Qishloq xo‘jaligini (“Aqlli” qishloq xo‘jaligi)ga o‘tkazishda raqamli
texnalogiyalarning o‘rni
Saydullayev Og‘abek Mamurjon o‘g‘li
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi
Begaliyev Fayzali Umaraliyevich
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti,
Raqamli texnologiyalar va buxgalteriya hisobi kafedrasi assistenti
Annotatsiya. Qishloq xo‘jaligida raqamli texnalogiyalardan foydalanish ishlarning sifatini va unumdorlik darajasini yetarlicha oshiradi. Shu bilan bir qatorda maxsulotlarni yetishtirish hamda tayyorlashga ketadigan ishchi kuchi va sarf xarajatni sezilarli darajada kamaytiradi.
Kalit so‘zlar: Axborot texnologiyalari, multimediya, matn, grafika, animatsiya, dasturiy ta’minot, raqamlash, Smart, Aqilli qishloq xo‘jaligi, Innovatsiya, Inspektsiya.
Kirish xozzirgi kunga kelib hisob-kitob natijalariga ko‘ra, ekish, yetishtirish, saqlash va tashishda hosilning 32 foizidan ko‘prog‘i yo‘qotilmoqda.
Shuning uchun ham so‘ngi yillarda tarmoqda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilyapti. Prezidentimizning ushbu yo‘nalishga doir farmonlarida, Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yil 17 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida tarmoqning ustuvor vazifalari o‘z ifodasini topgan. Tahlil natijalarimizga qaraganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi mavsum davomida (qisqa muddatlarda) 39 tadan ortiq turli yechimlarni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Uning ko‘proq qismi raqamlashtirish ob’ekti hisoblanib, bevosita ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday bir sharoitda mavjud yer, suv, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi “smart” yoki “aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu sohaning texnik va texnologik bazasi esa, asosan agrosanoat majmuasining umumiy rivojlanishi va o‘sib borishini belgilaydi. Bu o‘simliklar va chorvachilik maxsulotlarini yetishtirishni texnologik takomillashtirish, yerning unumdorlilik darajasini oshirish va qo‘l mehnatini mexanizatsiyalashgan faoliyat bilan almashtirishda namoyon bo‘ladi.
Bu sharoitdan kelib chiqgan holda texnikalarining yetishmasligi fermerlarning imkoniyat darajalarini cheklaydi va mahsulotlarning tannarxlarida mehnat sarfini oshiradi. Bu esa fermerlar va dehqonlar uchun yetarlicha qiyinchilik va muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu boisdan biz o‘zimizda mavjud texnik vositalardan samarali foydalansak o‘simliklar va chorvachilik maxsulotlarini yetishtirish va tayyorlash uchun ketadigan vaqt va mablag‘ni qisqartiramiz va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bilan birga, takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiramiz.
O’zbekiston Respublikasi hududida yaqinda Inspektsiyaning mutasaddi bo‘limi va uning quyi bo‘g‘inlari tomonidan raqamli texnologiyalar qo‘llangan holda, respublikadagi mavjud barcha qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarining yagona elektron bazasi ishga tushirildi. Unda 294 ming donadan ziyod texnika, jumladan, 71 mingga yaqin transport traktorlari, 49 mingdan ortiq chopiq, 5 ming 600 ta g‘alla o‘rish kombayni, 12 ming dona haydov, mingdan ortiq zamonaviy yuqori unumli paxta terish mashinalari va boshqa texnikalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq jamlangan. Buning natijasida, avvallari ularning birontasi haqida axborotga ega bo‘lish uchun barcha ro‘yxatga olish daftarlari birma-bir ko‘zdan kechirilib, bir necha kunlab vaqt sarflangan bo‘lsa, endilikda buni elektron baza orqali bir necha daqiqada amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Ushbu baza Davlat xizmatlari agentligi va Majburiy ijro byurosi elektron xizmatlari bilan integratsiya qilingan. Bugungi kunda Davlat soliq inspektsiyasi, Adliya vazirligi va Markaziy bank g‘aznachiligi bilan uyg‘unlashtirish ishlari yakunlanish bosqichida ekanligi aytildi.
