ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Qazilma organizmlar qoldiqlari

Abstract

Qazilma organizmlar qoldiqlari, ularning saqlanish tarixlari haqida ma`lumotlar, qadimiy geologik davrlardagi oʻsimliklarning qoldiqlari haqida tavsiflar


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Qazilma organizmlar qoldiqlari

Begmatova Taxmina Sunnat qizi

+998998111510tahminakadorova@gmail.com

Annotatsiya: Qazilma organizmlar qoldiqlari, ularning saqlanish tarixlari haqida ma`lumotlar, qadimiy geologik davrlardagi oʻsimliklarning qoldiqlari haqida tavsiflar

Kalit so`zlar: Paleobotanik tadqiqotlar, geologik davr, kutikula, kaltsit, limonit, amorfli kremnezyom, siderite, psilofitsimonlar, bennettitlar, lepidodendronlar, psevdomorfoza, mamontlar

Oʻzbekiston florasi paydo boʻlishi, tarqalishi, tur, turkum va oilalarining ummumiy oʻxshashligi jihatidan Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar, xususan, Eron, Afgʻoniston oʻsimliklar dunyosiga juda yaqin turadi. Oʻzbekiston florasi uzoq tarixga ega. Paleobotanik tadqiqotlar respublika xududida quruqlikdagi yuksak oʻsimliklarning (ksilofitlardan tortib) barcha evolyutsion davrlarga oid oʻsimlik qoldiqlari borligini koʻrsatdi. Hatto hozirgi Qizilqum choʻllaridan bir vaqtlar bu yerlarda oʻsgan xurmo, chinor, terak kabi daraxt va butalarning qoldiqlari topilgan.

Qazilma organizmlar qoldiqlari, toshqotganlik — oʻtgan geologik davrlarda yashagan organizmlarning choʻkindi togʻ jinslarida saqlanib qolgan hayot faoliyati izlari va qoldiqlari. Ularga qarab choʻkindi togʻ jinslarining nisbiy yoshi aniqlanadi. Qazilma organizmlar qoldiqlarining turli xil saqlanish shakllari maʼlum. Oʻsimliklar, ayniqsa, yiriklari, togʻ jinslarida butunligicha koʻmilib qolmaydi; ulardan boʻlinib ketgan barglar, shoxlarning uzilgan qismlari, oʻsimliklar tanasining boʻlaklari, mevalari, alohida urugʻlari va kamdankam gul izlari saqlanib qoladi. Oksidlanish jarayoni taʼsirida organik moddalar yoʻqolib, togʻ jinslarida oʻsimliklarning faqatgina izlari qoladi va ularda baʼzan koʻmirga aylangan yupqa poʻst (kutikula) saqlanadi; kimyoviy reagentlar bilan ishlov berilgandan soʻng mikroskop ostida epiderma va ogʻizchalarning katakli tuzilishi koʻrinadi. Baʼzan oʻsimlik qoldiqlarini turli xil minerallar (kaltsit, limonit, amorfli kremnezyom, siderit va boshqalar) bilan oʻrin almashishi sodir boʻladi. Bu tosh qotganlikda oʻsimliklar anatomik strukturasi saqlanib qoladi, ular fan uchun juda qimmatlidir.

