SINFLARNING AHAMIYATI
Sobirova Moxira Rasulovna, BuxDPI tayanch doktoranti, Buxoro,O‘zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
ushbu tadqiqotda talabalarning ijodiy qobilyatlarini takomillashtirishda raqamli sinflarning o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarning integratsiyasi asosida ijodiy muhit yaratish usullari ko‘rib chiqilib, 4C kompetensiyalari rivoji bilan bog’liq natijalar asoslab beriladi.
MAQSAD
tadqiqotning asosiy maqsadi – raqamli sinflarning talabalarning ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirishdagi o‘rni va samaradorligini aniqlash hamda ularning pedagogik ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berish.
MATERIAL VA METODLAR
tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi: Nazariy tahlil metodi – pedagogik va psixologik adabiyotlarni o‘rganish, raqamli ta’lim muhitiga oid ilmiy manbalarni tahlil qilish. Pedagogik kuzatuv – raqamli sinflarda o‘quv jarayonini monitoring qilish. So‘rovnoma va test metodlari – talabalarning ijodiy fikrlash darajasini aniqlash. Tajriba-sinov ishlari – eksperimental va nazorat guruhlarida taqqoslash asosida natijalarni aniqlash. Tadqiqot obyekti sifatida oliy ta’lim muassasasi talabalari tanlandi. Tajriba jarayonida raqamli platformalar (masalan, Google Classroom va Moodle) hamda interaktiv taqdimot vositalaridan foydalanildi.
Tajriba 2 bosqichda amalga oshirildi:
1.Diagnostik bosqich (ijodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash).
2.Formativ bosqich (raqamli metodlar asosida ijodiy topshiriqlarni joriy etish).
NATIJALAR VA MUHOKAMA
rivojlanayotgan raqamli sinflar samarali ta’limni ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishni talab etadi. Shu boisdan ham ta’lim jarayonida raqamli muhitni doimiy takomillashtirish, yangi pedagogik va texnologik innovatsiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat ta’lim shakllarining an’anaviy modelidan raqamli modelga bosqichma-bosqich o’tishini taqazo qiladi. An’anaviy va raqamli sinflar o’rtasidagi asosiy farq, avvalo, ta’lim jarayonini amalga oshiriladigan makon va o’zaro munosabatlar shaklida namoyon bo’ladi
XULOSA
raqamli sinflar talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim pedagogik omil hisoblanadi. Ular o‘quv jarayonini interaktiv, moslashuvchan va innovatsion shaklga keltirib, talabalarning mustaqil va kreativ fikrlashini rag‘batlantiradi. Shu bois, oliy ta’lim tizimida raqamli sinflarni keng joriy etish, pedagoglarni raqamli kompetensiyalar bilan qurollantirish va ijodiy topshiriqlar bankini yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: raqamli sinf, raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofaviy ta’lim, an’anaviy ta’lim, loyihalar.
ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВЫХ КЛАССОВ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ СТУДЕНТОВ
Собирова Мохира Расуловна, базовый докторант Бухарского государственного педагогического института, Бухара, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в данном исследовании анализируется роль и возможности цифровых классов в совершенствовании творческих способностей студентов. Рассматриваются способы создания творческой образовательной среды на основе интеграции цифровых технологий и педагогических подходов, а также обосновываются результаты, связанные с развитием компетенций 4C (критическое мышление, креативность, коммуникация и сотрудничество).
ЦЕЛЬ
основная цель исследования – определить роль и эффективность цифровых классов в совершенствовании творческих способностей студентов, а также теоретически и практически обосновать их педагогическую значимость.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в ходе исследования были использованы следующие методы: Метод теоретического анализа – изучение педагогической и психологической литературы, анализ научных источников, посвящённых цифровой образовательной среде; Педагогическое наблюдение – мониторинг учебного процесса в условиях цифровых классов; Анкетирование и тестирование – определение уровня творческого мышления студентов; Опытноэкспериментальная работа – сопоставительный анализ результатов экспериментальной и контрольной групп. Объектом исследования выступили студенты высшего образовательного учреждения. В ходе эксперимента использовались цифровые платформы (например, Google Classroom и Moodle), а также интерактивные средства презентации.
Эксперимент проводился в два этапа:
1.Диагностический этап (определение показателей творческих способностей).
2.Формирующий этап (внедрение творческих заданий на основе цифровых методов).
РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ
развитие цифровых классов требует высокого уровня использования информационно-коммуникационных технологий для обеспечения эффективного обучения. В связи с этим особое значение приобретает постоянное совершенствование цифровой образовательной среды и внедрение новых педагогических и технологических инноваций. Данный процесс предполагает поэтапный переход от традиционной модели обучения к цифровой. Основное различие между традиционными и цифровыми классами проявляется прежде всего в образовательном пространстве и формах взаимодействия между участниками учебного процесса.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
цифровые классы являются важным педагогическим фактором в развитии творческих способностей студентов. Они придают учебному процессу интерактивный, гибкий и инновационный характер, стимулируя самостоятельное и креативное мышление обучающихся. В этой связи широкое внедрение цифровых классов в систему высшего образования, развитие цифровых компетенций педагогов и создание банка творческих заданий являются актуальными задачами современной педагогики.
Ключевые слова: цифровой класс, цифровизация, информационнокоммуникационные технологии, дистанционное обучение, традиционное обучение, проекты.
THE IMPORTANCE OF DIGITAL CLASSROOMS IN ENHANCING STUDENTS’
CREATIVE ABILITIES
Sobirova Mokhira Rasulovna, PhD Researcher, Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan
Annatation
INTRODUCTION
this study analyzes the role and potential of digital classrooms in enhancing students’ creative abilities. It examines methods of creating a creative learning environment through the integration of digital technologies and pedagogical approaches. The findings are substantiated in relation to the development of 4C competencies (critical thinking, creativity, communication, and collaboration).
AIM
the main objective of the research is to determine the role and effectiveness of digital classrooms in improving students’ creative abilities and to provide a theoretical and practical justification of their pedagogical significance.
MATERIALS AND METHODS
the following methods were employed in the research process: Theoretical analysis – review of pedagogical and psychological literature, analysis of scientific sources related to the digital learning environment; Pedagogical observation – monitoring of the educational process in digital classrooms; Survey and testing methods – assessment of students’ level of creative thinking; Experimental research – comparative analysis of results obtained from experimental and control groups. The research participants were students of a higher education institution. During the experiment, digital platforms such as Google Classroom and Moodle, as well as interactive presentation tools, were utilized.
The experiment was conducted in two stages:
1.Diagnostic stage (identifying indicators of creative abilities).
2.Formative stage (implementation of creative tasks based on digital methods).
RESULTS AND DISCUSSION
the development of digital classrooms requires a high level of integration of information and communication technologies to ensure effective education. Therefore, continuous improvement of the digital learning environment and the introduction of new pedagogical and technological innovations are of significant importance. This process necessitates a gradual transition from the traditional model of education to a digital model. The main difference between traditional and digital classrooms is primarily reflected in the learning space and the forms of interaction among participants in the educational process.
CONCLUSION
digital classrooms serve as an important pedagogical factor in developing students’ creative abilities. They make the learning process interactive, flexible, and innovative, encouraging independent and creative thinking. Therefore, the widespread implementation of digital classrooms in higher education, the development of teachers’ digital competencies, and the creation of a bank of creative tasks remain urgent priorities in modern pedagogy.
Keywords: digital classroom, digitalization, information and communication technologies, distance education, traditional education, projects.
Dunyoda yuz berayotgan globallashuv va raqamli transformatsiya jarayoni hayotning barcha jabhalarida, xususan, Oliy ta’lim muassasalarida ta’limning an’anaviy va masofaviy shakllarining joriy etilishi natijasida ta’lim mazmuni, ta’limiy yondashuvlar, fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasining o‘zgarishini taqozo qilmoqda. Zamonaviy global ta’lim makonida raqamli o‘zgarishlar talabalarning o‘qish va o‘qituvchilarning o‘qitish usullarini o‘zgartirmoqda. Ushbu o‘zgarishlar markazida raqamli sinf texnologiyalarining kundalik ta’limga singdirilgan qulaylik, jalb qilinganlik va samaradorlikni oshiruvchi tizimli o‘quv muhiti turibdi. Raqamli sinflar an’anaviy sinflarning zamonaviy ko‘rinishi bo‘lib, o‘quv jarayonining asosiy qismi sifatida texnologiyalarni qamrab oladi.
Raqamli sinflar yordamida o‘qituvchilar o‘quv tajribasini darsliklarning cheklangan mazmunidan tashqariga olib chiqadi va interaktiv doskalar, planshetlar, noutbuklar hamda boshqa qurilmalar orqali amaliy tajribani boyitadi. O‘quvchilar faqatgina kitoblar va ma’ruzalar bilan cheklanib qolmay, balki ularda video, animatsiya va simulyatsiyalar kabi multimedia vositalari yordamida ham bilim olish imkoniyati paydo bo’ladi. Raqamli sinflar turli o‘qish uslubiga ega o‘quvchilar uchun ta’limni yanada qiziqarli va maroqli qiladi. O‘qituvchining vazifasi an’anaviy o‘qituvchilikdan o‘quvchilarni mustaqil izlanish va loyihalarga yo‘naltira oladigan fasilitatorlikka o‘zgaradi. O‘quvchilar passiv tinglovchidan ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadilar. Ular nafaqat texnologiya bo‘yicha ko‘nikmalarni egallaydilar, balki loyiha faoliyati orqali tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va hamkorlik1 qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar.
