XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBALARI
Raimov O’rozali Qurbonalievich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-kurs magistri
O‘zining tabiiy zaxiralari va yer sharoitlari tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchi va eksportyorlaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va tegishli sohalar 2021-yilda AQSH YAIMning 5 foizini tashkil etib, qiymati 1.055 trln.AQSH dollariga teng mahsulot ishlab chiqardi. Umumiy agrar sohaning YAImga qo‘shadigan ulushi bundan ham katta bo‘lib, zero o‘rmonchilik, baliqchilik va shunga o‘xshash faoliyat turlari; oziq- ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari; to‘qimachilik, kiyim-kechak va charm buyumlar; oziq-ovqat va ichimliklar do‘konlari; va oziq-ovqat xizmati ham qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq sanaladi.
AQSH agrobiznesi kuchli ishchi kuchi, bozor hajmi va rivojlangan infratuzilmasi tufayli global bozorda asosiy raqobatchilardan biri sanaladi. 2022-yilda mamlakat qishloq xo‘jaligi eksporti 146 mlrd.AQSH dollarini tashkil etdi. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab 2 milliondan ortiq fermer xo‘jaliklari 900 million akrdan ko‘proq maydonda faoliyat yuritib, ularning 97 foizi oilaviy mulkka tegishlidir. AQSH Fermer xo‘jaliklarining asosiy xususiyatlaridan biri bu monokultura, ya’ni bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi sanaladi.
2022-yil yakunlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida 19.7 mln kishi band bo‘lib, bu umumiy bandlikning 10.3 foizini tashkil etadi. AQSH dunyoda makkajo‘xori yetishtirish bo‘yicha yetakchi mamlakat bo‘lib, Illinois, Indiana, Ayova, Missuri va Nebraska bo‘ylab “makkajo‘xori belbog‘i” o‘tgan. Shuningdek, mamlakat jahondagi eng katta mol go‘shti ishlab chiqaruvchisi va bir vaqtning o‘zida importyori ham sanaladi1. AQSHda agrobiznesni qo‘llab-quvvatlovchi va qishloq xo‘jaligining innovativligini oshirishga qaratilgan bir nechta Federal dasturlar va resurslar bo‘lib, ularga Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi milliy instituti (NIFA), 1https://www.clustermapping.us/cluster#clusters-list; https://www.clustermapping.us/ cluster#related-clusters.
1-jadval
AQSH agrosanoat klasterlari (tarmoqlar bo‘yicha)
Klaster tarmog‘i
nomi
Quyi klasterlari Bog‘liq klasterlar
Qishloq xo‘jaligi
xizmatlari
Qishloq xo‘jaligi xizmatlari,
Fermer xo‘jaligini boshqarish va
mehnat xizmatlari, o‘g‘it ishlab
savdo
Oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab
chiqarish va qayta
ishlash
Ixtisoslashgan oziq-ovqat va
ingridientlar, pishirilgan mahsulotlar,
shirinliklar va shokolad, qahva va
choy, qadoqlangan meva va
sabzavotlar, sut mahsulotlari,
hayvonlar uchun mo‘ljallangan oziq-
ovqat mahsulotlari, alkogolsiz
ichimliklar va muz, solod
ichimliklar, distillangan
ichimliklar, vino ishlab chiqarish
savdo,
biofarmatsevtika
Baliqchilik Baliq va baliq mahsulotlari Yetkazib berish & e-
savdo,
O‘rmonchilik O‘rmonchilik Yog‘och ishlab
chiqarish, mebelchilik
Charm va charm
mahsulotlari
Shaxsiy charm buyumlar va
chemodanlar, ayollar sumkalari,
to‘qimachilik sumkalari va kanvas
buyumlari
Yetkazib berish-e-
savdo; plastiklar
ishlab chiqarish; oyoq
kiyim ishlab chiqarish;
tekstil; kiyim-kechak
ishlab chiqarish;
rekreatsion
tovarlar ishlab
Chorvachilik Go‘sht mahsulotlarini ishlab
chiqarish, qayta ishlash, chorvachilik
mollari ulgurji
savdosi
savdo, plastiklar ishlab
Tamaki ishlab
Tamaki ishlab chiqarish -
Mahalliy oziq-ovqat
ichimliklarni qayta
ishlash va tarqatish
Oziq-ovqat ulgurji savdosi, savdo va
chakana savdo novvoyxonalari,
chakana savdo do‘konlari, tamaki
chakana savdo do‘konlari, pivo va
likyor ulgurji savdosi,
pivo, sharob va likyor chakana
savdosi, sotish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
sotish
-
Ishlab chiqarish
texnologiyasi va og‘ir
mashinalar klasteri
Qishloq xo‘jaligi va qurilish
mashinalari va tarkibiy qismlari
-
AQSH Qishloq xo‘jaligi departamenti (USDA), USDA iqtisodiy tadqiqot xizmati federal statistikasi kabilarni kiritish mumkin.Agrosanoatning bir qismi sanaluvchi qishloq xo‘jaligi va qurilish mashinalari va tarkibiy qismlari klasteri esa ishlab chiqarish texnologiyasi va og‘ir mashinalar klasterining quyi tarmoqlaridan biri sanaladi.
