ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Shukur Xolmirzayevning adabiyot sohasiga qo’shgan hissalari

Abstract

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodiga oid ma’lumotlar, asarlari, hikoyalariga, ijodiy merosiga to‘xtalib o‘tildi. XX asr o`zbek adabiyotida o`ziga xos uslubga ega bo`lgan ijodkorlardan biri Shukur Xolmirzayev sanaladi. Shukur Xolmirzayev o`zbek adabiyotiga 60-yillarda kirib keldi. Ilk hikoyalari bilanoq o`quvchilar qalbini zabt etdi. U yaratgan hikoyalar Abdulla Qahhor e`tiboriga tushdi. Keyinchalik romanchilikka ham qo`l urdi. Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi obrazlarga alohida ahamiyat qaratdi. Ularni samimiy va tabiiy qiyofada aks ettirishga intildi. U yaratgan hikoyalarda ayniqsa bola obrazi alohida ahamiyat kasb etdi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Shukur Xolmirzayevning adabiyot sohasiga qo’shgan hissalari

Xudayberganov Ma'ruf Olimkulovich

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodiga oid ma’lumotlar, asarlari, hikoyalariga, ijodiy merosiga to‘xtalib o‘tildi. XX asr o`zbek adabiyotida o`ziga xos uslubga ega bo`lgan ijodkorlardan biri Shukur Xolmirzayev sanaladi. Shukur Xolmirzayev o`zbek adabiyotiga 60-yillarda kirib keldi. Ilk hikoyalari bilanoq o`quvchilar qalbini zabt etdi. U yaratgan hikoyalar Abdulla Qahhor e`tiboriga tushdi. Keyinchalik romanchilikka ham qo`l urdi. Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi obrazlarga alohida ahamiyat qaratdi. Ularni samimiy va tabiiy qiyofada aks ettirishga intildi. U yaratgan hikoyalarda ayniqsa bola obrazi alohida ahamiyat kasb etdi.

Kalit so’zlar: Shukur Xolmirzayev, baadiyat, janr, shaxs, nasr, hikoya, adabiyot.

Abstract. In this article, information about Shukur Kholmirzayev's work, works, stories, and creative heritage were discussed. Shukur Kholmirzayev is considered one of the creators with a unique style in the Uzbek literature of the 20th century. Shukur Kholmirzayev entered Uzbek literature in the 60s. He won the hearts of students with his first stories. The stories he created caught the attention of Abdulla Qahhor. Later, he started writing novels. Shukur Kholmirzayev attached special importance to the characters in his stories. He tried to reflect them in a sincere and natural way. In the stories he created, the image of a child was especially important.

Key words: Shukur Kholmirzayev, art, genre, personality, prose, story, literature.

Kirish. Shukur Xolmirzayev 1940-yil 24-martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi(1991). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). Dastlabki hikoya va ocherklari 1958-yildan nashr etilaboshlagan. «Oq otli» (1962), «To‘lqinlar» (1963), «O‘n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965) qissalari, shuningdek, yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari «Olis yulduzlar ostida» (1971), «Hayot abadiy» (1974), «Og‘ir tosh ko‘chsa...» (1980), «Yo‘llar, yo‘ldoshlar» (1984), «Bodom qishda gulladi» (1986), «Tog‘larga qor tushdi» (1987) singari to‘plamlaridan o‘rin olgan. «So‘nggi bekat» (1976), «Qil ko‘prik» (1984), «Yo‘lovchi» (1987), «Olabo‘ji» (1992), «Dinozavr» (1-kitob, 1996) kabi romanlar muallifi. «Qorakamar» (1987), «Ziyofat» (1990-yili sahnalashtirilgan) dramalari ham bor.Yozuvchi 2005-yil 29-sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti (1989) hamda «Mehnat shuhrati» (1999) ordeni bilan taqdirlangan.Shukur Xolmirzayevning hikoyachilikdagi mahorati, badiiy so'z san'ati, tasvir uslubi haqida ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilgan. Jumladan, G.N.Tavaldiyeva (2001), Sh.Doniyorova (2001) kabi adabiyotshunoslar yozuvchining hikoyachilikdagi o'ziga xos tasvir uslubi, voqyelikni badiiy idrok etish tamoyillari haqida ilmiy xulosalar berganlar.Bundan tashqari, "Shukur Xolmirzayev zamondoshlari xotirasida" (2010) kitobida Shukur Xolmirzayevga zamondosh ko'plab adabiyotshunoslar tomonidan adib mahoratining, yetuklik darajasining o'ziga xos tomonlari haqidagi noyob xotiralari jamlangan. Olim Toshboyevning "Abadiy zamondosh" (2018) kitobida yozuvchi asarlarining yozilish tarixi, sababi, yozuvchi shaxsiyati haqida fikr yuritiladi.O'zbek adabiyotida tabiat va inson mavzui alohida yoritilgan asarlar kam uchraydi, ayniqsa, yozuvchi ijodining salmoqli qismi bu mavzuga bag'ishlangan jihat Shukur Xolmirzayevgagina xosdir.