Bundan tashqari, hisobdan chiqarish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnikalarni ro‘yxatga olish, traktorchi-mashinist guvohnomasini berishni on-layn nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi. Sohani raqamli texnologiyalarga o‘tkazish jarayonida inspektsiyaning tuman (shahar) bo‘limlari 174 ta zamonaviy kompyuter texnologiyalari jamlanmasi bilan ta’minlandi.
Elektron hujjat aylanishining ta’minlanishi qog‘oz shaklidagi so‘rovlarni bartaraf etish, xat orqali murojaat etib, shu tariqa javob olishga sarflanadigan ortiqcha vaqt, qog‘oz va sarf xarajatlarini oldini olishga xizmat qilmoqda. Berilgan so‘rovlar va har xil savollarga o‘sha vaqtning o‘zidayoq elektron tarzda javob qaytarish imkoniyati yaratildi va bu inspektorlar ish samaradorligining keskin oshishiga olib keldi.
2020-yil 1-martdan boshlab respublika bo‘yicha texnik pasport, texnik va traktorchi-mashinist guvohnomalarining yangi plastik shakldagi namunalari amalga kiritildi. Bu, o‘z navbatida, texnikalarning aniq elektron hisobi yuritilishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, Respublikamiz hududlardagi bo‘limlarimiz texnikalarni o‘z joyida majburiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun 9 turdagi diagnostika anjomlari va asbobuskunalar bilan jihozlangan 14 ta maxsus transport vositasi bilan ta’minlandi. Ushbu zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni o‘rgatish va xodimlar malakasini oshirish maqsadida masofaviy o‘qishlar tashkil etildi. Bu esa xodimlarning bilim ko‘nikmalarini oshirishga ancha qulaylik vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Inspeksiyaning mazkur bo‘limi mutaxassislari qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga servis xizmati ko‘rsatish, texnikalardan samarali foydalanish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlari o‘tkazish orqali ham amaliy yordamlar berib kelyapti, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralari ham ko‘rib borilmoqda.
Shuningdek, joriy yil hosili uchun 1 million 79 ming gektardan ko‘proq kuzgi shudgorlash ishlarida qatnashgan 5 ming 395 dan ortiq haydov traktorlari mavsumga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi natijasida kuniga 4-6 foiz maydon shudgorlandi va agrotexnik tadbirlarning qisqa muddatlarda sifatli o‘tkazilishiga erishildi.
Respublikamiz hududida bahorgi dala ishlarida qatnashadigan texnikalar, jumladan 3000 ta, shundan 10 mingga yaqin chigit ekish seyalkalar va 700 donasi lazer boshqaruvli yer tekislagichlarning talab darajasida sozlanishi chigit ekish mavsumini qisqa muddatlarda tugatish va o‘tkazish imkonini berib kelayabdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tarmoqda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish va rivojlantirish mexanizmlarining samaradorligini oshirish, sug‘oriladigan maydonlarni obihayot (ya’ni suv) bilan barqaror ta’minlanishiga erishishni ko‘zda tutadi. Jumladan, qarorda 2021-yilda sug‘oriladigan 200 ming gektar maydonni lazerli uskuna yordamida tekislashni tashkil etish uchun mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan xudi shu turdagi agregatlarni sotib olgan agrosektor vakillariga mazkur texnika qiymatining 30 foizi Davlat byudjetidan qoplanishi belgilandi.
Bu esa fermerlarimizga juda ko‘p qulayliklar va imkoniyatlar yaratadi. Shu sababdan ham Respublikamiz hududida mutaxasislarimiz bu kabi imtiyoz va yangi texnologiyalarning imkoniyati, afzalliklari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Chunki, yerlarimizni lazerli qurilmalar yordamida tekislanishi suv sarfini 20-25 foizga tejaydi, undan foydalanish samaradorlikni esa, 30-40 foizga oshiradi. Sug‘orishga ketadigan vaqt, ishchi kuchi va energiya tejalishi barobarida ekinlar turiga qarab gektar boshiga qo‘shimcha 5-9 sentnerdan ko‘proq hosil olishga erishiladi.
