarimizning boy tajribalaridan tuliq foydalana olmayapmiz. Buning sabablaridan biri usta va shogird an’analarini chuqur ilmiy asosda o’rganmaganligimizdandir.

Xulosa :Xulosa qilib aytganda quyidagilarni ta’kidlab o’tish joiz bo’ladi.Usta va shogird asosida yoshlarga hunar o’rgatish uchun ajdodlarimiz tajribasini yuqori sifat darajasida o’rganishni tashkil qilish lozim. Usta va shogird odob mezonlarini yanada mukammal ishlab chiqish kerak. SHu mezonlar asosida maktablarda, maktabdan tashqari muassasalarda, litsey va kollejlarda, oliy o’quv yurtlaridagi dastur, darslik, o’quv va metodik qo’llanmalarga usta va shogird odobi an’analari mavzularini kiritish va ularni yetarli darajada yoritib berish kerak.

Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida va hunar urgatilayotgan oliy o’quv yurtlarida maxsus kurslar tashkil etish va ularni hozirgi eng ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida olib borish maqsadga muvofiqdir.

Oliy o’quv yurtlarda va ixtisoslashtirilgan maktablarda o’tilayotgan ta’limtarbiyaga, hunarga oid dastur va darsliklar mazmuniga “Ustoz va shogird etikasi” bobini kiritish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Adabiyotlar ro’yxati

1. A.Amanullayev.Nauchno-metodicheskiye osnovы podgotovki studentov vuzov k upravleniyu rabotoy krujkov rezbы po ganchu. Avtoref. Diss... kand .ped. nauk-T.: 2001,-21 s.

2. Amanullaev, A.A. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT

O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDAGI HOZIRGI MASALALAR. ASIA

PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836

Impact Factor: 7.603 , 11 (03), 1-3.

3. Amanullaev, A. (2022). SPECIFIC FACTORS OF COMPREHENSIVE

STUDY AND ANALYSIS OF THE HISTORY AND CULTURE OF THE UZBEK

PEOPLE. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

4. Sodiq, A. M. (2022). TO BE ABLE TO ANALYZE AND INTERPRET

THE ARTISTIC VALUE OF COMPOSITION IN WORKS OF FINE ARTS AND TO

INCREASE STUDENTS'KNOWLEDGE OF ARTISTIC

PERCEPTION. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &

INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(03),

149-151.

5. Muhammad, A. (2022). MANZARA JANRIDA TARKIBI VA

RANGNING ALOQASINI ILMIY O'RGANISHNING XUSUSIYATLARI. ASIA

PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836

Impact Factor: 7.603 , 11 (02), 5-8.

6. Dildora, A. (2022). TRAINING OF PROFESSIONALS WITH

POSITIVE HUMAN QUALITIES IN THE LESSONS OF FINE AND APPLIED

ARTS IN THE EDUCATION OF THE MODERN SPIRIT. INTERNATIONAL

JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-

3630 Impact factor: 7.429, 11(03), 152-154.

7. Dildora, A. (2022). TRAINING OF PROFESSIONALS WITH

POSITIVE HUMAN QUALITIES IN THE LESSONS OF FINE AND APPLIED

ARTS IN THE EDUCATION OF THE MODERN SPIRIT. INTERNATIONAL

JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-

3630 Impact factor: 7.429, 11(03), 152-154.

8. Dildora, A. (2022). TARIXIY YODIKLIK VA OSODIYATLARGA

BOY QADIM ShAHARLARNING ZAMONAVIY QURILISHDAGI

ARXITEKTURA SOHASIDAGI BA'ZI ZAMONAVIY MUAMMOLARNING OLIB

ETISHI. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

9. Abdumo’Minova, D. A. Q. (2022). Talabalarga tasviriy san’atdan mashg’ulotlarni tashkil etishda qalamtasvirning nazariy qonunlardan foydalanish. Science and Education, 3(9), 467-473.

10. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students’ Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.

11. Baymetov, B., & Sharipjonov, M. (2021). OLIY PEDAGOGIK

TA’LIMDA TALABALARGA INSON QIYOFASINI AMALIY TASVIRLASH

JARAYONIDA IJODIY KOMPYETYENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 1066-1070.

