ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Abstract

Maqolada qandli diabet kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, belgilari, oqibatlari, kasallikning turlari va parhez haqida ma'lumotlar keltirilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

QANDLI DIABET KASALLIGI VA UNING BELGILARI.

Axunjonova Hakima Abdumannabovna, Ikromjonova Gulshanoy Jahonhir qizi

“CAMU” Xalqaro Tibbiyot Universiteti “Tibbiyot” fakulteti

“Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi assistenti,

Davolash ishi 2323- guruh talabasi

Annotatsiya: Maqolada qandli diabet kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, belgilari, oqibatlari, kasallikning turlari va parhez haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: diabet, qandli diabet, insulin, glyukagon, ketoatsidotik koma, diabetik nevropotiya.

KIRISH

So‘ngi yillarda insonlar orasida turli hil kasalliklarning avjlanish holatlari kuzatilyapti. Bunday kasalliklar orasida eng ko‘p uchraydigan va yoshlar o‘rtasida ham kuzatilayotgan kasalliklardan biri qandli diabetdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qandli diabet (xalq orasida “saxar kasalligini” deb aytiladi)-tanada uglevod va suv almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Me’da osti bezi funksiyasi buzilishi oqibati hisoblanadi. Me’da osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qandni qayta ishlashda qatnashadi. Bu gormonsiz organizm ortiqcha gulikozani miqdorini me’yorida ushlab tura olmaydi va uning miqdori oshib ketadi. Natijada organizm ortiqcha gulikozani siydik orqali chiqarib yuborishi kuzatiladi. Kasallikni turlash muhim hisoblanadi, chunki bu kasallikning turlari boshlang‘ich davrda bir-biridan tubdan farq qiladi va davolash ham shunga qarab belgilanadi. Kasallik qancha uzoq davom etaversa, uni davolash usullari bir-biriga o‘xshab ketaveradi.

1-TIP DIABET

Shuningdek insulinga bog‘liq diabet deyiladi. Ko‘pincha yoshlar, 40 yoshgacha bo‘lgan ozg‘in odamlar aziyat chekadi. Kasallik og‘ir kechadi, davolash uchun insulin beriladi. Birinchi turdagi qandli diabet - bu kasallikning rivojlanishida irsiylik katta rol o‘ynaydi. Kasallikka genetik moslashuv ayrim genlarning xromosomalarida mavjudligi bilan belgilanadi, bu asosan salbiy ekologik omillar ta'siri ostida namoyon bo‘ladi.

Sababi: organizm me’da osti bezi hujayralarini yo‘q qiluvchi antitana ishlab chiqaradi.

Diabetni 1-turidan butunlay davolanib bo‘lmaydi, lekin ba’zi hollarda bez faoliyatini me’yorda ushlab turib, parhezga amal qilinsa, kasallik bemorni ortiqcha bezovta qilmaydi. Doimiy ravishda su’niy insulin qabul qilish talab etiladi. Insulin oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi bois, u faqat infeksiya orqali ovqatlanish vaqtida kiritiladi. Qar’iy parhezga amal qilib, ovqat ratsionidan yengil hazm bo‘luvchi uglevodlarni (shaker, shirinliklar, mevali sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash ko‘rsatiladi.

2-TIP DIABET

Bu insulinga bo‘liq bo‘lmagan diabet deyiladi. Ko‘pincha yoshi kattalar, to‘laroq 40 yoshdan o‘tganlar aziyat chekadi. Qandli diabetning kasallikning ikkinchi turi 90% gacha, turmush tarzi va ovqatlanish tabiati bilan chambarchas bog‘liq, aniqrog‘i - ortiqcha vazn va gipodinamiya bilan bog‘liq.

Sababi: hujayralarning oziq ko‘pligidan insulinga ta’sirchanligining yo‘qolishidir. Avvalo bunday bemorlarga parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Tana vazinini me’yorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3 kg tushirib borish tavsiya etiladi. Parhezga amal qilmaganda qonda shakar miqdorini tushiruvchi dorilar, eng og‘ir hollarda insulin buyuriladi.

QANDLI DIABET BELGILARI VA ALOMATLARI

Kasallik bosqichma-bosqich rivojlanadi va sekinlik bilan namoyon bo‘la boshlaydi. Asosan qonda glyukoza miqdorining yuqori bo‘lishi kuzatiladi.

Bemorlarda kasallik paydo bo‘la boshlaganda quyidagi alomatlar qayd etiladi:

-og‘izning doimiy qurishi;

-qondirib bo‘lmas chanqoqlik;

-tana vaznining kamayishi yoki birdan ortib ketishi;

-kuchli teri qichishi va quruqlanishi;

-teri va yumshoq to‘qimalarda yiringli yarachalar paydo bolishi;

-mushaklarning kuchsizligi va haddan tashqari terlash;

-har qanday yaralarning qiyin bitib ketishi.

