ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

SURXONDARYO VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARI DINAMIKASI VA HUDUDIY TAFOVUTLAR TAHLILI

Abstract

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida aholi daromadlarining so‘nggi yillardagi o‘sish dinamikasi va tumanlar kesimidagi hududiy tafovutlar tahlil qilindi. Tadqiqotda rasmiy statistik ma’lumotlar asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad ko‘rsatkichlarining o‘zgarish sur’atlari tahlil qilib chiqildi. Natijalar aholi daromadlarining viloyat ichida sezilarli farqlanishini, ayrim tumanlarda o‘sish sur’atlari pastligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ta’lim darajasi, bandlik va urbanizatsiya darajasi daromadlarning asosiy determinantlari sifatida aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida hududlararo iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

HUDUDIY TAFOVUTLAR TAHLILI

Abdunazarova Shahnoza Norqo‘chqor qizi

Termiz davlat universiteti 1-kurs tayanch doktoranti

shahnoza.abdunazarova1530@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida aholi daromadlarining so‘nggi yillardagi o‘sish dinamikasi va tumanlar kesimidagi hududiy tafovutlar tahlil qilindi. Tadqiqotda rasmiy statistik ma’lumotlar asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad ko‘rsatkichlarining o‘zgarish sur’atlari tahlil qilib chiqildi. Natijalar aholi daromadlarining viloyat ichida sezilarli farqlanishini, ayrim tumanlarda o‘sish sur’atlari pastligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ta’lim darajasi, bandlik va urbanizatsiya darajasi daromadlarning asosiy determinantlari sifatida aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida hududlararo iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: Aholi daromadi, hududiy tafovut, iqtisodiy tengsizlik, Surxondaryo viloyati.

Annotation: This study examines the dynamics of income growth and regional disparities across districts in Surxondaryo region over recent years. Based on official statistical data, the analysis focuses on changes in per capita income indicators and their growth rates. The findings reveal significant intra-regional differences in household incomes, with some districts demonstrating relatively lower growth rates. Furthermore, education level, employment, and urbanization are identified as key determinants of income variation. The research outcomes provide practical recommendations aimed at reducing interregional economic disparities and enhancing income equality within the region.

Keywords: Household income, regional disparity, economic inequality, Surxondaryo region.

Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Daromadlar miqdori nafaqat aholining moddiy farovonligi va iste’mol imkoniyatlarini aks ettiradi, balki iqtisodiy faollik, mehnat bozori holati hamda ijtimoiy tenglik darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu boisdan aholi daromadlari dinamikasini o‘rganish, ularning shakllanish manbalari va hududlar bo‘yicha taqsimlanishidagi tafovutlarni tahlil qilish mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida so‘nggi yillarda bozor islohotlarining chuqurlashuvi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kengayishi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining rivojlanishi natijasida aholining real daromadlari izchil o‘sib bormoqda. Biroq bu o‘sish barcha hududlarda bir xil sur’atda kechmayapti — iqtisodiy faollik darajasi, bandlik tuzilmasi, investitsiya oqimlari va infratuzilma rivoji bo‘yicha farqlar aholi daromadlarining hududlararo tafovutini keltirib chiqarmoqda.

Viloyat iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi, savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari tashkil etadi. Shu bilan birga, tumanlar o‘rtasida ishlab chiqarish salohiyati, infratuzilma ta’minoti, bandlik imkoniyatlari hamda aholi daromadlarining shakllanish manbalari bo‘yicha sezilarli tafovutlar mavjud. Ayrim tumanlarda aholi daromadlarining o‘sish sur’atlari nisbatan past bo‘lib, bu iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligining bir xil emasligini ko‘rsatadi.

Mazkur tadqiqotning maqsadi — Surxondaryo viloyatida aholi daromadlarining o‘sish dinamikasini o‘rganish, tumanlar o‘rtasidagi daromad tafovutlarini aniqlash va ushbu tafovutlarga ta’sir etuvchi asosiy omillarni tahlil qilishdan iboratdir. Shu maqsadda rasmiy statistika ma’lumotlari asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘zgarish sur’atlari, o‘rtacha qiymatlari, median daromadlar, shuningdek, iqtisodiy tengsizlikni aks ettiruvchi Gini indeksi hisoblab chiqiladi. Tadqiqot natijalari viloyatda iqtisodiy tenglikni ta’minlash, hududlararo tafovutlarni kamaytirish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy siyosatni takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi.