Yer poʻsti yotqiziqlarida saqlanib qolgan qadimiy geologik davrlardagi oʻsimliklarning qoldiqlari. Qazilma oʻsimliklarni paleobotanika fani oʻrganadi. Butun holda tuban oʻsimliklar (suvoʻtlar va bakteriyalar), yuksak oʻsimliklardan yoʻsinlar, baʼzi mayda oʻsimliklar, yirik yuksak oʻsimliklardan ularning boʻlak-boʻlak qismlari (tanasi, poʻstlogʻi, bargi, guli, mevasi, urugʻi, sporasi, gulchang donalari va boshqalar) saqlangan. Koʻpincha qazilma qoldiqlar orasida suv havzalari yonida oʻsgan yogʻochsimon oʻsimlik va suvoʻtlarning qismlari uchraydi. Qazilma oʻsimliklar odatda, botqoqlik, koʻl, daryo yotqiziqlarida hamda manbalarning ohakli va kremniyli yotqiziqlarida va dengiz sohili yotqiziqlarida qazilma hayvonlar bilan birga uchraydi. Qoldiqlarning saqlanish darajasi Qazilma o`simliklarni oʻzida mujassamlashtirgan togʻ jinslarining geologik yoshiga ham bogʻliq. Qazilma oʻsimliklar strukturasi yemirilmay anatomik tuzilishi (masalan, oʻsimliklarning urugʻi, danagi, yogʻochi, changi, bargining epidermisi va igna barglilarning qubbasi va boshqalar) saqlanib, oʻsimlik toʻqimalarining kimyoviy tarkibi birmuncha oʻzgargan holda va oʻsimlik qoldigʻi butunlay yoʻqolib, togʻ jinslari orasida, ularning faqat izlari yoki har xil minerallar bilan toʻlgan shakllari sakdangan holda uchraydi. Qazilma oʻsimliklarning bir nechta katta boʻlimlari, tiplari (masalan, psilofitsimonlar, bennettitlar, lepidodendronlar va boshqalar) maʼlum. Qazilma oʻsimliklarni oʻrganish oʻtmishda Yer yuzini qoplagan oʻsimliklarning tarqalishi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni beradi hamda oʻsimliklar evolyutsiyasi etapini belgilaydi. Qazilma oʻsimliklar sanoatda foydalaniladigan qazilmalarning (torf, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, yonuvchi slanetslar) toʻplamlarini hosil qiladi. Oʻrta Osiyo hududida karbon davrida yevromeriy tipdagi flora mavjud boʻlgan. Yura florasining vakillari Oʻzbekistonda, masalan, Ohangaron, Shoʻrob, Sulukta va Shargʻundagi koʻmir konlari hosil boʻlishida katta rol oʻynagan.

Organizmlar hosil boʻlish jarayonini oʻrganuvchi boʻlimi tafonomiya deb ataladi. Hayvonlarning faqat skeletlarigina emas, balki yumshoq toʻqimalarining tuzilishi toʻgʻrisida ham xulosa chiqarishga imkon beruvchi butun jasadlari yoki ularning boʻlaklari antropogen yotqiziqlaridagina saqlanib qolgan. Hayvonlarning yaxshi saqlangan qoldiqlari (mamontlar, baliqlar va boshqalar) abadiy muzloq yer oblastlarida va baʼzan uyumlarni tashkil qiluvchi tabiiy asfaltsimon modda — ozokeritda qolgan boʻladi. Mumiyoga aylangan qoldiqlar ham organizmlar toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Toshqotishlikning tez-tez sodir boʻlishi — qachonki organizmlar qoldiqlaridagi gʻovaklar suvli eritmalardan choʻkkan mineral moddalar bilan toʻlganda; oʻsha skeletning moddasi ham oʻz strukturasini saqlagan holda (psevdomorfoza) ular bilan almashtiriladi. Qazilma organizmlar qoldiqlariq. minerallashish jarayoni fossilizatsiya deyiladi. Jinslarda, xitin skeletli umurtqasizlardan yupqa koʻmirga aylangan qatlamchalar qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

А.Хамидов ,,O’simliklar geografiyasi va botanikasi (Тошкент 1984.

Ҳожиматов Қ. Оллоёров М. ,,O’zbekiston shifobaxsh o’simliklari va ularni muhofaza etish’’ (Тошкент 1988).

Tурсунов.Х.Т, РахмоновТ.U. ,,Ekolgiya “ (Тошкент 2006.- yil)

Х.К. Хайдаров. “Botanika fanidan o’quv dala amaliyoti uchun, ( Тошкент 2015)

А.Солиев. ,,Узбекистон географияси’’ (Тошкент 2014)

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.