ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

QIZLARDA JINSIY A'ZOLAR YALLIG'LANISH KASALLIKLARINI DAVOLASHNING SAMARALI USULLARI

Abstract

Ma'lumki insoniylik jamiyatni nozik did vakilalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. ayolning hayotdagi eng asosiy vazifasi nasl qoldirish bo'lgani kabi afsuski nazokat sohibalarida jinsiy a'zolarning muntazam ravishda ma'lum bir kasalliklar bilan og'rishini kuzatamiz. Ayniqsa ayollarimizda jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari juda ko'p kuzatiladi. Inson tanasidagi har qanday noxushliklar ayniqsa og'riqlar inson asab tizimiga juda qattiq ta'sir qilganligi kabi ayollarda ham bunday holatlar kuchli stress, tushkunlik, hayotga va yashashga loqaydlik , o'ziga bo'lgan ishonchning yo'qolishi kabi noxush holatlarga olib keladi. bunday holatlarni bartaraf etish esa ba'zida biroz murakkab hisoblanadi. Jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklarini davolashning bir qancha usullari bor. Ularga hozirgi kunda turli xil kimyoviy dori vositalari yordamida davolash bilan bir qatorda , xalq tabobatidan foydalanish ham kiradi. Xalq tabobatining avzal jihatlari shundan iboratki nojo'ya tasir ko'rsatmasligidir. 


Full PDF Document

Related Articles

Full text

DAVOLASHNING SAMARALI USULLARI

Rasulova Shaxnoza Faxriddin qizi

Norquvvatova Sanobar Qodirjonova

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Annotatsiya

Ma'lumki insoniylik jamiyatni nozik did vakilalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. ayolning hayotdagi eng asosiy vazifasi nasl qoldirish bo'lgani kabi afsuski nazokat sohibalarida jinsiy a'zolarning muntazam ravishda ma'lum bir kasalliklar bilan og'rishini kuzatamiz. Ayniqsa ayollarimizda jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari juda ko'p kuzatiladi. Inson tanasidagi har qanday noxushliklar ayniqsa og'riqlar inson asab tizimiga juda qattiq ta'sir qilganligi kabi ayollarda ham bunday holatlar kuchli stress, tushkunlik, hayotga va yashashga loqaydlik , o'ziga bo'lgan ishonchning yo'qolishi kabi noxush holatlarga olib keladi. bunday holatlarni bartaraf etish esa ba'zida biroz murakkab hisoblanadi. Jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklarini davolashning bir qancha usullari bor. Ularga hozirgi kunda turli xil kimyoviy dori vositalari yordamida davolash bilan bir qatorda , xalq tabobatidan foydalanish ham kiradi. Xalq tabobatining avzal jihatlari shundan iboratki nojo'ya tasir ko'rsatmasligidir.

Kalit so'zlar: xalq tabobati, jinsiy a'zo kasalliklari, namatak, romashka, asal, sedana.

Kirish: Sistit (yun. — qovuq) — qovuqning yalligʻlanishi. Qovuqqa turli infeksiyalar tushishi oqibatida roʻy beradi. Paydo boʻlishiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi; kelib chiqishi boʻyicha spetsifik (soʻzak, sil sistiti) va nospetsifik sistit farqlanadi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. Birlamchi sistit boshqa aʼzolardagi infeksiya yuqori siydik yoʻllari yoki uretradan qon va limfa yoʻllari orqali qovuqqa oʻtishi natijasida paydo boʻladi. Bunga, shuningdek, sovuq qotish, spirtli ichimlik ichish, qabziyat, nerv-psixikaning buzilishi ham sabab boʻladi. Ayollarda sistit aksari homiladorlik yoki tugʻruqdan keyingi davrda ku-zatiladi. Ikkilamchi sistit (koʻpincha surunkali kechadi) qovukda tosh, yot jismlar, oʻsma boʻlganda, qovuq sili, prostata bezining oʻsmasi oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek, baʼzi dorilar, zaharli moddalar ichilganda ham sistit kuzatilishi mumkin.

Tadqiqot usuli. Infeksiya yuqishidan − patogen bakteriyalar chov terisi yuzasidan, qin shilliq qavatidan, to‘qimalardan va ichakdan peshob yo‘liga kirib, yuqoriga ko‘tariladi va qovuqqa tushib yallig‘lanadi.

2.Dorilar, radiatsiya, zaharli, kimyoviy moddalar, parazitlar, allergiya ta’sirida bo‘lishi mumkin.

3.Limfa tomirlari orqali tanadagi surunkali infeksiya o‘choqlaridan o‘tishi mumkin.