AQSHda klaster tizimlari yaxshi rivojlangan va agrosanoat klasterlari ham keng tarqalgan. Mamlakat agrosanoat klasterlarini 1-jadvaldagidek tizimlashtirish mumkin bo‘lib, AQSHda agrosanoat tarmog‘i klasterlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, baliqchilik, o‘rmonchilik, charm va charm mahsulotlari, chorvachilik, tamaki ishlab chiqarish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni qayta ishlash va tarqatish klasterlari tarmoqlari kiradi. O‘z o‘rnida mazkur klasterlar bir nechta quyi klasterlarga bo‘linib, boshqa klaster tarmoqlari bilan hamkorlik qiladi.
AQSHda agrobiznes klasterlarini moliyalashtirish manbalari va ilmiy-tadqiqot institutlari yaqinligi sababli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida innovatsiyalar yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar amalga oshiriladigan asosiy shtatlarga Kaliforniya, Illinois, Missuri, Minnesota, Nyu-York, Nyu-Jersi, Indiana, Kanzas, Ogayo va Ayova kiradi.
2-jadval
AQSH qishloq xo‘jaligi va xizmatlari klasterlarining ayrim ko‘rsatkichlari (shtatlar kesimida)2
Bandlik (kishi) YAngi ish o‘rinlarini
yaratish (kishi)
Ish haqi ($ da)
1998 2018 1998-2018 2018
AQSH 95,888 104,748 AQSH 8,860 AQSH $44,724
Kaliforniya 22,158 27,294 Kaliforniya 5,136 Luiziyana $84,955
Vashington 7,122 8,225 Oregon 1,664 Oklahoma $75,951
Florida m/y 6,337 Vashington 1,103 Ayova $64,874
Texas 6,018 6,099 Ayova 1,037 Mississipi $60,648
Oregon 2,384 4,048 Viskonsin 1,02
Uta
h
$59,09
Quyidagi jadvalda AQSH qishloq xo‘jaligi va xizmatlari klasterlarining bandlik, ish haqi va yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 5 ta yetakchi shtatlar haqida ma’lumot keltirilgan. 2-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, 1998-2018- yillar davomida AQSH qishloq xo‘jaligi va xizmatlari klasterlari doirasida 8,860 ta yangi ish o‘rni yaratilib, 2018-yilda mazkur sohadagi agrosanoat klasterlarida 104,784 kishi band bo‘ldi. Klasterlarda bandlik hajmi bo‘yicha Kaliforniya, Vashington, Florida, Texas, Oregon yetakchi bo‘lsa, yangi ish o‘rinlarini yaratishda Kalforniya, Oregon, Vashington, Ayova va Viskonsin ustunlik qilmoqda. Qiziqarlisi, bandlik bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turuvchi Texasda, so‘nggi yillarda mazkur sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish hajmi past bo‘lib, 1998-2018-yillarda kutilgan 556 ta yangi ish joyi o‘rniga atigi 81 ta yangi ish o‘rni yatarilgandir.
Umuman olganda aytish mumkinki, AQSHda agrosanoat klasterlari xususiy sektorning tashabbusi natijasida tarixan mavjud bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlarida vujudga kelib, bugungi kunda ular qishloq xo‘jaligining innovativligini ta’minlash, samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim omillardan biri sanaladi. 2https://www.austrade.gov.au/australian/export/export-markets/countries/united-states-of-america/industries/agriMamlakatda klasterlashtirishning liberal modeli qo‘llanilib, klasterlar bozor iqtisodiyotining muhim instrumenti sifatida ham iqtisodiy ham ijtimoiy samara
Bugungi kunda, Yevropa mintaqasining 37 ta hududi agro-tekstilga ixtisoslashgan bo‘lib, ularda 79 ta klasterlar faoliyat olib borsa, agro-turizmga ixtisoslashgan 22ta hududda 18 ta klaster mavjuddir (1-rasm).
