XUSUSIDA
Tangirov Sherzod Abduraxmonovich
Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Muxammadiyeva Shahzoda Abduvali qizi
Zarmed universitetiTarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Samarqand viloyati toponimikasining etnotoponimlar aspekti o‘rganiladi. Etnotoponimlar - bu joy nomlarida ko‘rsatilgan etnik yoki urug‘ga oid bo‘lgan nomlardir, va ular turli xalqlar, qabila va urug‘larning joylashuvini, tarixiy o‘zgarishlarni va madaniy aloqalarni yoritadi. Samarqand viloyatining toponimiyasi, ayniqsa Zarafshon vodiysi, turli etnik guruhlarning o‘zaro aralashuvi va ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka o‘tish jarayonlarini aks ettiradi. Maqolada o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz va boshqa millatlarning urug‘lari va ularning nomlari bilan atalgan joylar tahlil qilinadi. Shuningdek, etnotoponimlarning o‘rganilishi nafaqat geografik joylashuv, balki xalq tarixining bir qismi sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Samarqand viloyati misolida etnotoponimlar hududning tarixiy, madaniy va etnik xilma-xilligi haqida keng tasavvur yaratadi. Ushbu ilmiy ish, O‘zbekistonning toponimik xususiyatlari va uning tarixiy madaniy merosini anglashga katta hissa qo‘shadi.
Kalit so‘zlar: topinimika, etnotoponimiya, O‘zbek urug‘lari, shox - to‘plar, Zarafshon vohasi, o‘zbek urug‘larining «geografiyasi».
Аннотация. В данной статье рассматривается аспект этнотопонимов в топонимике Самаркандской области. Этнотопонимы - это географические названия, отражающие этническую или племенную принадлежность, которые помогают понять расселение различных народов, их исторические изменения и культурные связи. Топонимика Самаркандской области, особенно в районе реки Зарафшан, отражает процессы смешивания этнических групп и переход от кочевого образа жизни к оседлости. В статье анализируются названия населенных пунктов, связанные с узбекскими, таджикскими, казахскими, киргизскими и другими народами, их родовыми и этническими именами. Кроме того, изучение этнотопонимов важно не только для географической локализации, но и как часть исторического и культурного наследия народа. Топонимия Самаркандской области, например, в Зарафшанской долине, создает полное представление о многообразии этнического состава региона. Эта научная работа вносит значительный вклад в понимание топонимических особенностей Узбекистана и его историко-культурного наследия.
Ключевые слова: Топонимика, Этнотомия, Узбекские племена, Ветви и кланы, Зарафшанская долина, География узбекских племен.
Abstract. This article examines the aspect of ethnotoponyms in the toponymy of the Samarkand region. Ethnotoponyms are geographical names that reflect ethnic or tribal affiliation, helping to understand the settlement patterns of different peoples, their historical changes, and cultural connections. The toponymy of the Samarkand region, especially around the Zarafshan River, reflects the processes of ethnic mixing and the transition from a nomadic lifestyle to settled living. The article analyzes place names associated with Uzbek, Tajik, Kazakh, Kyrgyz, and other peoples, as well as their tribal and ethnic names. Moreover, the study of ethnotoponyms is important not only for geographical localization but also as part of the historical and cultural heritage of a nation. The toponymy of the Samarkand region, especially in the Zarafshan Valley, offers a comprehensive understanding of the ethnic diversity of the area. This scholarly work contributes significantly to the understanding of the toponymic characteristics of Uzbekistan and its historical and cultural heritage.
Key words: Toponyms, ethnotoponimy, Uzbek clans, the branches of the clan, Zarafshan valley, the geography of uzbek trades.
Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida nomlash, ya’ni har qanday narsa, hodisa yoki shaxsga nom berish ehtiyoji mavjud bo‘lgan. Nomlar orqali odamlar bir-birini, shuningdek, atrof-muhitdagi narsalarni, joylarni, mavjudotlarni ajratib kelganlar. Shaxs ismi va familiyasidan tortib, o‘simlik va hayvonlarning ilmiy nomlariga, tog‘lar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va boshqa geografik obyektlarning nomlarigacha bo‘lgan to‘liq tizim - bu inson tafakkurining, tilining, tarixiy xotirasining mahsulidir.