Bu belgilar uchraganda shifokor huzuriga borish tavsiya etiladi. Kasallik jiddiy asoratlar qoldirishi va koma holatiga olib borishi mumkin.

-Ko‘rishning buzulishi;

-bosh og‘rig‘i va aqliy faoliyat pasayishi;

-yurak og‘rig‘i, jigarning kattalashishi;

-oyoqlarning og‘riq va yurishning buzilishi;

-teri, ayniqsa, oyoqlarda sezgirlik kamayishi;

-yaralar paydo bolishi;

-qon bosimining oshishi;

-yuz va oyoq shishishi;

-kasaldan aseton hidi kelishi;

-bosh aylanishi.

SABABLARI

Kasallik rivojlanishining asosiy sabablari quyidagilar:

Irsiyat. Albatta kasallik ta’sir etuvchi omillar bo‘lmaganda lekin moyillik yuqori boladi.

Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar beta hujayralarini shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.

Virusli infeksiyalar(qizamiq, suvchechak yuqumli gepatit va boshqa kasalliklar). Ushbu infeksiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Ayniqsa havf ostida bo‘lgan odamlar uchun.

DIABETIK NEVROPOTIYA

Bu qo‘l-oyoqlarning og‘rishi achishi yoki sezuvchanligi pasayib ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Sababi nerv to‘qimalarining oziqlanishi buzilishidir. Nerv faoliyatini tiklash uchun tiokta kislotasi saqlagan preparatlar yordam beradi. U tanadagi uglevod lipid almashinuvini tiklaydi va asab to‘qimalarining fiziologik jarayonlari normalashadi.

KOMA

Koma juda tez rivojlanishi mumkin. Eng keng tarqalgan diabetik komaketoatsidotik komadir. Bu qondagi zaharli moddalarning miqdori yuqoriligini natijasida kelib chiqadi va bunday hollarda zudlik bilan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilishi shart.

-Qand miqdori me’yorda nahorgi och qoringa 6.0 mmol/l dan kam bo‘lishi kerak. Ovqatdan 2 soatdan keyin 7.8 mmol/l dan kam bo‘lishi kerak.

-Qandli diabet tashhisini qo‘yish uchun qondagi qand miqdori nahorgi och qoringa 7.0 mmol/l dan yuqori va ovqatdan 2-soat keyin 11.1 mol/l dan baland bo‘lishi kerak.

-Qandli diabet bor odamlarda qondagi qand miqdori nahorgi och qoringa 7.0 mmol/l dan past, ovqatdan 2 soat keyin 10.0 mmol/l dan past bo‘lishi kerak.

PARHEZ

Qandli diabet kasalligida quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin:

-qora non;

-go‘sht sabzovot va baliq qaynatmalari;

-parranda go‘shti, mol goshti, baliq;

-sabzavotlar;

-don mahsulotlari, makaron, dukaklilar;

-tovuq tuxumlari;

-nordon rezavor mevalar, mevalar;

-sut mahsulotlari (miqdori shifokor bilan muhokama qilinishi kerak);

-choy, tabiiy qahva, sharbatlar (kuniga besh stakandan ko‘p bo‘lmagan miqdorda);

-o‘simlik yog‘i, sariyog‘;

-sutli souslar.

Quyiagilar taqiqlanadi:

-oshirma hamirdan pishiriqlar, shirinliklar;

-xantal, qalampir;

-dudlangan go‘sht, konserva mahsulotlari,

-tuzlangan bodring;

-spirtli ichimliklar;

-hayvon yog‘lari;

-shirin quritilgan mevalar.

XULOSA

Shunday qilib qandli diabet kasalligi aynan ma'lum bir virus yoki aynan ma'lum bir sabab tufayli yuzaga kelmayd, birinchi o‘rinda kundalik rejimni to‘g‘ri tashkil etish, faol va sog‘lom hayot tarziga va parhezga amal qilish talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Аметов А.С. Сахарный диабет 2 типа. Проблемы и решения Москва : ГЭОТАР-Медиа, 2015. - 278 с.

2.Анциферов, М. Б. Синдром диабетической стопы : диагностика, лечение и профилактика.. - Москва : Медицинское информационное агентство, 2013. - 304 с.

3.Калинкин, Л. В. Шпак, Ю. А. Волкова, и другие . Актуальные вопросы эндокринологии в терапевтической практике -Тверь : Фактор и К, 2014 . - 698 с.

4. Zakiya Teshayevna Safarova Sharofat Hasan qizi Shamsiyeva // QANDLI DIABET HAQIDA NIMALAR BILAMIZ?// Scientific progress. 2021

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.