Agro-tekstilga ixtisoslashuv Agro-turizmga ixtisoslashuv
• 37 hudud • 22 hudud
• 79 klaster • 18 klaster
• Asosan Janubiy va Sharqiy Yevropa • Asosan Janubiy Yevropa
davlatlarida, xususan Italiya (Shimoliy va davlatlarida, xususan Gretsiya
(11
Janubiy mintaqalardan 10 tadan hudud), hudud, guruhning 50%),
Portugaliya
Ispaniya, Ruminiya va Bolgariya (har biri 5 (3 hudud), Ispaniya (2 mintaqa)
va
tadan), Polsha (3 ta hudud), Portugaliya (3 Avstriya, Finlandiya, Kipr va
ta hudud), Gretsiya, Litva, Avstriya va Xorvatiyadan bittadan hudud.
Vengriyadan bittadan hudud ixtisoslashgan
1-rasm. YeI-27 mintaqalarining agro-tekstil hamda agro-turizmga
ixtisoslashuvi (2021)
Quyidagi 3-jadvalda YeI-27ning agrosanoatga ixtisoslashgan hududlarining raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari agro-tekstil hamda agro-turizm ekotizimlari misolida keltirilgan. Yevropa Klaster Panoramasi 2021ga ko‘ra, mazkur ixtisoslashgan hududlarni raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari boshqa ixtisoslashuv tarmoqlari (energiya/sanoat, raqamli/kreativ/qurilish, sog‘liqni saqlash, elektronika/mobillik, ixtisoslashmagan/ diversifikatsiyalashgan)dagi klasterlarning ko‘rsatkichlaridan ancha past hisoblanadi. Xususan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM mazkur ixtisoslashuv hududlarida 21-24 ming yevro atrofida bo‘lsa, kreativ sanoat/raqamli texnologiyalar/qurilishga ixtisoslashgan hududlarda bu ko‘rsatkich 46 ming yevro atrofidadir. Shuningdek, bandlik darajasi ham kreativ
sanoat/raqamli texnologiyalar/qurilish (75.2%), energetika/sanoatga ixtisoslashgan hududlarda (71.1%) yuqoriroqdir3.
3-jadval
Agrosanoatga ixtisoslashgan hududlarning raqobatbardoshlik
ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar Agro-tekstilga
ixtisoslashuv
Agro-turizmga
ixtisoslashuv
Klasterlar joylashgan hududlar soni 37 22
Klasterlar soni 79 18
Agro-oziq ovqat sanoatidagi o‘rtacha
LQ
2.37 1.68
Alohi jon boshiga YAIM (PPP, yevro) 21.030 24.980
Uzoq-muddatli ishsizlik darajasi, % 3.8 6.7
Mehnat unumdorligi, % 49.8 55.6
Bandlik darajasi, % 64.2 63.6
1 mln.kishiga nisbatan PCT patentlar
soni
32.9 16.9
YAshil PCT patentlar 7.7 1.8
Energiya ishlab chiqarishning bir
birligiga
to‘g‘ri keladigan CO2 emissiyasi hajmi
313.1 270.7
Biznesning ITTKI xarajatlari 0.82 0.85
Qayta tiklanuvchi manbalardan ishlab
chiqarilgan energiya
46 61
Davlatning ITTKI xarajatlari 0.3 0.5
Toʻliq oʻrta yoki oliy maʼlumotli 25-64
yoshdagi aholi
69.6 70.3 3 https://www.austrade.gov.au/australian/export/export-markets/countries/united-states-of-america/industries/agri-
Hukumatning sifati -0.9 -0.7
Agrosanoatga ixtisoslashgan mazkur klasterlar joylashgan hududlar faqatgina yashil PCT patentlar bo‘yicha mintaqada yetakchi, energiya ishlab chiqarishning bir birligiga to‘g‘ri keladigan CO2 emissiyasi hamda qayta tiklanuvchi manbalardan ishlab chiqarilgan energiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra esa yuqoriroq o‘rinlarni egallaydi. Yevropa Klaster Observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra agrosanoat klasterlari ro‘yxati berilgan bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va agro xizmatlar klasterlari, baliqchilik va baliq mahsulotlari klasterlari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish klasterlari, o‘rmonchilik va yog‘och mahsulotlari klasterlari hamda chorvani qayta ishlash klasterlariga bo‘lingan. Fransiya, Ispaniya (Kataloniya), Italiya, Gollandiya, Polsha (Mazowieckie), Germaniya, Latviya (Latvija), Ruminiya (Centru) kabi mamlakatlarda agrosanoat klasterlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ularda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va agro xizmatlar klasterlari, oziq- ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish klasterlari, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterlari faoliyat olib bormoqda. Klasterlarning deyarli barchasi diversifikatsiyalashgan bo‘lib, faqat agrosanoatning bir yo‘nalishida faoliyat olib boradigan klasterlar kam sonli sanaladi. Ta’kidlash lozimki, Yevropa mamlakatlaridan Fransiya va Ispaniyaning agrosanoat klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish tajribasiga qisqacha nazar tashlash dolzarbdir.
