KIRISH: zamonaviy ta’lim tizimida grant mablag‘lari ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va ta’lim sifatini oshirishning muhim mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ta’lim grantlari bilan samarali ishlash ko‘nikmalari pedagoglar, tadqiqotchilar va boshqaruv xodimlarining kasbiy kompetensiyasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Grant loyihalarini ishlab chiqish, hujjatlashtirish, moliyaviy rejalashtirish va hisobot yuritish jarayonlari chuqur nazariy bilim hamda metodologik tayyorgarlikni talab etadi. Shu bois ta’lim grantlari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ilmiy masalalardan biridir. MAQSAD: ta’lim grantlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda metodologik asoslarini aniqlash, ularning pedagogik va tashkiliy samaradorligini asoslash. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv hamda faoliyatga yo‘naltirilgan metodologiya asos qilib olindi. Nazariy tahlil, ilmiy manbalarni umumlashtirish, taqqoslash, modellashtirish, pedagogik kuzatuv va so‘rovnoma metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, grant loyihalarini ishlab chiqish jarayonini bosqichma-bosqich modellashtirish hamda amaliy trening mashg‘ulotlari orqali ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlari o‘rganildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, grantlar bilan ishlash ko‘nikmalari quyidagi tarkibiy komponentlardan iborat: analitik (muammoni aniqlash va asoslash), loyihalash (maqsad, vazifa va kutilayotgan natijalarni belgilash), moliyaviy-rejalashtirish (byudjet tuzish), kommunikativ (hamkorlik va muzokara olib borish), hamda monitoring va baholash kompetensiyalari. Mazkur ko‘nikmalarni rivojlantirishda interaktiv treninglar, keys-stadi, loyiha simulyatsiyasi va mentorlik mexanizmlari samarali natija beradi. Natijada ishtirokchilarning grant arizalarini tayyorlash sifati, tanlovlarda ishtirok etish faolligi hamda loyiha boshqaruvi samaradorligi oshishi kuzatildi. XULOSA: ta’lim grantlari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariymetodologik asoslari tizimli, kompetensiyaviy va amaliy yo‘naltirilgan yondashuvlarga tayangan holda shakllantirilishi lozim. Mazkur ko‘nikmalarni rivojlantirish ta’lim muassasalarining innovatsion salohiyatini oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
INTRODUCTION: in the modern educational system, grant funding is one of the key mechanisms for supporting research activities, implementing innovative ideas, and improving the quality of education. Skills in working effectively with educational grants are becoming an integral part of the professional competence of teachers, researchers, and administrators. The development of grant projects, preparation of documentation, financial planning, and reporting require profound theoretical knowledge and methodological training. Therefore, the study of the theoretical and methodological foundations for developing skills in working with educational grants is a relevant scientific issue. AIM: to identify the theoretical and methodological foundations for the formation and development of skills in working with educational grants and to substantiate their pedagogical and organizational effectiveness. MATERIALS AND METHODS: the research was based on a systemic approach, a competency-based approach, and an activity-oriented methodology. Methods such as theoretical analysis, synthesis of scientific sources, comparative analysis, modeling, pedagogical observation, and questionnaires were employed. In addition, mechanisms for skill development were examined through step-by-step modeling of the grant project development process and the implementation of practice-oriented training sessions. DISCUSSION AND RESULTS: the research findings revealed that skills in working with grants include the following structural components: analytical (identifying and justifying the problem), project-design (formulating goals, objectives, and expected outcomes), financial planning (budget preparation), communicative (collaboration and negotiation), as well as monitoring and evaluation competencies. Interactive training, case studies, project simulations, and mentoring mechanisms proved effective in developing these skills. As a result, an improvement was observed in the quality of grant applications, participation in competitive calls, and overall project management efficiency. CONCLUSION: the theoretical and methodological foundations for developing skills in working with educational grants should be formed on the basis of systemic, competency-based, and practice-oriented approaches. The development of these skills contributes to enhancing the innovative potential of educational institutions, increasing the effectiveness of research activities, and expanding international cooperation.