Asosiy qism. Shu jihatdan yozuvchi ijodida tabiat va inson tasvirining badiiy tadqiq etilishi uning ijodining o'ziga xos qirralari haqida ham ilmiy xulosalar berishga imkon beradi. Shukur Xolmirzayev o`zbek hikoyachilik san`atining ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko`targan yozuvchilardan biridir. Uning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag`ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi. Shukur Xolmirzayev o`ndan ortiq hikoyalarida bola ruhiyatini yoritishga harakat qildi. Bu obraz ko’plab hikoyalarda aks etgan bo`lsa-da, bir-birini takrorlamaydigan xarakterlar galeriyasi bo`lib gavdalandi. Shukur Xolmirzayev o`ziga xos shaxsiy badiiy uslub sohibi sifatida taqlidchilikdan, biryoqlamalikdan, bayonchilikdan qochadi, so`zga xasis bo`lsa-da, fikrini o`quvchiga to`la va yorqin yetkazishga erishadi. Biroq ba`zan uning asarlari tugallanmagandek taassurot uyg`otadi. O`quvchi asar davomini kutadi. Qahramonlar portretini chizmaydi, asosiy e`tiborini xarakter yaratishga qaratgandek ko`rinadiki, bu o`quvchini o`ylashga, chuqur mulohaza qilishga majbur qiladi. Asar qahramonlari ustidan chiqarilgan hukm o`quvchi e`tiboriga havola etiladi. Har bir o`quvchi qanday asar o`qimasin o`qigan asar qahramonlarining taqdirini o`zi xohlaganidek bo`lishini istaydi. Adibning “Qorbobo keladi” hikoyasida bola obrazi ruhiyati ifoda etilgan. U bola bo`lgandaham juda sodda, ishonuvchan, qalbi pok, orzu qilgan narsalarini o`zi xohlaganday tasavvur qiladigan va shunga o`zi ham ishonadigan obraz sifatida tasvirlangan. Yozuvchining “Bahor” hikoyasida esa tog`li hududlarda yashovchi, qalbida ilk muhabbat kurtak otayotgan va bu ayni bahor faslida daraxtlar uyg`onib, barg yozayotgan fasl tasvirlanib hikoyaga yanada joziba bergan. “Jo’raboshi” hikoyasi o`zlarini ko`chaning “xo`jayinlari” deb, biluvchi bir guruh, har xil yoshdagi bolalarning hayotidan olingan haqqoniy lavhadir. “Ko`cha xo`jayinlari” ning boshlig`i Habibulla ismli bola bo`lib, u harbiy xizmatga ketish arafasida o`z “ishchilari” bilan xayrlashishi, ularga vazifalar tayinlashi arafasida ulardagi ruhiyatning o`zgarishi orqali bolalar hayotini tasvirlaydi. Bolalik, o`smirlik, o`spirinlik davri va ular bilan xayrlashuv sifatida ifoda etiladi. Adibning “Nasib etsa” hikoyasida haqiqatgo`y bola to`g`risida gap boradi. Elyor Bo`ritosh opasini juda yaxshi ko`radi. U ishdan kelgan zahoti bola uning atrofida girdi kapalak bo`lib o`ynar, u bilan sihbatlashar edi. Bo`ritoshni qishlog`idan Berdiyor yaqinda olib qochib kelganligi uchun Elyor unga oilasi, qishlog`i to`g`risida o`zini qiziqtirgan savollarni beraveradi. Shu orqali bola ruhiyati asta-sekinlik bilan ochila boradi. Adib bola ruhiyati orqali inson hayotidagi o`zgarishlarning ta`sirini ushbu hikoyada tasvrlaydi va buni uddasidan chiqadi.Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola ruhiyatini ochar ekan ko`proq ularni qiziqarli holatlarda aks ettirishga harakat qiladi. Bunday paytda yozuvchi bolalar hayotida yuz berishi mumkin bo`lgan voqeahodisalarga e`tiborini qaratadi. Masalan, maktab tasvirini berish orqali unda bolalarning maktab yoshiga xos bo`lgan jihatlarini ochishga harakat qiladi, qishloq hayotidan lavhalar keltirish orqali esa, tabiat va bola ruhiyatidagi o`xshashliklar yoritiladi. Bolalar turmush tarzining ko`p qismini egallab turadigan jarayon bu-o`yin. Yozuvchi hikoyalarida o`yin epizodidan foydalanar