Fransiyadagi samarador faoliyat ko‘rsatayotgan va raqobatbardosh agrosanoat klasterlaridan biri Fransiyaning Vegepolys Valley o‘simchilik klasteridir. Mazkur agrosanoat klasteri 2019-yilda qayta tashkil etilgan bo‘lib, 2005- yilda tashkil topgan Vegepolys klasteri hamda Céréales vallée-Nutrivita klasterlarini birlashishi natijasida vujudga kelgan4. Klaster qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlari, bionazorat, aniq qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va boshqa xizmat turlari, barqaror qishloq xo‘jaligi, dekorativ o‘simchilikka
ixtisoslashgandir. Klaster Fransiya agrosanoatida muhim o‘rin tutivchi Pays de la
Loire, Auvergne Rhône Alpes, Bretagne, Centre-Val de Loire mintaqalarida 4https://agriculture.gouv.fr/les-poles-de-competitivite joylashgan. Luara vodiysi mintaqa aholisining 3.7 foizi qishloq xo‘jaligida band hisoblanib, u yerda urug‘chilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, manzarali bog‘dorchilik, dorivor va xushbo‘y o‘simliklar, uzumchilik va sidr ishlab chiqarish kabi yuqori qo‘shimcha qiymatga ega intensiv o‘simlikchilik sohasida 4 mingdan ortiq firmalar faoliyat olib boradi. Bugungi kunga qadar klaster doirasida qiymati
2.2 mlrd. yevroga teng bo‘lgan 750 dan ortiq innovatsion loyihalar amalga oshirilgan.
Klaster doirasida 506 ta firma faoliyat olib borib, ulardan 352 tasini KO‘B vakillari (78 tasi start-up loyihalari), 37 tasini yirik korxonalar tashkil etadi. Klaster faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi aktorlarga yirik korxonalardan Vilmorin, Limagrain, KO‘B dan Agrauxine firmasi hamda INRA ilmiy-tadqiqot instituti kiradi. Klasterning ilmiy-tadqiqot salohiyatida Angers, Clermont Ferrand, Nantes universitetlari, Agrocampus Ouest, ESA, AgroSup professional maktablari va 100 dan ortiq labaratoriyalar muhim o‘rin egallaydi5.
Ta’kidlash lozimki, klaster faoliyatining samaradorligini ta’minlashda iqlim va yer sharoitlari bilan bir qatorda mahalliy hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ham muhim o‘rin tutgandir. Klaster xalqaro doirada Chili, Xitoy, Kolumbiya, Meksika, mintaqaviy doirada esa Italiya, Gollandiya, Portugaliya, Ruminiya, Ispaniya bilan hamda Agri Sud-Ouest innovation, Terralia,, Femac, Agrocluster, BIOMASTEC,
CREA HYDRO&ENERGY, GREEN CHEMISTRY, GREEN SYNERGY
CLUSTER, INBIOM, INNOSKART, AgroTransilvania Cluster, Agrifood Clust-ER, Greenport West-holland, Corporativa Tecnologica de Andalucia klasterlari bilan hamkorlik qiladi.
