ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

SURXONDARYO VOHASI MILLIY KIYIMLARINING SHAKILLANISH TARIXI

Abstract

Ushbu maqolada qadimdan to hozirgacha bo‘lgan an’anaviy, betakror liboslarini ko‘rsatish, Surxon  hududida saqlanib kelinayotgan  milliy liboslarining etnoxususiyatlari aks ettirish va ularning davomiyligini anglatishdan iborat bo‘lgan ma’lumotlar haqida yoritiladi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

TARIXI

Nurullaeva Ruxshona Termiz davlat univertsiteti 2-kurs milliy libos, kashtachilik va to'qimachilik yo'nalishi

talabasi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada qadimdan to hozirgacha bo‘lgan an’anaviy, betakror liboslarini ko‘rsatish, Surxon hududida saqlanib kelinayotgan milliy liboslarining etnoxususiyatlari aks ettirish va ularning davomiyligini anglatishdan iborat bo‘lgan ma’lumotlar haqida yoritiladi.

Kalit so’zlar: Milliy libos, rang, ip, gazlama, to’qimachilik, kiyim-kechaklar, mato, o’tmish, kiyim.

Liboslar nafaqat insonlarning tabiiy va estetik ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga ularda har bir millatning urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat va estetik normalar o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, kiyimlarda inson yashagan joy va zamon, uning hayotiyligi, quvonchli yohud qayg‘uli voqealar namoyon bo‘ladi. Kiyim jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismidir. Bir tomondan, u inson mehnati mahsuli sifatida ma’lum bir moddiy qiymatga ega bo‘lib, ma’lum bir ehtiyojlarni qondirsa, ikkinchi tomondan u amaliy-bezak san’ati namunasi hamdir.

O‘zbek xalqining o‘tmishdagi kiyim-kechaklari bilan bog’liq ma’lumotlarni arxeologik qazilmalar jarayonida topilgan qadimiy katta devoriy suratlar, turli buyumlarga tushirilgan tasvirlar, o‘rta asrlardagi kitob miniatyuralari beradi. O‘rta asrlarga oid miniatyuralar o‘zbek kiyimlarining o‘ziga xos uslubi, ya’ni tipi shakllanganligi va ular keyingi davrgacha saqlanganligini ko‘rsatuvchi noyob namunalardir. Xalqning kiyim-kechaklaridagi o‘zgarishlar, asosan, XX asr boshlarida sezilarli ravishda namoyon bo‘ladi va undagi transformasiya, asosan, shaharlarda ochiq ko‘zga tashlanadi. XIX asrning birinchi yarmida Oʻrta Osiyoga Rusiyadan ip gazlama va boshqa matolarning keltirilishi sababli XIX asr oxiri va XX asr boshida mahalliy aholi orasida asosan fabrikada tayyorlangan ip gazlamalar: chit, boʻz, xom surpdan tikilgan kiyim-kechaklarni kiyish rasm boʻlgan. Boy-badavlat kishilar esa kimxob, ipak, atlas, duxoba, rang-barang movutlarni sotib ola boshlaganlar. Shunga qaramay, kosiblar dastgoxidan chiqqan mahalliy gazlama: mato, boʻz, nimshoyi kabi gazmollar (adras, beqasam, podshoi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilar)ning turli xillariga ehtiyoj katta boʻlgan.

Bugungi kun zamonaviy o‘zbek liboslari shaklan katta o‘zgarishlarga uchragan bo‘lsa-da, an’anaviy bichim yangi ko‘rinishlarda yashashda davom etmoqda. Ayniqsa mustaqillik yillarida milliy xunarmandchilikka bo‘lgan e’tiborning kuchayishi milliy mato to‘quvchiligining gurkirab rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Natijada milliy matolardan turli bichim va shaklda tikilgan liboslar kundalik va bashang liboslar qatoridan o‘rin olib, an’ana va qadriyatlar asrlar osha yashab qolishini yana bir bor tasdiqladi. Hozirgi kunda kiyinish madaniyati-ma’naviyatimizni aks ettiruvchi omillardan biri hisoblanib, yoshlarning, ayniqsa, qizlarning kiyinish madaniyati ko‘pchilik e’tiborida. Shunday ekan, ularning qalbida milliy urf-odat, an’analarga mehr uyg‘otish, qizlarni “zamonaviy” deb atalmish ochiq-sochiq kiyinishdan asrash, ya’ni kiyinish odobiga rioya qilishga o‘rgatish, ularning estetik didini o‘stirish dolzarb mavzulardan hisoblanadi.

Ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatdiki, milliy libosni, hatto eng an’anaviy ko’rinishida ham, o’zgarmagan deb hisoblash mumkin emas: u ma’lum bir evolyutsiyani, ba’zan esa shakllarning o’zgarishini ko’rsatadi. O’rta yoshli odamlar ko’pincha 20-asrning 40-yillarida ishlab chiqilgan va tarqalgan milliy kiyim variantini kiyishadi. Keksalar, ayniqsa, chekka qishloq ayollari har kim kiyib yurgan milliy liboslarini saqlab qolishadi. Farqlar faqat materialning rangi va sifati bilan chegaralangan.

O‘zbek xalqining kiyim-kechaklari yangi xususiyatlarni o‘ziga singdirib, milliy an’analarni asrab-avaylashda yanada boyib boraveradi. O‘zbeklarning zamonaviy liboslari takrorlanadi. Shahar va qisman qishloq yoshlari, ayniqsa, ziyolilar orasidan, bugungi kunda Yevropa kiyimlarini kiyishadi, ammo ular ko’pincha milliy kiyimlarning ayrim elementlarini o’z ichiga oladi.

An’anaviy o‘zbek libosi asosan, ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshga do‘ppi, oyoqqa mahsi-kalish yoki etikdan iborat bo‘lgan. Erkak-ayol va bolalar kiyimlari bichimining deyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak beradi. Bunday liboslar oddiy usulda, ba’zan qaychisiz va ulgusiz, yaxlit matodan yirtib tikilgan. Bir parcha gazlamani 2 ga buklab yelka tomoniga ko‘ndalangga 2 yeng bilan bir parcha to‘rt burchak xishtak (qo‘ltig‘iga solingan)ni tikib qo‘yilavergan[1]. Erkaklarning an’anaviy yaktak ko‘ylagi uzunligi tizzagacha, ayollar va qizlarniki to‘pig‘igacha bo‘lgan. Farg‘ona vodiysida yaktak xildagi erkaklar ko‘ylagining qiyiq joyi vertikaliga (yirmochi) belgacha etsa, yana bir turining yirmochisi gorizontal holda bir egnidan ikkinchisiga qiyib cho‘zilgan. Har ikki turda ham uzunasiga yoqa o‘rnatilgan.

O'zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo'lib, xalqning boy madaniy an'analari va turmush tarzining bir qismidir. Shaharlarda milliy libosdagi odamlarni topish kamdan-kam uchraydi, bugungi kunda u an'anaviy bayram tadbirlarida kiyiladi, ammo qishloqda u hali ham kundalik va dam olish kunlari liboslarining bir qismi bo'lib xizmat qiladi. An'anaviy o'zbek ayollar libosi xon-atlasdan tikilgan ko'ylakning tunikaga o'xshash oddiy qirqimlaridan, shuningdek, guldorlardan iborat. Bayramona kiyimlarda atlas mato va boy oltin kashta ishlatiladi. Ayollar bosh kiyimi bir vaqtning o'zida uchta elementni o'z ichiga oladi: do'ppi, sharf va salla. Oltin yoki kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari har doim barcha yoshdagi o'zbek ayollari libosiga ajralmas qo'shimcha bo'lib kelgan.

Kashtado'zlik naqshlari tasodifan tanlanmagan. U har doim sehrli yoki amaliy ahamiyatga ega bo'lgan. Chizmadan ijtimoiy mavqeni tushunish mumkin edi, ba'zida unga boshqa ma'nolar ham kiritilgan. Masalan, ortiqcha oro bermay takrorlanadigan geometrik naqsh o'ziga xos tumordir. Toʻq koʻk, qora rangdagi matolardan tikilgan liboslar Oʻzbekistonning hech bir hududida kiyilmagan. So'g'd naqshlari zardushtiylik ta'sirini saqlab qolgan. Ushbu mintaqadagi ranglar jamiyatdagi mavqega qarab tanlangan. Misol uchun, ayolning libosida ko'k va binafsha ranglarning keng tarqalganligi erining yuqori mavqei haqida gapiradi va yashil rangli naqshlar ko'pincha dehqonlar va hunarmandlar tomonidan ishlatilgan.

