“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
FOYDALI XUSUSIYATLARI
Sharipova Farida Salimjanovna
ToshDavTU Termiz filiali Tibbiy biologiya va gistologiya
kafedrasi katta o’qituvchisi p.f.f.d. (PhD), Termiz shahri, O‘zbekiston Chia o‘simligi (lot. Salvia hispanica) — labguldoslar (Lamiaceae) oilasiga mansub, asosan Meksika va Markaziy Amerikada qadimdan yetishtirilgan o‘simlik. U qadimgi mayya va astek xalqlari uchun asosiy oziq-ovqat manbalaridan biri bo‘lgan.Respublikamiz yer maydonlarida ham etishtirilib kelmoqda.Ko‘rinishi: balandligi 1–1,5 metrga yetadigan bir yillik o‘simlik. Barglari yashil, gullari mayda va ko‘k-binafsha rangda. Mevasi: juda mayda urug‘ hosil qiladi. Ana shu chia urug‘lari eng qimmatli qismi hisoblanadi. Urug‘lari: mayda, tuxumsimon, qora, oq yoki kulrang tusli. Suv bilan aralashganda gelga o‘xshash massa hosil qiladi. Chia o‘simligini ekish va parvarish qilish usullari1. Sharoit Iqlim: issiq va quyoshli hududni yaxshi ko‘radi. Tropik va subtropik joylarda yaxshi o‘sadi, ammo issiq yozli joylarda ham o‘stirish mumkin.Tuproq: unumdor,y engil va namni yaxshi ushlab turadigan tuproq mos keladi. Qumloq yoki qora tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Joy tanlash: quyoshli, shamoldan uncha zararlamaydigan joy. Ekin ekish Urug‘ tayyorlash: urug‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerga sepiladi. Nihollash tez bo‘lishi uchun urug‘ni 1 kechaga nam matoda qoldirish mumkin.
Ekish vaqti: bahorda (aprel–may oylarida), sovuq xavfi o‘tgach ekiladi. Masofa: har qator orasida 40–50 sm, o‘simliklar orasida 25–30 sm masofa qoldiriladi.Urug‘ chuqurligi: 1 sm dan chuqur emas, ustidan yupqa tuproq sepiladi. Parvarish Sug‘orish: muntazam sug‘oriladi, lekin suvni haddan tashqari ko‘p quyib yubormaslik kerak (namlikni yaxshi ko‘radi, lekin botqoqlik bo‘lsa chirib ketadi).Yorug‘lik: quyoshni yaxshi ko‘radi, kuniga kamida 6–8 soat quyosh tushishi kerak.O‘g‘it: tabiiy kompost yoki chirigan go‘ng yaxshi samara beradi. Mineral o‘g‘itlar ham qo‘llanilishi mumkin.Begona o‘tlar: vaqti-vaqti bilan o‘tlar tozalanadi, chunki yosh nihollar tezda siqilib qoladi. Gullash va urug‘ yig‘ish Gullash: odatda ekilgandan 3–4 oy o‘tib, iyul–avgust oylarida gullaydi.Urug‘ yetilishi: sentyabr– oktabr oylarida urug‘lari yetiladi. Xususiyatlari: oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, tolalar, kalsiy, magniy va temirga juda boy bo’lganligi uchun oziq ovat maxsuloti sifatida foydalaniladi.Sog‘liq uchun foydasi:Qon bosimini me’yorda ushlashga yordam beradi.Qon shakarini
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
barqarorlashtiradi.Hazmni yaxshilaydi (ko‘p tolali).Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.To‘yimliligi yuqori, parhez va dieta uchun foydali.Ishlatilishi:Ovqatlarda: smuzi, yogurt, salat, non, kasha va ichimliklarga qo‘shiladi.Parhezlarda: vazn tashlash yoki sog‘lom ovqatlanishda keng qo‘llaniladi.Kosmetologiyada: urug‘idan olingan yog‘ terini namlantirish va sochlarni mustahkamlashda ishlatiladi. Xulosa sifattida shuni aytish mumkinki, bu o’simlik inson organizmi uchun kerakli barcha vitamin, minerallarni o’z ichiga oladi. Me’yorida istemol qilingan chia urug’lari inson salomatligi uchun beqiyos foyda manbaidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M.Abduraxmonova, A.K.Safarov //чия ўсимлигининг испан мавраги salvia hispanika биоэкологил хусусиятларига ўстириш шароитларинг таъсири
2.Kholmatova, D. va boshq. Farmakognoziya asoslari. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2020. – 280 b.
3.Healthline. “7 Surprising Benefits of Arugula.” https://www.healthline.com
4. https//.diyetz.com/uz/chia-tohumi-besin-degeri/
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.