Mamlakatdagi yana bir yirik agrosanoat klasteri Agri Sud-Ouest Innovation klasteri hisoblanadi. Agri Sud-Ouest Innovation klasteri Fransiyaning janubi-g‘arbiy mintaqasidagi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va bioekonomiya sohalarida faol bo‘lgan 400 dan ortiq xususiy va jamoat a’zolarini birlashtiradi. Klaster 2007-yilda notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda klasterda 430 ta korxona faoliyat olib boradi va ulardan 258 tasi KO‘B vakillari sanaladi. Klaster doirasida INRAE, 5 https://agriculture.gouv.fr/les-poles-de-competitivite CIRAD ilmiy-tadqiqot institutlari, Montpellier Supagro, Bordeaux Sciences Agro universitetlari, Arterris, InVivo Group, Sygenta kabi firmalar faoliyat olib boradi. Klaster Argentina, Braziliya, Chili, Senegal va AQSHning bir qator klasterlari bilan hamkorlik qiladi va transmilliy darajada Germaniya, Italiya, Ruminiya va Ispaniya agrosanaot tarmoqlari bilan hamkorlik qiladi. Klaster doirasida 2007-2018-yillar oralig‘ida 600 ta loyihalarni amalga oshirish orqali 335 mln.yevro davlat va mahalliy byudjetdan hamda 442 mln.yevro xususiy sektor investitsiyalari jalb etilgan. Klasterning 2019-2022-yillardagi ITTKI strategiyasi suv-iqlim-tuproq, chorvachilik va ekinchilikda barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash, fermer xo‘jaliklari va fabrikalarning ekspluatatsion mukammalligini oshirish, biomassaning to‘liq valorizatsiyasi, yaxshi ovqatlanish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan innovatsion foydalanish va xizmatlar kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Yevropada shuningdek, Daniya sut va oziq-ovqat mahsulotlari klasteri, Norvegiyada o‘rmonchilik klasteri, Shvetsariyada pishloq klasteri, Gollandiya gulchilik klasteri ham samarador faoliyat olib bormoqda. Misol uchun, Niderlandiya gulchilik klasteri faoliyatiga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, mamlakatda gulchilik, ya’ni lola yetishtirish 1570-yillardan boshlangan va bugungi kunda mamlakat hissasiga global gullar eksportining deyarli 50 foizi to‘g‘ri keladi. Gollandiya gullar klasterining aksariyat ishtirokchilari ikki kuchli birlashmaning a’zolaridir: Gollandiya gullar kengashi va Gollandiya gul ishlab chiqaruvchilar uyushmasi. Ular bozor va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun javobgar bo‘lib, klasterga Gollandiyaning yetakchi qishloq xo‘jaligi universitetlari yordam beradi. 2002-yilda sohani modernizatsiya qilish, klasterning ochiqligini oshirish, ekspert va fuqarolik ishtirokini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni va tarmoqlararo sohalarni rivojlantirish maqsadida gullar klasteri akademiyasi tashkil etilgan.
Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlar ichida klasterlashtirish yondoshuvini jadal targ‘ib etayotgan mamlakatlardan biridir. Mamlakatda bugungi kunda oziq-ovqat sanoati, sabzavotchilik, gulchilik hamda chorvachilik klasterlari iqtisodiy samaradorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Xitoyda klasterlar asosan qishloq xo‘jaligi, yuqori texnologik tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarida tashkil etilgandir. Mamlakat klasterlarining geografik joylashuviga nazar tashlasak, ularning asosiy qismi mamlakatning sharqiy qismida joylashganini ko‘ramiz. Klasterlarning katta qismi Jiangsu, Shanghai, Zhejiang, Fujian va Guangdong provinsiyalarida joylashgan bo‘lsa, zamonaviy qishloq xo‘jaligi klasterlari Shandun, Pekin, Chansheda rivojlangandir.
Xitoyda klasterlashtirish va sanoatning mahalliy konsentratsiyalashuvi o‘tgan asrning 80-yillarida maxsus iqtisodiy hududlarning shakllantirilishi bilan boshlandi. “Ochiq eshiklar” siyosati natijasida mamlakatning ba’zi hududlari xorijiy investorlar va xalqaro savdo uchun ochildi. 1989-yilda esa mamlakatda “bir shahar, bir mahsulot” rejasi amalga oshirila boshlandi va mamlakat hududlarida ishlab chiqarishning va aholining kamida 30 foizi aynan bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi belgilandi. Natijada bugungi kunda kelib Xitoy klasterlari deganda nafaqat ma’lum hududda to‘plangan sanoat korxonalari, firmalar, universitetlar, tadqiqot institutlari birlashmasi, balki butun boshli shaharlar ham tushuniladi. Umuman olganda mamlakatdagi agrosanoat aglomeratsiyalarining tadrijiy rivojlanishini 4 bosqichga bo‘lish mumkin6 (1.10-rasm). 1.10-rasmdan ko‘rinib turganidek, Xitoyda agrosanoat klasteri tabiiy aglomeratsiyalarning biror turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi hamda qishloq xo‘jaligining sanoatlashuvi natijasida vujudga kelgan. Bu bosqichda ayniqsa mahalliy xalq kongresslarining roli kuchli bo‘lgan. Uy xo‘jaliklarining shartnoma bo‘yicha javobgarlik tizimi, bozor iqtisodiyoti tamoyillarining kengroq tadbiq etilishi, soliq imtiyozlari, yerlarning meliorativ holatiga ko‘ra qanday turdagi mahsulot ishlab chiqarishga mosligini aniqlash va taqsimlash orqali keng miqyosli mintaqaviy qishloq xo‘jaligi vujudga keldi.
