ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

TALABALARDA MULOQOT MADANIYATINING PSIXOLOGIK MOHIYATI VA O‘ZIGA XOSLIGI

Abstract

Mazkur maqolada shaxslararo muloqotga talabalarni tayyorlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tomonlar, talablar tizimi doirasida, muloqot madaniyatini samarali shakllanishini va rivojlanishini ta’minlovchi malakaga o‘rgatish, talabalarning muloqot madaniyati ko‘nikmalarini shakllantiradigan usullar va pedagogik jarayonda o‘ziga xos bu usullardan foydalanish natijasidagina kutilgan samaradorlikka erishish mumkinligi yoritib berilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

MOHIYATI VA O‘ZIGA XOSLIGI

Nabiyeva Mexribon Rabbimkulovna

Samarqand davlat universiteti II bosqich magistratura talabasi

Tel: +99893 994 68 77

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada shaxslararo muloqotga talabalarni tayyorlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tomonlar, talablar tizimi doirasida, muloqot madaniyatini samarali shakllanishini va rivojlanishini ta’minlovchi malakaga o‘rgatish, talabalarning muloqot madaniyati ko‘nikmalarini shakllantiradigan usullar va pedagogik jarayonda o‘ziga xos bu usullardan foydalanish natijasidagina kutilgan samaradorlikka erishish mumkinligi yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: ong, xotira, intellektual rivojlanish, kommunikativ qobiliyat, muloqot, shaxs, psixologiya, individuallik, madaniyat, ijtimoiy, ko‘nikma, shakllantirish, kommunikativ kompetentlik, pantomima, ma'lumot, koordinatsiya, professionallik, optimallashtirish.

ANNOTATION

This article discusses aspects that should be paid attention to when preparing students for such an important factor as interpersonal communication, within the framework of a system of requirements, pedagogical skills that ensure the effective formation and development of a culture of communication, methods that form students' skills of communicative culture and explains that the expected effectiveness can only be achieved as a result of the use of these unique methods in the pedagogical process.

Keywords: consciousness, memory, intellectual development, communicative ability, communication, personality, psychology, individuality, culture, social, skill, formation, communicative competence, pantomime, information, coordination, professionalism, optimization.

Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyati o‘zaro munosabat va ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish, avvalo, odamlarning bir-birlari bilan til topishish, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatish, fikr almashinuvi kabi murakkab jarayonni talab etadi. Shunday ekan, har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bеvosita bog‘liqdir. Bir qarashda osonga o‘xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo‘lib, unga odam hayoti davomida o‘rganib boradi.

So‘nggi yillarda dunyoda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida muloqot madaniyati, samarali muloqot, shaxslararo munosabatlar va kommunikativ kompetensiya muammolari falsafa, sosiologiya, madaniyashunoslik, tilshunoslik, psixologiya va pedagogika sohasida faol muhokama qilinmoqda. Turli fan sohalari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida samarali muloqot, kommunikativ kompetensiya mohiyati va mazmuni ochib bergan. Jumladan, V.Yu.Jukov madaniyatni quyidagi shakllarda ko‘rib chiqadi: 1) shaxsning ichki dunyosi (ong, xotira va aqliy faoliyat; odamlarning ehtiyoj va qobiliyatlari; bilim va ko‘nikmalar, intellektual va axloqiy rivojlanish; estetik did); 2) ijtimoiy munosabatlar (ijtimoiy muloqot va o‘zaro munosabatlar; an’analar; axloq normalari, qonun va xatti-harakatlar; turli xil ijtimoiy institutlar); 3) inson faoliyatining obektiv natijalari – moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning tayyor mahsulotlari (asboblar va uy-ro‘zg‘or buyumlari, badiiy va ilmiy ijod samaralari va boshqalar).1 M.Koul esa o‘z asarida bitiruvchilarning kommunikativ madaniyatini umumbashariy insoniyat madaniyati nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi va uni shaxs tomonidan ongli ravishda shakllantirilgan ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashish tizimi sifatida tavsiflaydi.2 M.Koul va J.Bruner «shaxsning muloqot madaniyati» tushunchasining asosi shaxsning samarali muloqotga erishish uchun foydalanadigan texnika yoki xatti-harakatlar qoidalari to‘plamidir degan xulosaga kelishdi.3