Aynan geografik obyektlarning nomlari - toponimlar, ularni o‘rganuvchi toponimika fani tilshunoslik, tarix va geografiya fanlarining kesishgan nuqtasida shakllanadi. Toponimika faqat joy nomlarini o‘rganibgina qolmay, balki ularning kelib chiqishi, semantikasi, tarixiy qatlamlari va etnik manbalarini ham tahlil qiladi.
Toponimlar ichida etnotoponimlar alohida o‘rinni egallaydi. Bular - muayyan xalq, elat, qabila yoki urug‘ nomi asosida vujudga kelgan joy nomlaridir. Etnotoponimlar xalqning etnik tarkibi, tarixiy joylashuvi va madaniy aloqalari haqida bevosita ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda, xususan, Samarqand viloyati hududida etnotoponimlar nihoyatda ko‘p uchraydi va bu viloyat toponimikasining o‘ziga xos qatlamini tashkil etadi.
Ushbu maqolada Samarqand viloyati misolida O‘zbekistonda etnotoponimik hodisalarning tarqalishi, ularning kelib chiqishi va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada xalqimizning qabila-urug‘ tuzilmasi asosida shakllangan joy nomlari, ular bilan bog‘liq tarixiy-geografik ma’lumotlar tahlil asosida ko‘rib chiqiladi.
Har bir kishining o‘z nomi - ismi bor. Bir xil ismli kishilar ya'ni adashlar ko‘p bo‘lgan holda, ularni laqab bilan farq qilganlar Familiyalar ham aslida kishilarni birbiridan farq qilishga xizmat qiladi.
Umuman, inson narsalarga nom qo‘ymasdan yashay olmaydi. Dunyodagi hamma narsaning nomi bor. O‘simlik va hayvonlarning mahalliy nomlaridan tashqari ilmiy, lotincha nomlari ham mavjud Har qanday o‘simlik va hayvonni lotincha nomiga qarab turli millat mutaxassislari darrov bilib oladilar. Demak, nomlar bir narsani ikkinchi narsadan farq qilishga yordam beradi.
Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg‘ani boshqa bir jilg‘adan, bir ko‘chani yonidagi ko‘chadan, tog‘-adirlarni, shahar va qishloqlarni bir-birlaridan farq qilish uchun ham kishilar nomlar o‘ylab chiqargan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi. Toponimlarni toponimika (topos – joy, onima – nom) fani o‘rganadi.
Toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig‘idagi fandir. Shu bois toponimikaning talaygina faktlari xarakter jihatdan xilma-xil bo‘lgan lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to‘g‘ri izohlab berilishi mumkin1.
Joy nomlari, ya’ni toponimiya bir necha turga bo‘linadi. Bular: gidronomiya (yunoncha gidro - suv), ya’ni daryolar, ko‘llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, sharsharalar nomlari; oronimiya (yunoncha oros - tog‘), ya'ni yer yuzasining relef shakllari - tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oykonimiya (yunoncha oykos - uy), polinimiya (yunoncha polis - shahar) yoki urbanonomiya (lotincha urbos - shahar), ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros - kichik), ya’ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o‘tloqlar, daraxtzorlar, jarlar, yo‘llar, ko‘priklar va hatto atoqli otga ega bo‘lgan ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug‘-aymoq nomlari 1 S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O’zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006, 5 bet bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar (yunoncha etnos - xalq) deyiladi. Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa antropotoponimlar (yunoncha antropos - odam) deb atash mumkin2.
Ushbu maqolada Etnotoponimlarni Samarqand viloyati misolida ko‘rib chiqamiz. Kattami-kichikmi, har bir tuman joy nomlarining boshqa tuman toponimiyasidan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. O‘zbekistonda etnotoponimlar juda katta o‘rin tutadi.
V.A.Nikonov o‘zi ta'riflab bergan nisbiy negativlik qonuniga amal qilib, etnotoponimlar biron millat yoki xalq yaxlit yashaydigan hududning biron qismida emas, balki bu hududning chekka qismida, ya'ni ikki xalq aralash yashaydigan chegaradosh zonadagina bo‘ladi deb yozadi.