Ta’kidlash lozimki, klasterlarni shakllantirishning “xitoycha modeli” “fransuzcha” yondoshuvga asoslanadi hamda biznes hamkorlik rasmiy tuzilmalar homiyligi ostida amalga oshiriladi. Xitoy klaster modelida klasterlarni
moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashda hukumat muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatda klaster siyosati ham markaziy ham mahalliy hukumat tomonidan ishlab chiqiladi.
Ta’kidlash joizki, XXRda agro klasterlar borasidagi tadqiqotlar XXI asrning 6Jankowiak A. Cluster-based development: a Chinese cluster policy // Research papers of Wrocław University of Economics. – Wrocław: Wydawnictwo Uniwersytetu Ekonomicznego we Wroclawiu, 2017. – No. 486. – P. 76-77. boshlaridan, xususan 2003-yildan keyin boshlangan. G‘arbiy mamlakatlardagi
qishloq xo‘jaligi klasterlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar bilan taqqoslaganda, Xitoyda tadqiqotlar hali ham boshlang‘ich davrda bo‘lib, ko‘pgina tadqiqotlar qishloq xo‘jaligidagi klasterlarni aniqlash, shakllantirish mexanizmi, tasnifi va muammolari, shuningdek qishloq xo‘jaligidagi hukumatning roli masalalariga bag‘ishlangan.
2-rasm. Xitoyga agrosanoat klasterlarining shakllanish bosqichi
sxemasi
Bugungi kunda Xitoy qishloq xo‘jaligi tarmog‘i zamonaviy qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bosqichidadir. Qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish Xitoyda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli maqsadni amalga oshirish uchun eng muhim rivojlanish strategiyalaridan biri sifatida qabul qilingan. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligidagi klaster qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirishning rivojlanish shakli, qishloq xo‘jaligidagi klasterni rivojlantirish esa agrar sektorni rivojlantirishning ichki talabi, agrar sektorning o‘sishida muhim yondashuvdir. Iqtisodchi olimlar Xitoyda qishloq xo‘jaligi klasterlarining shakllanishiga olib keladigan real asoslar va omillarni tahlil qilganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kengayishi, qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirishdagi yutuqlar va fermerlarning tadbirkorlik faolligi, qishloq joylaridagi tadbirkorlik, agro-oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab, bozor raqobati, qishloq xo‘jaligi resurslarning notekis taqsimlanishi kabi omillarini keltirib o‘tadilar.
Xitoyda agro klasterlarning bir nechta turlari bo‘lib, klasterlar dominant ishtirokchisi, tarkibi va rivojlanish muhitiga ko‘ra turlarga ajratilgandir (2-rasm). Bunda ayniqda “ajdar boshli korxona”larning mavjudligi o‘ziga xos bo‘lib, ular asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yoki tarqatishga ixtisoslashgan va fermerlarga bozorga chiqishni tashkil eta oladigan kompaniyalar sanaladi. Qayd etish lozimki, XXR iqtisodiy klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish borasida ham keng xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygandir. Xitoy YeIning Yevropa strategik klaster hamkorligi – “Going international (ESCP-4i)”da ishtirok etuvchi 7 ta maqsadli tanlangan davlatlardan biri sanalib, hamkorlikning muhim yo‘nalish- laridan biri oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sanaladi7. 7 Jankowiak A. Cluster-based development: a Chinese cluster policy // Research papers of Wrocław University of Economics. – Wrocław: Wydawnictwo Uniwersytetu Ekonomicznego we Wroclawiu, 2017. – No. 486. – P. 76-77.
3-rasm Xitoyda agroklasterlarning turlari va tiplari
Iqtisodchi E.Lining fikricha mamlakatda agroklasterlar qishloq xo‘jaligining aglomeratsiyalari, ixtisoslashgan qishloqlarning sanoat klasterlariga aylanishi va qishloq joylarida ham innovatsion polyuslarning vujudga kelgani natijasida yuzaga kelgan. Ayni damda aynan innovatsion tizim fermalarning rivojlanishi, agrosanoat klasterlarining shakllanishida muhim bo‘lib, agro innovatsion tizim agrosanoat
klasterlarining yetuklik darajasini belgilab beradi. Shuningdek, hukumatning moliyaviy yordami sanoat klasterining innovativligiga ulkan ta’sir o‘tkazib, agrosanoat klasterlarining rivojida ham muhim rol o‘ynaydi.
