SUV TEJOVCHI GULTUVAK
A.A.Xojimatov, M.A.Abdimutalibjonova
Andijon Davlat Texnika Instituti
katta oʻqituvchi, iqtidorli talaba
aziznido20@gmail.com
Annotatsiya Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda noan’anaviy va resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanishda suv tejovchi texnologialarning oʻrni beqiyos. Ushbu maqolada gulchilik va koʻchatchilik sohasini rivojlantirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash haqida soʻz boradi.
Xozirgi vaqtga kelib eng ommalashib borayotgan sohalardan biri boʻlib, xar-bir tuman miqyosida gulchilik klasterlari va shirkatlari ish olib bormoqda. Bunda manzarali va xona gullarining maxalliy va xorijiy navlari yetishtirilib, xalqimiz
Bu maqolada asosan gulchilik va koʻchatchilikni rivojiga katta hissa qoshadigan innovatsion gultuvakni ishlab chiqarishga tavsiya etish bo`yicha ilmiy yangiliklar keltirib o`tilgan.
Аннотация. Роль вод сберегающих технологий в развитии аграрного сектора, использующего нетрадиционные и ресурсосберегающие технологии, не имеет себе равных. В статье рассматривается использование современных технологий для развития цветоводства и питомниководства.
В настоящее время это одна из самых популярных отраслей, в каждом районе действуют кластеры и компании по цветоводству. В связи с этим выращиваются и представляются вниманию нашего народа местные и зарубежные сорта декоративных и комнатных цветов. Большое внимание уделяется также выращиванию различных ценных сортов цветов, способных заменить импорт.
В данной статье в основном представлены научные новости, посвященные рекомендациям по производству инновационных цветочных горшков, которые внесут значительный вклад в развитие цветоводства и садоводства.
Abstract. The role of water-saving technologies in the development of the agricultural sector using non-traditional and resource-saving technologies is unparalleled. The article discusses the use of modern technologies for the development of floriculture and nursery.
Currently, this is one of the most popular industries, in each region there are clusters and companies on floriculture. In this regard, local and foreign varieties of ornamental and indoor flowers are grown and presented to the attention of our people. Much attention is also paid to the cultivation of various valuable varieties of flowers that can replace imports.
This article mainly presents scientific news dedicated to recommendations for the production of innovative flower pots that will make a significant contribution to the development of floriculture and gardening.
Kalit soʻzlar: Gulchilik, klaster, koʻchatchilik, innovatsiya, gultuvak, sensor.
Ключевые слова: Цветоводство, кластер, рассада, инновация, клумба, датчик.
Keywords: Floriculture, cluster, seedling, innovation, flowerbed, sensor.
Gulchilik xozirgi vaqtga kelib eng ommalashib borayotgan sohalardann biri boʻlib, xar-bir tuman miqyosida gulchilik klasterlari va shirkatlari ish olib bormoqda. Bunda manzarali va xona gullarining maxalliy va xorijiy navlari yetishtirilib, xalqimiz
Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 avgustdagi PQ5209-sonli “Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilik sohalarini yanada rivojlantirish toʻg’risida”gi qarorni imzoladi [1]. Qarorga muvofiq: tadbirkorlik sub’ektlarini gulchilik va koʻchatchilik bilan shug’ullanishga qiziqtirish, ularni bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun oʻqitish, shu jumladan xorijiy davlatlarda oʻqitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish; Gul yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda gulchilikka ixtisoslashgan tumanlarda tajriba tariqasida gulchilik sohasida tajribaga ega boʻlgan tadbirkorlar tomonidan gulchilik klasterlari tashkil qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatildi.
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablag’larning kamida 10 foizi gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratilishi ham qarorda belgilab oʻtilgan. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ochiq maydonda hamda issiqxonalarda gul yetishtirish boʻyicha agrotexnik tadbirlarni oʻrgatish maqsadida Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlarida har birining maydoni 2 sotix boʻlgan 25 ta “Gulchilik oʻquv poligon”larini tashkil etish uchun 0,5 gektar yer maydoni ijaraga beriladi; “Gulchilik oʻquv poligon”larida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga gul va koʻchat yetishtirishni rivojlantirish orqali ularga maxsus yer maydonlarini ijaraga berilishi aytib oʻtilgan.
Shu bilan birga 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021 — 2024 yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni va 100 ming AQSH dollaridan koʻpni tashkil qiladigan tadbirkorlik sub’ektlarining xom ashyo (gul koʻchatlari, urug’lari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag’batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.
2023 yil 1 yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilishi belgilandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda ilmiy-texnik dasturlar innovatsiya ishlarining koʻlamini kengaytirishga, aniq natija beradigan loyihalarga davlat buyurtmasini shakllantirib, raqobat asosida moliyalashtirishga tanlov e’lon qilishi belgilangan. Bunda, ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablag’larning kamida 40 foizi eksportbop va qimmat gullarni (orxideya, liliya, pion va boshqalar) mahalliy iqlimga moslashtirish uchun gen injeneriyasiga ixtisoslashgan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish hamda jihozlashga yoʻnaltirish koʻrsatib oʻtilgan.