Materiallar va metodlar

Ushbu tadqiqotda aholi daromadlarining hududiy tafovutlariga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar empirik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi statistik ma’lumotlarning tizimli tahliliga, taqqoslash va guruhlash usullariga yondashuvlariga asoslanadi.

Tahlil jarayonida 2015–2024 yillar oralig‘idagi rasmiy davlat statistika ma’lumotlari, jumladan, Surxondaryo viloyati va uning tumanlari kesimidagi aholi daromadlari, bandlik darajasi, kichik tadbirkorlik faolligi, xizmat ko‘rsatish hajmi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kabi omillar o‘rganildi.

Tadqiqotda panel ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, u asosida ekonometrik regressiya modellaridan foydalanildi. Shu orqali hududlar o‘rtasidagi daromad tafovutlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar (iqtisodiy faollik, bandlik, ishlab chiqarish ulushi va boshqalar) miqdoriy baholandi.

Olingan natijalar asosida Surxondaryo viloyati tumanlarida aholi daromadlarining shakllanishi va ularning differensiallashuv jarayonlarini tahlil qilish hamda ijtimoiyiqtisodiy siyosatni takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Natijalar va muhokamalar

Quyida Excel dasturidan foydalanib 2015-2024 yillar oralig‘ida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad dinamikasi tahlilini ko‘rib chiqamiz. Qayd etib o’tilgan tahlil orqali xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Grafikdan ko‘rinib turibdiki, 2015–2024 yillar oralig‘ida Surxondaryo viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon qilgan.

1-rasm. Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar dinamikasi1

2015 yilda aholi jon boshiga daromad 5,8 mln so‘m atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 12,5 mln so‘m gacha yetgan, ya’ni 3,2 baravar o‘sish kuzatilgan.

Bosqichma-bosqich tahlil qiladigan bo‘lsak quyidagicha holat yuzaga keladi:

• 2015–2018 yillar: Daromadlarning o‘sish sur’ati nisbatan past bo‘lgan (yiliga

o‘rtacha 8–9%). Bu davrda viloyat iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligiga tayanib,

xizmat sohasi ulushi past bo‘lgan.

• 2019–2021 yillar: Xizmatlar sohasi va kichik biznes faoliyati kengaygani natijasida

daromadlar o‘sishi 12–13% gacha tezlashgan.

• 2020 yilda pandemiya ta’siri sezilgan bo‘lsa-da, iqtisodiy faollik qisqa muddatda

tiklangan.

• 2022–2024 yillar: Barqaror o‘sish davri kuzatilib, aholining ijtimoiy daromadlari,

ish haqlari va tadbirkorlik faoliyatidan tushumlar ortgan.

Tahlildan shuni xolasa qilishimiz mumkinki, daromadlar dinamikasi viloyat iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xizmat ko‘rsatish sohasi ulushining ortishi hamda bandlik darajasining barqarorlashuvi bilan bevosita bog‘liqdir. Surxondaryo viloyatida urbanizatsiya jarayonlarining faollashuvi va ta’lim darajasining oshishi aholi daromadlarining o‘sishida muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, 2023–2024 yillarda o‘sish sur’atlarining nisbatan sekinlashuvi iqtisodiyotda kechayotgan strukturaviy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishning texnologik yangilanish bosqichiga o‘tishi, hamda inflyatsion bosimlarning kuchayishi bilan izohlanadi. Bu holat qisqa muddatli davrda daromadlarning real o‘sishiga ma’lum darajada sekinlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatgan.

Xulosa va tavsiyalar

O‘tkazilgan tahlillar natijalari shuni ko‘rsatadiki, Surxondaryo viloyatida aholi daromadlarining dinamikasi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. Bu jarayon mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, hamda mehnat bozorini diversifikatsiyalashga qaratilgan siyosat bilan bevosita bog‘liqdir.

Hududda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining kengayishi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, ta’lim darajasining oshishi va infratuzilma loyihalarining faollashuvi aholi 1 https://surxonstat.uz/uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi daromadlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning texnologik modernizatsiyasi ham iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish orqali o‘rtacha daromadlarning ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda.

Biroq, 2023–2024 yillarda kuzatilgan o‘sish sur’atlarining nisbatan sekinlashuvi iqtisodiyotda kechayotgan strukturaviy o‘zgarishlar, inflyatsion bosimlarning kuchayishi va ayrim tarmoqlarda mehnat samaradorligining sustlashuvi bilan izohlanadi. Bu holat qisqa muddatli istiqbolda real daromadlarning o‘sishiga ma’lum darajada sekinlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, uzoq muddatli nuqtai nazardan iqtisodiy barqarorlik va daromadlar manbalarining ko‘payishiga zamin yaratadi.