O‘zbekiston etnotoponimiyasida urug‘chilik qoldiqlari yaqin vaqtlargacha ham mavjud bo‘lgan va har bir urug‘ yoki uning tarmoqlari yashagan qishloq o‘sha urug‘ yoki shoxning nomi bilan atalgan.
Manbalarda 92 o‘zbek urug‘i bor deb qayd etilgan. Bundan tashqari, har bir urug‘ o‘z navbatida yanada mayda guruhlarga bo‘linib ketadi. Etnograf K.Shoniyozovning ta'kidlashicha, birgina qo‘ng‘irot urug‘i 200 dan ortiq kichik shox - to‘plarga ajralib ketadi3.
Shunday qilib, o‘zbek millati turli qabila va urug‘lardan tarkib topgan. Samarqand viloyati hududlarida qadimdan turklar qabilasi Samarqand atrofidagi tog‘larning etaklari hamda yonbag‘irlarida ham yashagan4.
Movarounnahr turklarining talay qismini qarluqlar tashkil etgan. Ular Zarafshonning quyi vodiysida yashashgan.
Barloslar - Zarafshon vodiysidagi Samarqand viloyatining Qoratepa, Nurota va Molguzar tog‘larida, Turkiston tog‘lari etaklarida yashaganlar.
Kaltatoylar - Nurota va Molguzar tog‘lari yonbag‘irlarida istiqomat qilganlar.
Qo‘ngirotlar - Kattaqo‘rg‘on, Samarqand vohalarida ham yakkalanib qolgan qo‘ng‘irot urug‘i guruhlari bor. 2 Ш.Камолиддин. Древнетюркская топонимия Средней Азии, Тошкент, Шарқ, 2006, 6 бет 3 SHoniyazov K. «O‘zbek xalqining etnogeziga oid ba’zi nazariy masalalar».- «O‘zbekiston ijtimoiy fanlar», 1998, 6- son 4 Ш.Камолиддин. Древнетюркская топонимия Средней Азии, Тошкент, Шарқ, 2006, 6 бет
Mang‘itlar, asosan, Zarafshon vodiysida, Naymantar, asosan, Zarafshon vodiysida, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand atroflarida vohalarida o‘rnashib qolganlar.
Saroy qabilasi Kattaqo‘rg‘on, Samarqand hududida yashaganlar. Saroylar tarkibida bir qancha katta-kichik qabilalar bo‘lgan: azsaroy, qipchoqsaroy, qirg‘izsaroy, qo‘ng‘irotsaroy, majarsaroy, qorabog‘saroy, naymansaroy va boshqalar. Bularning har biri o‘z navbatida yana bir qancha urug‘larga bo‘lingan.
Qipchoqlar - Samarqand bilan Kattaqo‘rg‘on o‘rtasidagi tumanlarda, Amudaryoning o‘ng sohilida o‘troqlashib qolganlar.
Samarqand viloyati misolida yirik o‘zbek urug‘larining «geografiyasi» ana shunday. Bulardan tashqari, Samarqand viloyati hududlarining turli joylarida qirq, yuz, ming, qo‘shchi, tuyoqli, qovchin, qangli, do‘rmon, yurchi, chimboy, mitan, qutchi kabi ko‘plab urug‘lar bor.
Chunonchi Samarqand viloyatining janubiy qismida, zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan Tayloq deb nomlangan tunani hududdagi eng yirik etnotoponim hisoblanib, aslida “tayloq” o‘zbek urug‘larining biridir.
O‘zbek urug‘larining qayerlarda yashashi umumiy tarzdagina bayon etildi. Yuqorida aytib o‘tilgani kabi, har bir urug‘, o‘z navbatida, yana qancha-qancha mayda guruhlarga bo‘linib ketadi. Urug‘ — qabilalar shu qadar murakkab joylashganki, biron yirik hududda faqat bir urug‘ vakillarining o‘rnashish hollari deyarli kuzatilmaydi. Urug‘larning ana shunday aralash-quralash bo‘lib yashab kelishi toponimiyada o‘z aksini topgan.
