XUSUSIYATLARI.
Amonov Sobirjon Baxtiyorovich
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti
mustaqil izlanuvchisi.
Toshkent. O’zbekiston. Dolzarbligi. Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) tomonidan qabul qilingan bir qator hujjatlarga ko‘ra B va C virusli gepatitlarini bartaraf etishga erishish bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. JSSTning virusli gepatit bo‘yicha sog‘liqni saqlash sektorining global strategiyasi «...2030-yilga qadar kasallanishni 6-10 million holatdan 1 milliondan kam holatgacha kamaytirish, o‘lim ko‘rsatkichini 1,4 milliondan 500,000 dan kamaytirishga qaratilgan....». JSST hisobotlariga ko‘ra, dunyoda taxminan 50 million kishida surunkali gepatit C virusi infeksiyasi mavjud bo‘lib, har yili 1,0 millionga yaqin yangi yuqish holatlari kuzatilmoqda (JSST 9 April 2024). Jahonda virusli B va C gepatitlarini bartaraf qilish dasturi doirasida turli diagnostika yondashuvlarni qiyosiy baholashni takomillashtirish maqsadida qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Tadqiqot maqsadi: Surxondaryo viloyati miqyosida surunkali virusli gepatitlarning klinik va epidemiologik xususiyatlari o‘rganish. Tadqiqot vazifalari. Ushbu tadqiqotda Surxondaryo viloyati aholisi orasida virusli gepatit S tarqalishi tahlil qilindi. Tarqalishga ta’sir qiluvchi xavf omillari, jumladan jins va yosh xususiyatlari kesimida o‘rganildi hamda virusli gepatit C bilan kasallangan bemorlarda virusga qarshi preparatlarning samaradorligi baholandi. Materiallar va usullar: Surxondaryo viloyatidagi oilaviy poliklinikalarda gepatit B va C viruslariga skrining va qon olish tadqiqotlari amalga oshirildi. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha fuqarolari orasida o‘tkazildi. Viloyat bo‘yicha virusli gepatit C uchun jami 75,182 nafar shaxs skriningdan o‘tdi. Bemorning roziligi, shaxsiy ma’lumotlari, kasallik tarixi, tahlil natijalari va shifokorlarning yozuvlari REDCAP nomli yagona elektron tibbiy reestrga kiritildi. Ushbu tizim bemorlarni dastur doirasida kuzatib borish uchun ishlab chiqilgan. Barcha poliklinikalar va tibbiyot xodimlari bemorlar haqidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda kiritish va yuklash uchun raqamli planshetlar, noutbuklar va mobil routerlar bilan ta’minlangan. Yagona elektron reestr tizimi takroriy tekshiruv oldini oladi va keyingi kuzatuv mexanizmini ta’minlaydi. Virusli gepatitlarni aniqlash va davolash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-243-sonli qaroriga asosan Milliy dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur asosida skrining (anti-HCV ekspress-test), laboratoriya tekshiruvlari (PZR, APF/PIVKA) hamda davolash (Sofosbuvir va Daclatasvir dori vositalari) to‘liq davlat hisobidan moliyalashtiriladi va bemorlar uchun bepul. Natijalar: 2023-2024 yillar davomida Surxondaryo viloyatida virusli gepatit С ga tekshirilgan fuqarolar soni 75182 nafar. Tumanlar kesimida skrining tekshiruvlari natijalari quyidagicha: Angor tumanida 4777, Boysun tumanida 3748, Bandixon tumanida 394, Denov tumanida 7596, Jarqo‘rg‘on tumanida 6473, Muzrabot tumanida 2,459, Qiziriq tumanida 3,995, Qumqo‘rg‘on tumanida 5781, Oltinsoy tumanida 5214, Sarasyo tumanida 6039, Termiz tumanida 2870, Sherabot tumanida 5107, Sho‘rchi tumanida 5850, Uzun tumanida 4997 hamda Termiz shahrida 6384 nafar fuqarolar skriningdan o‘tkazildi. Barcha tekshirilgan fuqarolarni 3 % ya’ni 1983 nafarida HCV musbat natija qayt etildi. Anti-HCV musbat natijali bemorlar qoni tasdiqlovchi PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) orqali tekshiruv o‘tkazilganda, 60 % ya’ni 1343 nafarida gepatit C virusi (HCV) RNKsi aniqlandi. Ushbu bemorlar virusga qarshi davolash maqsadida tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalarga yo‘naltirildi. Davolashda sofosbuvir va daclatasvir preparatlari qo‘llanilib, ular bemorlarga davlat tomonidan bepul taqdim etildi. Xulosa: Surxondaryo viloyati axolisida parenteral yo‘l bilan yuquvchi gepatitlar bilan kasallanish ko‘rsatgichlari, gepatit tarqalishini xavf omillari, yoshga va jinsga bog‘liq jihatlari o‘rganiladi, gepatitlarni erta aniqlash, davolash va profilaktik chora-tadbirlar orqali kasallanish xamda o‘lim ko‘rsatkichlari kamaytiriladi.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.