Aholi daromadlarining hududlar kesimidagi tafovutlari esa viloyat ichida iqtisodiy faollik darajasining bir xil emasligidan dalolat beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Termiz shahri va markaziy tumanlarda xizmat ko‘rsatish, savdo va sanoat tarmoqlarining ulushi yuqori bo‘lib, bu hududlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad nisbatan yuqoridir. Aksincha, chekka qishloq tumanlarida daromad manbalari asosan qishloq xo‘jaligiga tayanadi va bu sohada mehnat unumdorligi past bo‘lgani uchun aholi daromadlari ham nisbatan pastligicha qolmoqda.

Yuqoridagi muhokamalardan kelib chiqib quyidagilarni tavsiya qilishimiz mumkin:

1. Hududlararo daromad tafovutlarini kamaytirish maqsadida sanoat va xizmat

ko‘rsatish tarmoqlarini tumanlar kesimida muvozanatli rivojlantirish zarur. Bu

borada kichik ishlab chiqarish zonalari, agroklasterlar va servis markazlarini tashkil

etish ijobiy samara beradi.

2. Aholining bandligini oshirish va mehnat unumdorligini yaxshilash uchun kasb-

hunar ta’limini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, ayniqsa, yoshlar va

ayollar bandligini rag‘batlantirish lozim.

3. Raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan foydalanish — masofaviy ish joylari,

elektron tijorat va onlayn xizmatlarni kengaytirish orqali aholi uchun qo‘shimcha

daromad manbalarini yaratish mumkin.

4. Soliq siyosatini differensiallashtirish orqali kichik biznes va startap subyektlari

uchun imtiyozli sharoitlar yaratish, rasmiy bandlikni kengaytirish va yashirin

iqtisodiyot ulushini kamaytirish tavsiya etiladi.

5. Inflatsion bosimlarni pasaytirish maqsadida oziq-ovqat va energiya resurslari

bozorida raqobatni kuchaytirish, ishlab chiqarish zanjirlarining samaradorligini

oshirish muhim ahamiyatga ega.

6. Statistik kuzatuv va tahlil tizimini takomillashtirish orqali aholi daromadlarining

haqiqiy holatini muntazam monitoring qilish, sohalar va hududlar bo‘yicha

daromadlar differensialini aniqlab borish lozim.

Umuman olganda, Surxondaryo viloyatida aholi daromadlari o‘sishi ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning barqaror tendensiyasini aks ettiradi. Biroq bu o‘sishning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, ya’ni real daromadlarning barqaror o‘sishini ta’minlash uchun iqtisodiy islohotlarning kompleks davom ettirilishi zarur.

Bunday chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimiz hududlarining moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanishiga, aholi turmush farovonligini oshishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Adkins, L. C., & Hill, R. C. (2019). Principles of Econometrics (4th ed.). Oklahoma

State University & Louisiana State University Press. Ekonometrik modellashtirish

uslublari va amaliy tahlil metodologiyasi bo‘yicha asosiy manba.

2. Gujarati, D. N., & Porter, D. C. (2020). Basic Econometrics (6th ed.). McGraw-Hill

Education. Regression tahlili, o‘zgaruvchilar o‘zaro bog‘liqligi va model

diagnostikasi bo‘yicha muhim qo‘llanma.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining rasmiy veb-sayti. Hududiy iqtisodiy rivojlanish, daromadlar

tengligini kamaytirish va bandlik siyosatini belgilovchi asosiy strategik hujjat.

4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2024). Surxondaryo viloyati

ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari (2015–2024-yillar statistik to‘plami). Toshkent.

Tadqiqotda foydalanilgan statistik ma’lumotlarning asosiy manbasi.

5. Stiglitz, J. E. (2015). The Great Divide: Unequal Societies and What We Can Do

About Them. W. W. Norton & Company. Daromadlar tengsizligi, iqtisodiy o‘sish

va ijtimoiy adolat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qiladi.

6. Todaro, M. P., & Smith, S. C. (2020). Economic Development (13th ed.). Pearson

Education Limited. Aholi daromadlari, bandlik va rivojlanish o‘rtasidagi

munosabatlarni rivojlanayotgan davlatlar misolida tushuntiradi.

7. Abdurahmonov, Q. X. (2023). Hududlar iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanish

asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti. O‘zbekiston hududlarining

iqtisodiy faolligi, daromadlar va bandlik muammolari bo‘yicha milliy ilmiy manba.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.