Tajriba. Sistitda bemor tez-tez (har 10—15 minutda) siyadi, siyganda ogʻriq sezadi, ogʻriq ayniqsa, siygisi qistaganda va siygandan keyin zoʻrayadi, lovullash, achishish, baʼzan siydikda qon va yiryng paydo boʻladi. Yalligʻlanish qoʻshni aʼzolarga utganda (piyelonefrit, uretrit va boshqalar) gavda temperaturasi koʻtariladi. Oʻtkir sistitning oldi olinmasa surunkali tus oladi. Kasallikni aniqlashda siydik tahlili, sistoskopiya, sistografiya, ultratovush tekshiruvlari oʻtkaziladi. Davosi: bemorning umumiy ahvoli va kasallik belgilariga qarab olib boriladi (ogʻriq qoldiruvchi dorilar, antibiotiklar, koʻp suyuqlik ichish, vanna, fiziomuolajalar buyuriladi.

Keling dastavval jinsiy yallig'lanish kasalligi o'zi nima va uning belgilari to'g'risida qisqacha ma'lumotga ega bo'lib olaylik. Jinsiy a'zo kasalliklarini ayollarda bepushtlikka olib keladi. Jinsiy yo’llardan turli xil tabiatli ajralmalar; Katta jinsiy lablar terisida va / yoki shilliq qavatida toshma toshishi; Yoqimsiz, tabiiy bo’lmagan hid; Qin quruqligi; Yopishqoq, qon aralash ajralmalar; Oraliqda yoki qorinning pastki qismida og’riqlar; Qin ichida yot jism mavjudligi hissi.

Jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklariyengil shakldan tortib chidab bo’lmas diskomfortgacha bo’lishi mumkin. Alomatlar doimiy bo’lishi ham, davriy ravishda kuzatilishi, hayz yokiovulyatsiya davri bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Har qanday holda shifokor maslahati zarurdir.

Qorin pastki sohadida og'riq, tana xaroratining ko'tarilishi, behollik, ko'ngil aynishi kabi belgilar bilan kuzatiladi. Shu sababli ayollarda mehnat faoliyati sustlashadi. Hayotga bo'lgan qiziqish sustlashadi.

Ushbu kasallikni oldini olish va davolashda xalq tabobatining quyidagi usullaridan foydalanish samarali foyda beradi. Har kuni ertalab 0.5 stakan xom kartoshka sharbati bir oy maboynida ichish tavsiya etiladi. Bu tuxumdon yallig'lanishni davolashda samarali foydalaniladi.

Bundan tashqari romashka damlamasini ichish va vanna qilish tavsiya etiladi.Uni tayyorlash uchun bir choy qoshiq romashkaning quritilgan tanasi yarim litr qaynatilgan suvga to'r soat mobaynida damlab qutiladi. amaliyot davmiyligi bir haftani tashkil etadi. Va uni kimyoviy dori vositalari bilan qo'llash ham mumkin.Bu ayniqsa qin yallig'lanishi kasalligi uchun samaralidir.

Yana zubturum o'simligining quritilgan barglari hamda shuvoq o'simligining barglari va namatak mevasi bir osh qoshiqdan olinib bir litr suvga choydek damlanib ikki soat mobaynida damlab quyilib kuniga to'rt mahal estimol qilish jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklari ichun juda foydali hisoblnadi.

Bundan tashqari tashqi va ichki bachadon naylari yallig'nanish kasalligi davolashda tirnoqgul damlamasining ahamiyati juda kattadir. U bir osh qoshiq miqdorda olinib, kuniga to'rt besh mahal bir oy maboynida ichish tavsita etiladi. bir litr suvga damlanib istemol qilish tavsiya etiladi.

Qayin yaprogʻi, lub giyohi, qizilmiya ildizpoyasi, archagul yaprogʻi – teng miqdorda olinib aralashtiriladi. Uning un gr ni yarim litr qaynatilgan suvga solib, suv hammomida un daqiqa isitiladi, termosda ikki soat tindiriladi, suziladi. Iliq holda ozozdan, yarim stakandan kunda uch mahal ovqatdan bir soat oldin ichiladi. Maymunjon mevasi, petrushka ildizi, salinchoʻp giyohi, dastarbosh giyohi – teng miqdorda aralashtiriladi va tuyiladi. un gr tuyilgan toʻplamdan qaynatilgan suvga solib,besh daqiqa qaynatiladi. Soʻngra issiqda ikki soat damlanib, suziladi. Yarim stakandan kunda to'rt mahal iliq holda ovqatdan keyin ichiladi.

Boʻtakoʻz guli, grushanka giyohi, qichitqioʻt giyohi – teng miqdorda olinib, sakkiz gr ni yarim litr qaynatilgan suvga solinadi. Termosda to'rt soat damlanib, suziladi. bir stakandan kunda uch to'rt mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

Bundan tashqari asal ming bir dardga davo hisoblangani kabi ayol jinsiy a'zolari kasalliklari uchun jud afoydali hisoblanadi. Asalni qora sedana bilan birga istemol qilish va asalni o'zini qinga tampon qilish juda ham samarali sinalgan usul bo'lib hisoblanadi. Asalni yana qo'shimcha foydalari qinni toraytirish, zamburugli kasalliklarni davolashda ham juda samarali foydalaniladi.

