ResearcherUz LogoResearcherUz
Back to all publications

SAVDO XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI MARKETINGDAN SAMARALI FOYDALANISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Abstract

Mazkur monografiya savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning ilmiynazariy asoslarini tadqiq etish, iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilish va xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish sharoitida raqamli marketing vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, savdo korxonalarining isteʼmolchilar bilan raqamli muhitdagi oʻzaro munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan choratadbirlar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga bagʻishlangan. Monografiyada mamlakatimizda savdo xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalarini tahlil etish, raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo xizmatlari raqobatbardoshligining funksional xususiyatlari, raqamli marketing kanallarining samaradorligini baholash metodikasini ishlab chiqish, ijtimoiy tarmoqlarda marketing faoliyatini tashkil etish mexanizmini asoslash, raqamli marketing xarajatlari bilan korxona raqobat mavqeyi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash muallif tomonidan ishlab chiqilgan formulalar, jadvallar, ekonometrik modellar va solishtirma qiyoslashlar yordamida aniqlandi. Monografiya iqtisodiyot yoʻnalishidagi tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda savdo korxonalarining marketing mutaxassislari uchun moʻljallangan.


Full PDF Document

Related Articles