Oyoq kiyimi mahsi (ichigʻi — orqasi yoʻq, tagligi yumshoq, toʻpigʻi yoʻq chiroyli etik) va dagʻal charmdan yoki rezinadan tikilgan etiklardan iborat boʻlgan. Bu bugungi kungacha obro'ga ega bo'lgan juda qulay va issiq poyabzal edi.

An’anaviy o‘zbek kiyimidagi asosiy detallardan biri bu bosh kiyimdir. Markaziy Osiyoning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda milliy bosh kiyimi doʻppi hisoblanadi. Do'ppi nomi turkiy "tube" dan kelib chiqqan bo'lib, "yuqori, tepa" deb tarjima qilinadi. Uni erkaklar, ayollar va bolalar kiyishadi. Faqat yoshi katta ayollar do'ppi kiymaydi.

Endi yirik shaharlarda do'ppi kiygan odamni ko'rish kamdan-kam uchraydi va ko'pincha bu oilaviy va diniy bayramlar uchun kiyimning muhim detalidir. An'anaviy do'ppi tetraedral konussimon shaklga ega bo'lib, u qora rangda, 4 ta "qalampir" va 16 ta miniatyura kamar shaklida oq naqshli kashta tikilgan. Kundalik do'ppi "kalampir" eng oddiy va eng keng tarqalganlaridan biridir, ammo uning ahamiyatini e'tiborsiz qoldirmaslik kerak. O‘zbekistonning har bir viloyatida o‘ziga xos do‘ppi bo‘yi va naqshlari bor.

Eng boy xilma-xilligi bilan O‘zbekistonda do‘ppi tikish bo‘yicha oltita asosiy maktab mavjud: Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo-Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm-Qoraqalpoq[2]. Maxsus, tantanali tadbirlar uchun nafis do'ppilar mavjud - ular yorqin va rang-barang kashta va naqshlarga, tilla kashtalarga boy.

O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi liboslar bir-biridan farq qiladi. Shu ma’noda o‘zbek liboslarini quyidagi mintaqalarga bo‘linadi: Toshkent-Farg‘ona, Buxoro-Samarqand, Qashqadaryo-Surxondaryo. Shuningdek, hududlar bo‘yicha ham o‘ziga xoslikni tashkil qiladi.

O‘zbekiston hududida turli madaniyatlar uyg‘unlashgan hududlar ham mavjud. Mazkur madaniyatlarning o‘zaro uyg‘unligi liboslarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Bu Surxon vohasi liboslarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Surxondaryo vohasi O‘zbekistonning janubida joylashgan. Ular iqlimining issiqligi bilan ajralib turadi. Tabiiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan xolda o‘lka aholisining milliy kiyimlari ham tabiat sharoitlariga mos bo‘lishi lozim. Kiyimlarning yorkin ochiq buyoklari, erkin bichimi va noyob, turli-tuman kashtalari kishilarning yuqori dididan dalolat beradi. Surxondaryo voxasida asrlar osha turli etnik guruhlar yashab kelmoqda, u yerda o‘ziga xos tarixiy-madaniy etnografik voha vujudga kelgan bo‘lib, an’anaviy madaniyatning yuragi hisoblanadi. 2001 yilda Boysun YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan xalq madaniyatining durdonasi deb tan olinganligi tasodifiy emas[3]. Ushbu mintaqa uchun an’anaviy, o‘ziga xos kiyimlar aholining xujalik yuritishi, estetik qarashlari asosidagi hayot tarzi va iqtisodiy omillarning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan xolda tayyorlangan. Kiyimlarda ajdodlarning ko‘p asrlik an’anaviy va badiiy yaratuvchanlik goyalari yakkol ifodalangan. Ularda boshqa elementlarga nisbatan xalqning milliy xarakteri, etnik tarixi ildizlariga borib taqaladigan an’analari, ijtimoiy munosabatlari va mafkuraning ayrim elementlari ko‘proq ifodalangan. U kishilarning moddiy farovonligi, ularning didlari, xujaligining ayrim o‘ziga xosliklari va oilaviy turmushining ba’zi tomonlarini aks ettiradi.

Surxondaryoda ayollarning "kiygich", "bosh" deb ataladigan bosh kiyimlari fakat ayni Surxondaryogagina xos bo‘lib, O‘zbekistonning boshqa joylarida uchramaydi. "Bosh" juda o‘ziga xos bosh kiyimi bo‘lib, u bir nechta vazifani bajargan:

1.Ayollar boshini issiq, sovuq va shamoldan asragan;

2.Unda ayollar turmushda tez-tez zarur bo‘lib turadigan mayda buyumlarni (ip, igna, to‘g‘nag‘ich va taroq ) saqlaganlar.

