maqolada rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning fuqarolik jamiyatiga reintegratsiyalanish jarayonining psixologik va gender xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda harbiy xizmatdan keyingi moslashuv, ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklash, yangi kasbiy va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish hamda psixologik barqarorlikni ta’minlash jarayonlariga gender omilining ta’siri yoritilgan. Erkak va ayol rezervchilarning ijtimoiy moslashuv, stressga bardoshlilik, kommunikativ salohiyat, psixologik himoya mexanizmlari va o‘zini o‘zi boshqarish ko‘rsatkichlaridagi farqlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, reintegratsiya samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi psixologik omillar hamda genderga sezgir psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar bilan ishlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish hamda ularning fuqarolik jamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
в статье рассматриваются психологические и гендерные особенности реинтеграции военнослужащих, уволенных в резерв, в гражданское общество. Освещается влияние гендерного фактора на процессы адаптации после военной службы, восстановления социальных связей, освоения новых профессиональных и социальных ролей, а также поддержания психологической устойчивости. Проведен сравнительный анализ показателей социальной адаптации, стрессоустойчивости, коммуникативного потенциала, механизмов психологической защиты и саморегуляции у мужчин и женщин, находящихся в резерве. Обоснована значимость гендерно чувствительных механизмов психологической поддержки и факторов, способствующих успешной реинтеграции военнослужащих. Результаты исследования могут быть использованы для совершенствования научно-методических подходов к психологическому сопровождению лиц, уволенных в резерв, и повышения эффективности их интеграции в гражданскую среду.