Gulchilik sohasiga oid loyihalarni moliyalashtirish ustuvor ravishda “Turonbank” aktsiyadorlik tijorat banki tomonidan, shuningdek, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida esa barcha tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Yuqorida aytib oʻtilgan vazifalarni bajarish maqsadida gulchilik sohasini rivojlanntirishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Bunda xona gulllari va koʻchatlar uchun ishlatiladigan tuvaklarni oʻrganildi.
Xozirgi vaqda gul tuvaklarining bir necha turlari boʻlib, Jumladan materiali, shakli(dizayni), namlash (sug’orish) usuliga qarab ajratish mumkin.
Ushbu gul tuvaklar gul oʻsish parametrlari, shakli, tomirlar kengayishi, namlikni va quyosh nurini talab qilish darajasi, xonaning dizayniga mos kelishi, qolaversa narxiga qarab tanlab olinadi.
Xar bir gul oʻzi uchun qulay sharoit yaratilgandagina ma’lum davr davomida oʻz goʻzalligini va chiroyini saqlab turadi. Aks holda uning oʻsuv davri tugallanib, xar-hil kassalliklar, tomirlar chirishi, yorug’lik va issiqlikning yetishmasligi, tuproqdagi mineral va organik moddalar kamligi va bir qator boshqa sabablarga koʻra yoʻqolib boradi. Aksariyati gullar va koʻchatlarni namlik darajasini aniqlash murakkab chunki buni faqat gul yetishtiruvchi haqiyqiy gulchilargina farqlay olishi mumkin [2,3].
Olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra gul tuvaklarini sodda variantlari keng qoʻllanilib, ma’lum shakl ostida teshiklari boʻlgan plastmassa, loy tuproqli koʻza, shisha, yog’och g’oʻlali va mramor toshli turlari mavjud. Ushbu gul tuvaklari oʻsimlik oʻsishida faqat tuproqni qamrab olish va oʻsimlik oʻsishi uchun oddiy sharoit yaratadi. Bu holatda tuproq namligini baholab borish va kerakli namlikni hosil qilish maxsus gulchi xizmatidan foydalanishni talab etadi. Xona gullari va koʻchatlarini turiga koʻra hamma gullar va koʻchatlar har-xil namlikda oʻsadi. Buni har doim ham nazorat qilish imkoni boʻlmaydi.
Biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot ishida ushbu kamchiliklar oʻrganilib, ilmiy yechim taklif etilgan. Jumladan namlikni boshqarish, suv iste’molini avtomatik boshqarish, gulchi xizmatini kamaytirish, gul va koʻchatlarni nobud boʻlishini oldini olish vazifalari koʻrsatib oʻtilgan [4].
Inovatsion gul tuvak boshqa tuvaklardan farqi shundaki, u maxsus suv qobig’li tuvak boʻlib, plastik materialdan maxsus dizayn bilan ishlangan. Bunda tuproq namligini oʻlchash uchun sensorli datchik mavjud boʻlib, tuvakka oʻrnatilgan mini nasos qoʻrilmasiga axborot yetkazib turadi. Berilgan axborotga koʻra nasos qurilmasi gul tuvak qobig’idagi suvni tuproq qatlamiga tomchilatib yetkazib beradi. Natijada tuproq kerakli me’rdagi namlikka yetganda mini nasos oʻz ishini toʻxtatadi. Mini nasos qurilmasida maxsus batareya mavjud boʻlib, qoʻyosh paneli orqali doimiy quvvatlantirilib boriladi.
Innovatsion gul tuvakning afzalligi avvalgi oddiy tuvaklardan koʻra qoʻyidagicha farq qiladi:
maxsus dizaynga ega;
suv boʻlinmasi mavjud;
avtomatik namlikni nazorat qilish imkoni mavjud;
sug’orish ishlarini avtomatik bajaradi;
quyosh nuridan quvvat oladi.
Xozirgi kunda gulchilikni rivojlantirishda bir qator imkoniyatlar mavjud boʻlib, sohani rivojlantirishda davlat miqyosida keng e’tibor berilib borilmoqda. Turli zamonaviy landshaft gullari yetishtirilib, turli korxona va davlat muassasalarining landshaft dinaynini yaratishga xissa qoʻshmoqda. Bu esa oʻz navbatida gul va koʻchatlarga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Shuning uchun ushbu taklif etilayotgan innovatsion gul tuvaklari sohani bir qator muammolarini hal qilishda yechim boʻla oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 avgustdagi PQ-5209-sonli “Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilik sohalarini yanada rivojlantirish toʻg’risida”gi qarorn https://lex.uz/docs/5552394
2. Khojimatov A.A. Organize a cluster system in uzbekistan agriculture comparison with world experience. – 2022.
3. Xojimatov A.A., Oripov G. Qishloq xoʻjaligi klaster tizimlarida ishlatiladigan uskunalarning metall qismlarini agressiv muhitdan himoya qilish // Ученый ХХII века. 2020. №12-1(71). https://cyberleninka.ru/article/n/qishloq-xojaligi-klaster-tizimlaridaishlatiladigan-uskunalarning-metall-qismlarini-agressiv-muhitdan-himoya-qilish (data obraщeniya: 10.01.2023).
4. Xojimatov A.A., Eshonxujaev D. O. Fiziko-mexanicheskiye osnovы protsessa iznashivaniya elementov selskoxozyaystvennыx mashin v korrozionno-aktivnыx sredax //Nauka i mir. – 2019. T. 1. – №.6. – S. 64-65.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.