Surxondaryoning ayollari qizil, olcha ranglarni juda yaxshi ko‘rganlar. Kiyim uchun yo‘l-yo‘l, sidirg‘a va yirik gulli abrli gazlamalarni tanlaganlar. Surxondaryoning ana’anaviy xotin-qizlar libosi rangining yorqinligi bilan ajralib turadi. Xotin-qizlar libosiga quyidagilar kiradi: ichki va tashqi ko‘ylak, cholvor, ustki kiyim, bosh kiyim va taqinchoqlar.

Kundalik va bayram kiyimlari uchun ayollar, mahalliy, qo‘l-bola ip-gazlama va yarim shoyi matolardan yo‘l-yo‘l olacha, bo‘z, janda va hokazodan foydalanganlar. Boysunda olachaning “norpo‘sti”, “qirmizi”, “mozori” va “amiri” nomdagi turli xil navlarini ishlab chiqarganlar.

Kiyimlarga kashtalar nafaqat go‘zallik va estetik did berish uchun tikilgan, shuningdek ular diniy asoslarga ham ega bo‘lgan. Xususan bunday bezaklar ayollar, bolalar va kelinchaklarni yomon ko‘zdan asraydi, deb hisoblangan. Ayollarning kiyimlarini zargarlik bezaklarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Surxondaryoda zargarlik buyumlari xuddi kiyimlar kabi ushbu mintakaning etnik turmush tarziga xos bo‘lgan, alohida ajralib turadigan xususiyatlarga ega. Kumushdan ishlangan peshona bezaklari "sinsila" (silsila) deb atalgan. Ayollarning ziraklari turli-tuman bo‘lgan. Burunga taqiladiganlari "letuva" va "natti" deb atalgan. Surxondaryo ayollari zargarlik buyumlarini juda sevganlar va ko‘plab taqib yurganlar.

Surxondaryo aholisi milliy kiyimlarining noyob namunalari aholining ijtimoiy ahvolidan kelib chiqqan holda taqdim etilgan: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari; yosh ayollar, o‘rta yoshdagi erkaklar va ayollar, keksalar kiyimlari.

Surxondaryo yana qadimiy yerosti saroylari va moddiy-madaniyat yodgorliklariga boy bo‘lib, ushbu o‘lkaning qadimiy madaniyati bundan dalolat berib turadi. Surxondaryo hududida arxeolog olimlar tomonidan topilgan Dalvarzintepa, Ayritom, Sopollitepa, Fayoztepa, Bolaliktepa kabi qadimiy tarix, madaniyat va san’at obidalaridan topilayotgan nodir ashyolardagi tasvirlar bu joydagi liboslar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Ayollar ko‘ylagining yoqasi vertikal kesilgan bo‘lib, ko‘p joylarda butun bo‘yiga gulli jiyak (tasma) tikilgan. Shahrisabz, Qarshi va Surxondaryo jiyak ipak ip bilan but shaklida to‘qilgan. Ko‘pchilik joylarda yoshi katta ayollar oddiy jun, chilvir yoki qoramtir yo‘l-yo‘l mato parchasini jiyak qilib ishlatgan. Asrimiz boshlarida bunday ayol ko‘ylaklari kam saqlangan.

Zamonaviy kiyimlarda milliy an’analar bilan Yevropa uslubi qo‘shilib ketgan. Milliy matolardan zamonaviy ruhdagi turli bichimlardagi ko‘ylak va kastyumlar xotinqizlar o‘rtasida urf bo‘lgan. Milliy kiyimlar hayot tarzimiz va iqlim sharoitga moslangan bois, qishlok, xo‘jaligida mashg‘ul kishilar hozirgacha oq yaktakni ish kiyimi sifatida kiyadilar.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yevropacha kamzul (kamzo‘l) paydo bo‘lib, uni erkaklar ham, ayollar ham kiygan. Erkaklarni kamzuli tik yoqali, uzunligi tizzagacha yetadigan, asosan qora matodan tikilgan, ayollarning kamzuli rang-barang duxobadan yoki beqasamdan beli tor qilib tikilgan[4]. Ko‘ylak ustida yengsiz nimcha, ya’ni jiletka kiyish urf bo‘lgan. Ingliz libosi tipidagi jaket ham yevropacha libos, palto va makintosh kabi ziyolilar orasida tez tarqala boshlagan.