ekan, keltirilgan o`yinning qanday o`ynalishi, o`ynalish qonun-qoidalari haqida ham gapirib o`tadi. Bundan yozuvchining o`zbek milliy o`yinlari turkumiga kiruvchi o`yinlaridan anchagina yaxshi xabardor ekanligini bilib olamiz.Yozuvchi hikoyalarida murg’ak bolaning ko’nglidan o’tayotgan tuyg’ularni mahorat bilan ochib bergan. Ko`ngil oynasi bir sinsa, yoki lat yesa qayta tuzatib bo’lmaydigan, shisha misoli. Ko’ngil bir ozor yesa o’z holiga kelishi, avvalgiday bo’lishi qiyin. Shukur Xolmirzayev bola obrazini yaratar ekan bu jihatlarni ham yoddan chiqarmaydi va uni mahorat bilan ko`rsata oladi. Sh.Xolmirzayev jahonning mashhur yozuvchilari qatorida, ularga bo'ylasha oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo'rtib ko'rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu sababdan ham katga imkoniyati tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir giyohning o'ziga xos xususiyatlari haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan J.London, E.Xeminguey, S.Tompson asarlarining yozuvchi ijodiga ta'siri ham kattadir. TanqidchiU.Normatov «Zaminda yashaymiz, zaminni o'ylaymiz» maqolasida Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: «Inson va tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leytmotiviga aylanib qoldi. Shunisi xarakterliki, yozuvchining so'nggi-yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu mavzu atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor masalaning yangi qirrasini kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi...». Shu nuqtainazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi hikoyalarini ko'zdan kechirsak, inson xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu murakkabliklar, uning hatto, tabiatga munosabatlarida ham namoyon bo'lishini kuzatamiz.Chunonchi, «Kulgan bilan kuldirgan» (1972) hikoyasida Shukur Xolmirzayev vatan go'zalligi, boyligi, umuman, tabiatga befarq bo'lmagan, uni sevuvchi kishilarni tashvishga solayotgan -tabiat boyliklarini asrash masalasini ilgari suradi va bu masalaning mohiyatini oddiy bir voqyea tasviri orqali ko'rsatadi.«Kulgan bilan kuldirgan» hikoyasida bosh qahramon tog'dagi kakliklar haqida qayg'uradi, bir-ikki qushni emas, umuman, hududdagi barcha qushlarni qahraton ayozdan omon chiqarib olish g'amini yeydi. «Jarga uchgai odam»da esa o'zi tabiat va uni asrash xususida film yaratmoqchi bo'lgan kinorejissyor butun boshli ayiqni o'ldirib ikki bolasini yetim qilgani uchun tegishli tashkilotlar tomonidan emas, oddiy bir tabiat jonkuyari qo'lidai ayovsiz jazolanadi.Yozuvchining bu kabi asarlarida aks etgan o'zboshimchalik oqibatida yuzlab tog' qishloqlari aholisi vohalarga ko'chirilib, yashnagan go'shalar vayronagaaylangani, ming-yillik tarixiy obidalarning qarovsiz qolib ketgani, xalq kelajagini ta'min qiladigan yersuvning isrof bo'layotgani haqidagi fikrlar va tashvishli mulohazalar ijodkor izhor qilayotgan xalq dardining in'ikosidir.

Xulosa. Xullas, Shukur Xolmirzayev o`ndan ortiq hikoyalarida bola obrazini yaratgan. Bolalarga xos bo`lgan ruhiy kechinmlalar, hissiyotlar, ularni larzaga solgan hodisa va voqealar bola tilidan ifoda etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kholmirzaev Sh. (2003). Stories. Volume 1 3. Tavaldieva G. (2001).

2. Shaxnoza Sultonqulova "SHukur Xolmirzayev ijodida detalning o‘rni

3. Tavaldieva G. Shukur Kholmirzaev's creative way. 49

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.