Ammo, ta’kidlash joizki, mamlakatda qishloq xo‘jaligi klasterlarining
tashkiliy shakliga
ko'ra
klasterni
harakatlantiruvchi
kuchlar mexanizmiga
ko'ra
Tarmoqlanish nuqtai
nazaridan
"kompaniya +
fermer" turi dominant
tip
qishloq
xo‘jaligini
rivojlantirish
fermerlar
kooperativining
koordinatsiya-
langan turi
bozor turiga,
investitsiyalarga
asoslangan tip
chorvachilik
klasteri
“ajdar boshli
korxona” turi
ixtisoslashgan
kichik shahar tipi
qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini
qayta ishlash
klasteri
vertikal
integratsiyalashg
an klaster
qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini
taqsimlash
klasteri
qishloq xo‘jaligi
ilmiy-texnik
klasteri rivojlanishi bilan bog‘liq bir qancha muammolar ham mavjud bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkindir:
• klaster o‘zining aniq mintaqaviy xususiyatlariga ega emas hamda ko‘pincha bir xil yoki o‘xshash sanoat tarmog‘i mavjudligi klaster ichida haddan ziyod raqobatga olib keladi;
• kuchli raqobatbardosh, bozorga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish uchun katta miqdordagi kichik fermerlarni tashkil qilish uchun kuchli imkoniyatlarga ega qishloq xo‘jaligini boshqaradigan ajdar boshli korxonalar yetishmaydi;
• qishloq xo‘jaligi klasterlarida texnologik innovatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati hali ham zaif va texnologiya darajasi hali ham past darajada;
• klasterning ichki tashkiliy qobiliyati zaif, ichki foydali biznes muhitini yaratish qiyin. Qishloq xo‘jaligi klasteri ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlik yetishmaydi va klasterning sinergetik ta’sirini kamaytirgan holda, o‘zaro bog‘liqlik yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan;
• qishloq xo‘jaligi korxonalari ko‘pincha moliyaviy institutlar tomonidan moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Qo‘llab-quvvatlovchi muassasalar va kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Umumiy qilib aytish mumkinki, Xitoy klaster siyosati o‘ziga xos bo‘lib, bunga mamlakat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy tizimining o‘ziga xosligi sababdir. Shuning uchun ko‘pgina iqtisodchi olimlar Xitoy klaster modelini boshqa
mamlakatlarda qo‘llash murakkab deb hisoblaydi. Xitoy klaster siyosatida asosiy figura bu hukumat bo‘lib, klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish mahalliy va markaziy hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda agrosanoat klasterlarining faol rivojlantirilishiga global miqyosda tabiiy resurslarning kamayishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabning keskin o‘sishi va qattiq raqobatning mavjudligi sabab bo‘lmoqda. Bunday sharoitda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini barqaror yetkazib berish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshligini va barqaror rivojlanish imkoniyatlarini oshirish muhimdir. Xitoyda agro klasterlar esa aynan shu maqsadda kengaytirilmoqdadir.
Yuqoridagi tahlillarni umumlashtirgan holda quyidagi jadvalda AQSH, Yevropa mamlakatlari hamda Xitoyning agrosanoat klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish xususiyatlarini qiyosiy tahlili berilgan. Mazkur jadvalda mamlakatlarning klaster modellari xususiyatlari, agrosanoat klasterlarining xususiyatlari hamda klasterlar yaxshi rivojlangan hududlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Undan ko‘rishimiz mumkinki, AQSH, Yevropa mamlakatlarida va Xitoyda qishloq xo‘jaligini klasterlashtirish o‘tgan asrning 90-yillaridan faol qo‘llanila boshlangan. AQSHning klaster modeli geografik yaqin joylashgan korxonalar, hududiy ixtisoslashuv asosidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi bilan xarakterlansa, Yevropa modeli turli xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchi raqobatdosh firmalarning chegaralangan hududda to‘planishi, xorij uchun maxsus marketing siyosatini yuritish bilan tavsiflanadi. Xitoy modeli esa “fransuzcha” yondoshuvga asoslanadi hamda biznes hamkorlik rasmiy tuzilmalar homiyligi ostida amalga oshiriladi. Ta’kidlash lozimki, har 3 ta mintaqada ham klasterlar raqobat ustunliklari mavjud bo‘lgan sohalarda aholining uzoq yillik qishloq xo‘jaligini yuritish tajribasi asosida