O.V. Uvarkinning fikriga ko‘ra, hozirgi kunda muloqot madaniyatini shakllantirishning quyidagi ikkita yo‘nalishini ajratish maqsadga muvofiq: toki til madaniyati, nutq san’ati, kommunikativ axloqning etikasi, yuqori axloqiy sifatlar va insonparvar dunyoqarash shakllanmas ekan yoshlarning kasbiy ta’limi tugallangan deb bo‘lmaydi; muloqot madaniyati har bir mutaxassisdan boshqalar bilan muloqot maqsadlariga erishishni ta’minlovchi xulq-atvorning ma’lum xususiyat va strategiyalarning mavjudligi (o‘zi haqida yaxshi taassurotni tuzib chiqish, mahsuldor muloqot qilish, kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatga yo‘naltirish, jamoaviy 1 Жуков В. Ю. Основы теории культуры: Учебное пособие для студентов вузов. –СПб.: СПбГАСУ, 2004. – С. 75 2 Коул М. Культурные механизмы развития.//Вопросы психологии.-1995.-№3.-С.5-21. 3 Bruner Jerome S. Acts of Meaning. Cambridge, Ma.:Harward University Press, 1990.149 p munosabatlarda o‘zini mustaqil namoyon qilishga harakat qilish, mehnat jamoasida yangi munosabatlarga moslashish).

O.M. Vdovichenko, oldingi olimlarning tadqiqotlariga tayanib, quyidagi xulosalarga keladi, ya’ni mavjud an’anaviy kommunikativ ta’lim metodi orqali o‘quv jarayonida muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishni butun ta’lim jarayonini muloqotga yo‘naltiradigan jarayonga aylantirish mumkin. Oxirgisi, muloqot asoslarini o‘zlashtirish kabi muloqot faoliyati jarayonida o‘zlashtirish bilan izohlaydi. Ya’ni, ta’lim vositasi va sharoitlarini bajara turib, muloqot ham uning maqsadiga aylanib qoladi. Bundan tashqari muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish mummolarini ko‘rib chiqishning yana bir yo‘nalishi o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini kirgizish bilan ta’riflanadigan innovatsion yondashuvdir.

O.Muravyevaning tadqiqotida hozirgi kunga kelib, psixologiya fanida muloqot va o‘zaro munosabatlarning samarali yoki samarasiz ekanligini belgilovchi psixologik omillarni tadqiq etish natijasida ko‘plab konsepsiya, model, metod, yondashuvlar yuzaga kelganligi ko‘rsatib berilgan: 1) nazariy yondashuvlar; 2) muloqot samaradorligini kommunikativ kompetentlik tushunchasi bilan bog‘lovchi empirik modellar; 3) muloqot samaradorligi muammosi o‘zaro munosabatlarning iyerarxik modellari bilan belgilangan tadqiqotlar; 4) samarali muloqot usullari va texnikalari hamda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning psixologik texnologiyalari ishlab chiqilgan amaliy ijtimoiy psixologiya.4 Biz muloqot madaniyati jarayonida ishlatiladigan madaniy me’yorlar, madaniy bilimlar, qadriyatlar va ma’nolar to’plami degan xulosaga keldik. Muloqot darajasini yaratadigan muloqot madaniyatining tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqish kerak. Ta’kidlash joizki, muloqot madaniyati kommunikativ faoliyat sifatida va shaxs madaniyatining tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Masalan, G.N.Smirnov muloqot madaniyatining bilim ma’nosida quyidagi tarkibiy qismlarini ajratadi: a) ma’lum bir jamiyatda qabul qilingan muloqot me’yorlari; b) muloqot psixologiyasi (toifalar, naqshlar, mexanizmlar); v) bir-birini tushunish va anglash 4 Муравьева О. Психология коммуникативной компетентности: теоретические и практические аспекты / О.Муравьева – LAP LAMBERT Academic Publishing GmbH&Co.KG, 2011 – 136 с. psixologiyasi; g) ushbu bilimlarni vaziyatga, ma’lum bir jamiyatning axloqiy me’yorlariga va umuminsoniy qadriyatlarga muvofiq qo’llash qobiliyati.5

Shaxs shakllanishida muloqotning ahamiyati haqida bir necha psixolog olimlar o‘z fikrlarini bayon qilganlar. Jumladan, rus psixologi B.G. Ananev “Odam bilishning predmeti sifatida” asarida bu masalani chuqur tahlil qilgan. U bilimning turli elementlarini egallash muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning garovi ekanligini ta’kidlaydi. Bilimlarni egallash muloqot orqali amalga oshirilishini ham uqtirib o‘tadi. Agar kishilar o‘zaro bir-birlariga axborot uzatmasalar, tajribalarini muloqot orqali almashmasalar ular rivojlanmay qolishlari to‘g‘risida B.G. Ananev asosli fikrlarni keltiradi.

