ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

REGRESS MAJBURIYATLAR VA REGRESS TALAB

Abstract

Regress majburiyatlar nima va fuqarolik huquqida bu qanday ishlaydi, burgungi kunda regress majburriyatlar dolzard mavzu bo‘lib, zamonaviy tashkilotlar, sug‘urta kompaniyalari ham bundan samarali foydalanishadi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

REGRESS MAJBURIYATLAR VA REGRESS TALAB

Jo‘raqulova Hilola O‘ktam qizi

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida prokuror yordamchisi Regress majburiyatlar nima va fuqarolik huquqida bu qanday ishlaydi, burgungi kunda regress majburriyatlar dolzard mavzu bo‘lib, zamonaviy tashkilotlar, sug‘urta kompaniyalari ham bundan samarali foydalanishadi. Regress majburiyatlar – qaytarma talab bo‘lib, bu bir jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan boshqa majburiyatli shaxsga taqdim etilgan to‘langan summani qaytarish bo‘yicha teskari da‘vo hisoblanadi. Buni misollarda ko‘radigan bo‘lsak, “A” firma mahsulot yetkazib berish bo‘yicha “B” firma bilan shartnoma qilgan, biroq “A” firma xodimimning texnik xatosi tufayli mahsulotlar vaqtida yetkazib berilmadi, yetkazib berilgan mahsulotlar esa yetkazib beruvchining aybi tufayli natijada yicha “B” firmaning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetdi. Bunday vaziyatda “A” firma o‘z xodimining mas’uliyatsizligini o‘z hisobidan to‘lab, ya’ni singan mahsulotlarni boshqasiga almashtirib, shartnoma predmetining kechikkanligi uchun kompensatsiya qilib beradi. Regress talab bu yerda qanday ishlaydi? “A” firma o‘z xodimining aybini xodimidan qaytarma talab qilish orqali moddiy jihatdan talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Buni o‘zaro kelishuv yoki kelishuvga erishilmagan taqdirda sud orqali undiruvni amalga oshirsa bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, regress majburiyat “A” firma xodimining o‘z aybi uchun moddiy talabni majburiyat shaklida bajarishi, regress talab esa firmaning o‘z huquqlarini xodimdan talab qilib olishi hisoblanib, tashkilotning xodimning yetarli malakaga ega emasligi va mas’uliyatsizligi uchun to‘lagan navbatdan tashqari, ko‘zda tutilmagan to‘lovlarini amalga oshirganligi uchun javobgarlik hisoblanadi. Qonunda bu qanday tartibga solingan - O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1001-moddasida boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan bo‘lsa, to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega ekanligi, birgalikda yetkazilgan zararni to‘lagan zarar yetkazuvchi zarar yetkazuvchilarning har biridan jabrlanuvchiga to‘langan tovonning har bir zarar yetkazuvchining aybi darajasiga mos ulushini talab qilishga haqli bo‘lib, aybning darajasini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda ulushlar teng baravar deb hisoblanishi belgilangan. Shuningdek, terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan shaxsga nisbatan to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega. Shu bilan birga, yuqoridagi kodeksning 15-moddasida davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning o‘rni davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Qoplangan zarar summasi davlat xizmatchilaridan regress tartibida fuqarolik, mehnat kodeksi asosida undiriladi. Fuqarolik kodeksining 254-moddasida agar qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, solidar majburiyatni bajargan qarzdor o‘z ulushini chegirib tashlab, boshqa qarzdorlarga teng ulushlarda regress talabi qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Solidar va subsidiar javobgarlikda ham regress huquqining amaliyotda ishlashini ko‘plab ko‘rish mumkin, bu amaliyotning ayniqsa kredit to‘lovlarida banklarning pulni qaytarishdagi riskni (xavfki tavakkalchilikni) kamaytrish uchun qo‘llaniladi.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.