Hozirgi kunga kelib joriy yilda 1 million 038 ming gektar maydonda yetishtirilayotgan g‘alla o‘rim mavsumida qatnashishi rejalashtirilgan 3 ming 389 ta g‘alla o‘rish kombaynini sifatli va o‘z muddatida tayyorlanishi yuzasidan amaliy yordamga asoslangan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Bundan ko‘rinib turibdiki, bu yumushlar belgilangan talab va mezonlarga binoan, mas’uliyat bilan amalga oshirishni talab qiladi. Ming afsuslar bo‘lsinki aksincha ish tutilgan holatlarga ham duch kelinmoqda. Masalan, 2021-yilning yanvarmart oylariida tarmoq inspektorlari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan 6464 ta tadbir natijasida jami 3617 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Shundan 10 dan ortig‘i ularga ko‘rsatilgan ta’mirlash va servis xizmatlarining sifati, 3427 ta qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, 179 tasi boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Ularning aksariyati jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Bundan tashqari 3150 ta holatda ma’muriy choralar qo‘llanilib, 69 ta taqdimnoma kiritildi, 379 ta yozma ko‘rsatmalar va 76 tasiga doir hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Mazkur jarayonlar ham elektron bazaga joylanib borilyapti.
Xulosa qilib aytganda inspeksiyaning ish jarayonida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, jumladan, manfaatdor idoralar bilan elektron axborot almashinuvining yo‘lga qo‘yilishi, hujjatlarning elektron shaklda rasmiylashtirilishi va qishloq xo‘jaliklarida raqamli texnalogiyalardan foydalanish fuqarolar va yuridik shaxslarning vaqti va mablag‘lari tejalishiga, xodimlar ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Begaliyev Fayzali Umaraliyevich. (2022). “ODAM VA UNING
SALOMATLIGI” FANIDAN QON AYLANISH SISTEMASI HAQIDA UMUMIY
TUSHUNCHA MAVZUSINI KOMPYUTER IMITASION MODELLARI
ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH . RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 279–
282. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/re/article/view/646
2. X. Xonqulov, X. Akbarov, & M. Nomozova (2023). QISHLOQ
XO’JALIGIGA AQLLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH. Academic
research in educational sciences, 4 (SamTSAU Conference 1), 318-324.
3. Akbarov, H. U., Tadjiev, A. A., Urdishev, K., & Rakhimov, K. A. (2014). Regional analysing of production fruit-vegetables and grapes in Uzbekistan. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 39, pp. 10-15). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.
4. Elmurod Begmurod O‘G‘Li Oblomurodov (2023). TALABALARNI
GEOMETRIYA O‘QITISHDA MURAKKAB JISMLARGA OID MASALALAR
YECHISHGA O’RGATISH. Academic research in educational sciences, 4 (SamTSAU Conference 1), 36-40.
5. Fayzali Umaraliyevich Begaliyev (2023). MULTIMEDIA
MA’LUMOTLARNI SAMARALI ONLAYN TARZDA O‘RGANISH VA
O‘QITISH. Academic research in educational sciences, 4 (SamTSAU Conference 1), 161-165.
6. Oblomurodov, E. (2023). METHODOLOGY OF STUDYING
GEOMETRIC QUANTITIES. CALCULATION OF SURFACES. International
Bulletin of Engineering and Technology, 3(6), 121-124.
7. Nurmanova, I., & Mahammadiyev, J. (2023). APPLICATION OF
MICROENCAPSULATION TECHNOLOGY IN THE FIELD OF
TEXTILES. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(6), 712-715.
8. BEGALIYEV, F. IMPROVING THE TOPIC OF BONE STRUCTURE
AND COMPOSITION ON THE SUBJECT" MAN AND HIS HEALTH" ON THE
BASIS OF MULTIMEDIA ELECTRONIC MANUALS. ИНТЕРНАУКА
Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Интернаука", 11- 13.
9. Mahammadiyev, J., Yoqubov, M., & Eshonqulova, A. (2022).
QISHLOQ XO'JALIGI PESTITSIDLARIDA ISHLATILADIGAN GERBITSID VA
INSEKTITSIDLARNI SAQLASHDA KAPSULALASHNING
AHAMIYATI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 2(6), 277-279.
10. Negmatova, N. Z. N. (2022). QISHLOQ XO ‘JALIGI OLIY TA’LIM
MUASSASALARI TALABALARIGA RUS TILINI O ‘QITISH ZARURATI VA
MUAMMOLARI. Academic research in educational sciences, (Conference), 843- 846.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.