B.G. Ananev fikricha: “Muloqot ijtimoiy va individual holatdir. Shuning uchun nutq bilan uzviy bog‘liq, kommunikativ vazifani bajarishda pantomimika, imo-ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga chiqadi.”6

Tajribali psixolog A.A. Bodalev esa shaxs o‘yinda, o‘qishda, muloqotda, ya’ni faoliyatning turli sohasida o‘zining o‘rnini bilishi zarurligini uqtiradi. U o‘zining “Shaxs va jamiyat” kitobida bu masalaga katta e’tibor beradi. Shuningdek, u bu muammolar kam o‘rganilganligini ta’kidlaydi. A.A. Bodalevning fikricha, “insonga muloqot orqali tarbiyalashda bu unga qanday ta’sir qilishini avvaldan o‘ylash zarur».7

A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalar tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:

1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi;

2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug‘iladi;

3) avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug‘iladi;

4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o‘zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.

Xullas, inson o‘zini idora qilish, turli vaziyatlarda o‘zini tutish fazilatlari o‘zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik fazilatida 5 Смирнов Г. Н. Этика деловых отношений / Г. Н. Смирнов. М.: Проспект, 2011, С.84 6 Tanlangan psixologik asarlar.2-tom . 21-b. 7 A.A. Bodalev Shaxs va muloqot. M.17 - s. ma’lum yutuqlarga erishadi:

1. Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqe bo‘lishi nafaqat ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettiribgina qolmaydi, balki ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.

2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi ob’ektlarga yo‘naltirilganligi va to‘planganligi turli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib muloqot maromiga putur yetkazadi.

3. Inson o‘zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o‘zlashtirish uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo‘riqish orqali ko‘zlangan maqsadiga yetishi mumkin.8

L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko‘ra muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi:

— aloqa o‘rnatish vazifasi — suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash;

— informatsion vazifa — suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalar almashish;

— faoliyatga undash — suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish (rag‘batlantirish);

— koordinatsion vazifa — suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishdagi harakatlarni muvofiqlashtirish;

— tushunishni ta’minlash vazifasi — suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish;

— amotiv vazifa — suhbatdoshda muayyan hissiyotlarini uyg‘otish hamda ularni o‘zgartirish;

— munosabat o‘rnatish vazifasi — munosabatlar tizimidagi shaxsiy o‘rinni, mavqeni aniqlash;

— ta’sir ko‘rsatish vazifasi — suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlarini o‘zgartirish.9

Bo‘lg‘usi mutaxassislarning muloqot madaniyatini samarali shakllantirish va rivojlantirish ularga o‘z kasbiy majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarishda, olgan 8 E.G’oziyev. Muomala psixologiyasi. T.2001 23-bet 9 M.Maxsudova Muloqot psixologiyasi o’quv qo’llanma – TOSHKENT «TURON-IQBOL» 2006 7-b. bilimlaridan, tajribalaridan, shaxsiy qobiliyatlaridan o‘z o‘rnida munosib foydalanishda, o‘zini doimiy nazorat qilishda va kutilmagan to‘siqlarga uchraganda o‘z faoliyatini qayta qura olishga yoki muloqot vaqtida har qanday nizolarga duch kelganida uni bartaraf qilishga yordam beradi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarining muloqot madaniyatini rivojlantirish, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim:

- shaxslararo munosabatlar sohasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirish;

- kommunikativ bilimlar va ko‘nikmalar holatini tashxislash, muloqot chegaralarini aniqlash;

- talabalarning kommunikativ bilim va ko‘nikamlarining shakllantirish jarayonini mukammallashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

- talabalarda muloqotga oid bilim va ko‘nikmalarining shakllanganlik holatini tashxis asosida tahlil qilish.

Mutaxassislarning tizimli tayyorgarligi asosini uzluksiz ta’lim tashkil etishiga qaramay, aynan madaniyatni shakllantirish jarayoni uzluksiz bo‘lib, kasbiy mahoratni muvaffaqiyatli egallashini, hamda mutaxassisning yuqori shaxsiy-ijtimoiy mavqega ega bo‘lishini ta’minlaydi.