12. Boltaboyevich, B. B., & Shokirjonugli, S. M. (2020). Formation of creative competences of the fine art future teachers describing geometrical forms (on sample of pencil drawing lessons). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1996-2001.

13. Baymetov, B., & Sharipjonov, M. (2020). OLIY PYeDAGOGIK

TA’LIMDA TALABALAR IJODIY QOBILIYaTLARNI ShAKLLANTIRIShDA

INDIVIDUAL TA’LIM BYeRISh MYeTODIKASI (QALAMTASVIR

MISOLIDA). Academic research in educational sciences, (4), 357-363.

14. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. Sh. (2020). TASVIRIY

SAN’ATDAN MALAKALI PYeDAGOG KADRLAR TAYYoRLAShDA NAZARIY

VA AMALIY MAShG‘ULOTLARNING UYG‘UNLIGI. INNOVASII V

PYeDAGOGIKYe I PSIXOLOGII, (SI-2№ 3).

15. Sharipjonov, M. S. O. G. L. (2021). OLIY PYEDAGOGIK TA’LIMDA

TALABALARGA MUAMMOLI MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH

TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 2(2), 435-443.

16. Sharipjonov, M. Sh. (2020). Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi. Molodoy uchenыy, (43), 351-353.

17. Sharipjonov, M., & Ikromova, M. D. (2018). TASVIRIY SAN’ATDA ANIMALIZM JANRI. Nauchnoye znaniye sovremennosti, (5), 94-96.

18. oglu Sharipjonov, M. S. OLIY PYEDAGOGIK TA’LIMDA

TALABALARGA MUAMMOLI MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH

TEXNOLOGIYALARI.

19. Ruzinov, B., & Abdullayev, A. (2021). Ko‘hna Axsikent. Obщestvo i innovatsii, 2(2/S), 692-698.

20. Ro‘zinov, B. A., Nuriddinov, B. X., & Karimboyev, X. Q. O‘. (2021).

MODDIY MADANIY MYeROS OB’YeKTLARI ORQALI TALABALARNING

MILLIY QADRIYaTLARIMIZGA BO‘LGAN MYeHRINI UYG‘OTISh. Academic

research in educational sciences, 2(3), 99-108.

21. Ruzinov, B. A. (2022). Akhsikent Earthquake. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 9, 209-212.

22. Ro‘zinov, B. A., Nuriddinov, B. X., & Umarov, X. (2021). FARG‘ONA

VODIYSI AMALIY SAN’ATINING TA’LIM TARBIYaDAGI O‘RNI. Academic

research in educational sciences, 2(3), 117-123.

23. Qozoqov T, R. B., & Vohidov, A. (2020). Buyuklarga beshik bo‘lgan Axsikent yohud Farg‘ona allomalari. Toshkent: Navro‘z.

24. Ro‘zinov, B., Rejabova, S., & Ismoilov, Yu. (2013). Qosimov A. Namangan viloyati madaniy merosi. Namangan: Namangan.

25. Ro‘zinov, B., & Rajabova, S. (2006). Namangan viloyati madaniy merosidan lavhalar. Namangan nashriyoti.

26. Qozoqov, T., Ruzinov, B., & Vohidov, A. (2018). Ibrat nigohidagi Axsikent. Toshkent: Navroz.

27. Qozoqov T, R. B., & Vohidov, A. (2018). Ibrat nigohidagi Axsikent. Toshkent: Navro‘z.

28. Ismoilov, Yu., & Ro‘zinov, B. (2013). Axsikent-qadimgi farg‘ona poytaxti. Namangan: Namangan nashriyoti.

29. Ruzinov, B. A. (2023). TASVIRIY SAN’AT RIVOJLANISH TARIXI

VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATLI JIHATLARINI O’RGANISH VA

TAXLIL QILISH. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY

OF INNOVATIVE RESEARCH, 2(19), 1-8.

30. Ruzinov, B. A. (2022). FARGONA VODIYSI AMALIY

SANATI. Journal of new century innovations, 10(3), 70-74.

31. Nuriddinov, B., & Ruzinov, B. (2021). Namangan, The City Of Flowers. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(01), 35-38.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.