Respublikaning turli tumanlarida ko‘chmanchi o‘zbeklarning o‘troqlikka o‘tishida farq bo‘lgan. Masalan, Zarafshon vodiysida bir xil urag‘ yoki to‘p, shox nomlari bilan ataladigan mayda qishloqlar juda ko‘p. Buning sababi shuki, Xiva xonligiga qarshi o‘laroq, Buxoro xonligida ko‘chmanchilar butun urug‘i bilan emas, balki kichik- kichik bo‘laklarga bo‘linib o‘troqlikka o‘tishgan. Buxoro xonligida bekliklarga nom bergan yirik shaharlar orasida urug‘ nomi bilan atalgan bironta ham shahar yo‘q, holbuki Xiva xonligida bunday shahar uchta — Mang‘it, Qipchoq, Qo‘ng‘irot. V.V.Bartold bu shaharlarning paydo bo‘lishiga Xiva xonligida urug‘chilikning kuchli bo‘lganligini sabab qilib ko‘rsatadi.
O‘zbek urug‘larining Buxoro xonligida o‘rnashib qolishini V.L.Vyatkin shunday ta'riflaydi: Uning fikricha unumdor Zarafshon vodiysiga kelgan o‘zbeklarda urug‘chilik yo‘qolmagan edi va ular urug‘- urug‘, shox-shox bo‘lib joylashdilar. Bu urug‘ yoki shoxlarning har biri muayyan bir tumanni egallab olgan. Shu bilan birgalikda o‘zbeklarning biron urug‘i yoki shoxi kelib o‘rnashgan qishloqlar (ular ilgaridan bo‘lganmi yoki yangidan o‘zlashtirilganmi, bundan qat'iy nazar), ko‘pincha shu urug‘ yoki shoxning nomi bilan ataladigan bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda ba'zi bir hududlarda Bahrin (misol uchun Payariq tumanidagi qishloq), Qitoy (Jomboy tumani), Nayman (Bulung‘ur tumani) kabi qishloqlarning ko‘p bo‘lishiga sabab ana shu.
Ta'kidlash joizki, etnonimlarni bilmasdan turib, O‘zbekiston toponimikasi bilan shug‘ullanish mumkin emas. Chunki urug‘, qabila nomlari ko‘pincha muayyan ma'noni anglatadi. Masalan, o‘zbek urug‘larini bilmagan kishi O‘roqli, Cho‘michli, Qarg‘ali, Oytamg‘ali, Qaychili, Uchtamg‘ali kabi etnonimlarni «Li» affiksli toponimlarga kiritishi mumkin. Ming, yuz urug‘lari joy nomlari tarkibida kelganda sonni bildirmaydi, albatta5.
O‘zbek etnonimlari to‘grisida gap borganda shuni aytish kerakki, respublika hududida tojik, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq xalqlarning urug‘-aymoqlari ham bo‘lganidan o‘z-o‘zidan ma'lumki, ana shu xalqlarning urug‘lari nomlari bilan atalgan joylar ham bor.
Bu jihatdan Zarafshon vodiysi xarakterlidir. Rus harbiy olimi N.F.Sitnyakovskiyning ma'lumotlariga ko‘ra, vodiydagi 2800 dan ortiq qishloqning qariyb uchdan bir qismi etnotoponimlar, ya'ni urug‘-aymoq nomlari bilan atalgandir. Bu yerda 150 dan ortiq millat, elat, urug‘-aymoq va boshqa mayda bo‘limlarning nomlari uchraydi. Biz ana shu etnonimlarning eng xarakterlilarini sanab o‘tmoqchimiz: Arab (Arab, Arabla, Arabon, Arabxona, Arabtepa va b.), Afg‘on, Baxrin (Bahrinbayot, Bahrincha, Bahrinbo); Bolg‘ali, Do‘rman (Do‘rmanon, Do‘rmantepa), Kenagas, Qalmoq (Qalmoqon, Ravoti qalmoq, Qalmoqkeridi Qalmoqbevazanon va b); Qang‘li, Qarliq, Qatag‘an, Qirg‘iz (Qirg‘izon, Qirg‘izjsaroy va b.) Qiyot (Qiyoton), Qozoq (Qozoqon, Maydaqozoq, Qozoqqoldikalon - o‘rta-yuqori-past, Qozoqqoldixurd, Beshqozoq) Qoraqalpoq, Qo‘ng‘irot, Qipchoq (Qipchoqon, Qipchoqxo‘ja, Qipchoqbolo), Qitoy, Mo‘g‘ul, Ming (Mingla(r), Mingo), Saroy (Uygur- saroy, Saroypoyon, Saroybolo) Chig‘atoy va hokazo. Bu kabi toponimlar ham aslida etnonimlarning o‘zginasidir. Bu esa Samarqand viloyati hududida aholining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil bo‘lganligini ko‘rsatadi6. 5 S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O’zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006, 80 bet 6 S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O’zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006, 81 bet
Zarafshon vodiysi xususan Samarqand viloyati toponimiyasi butun O‘zbekiston toponimiyasining tarkibiy qismi sanaladi. Shu sababli bu ma'lumotlar butun respublika toponimiyasi uchun xarakterlidir.