Innovasion yondashuvlar jarayonida, bo‘lg‘usi mutaxassislarning muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida muhim zamonaviy, hayotiy talablarni hisobga olgan holda aks ettirish nazarda tutiladi. Buning uchun birinchi navbatda, faoliyatni quyidagi tamoyillar asosida qayta ko‘rib chiqish zarur, ya’ni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik vaziyatlarni, shaxslararo munosabatlar sohasidagi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni, ishga optimal darajada moslashtirishni, mustaqillikni imkon qadar kengaytirishni, demokratik va gumanitar munosabatlarni shakllantirishni, shaxsiy omilni faollashtirish va boshqa tomonlarini qayta ishlab chiqishni nazarda tutadi..

Talablar tizimi doirasida, muloqot madaniyatini samarali shakllanishini va rivojlanishini ta’minlovchi malaka, ko‘nikmalarni quyidagicha yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi:

- bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy muloqot amaliyotini egallash maqsadida kommunikativ ta’lim va tayyorgarlikni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yuqori darajadagi psixologik tayyorgarligi;

- tayyorgarlik, agar ishtirokchilar o‘zlarining haqiqatda mavjud bo‘lgan muammolarini hal eta turib, muloqotning yangi metod va usullarini o‘zlashtirishsa, unda ijobiy natijaga ega bo‘lishadi.

- ta’lim olish bilan tadqiqot ishini uyg‘unlashtirish yangi materiallarni o‘zlashtirish sifatini oshiradi va qo‘shimcha motivasiyani yo‘lga qo‘yadi;

- tayyorgarlikni bosqichma-bosqich tadbiq etish texnologiyalarga mos ravishda ketma-ketlikda o‘zlashtirishni nazarda tutib, uning samaradorligiga xizmat qiladi;

- nafaqat mashg‘ulotlarning o‘zining mazmuni muhim ahamiyatga ega, balki ta’lim oluvchilar bilan ishlash metodikasi ham muhim, ammo tayyorgarlik jarayonining qudratli harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib ta’lim oluvchilarning shaxslararo muloqotdagi ularning sermazmun-dinamik xususiyatlari va o‘quv guruhidagi psixologik muhitning ahamiyati eng muhim bo‘ib qolaveradi;

- tayyorgarlik jarayoni nafaqat kommunikativ bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni, balki shaxsni rivojlantirishni ham (uning dunyoqarashini, ko‘rsatmalarini, qadriyatlari va boshqalarni ham o‘zgartirishni) talab etadi;

- agar tayyorgarlikning boshlang‘ich bosqichlarida shaxsning individual, psixofiziologik va etnopsixologik xususiyatlari, ya’ni ekstroversiya-introversiya darajasi, emosional muvozanat ko‘rsatgichi, motivasiya va muloqot hisobga olinsa tayyorgarlik ancha samarali bo‘ladi;

- tayyorgarlikining samarasi uni jadallashtirish sharoitlarida, ya’ni shaxsning ichki zaxirasi jalb etila boshlanganda, uning yangi yuzaga chiqmagan xususiyatlari ochilganda yuqorilashadi;

- guruhiy omil tayyorgarlikning samaradorligini oshirishda salmoqli omillardan biri hisoblanadi, chunki guruhning jadal rivojlanish jarayoni, u o‘tayotgan rivojlanish bosqischlarining tez suratda o‘sib borishi hisobiga har bir ishtirokchini faollashtirishga imkon beradi;

- olingan kommunikativ bilimlarni faollashtirish, shaxs yoki guruh uchun professionallikka erishishning muhimligi, insonning kommunikativ faoliyatini optimallashtiradi (muvofiqlashtiradi), samarali tayyorgarlikka erishtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Жуков В. Ю. Основы теории культуры: Учебное пособие для студентов вузов. –СПб.: СПбГАСУ, 2004. – С. 752.

2. Коул М. Культурные механизмы развития.//Вопросы психологии.- 1995.-№3.-С.5-21.

3. Bruner Jerome S. Acts of Meaning. Cambridge, Ma.:Harward University Press, 1990.149 p

4. Смирнов Г. Н. Этика деловых отношений / Г. Н. Смирнов. М.: Проспект, 2011, С.84

5. Tanlangan psixologik asarlar.2-tom . 21-b.

6. A.A. Bodalev SHaxs va muloqot. M.17 - s.

7. M.Maxsudova Muloqot psixologiyasi o’quv qo’llanma – TOSHKENT

«TURON-IQBOL» 2006 7-b

8. Муравьева О. Психология коммуникативной компетентности: теоретические и практические аспекты / О.Муравьева – LAP LAMBERT Academic Publishing GmbH&Co.KG, 2011 – 136 с.

9. E.G’oziyev. Muomala psixologiyasi. T.2001 23-bet

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.