shakllangandir. Mamlakatdagi raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi klasterlaridan biri Shouguang, Xitoydagi eng mashhur sabzavot ishlab chiqarish hududi sanaladi. Bugungi kunda mazkur klaster doirasida 40 ming gadan ortiq issiqxonalarda yiliga 8 mln.tonnadan ortiq sabzavot yetishtiriladi. Shouguang sabzavotchilikka ixtisoslashtirilishidan avval, ya’ni o‘tgan asrning 80- yillariga qadar Xitoydagi eng kambag‘al provinsiyalardan biri bo‘lgan bo‘lsa, hozirda agroklasterning vujudga kelishi natijasida nafaqat Xitoy balki dunyoning yirik sabzavotchilik klasterlaridan biri hisoblanadi. Shouguang klasterining shakllanish jarayoni 4 bosqichni o‘z ichiga olad. Shouguang klasterining rivojlanish evolyutsiyasiga qarab aytish mumkinki, uning roqobatbardosh bo‘lishida boshqa mamlakatlardagi kabi mahalliy aholining ixtisoslashgan mahsulot yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha uzoq yillar davomida to‘plagan tajribasi muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdek, klaster shoshilinch ravishda emas balki bosqichma-bosqich rivojlantirilib, keyin xalqaro bozorga chiqqandir. YA’ni, agrosanoat klasterining vujudga kelishidan boshlab yirik, faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan klaster darajasiga yetguncha juda qisqa vaqt emas, balki bir necha o‘n yilliklar kerak bo‘ladi.
Xitoydagi yana bir samarador agroklasterlardan biri Dounandagi Chenggong gullar klasteridir. Bugungi kunda ushbu klasterda Xitoy gul bozoridagi deyarli 70 foiz gullar yetishtiriladi. Hududda klaster effektining vujudga kelishida nafaqat gulchilik an’analari balki, Dounan hududida ko‘chatchilik, yoritish tizimlarini ishlab chiqaruvchilar, sug‘orish inshootlari, issiqxona va bog‘dorchilik mahsulotlariga ixtisoslashgan ko‘plab kompaniyalarning to‘planishi evaziga erishilgandir. 1995- yilda Chenggong provinsiyasi mahalliy hokimiyati tomonidan 0.8 ga yerda birinchi gul bozori qurilgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib, davlat-xususiy sherikchilik asosida 70
ga yerda Dounan Gulchilik Sanoat parki shakllantirildi. Bu esa klaster doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarining hajmini oshirishga xizmat qilmoqda8.
Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda Xitoyda chorvachilik klasterlarini rivojlantirishga ham katta e’tibor berilmoqda va bu borada Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Afzallik berilgan hudud dasturi” muhim rol o‘ynaydi. 11 ta tovar turlari qamrab olingan ushbu dasturga qoramol, qo‘y go‘shti va echki go‘shtini yetishtirish va qayta ishlash, shuningdek chorvachilikning katta qismini rivojlantirish masalalari ham kiritilgandir.
Umuman olib aytish mumkinki, agrosanoat klasterlari Xitoyda ko‘p sonli aholini, ayniqda qishloq joylaridagi ishchi kuchini ish bilan ta’minlash, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va jahon bozorlariga Xitoy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish instrumenti sifatida qaraladi va markaziy hukumat hamda mahalliy hokimiyat organlari raqobatbardosh agrosanoat klasterlarini shakllanishi va rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
ADABIYOTLAR
1. Jankowiak A. Cluster-based development: a Chinese cluster policy // Research papers of Wrocław University of Economics. – Wrocław: Wydawnictwo Uniwersytetu Ekonomicznego we Wroclawiu, 2017. – No. 486. – P. 76-77.
2. Jankowiak A. Cluster-based development: a Chinese cluster policy // Research papers of Wrocław University of Economics. – Wrocław: Wydawnictwo Uniwersytetu Ekonomicznego we Wroclawiu, 2017. – No. 486. – P. 76-77.
3. Yu M., Calzadilla J., Lopez J., Villa A. Engineering agro-food development: The cluster model in China // Agricultural Sciences. –Rome, 2013. –P.37.
4. https://www.clustermapping.us/cluster#clusters-list;
5. https://www.austrade.gov.au/australian/export/exportmarkets/countries/united-states-of-
america/industries/agri- business-to-the-united-states
6. https://agriculture.gouv.fr/les-poles-de-competitivite 8 Yu M., Calzadilla J., Lopez J., Villa A. Engineering agro-food development: The cluster model in China // Agricultural Sciences. –Rome, 2013. –P.37.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.