Ma'lumki, Zarafshon vodiysida yashaydigan xalqlar orasida o‘zbeklardan so‘ng tojiklar son jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Ana shuning uchun ham etnotoponimlar soni vohaning turli joyida turlichadir. Asosan o‘zbeklar yashaydigan tumanlarda etotoponimlar, ayniqsa ko‘p. O‘zbeklar bilan tojiklar qo‘ni-qo‘shni yashaydigan oraliq zonalarda esa O‘zbek-O‘zbekon, Tojik-Tojikon kabi etnotoponimlar uchraydi!
Etnonimlar Samarqand viloyati hududida joy nomlari shaklida qayta-qayta uchraydi, Masalan, ayronchi, arg‘in, achamayli, bag‘anali, beshbola, burqut, g‘alabotir, kenagas, tama, ming, mitan, oytamg‘ali, sayat, tortuvli, o‘ymovut, o‘tarchi, uyas, qutchi kabi etnonimlar qishloq-shahar nomlari tarkibida 3 martadan 5 martgacha, bolg‘ali, bolta, bahrin, bo‘ston, qangli, qoraqalpoq, uyg‘ur, qashqar, qiyot, qurama, qirq, mirishkor, mug‘ul kabi etnonimlar 5-10 martagacha, beshkapa, do‘rman, jaloyir, tojik, turkman, qirg‘iz, qozoq, qo‘ng‘rot, mang‘it kabi etnonimlar 10 martadan 15 martagacha, qipchoq, saroy etnonimlari 15-50 martagacha takrorlanadi. Shunday qilib Samarqand viloyati hududi toponimiyasida etnotoponimiyaning o‘rni alohidadir.
Shunday qilib, Samarqand viloyatining toponimikasida etnotoponimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu joy nomlari xalqimizning tarixiy ildizlari, madaniy merosi va etnik tarkibining boyligini aks ettiradi. Etnotoponimlar nafaqat geografik joylashuvni, balki xalqlar o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarni ham yoritadi. Samarqand viloyatidagi etnotoponimlar turli xalqlar va millatlar o‘rtasidagi aralashuv, ko‘chmanchilik va o‘troqlikka o‘tish jarayonlarini o‘zida mujassam etgan.
Toponimlarning o‘rganilishi, ayniqsa etnotoponimlarning tahlili, joylarning tarixiy yodgorliklari, madaniy va iqtisodiy rivojlanish bosqichlari haqida muhim ma’lumotlar beradi. Samarqand va Zarafshon vodiysidagi etnotoponimlar hududdagi ko‘plab qabila va urug‘larning joylashuvi, ijtimoiy va iqtisodiy hayotini hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ko‘rsatib beradi. Bu jarayonlar faqatgina Samarqand viloyati uchun emas, balki O‘zbekistonning boshqa hududlari uchun ham xos bo‘lgan umumiy tarixiy-ijimoiy hodisalarni ifodalaydi.
Shu bilan birga, etnotoponimlarning o‘rganilishi zamonaviy antropologik, lingvistik va tarixiy tahlillarga asoslangan holda, ularning semantik va struktural jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizning tarixiygeografik xususiyatlarini yanada chuqurroq anglashga, madaniy merosimizni asrabavaylashga va kelajakda toponimlarni qayta tiklashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006, 5 bet 2. Ш.Камолиддин. Древнетюркская топонимия Средней Азии, Тошкент, Шарқ, 2006, 6 бет 3. Shoniyazov K. «O‘zbek xalqining etnogeziga oid ba’zi nazariy masalalar».- «O‘zbekiston ijtimoiy fanlar», 1998, 6- son
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.