maqolada raqamli transformatsiya jarayonlarining ta’lim muassasalari boshqaruv tizimiga ta’siri, innovatsion yondashuvlar asosida boshqaruv faoliyatini modernizatsiya qilish yo‘llari yoritilgan. Raqamli boshqaruv tizimlari, ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari, menejerning raqamli kompetensiyasi va ta’lim sifatini oshirishdagi zamonaviy texnologik yechimlar tahlil qilingan. Maqolada ta’lim muassasalarida raqamli boshqaruvning tarkibiy qismlari – elektron hujjat aylanishi, raqamli axborot tizimlari, onlayn monitoring va tahlil vositalari, shuningdek sun’iy intellektga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlarining roli yoritilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim menejerining kasbiy faoliyatida raqamli kompetensiyalar, axborot madaniyati va innovatsion yetakchilik qobiliyatining ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, raqamli transformatsiya sharoitida innovatsion yondashuvlar asosida shakllanayotgan boshqaruv modeli ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning muhim omili hisoblanadi.
в статье рассматривается влияние процессов цифровой трансформации на систему управления образовательными учреждениями, а также пути модернизации управленческой деятельности на основе инновационных подходов. Анализируются цифровые системы управления, инструменты анализа данных, цифровая компетентность менеджера и современные технологические решения по повышению качества образования.