Kiyimlarda insonning ijtimoiy mavqei, u yashagan joy va zamon, hayotidagi quvonchli yohud qayg‘uli voqealar ham namoyon bo‘ladi. Bu masala tarixini o‘rganish ko‘plab yo‘qolib ketgan va ketayotgan bebaho yodgorliklarimizning xilma-xilligini qayta tiklash va xalqimizning nodir merosini dunyoga tanitishga xizmat qiladi. Asosiy maqsad esa, qadimdan to hozirgacha bo‘lgan an’anaviy, betakror liboslarini ko‘rsatish, hududlarda (qishloq, shahar, tumanlar) saqlanib kelinayotgan farqlarni aks ettirish va ularning davomiyligini anglatishdan iboratdir.

Surxon milliy liboslarini o‘rganish Surxon vohasi xalqining etnik tarixi va madaniyatini, uning boshqa hududlar va xalqlar bilan o‘zaro aloqalarini tadqiq etish bilan chambarchas bog‘liqdir. U moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarini ko‘rsatuvchi mezondir. Liboslarda urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat va estetik normalar o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, kiyimlarda inson yashagan joy va zamon, uning hayotidagi quvonchli yoxud qayg‘uli voqealar namoyon bo‘ladi.

Bizgacha yetib kelgan liboslar XIX asr oxiri — XX asr boshlariga taalluqli bo‘lib, qadimgi davrlarga oidlari saqlanmagan, chunki libos va matolar moddiy yodgorliklar ichida doimiy iste’molda bo‘lgan va oxirigacha foydalanilgan XX asr boshlarida ayollarga urf bulgan yangi bichivdagi ko‘krakburma ko‘ylak ham takomillashib borib, hozirgi kunda ayollarimizning sevimli an’anaviy kiyimiga aylangan[5]. Bu ko‘ylakning yuqori qismi - koketkasi gavdaga yopishib turgan, ko‘krakdan pastki qismi - esa, keng olingan va serburma qilib koketkaga tikilgan. Etakning gavdada keng turishi, bir tomondan tu pri bichivdagi ko‘ylaklar kabi o‘tiribturgan va yurganda qulay bo‘lsa, ikkinchidan yozning issiq kunlarida salkin bo‘lgan.

Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Milliy liboslarimizda yoshlarga xos ibo va hayo aks etgan. Ayniqsa, ayollarimizning milliy liboslari masalasida biz xech ikkilanmasdan o‘z milliylik xususiyatlarimizni targ‘ib etishimiz mumkin. Xozirgi paytda ko‘krakburma ko‘ylaklarni nafakat o‘zbek ayollari, balki o‘lkamizda yashayotgan boshqa millat ayollari ham yoqtirib kiyishadi.

Vaqt o‘tishi bilan, milliy liboslar keskin o‘zgarganligini, ammo eng zamonaviy variantlardan biri Sharkning eng qadimiy an’analarini va tarixiy aloqani muvaffaqiyatli saqlab qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Mirzaeva Shaxrinsa, Asqarova Munojat Husanovna O‘ZBEK MILLIY ETNO-LIBOSLARI TARIXIGA BIR NAZAR // Oriental Art and Culture. 2022. №1.

URL

https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-milliy-etno-liboslari-tarixiga-bir-nazar (дата обращения: 23.02.2024).

2. D.Rahmatullayeva. Коstyum va moda tarixi: – Toshkent:«Niso-Poligraf», 2017

3. D.Rahmatullayeva, ILXodjayeva, F.Ataxanova . Libos tarixi / darslik.. -Т.: «Sano-standart» nashriyoti, 2015-yil. — 336 bet.

4. N. Sodiqova. “O‘zbeklarning milliy liboslari (XIX-XX asrlar)” Toshkent. Sharq – 2003 y

5. Binafsha Nodir. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Janubiy Surxon vohasi aholisi milliy liboslari // Moziydan sado. – Toshkent, 2003. – № 3-4. – B. 71. (Purple Rare. National costumes of the population of the Southern Surkhandarya oasis in the late XIX – early XX centuries // Echoes from Mazi. - Tashkent, 2003. - № 3-4.. – R. 71.)

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.