Ba'zi bir holatlarda yallig'lanish kasalliklarida shish ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda sariq yung'ichqa va zig'ir urug'i qaynatmasi yordamida tayyorlangan vanna ning foydasi juda katta.

Shuni ta’kidlab o'tish joizki ushbu vanna nafaqat ayol jinsiy a'zolari yallig'lanishi balki siydik yo'llaridagi muammolarni oldini olish uchun ham samaralidir. chunki ularning joylashuvi o'zaro yaqin bo'lganligi kasallikning almashib yurishiga ham sabab bo'ladi.

Kasallikni oldini olish yani uning profilaktikasi muhimdir. Intim joylarning gigienasiga alohida e’tibor berish joiz. Tabiiy matodan tayyorlangan ich kiyimlar kiyish, kundalik prokladkalardan faqat kerak bo’lganida foydalanish, agar ko’p ajralmalar mavjud bo’lsa, ularni har 3-4 soatda almashtirish, hayz davrida vaqtincha muddatga tampon o’rniga prokladkalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Har qanday noqulay yoki tor ich kiyim yoki shimlar kiymaslik kerak. Ular qichishning kuchayishiga sabab bo’lishi mumkin. Kuniga 2-3 marta tashqi jinsiy a’zolarini yuvib turish tavsiya etiladi. Bu maqsadda moychechak damlamasidan foydalanish mumkin, oddiy sovun ishlatish yaramaydi.

Tahlil. Ayol organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, shuningdek, ularni jinsiy aʼzolar kasalliklari va venerik kasalliklardan saqlash hamda oldini olish uchun alohida ozodalik talab etiladi. Tashqi jinsiy aʼzolarni goʻdaklik davridanoq har kuni ertalab va kechqurun iliq (qaynagan) suv yoki kaliy permanganatning nim pushti eritmasi bilan yuvish kerak. Jinsiy aʼzolarni yuvishdan oldin qoʻlni obdan sovunlab yuviladi.

Qiz bola chaqaloqlik va bolalik davrida unda hali jinsiy gormonlar boʻlmagani sababli jinsiy aʼzolari alohida anatomik va fiziologik xususiyatlarga ega boʻladi; qin epiteliysi 2—3 qavat hujayralardan iborat (yetuk yoshdagi ayolda 40—50 qavat), qinda maxsus mikroorganizmlar — qin tayoqchalari boʻlmaydi. Shu sababli bu aʼzoda turli yalligʻlanish kasalliklari oson yuzaga keladi. Qizamiq, skarlatina va boshqa umumiy kasalliklar oqibatida qinga infeksiya tushishi mumkin.

Hatto gijjalar toʻgʻri ichakdan chiqib qinga kirish hollari ham kuzatiladi. Bunda qizaloq qichinganligi uchun teri va shilliq pardalari tirnalib, infeksiya kiradi va yalligʻlanish kasalliklari vujudga keladi.

Xulosa: Xulosa qilib aytganda, xalq tabobati ham kimyoviy usullar bilan birgalikda zararsiz jinsiy a'zolar yallig'lanish kasalliklari uchun foydaniladi.

Ichki kiyimni tanlashda tabiiy matolarga (paxtalik) ko‘proq e’tibor qarating. Sintetik matolar yuqori namlikni saqlaydi va bakteriyalar ko‘payishi uchun sharoit yaratadi.

Rangli va har xil hidli hojatxona qog‘ozidan voz keching, sovun va dezodorantlarni shaxsiy gigiyenada kamroq ishlating. Ular shilliq qavati holatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi va mahalliy immunitetni pasaytiradi.

Sistit hayot uchun xavfli hisoblanmaydi, albatta. Lekin uning asoratlari va turmush tarziga uzoq muddatli ta’sirini e’tiborga olgan holda bu kasallikka befarq bo‘lish yaramaydi. Davolanmaslik natijasida buyraklar katta xavf ostida qoladi va yakuniy holat juda noxush bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari samarali davolashdan keyin ham 10 foiz hollarda sistit surunkali shaklga o‘tishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ziyayeva M.F., Xodjasheva M.D., Kasimova D.I., Xamedova M.A., Ochilov O‘.B. Kattalarda hamshiralik parvarishi. 1-qism. – T.: «Niso poligraf» nashriyoti, 2014

2. Yusupova L.Yu., Burixodjayeva H.S., Shadiyeva Sh. Kattalarda hamshiralik parvarishi. 3-qism. – T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012.

3. Barykina N.V., Zaryanskaya V.G. Jarrohlikdagi hamshiralik. - RostovDonu: "Feniks", 2010 yil.

4. Yunusjonova Z.S., Mirzayeva S.A., Bositxonova E.I. Psixologik parvarish. «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati», – T., 2010.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.