Raqamli sinf – bu ta’lim jarayonini yaxshilash maqsadida texnologiyalarni sinfga joriy etadigan o‘quv muhiti. O‘quvchilar uchun kompyuterlar, planshetlar, interaktiv doskalar va ta’lim dasturlarining barchasi jonli va rag‘batlantiruvchi muhitni yaratadi. “Raqamli asrda ta’lim shunchaki bilim uzatish emas, balki bu aloqalarni o‘rnatish, qiziquvchanlikni rivojlantirish va talabalarga o‘z ta’lim yo‘llarini mustaqil ravishda shakllantirish imkoniyatini berishdir. Ta’lim texnologiyalari sohasidagi innovatorlar sifatida bizning vazifamiz texnologiyani poydevor qilib, qiziquvchanlik va bilim o‘rtasida ko‘prik qurishdir” – deya ta’kidlaydi Deniyel Brayant (Integratsiyalashgan rivojlanish va immersiv 1 National Research Council. 2012. Education for Life and Work: Developing Transferable Knowledge and Skills in the 21st Century. Washington, DC: The National Academies Press. https://doi.org/10.17226/13398 texnologiyalar yetakchisi)2. Biroq masala faqat qurilmalarda emas, balki ushbu vositalardan foydalanib, talabalarning o‘rganishi va hamkorlik qilishi uchun faol va ilhomlantiruvchi maydon yaratishdadir. Yaxshi loyihalangan raqamli sinf o‘quvchilarining virtual ravishda birgalikda ishlashi, g‘oyalar almashishi va bir-biridan o‘rganishi mumkin bo‘lgan sinflarda raqamli hamkorlikni rivojlantiradi.
Shuni unutmaslik kerakki, raqamli sinflarning imkoniyati katta bo’lib, texnologiyalar an’anaviy o‘qitish usullarining o‘rnini bosuvchi emas, balki qo‘shimcha vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda quyidagi savollar dolzarbligicha qolmoqda:
– Barcha o‘quvchilar uchun samarali raqamli ta’lim muhitini yaratishda texnologiya imkoniyatlaridan qanday foydalanish mumkin?
– Axborot oqimining yuqoriligi tufayli talabalar chalg‘ib ketishi yoki ortiqcha axborot yukiga duch kelishi mumkinmi?
– O‘qituvchilar an’anaviy ta’limni raqamli vositalar bilan qanday maqbul tarzda uyg‘unlashtira oladi?
– Ta’lim tashkilotlarida raqamli sinflarni muvaffaqiyatli joriy etish uchun qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishi lozim?
– Raqamli sinflar ta’lim oluvchilarning texnologiyalarga asoslanib kelajakka tayyorlashga qaratilgan bo‘lsa-da, ular insonlararo muloqot va muammolarni hal qilishning “amaliy ko‘nikmalari”ni rivojlantiradimi?
Rivojlanayotgan raqamli sinflar samarali ta’limni ta’minlash uchun axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishni talab etadi. Shu boisdan ham ta’lim jarayonida raqamli muhitni doimiy takomillashtirish, yangi pedagogik va texnologik innovatsiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat ta’lim shakllarining an’anaviy modelidan raqamli modelga bosqichma-bosqich o’tishini taqazo qiladi. An’anaviy va raqamli sinflar o’rtasidagi asosiy farq, avvalo, ta’lim jarayonini amalga oshiriladigan makon va o’zaro munosabatlar shaklida namoyon bo’ladi. An’anaviy sinflar o‘qituvchilarning shaxsiy o‘zaro ta’siri va murabbiyligini ta’minlasa, raqamli sinflar o‘quvchi-o‘qituvchi dinamikasiga texnologiyalarni joriy etish orqali ta’limning yangi o‘lchovini taklif etadi.
O‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun raqamli sinfning afzalliklari quyidagilar:
a) raqamli sinfda ko‘rsatiladigan interaktiv tarkib tufayli o‘quvchilar ko‘proq qiziqish bildiradilar, bu esa ko‘pincha murakkab mavzularni tushunish va idrok etishni osonlashtiradi. Simulyatsiyalar yordamida talabalar o‘rganilgan tushunchalarni amalda qo‘llashlari mumkin;
b) raqamli sinfda maktablar yopilganda masofaviy ta’lim orqali, shuningdek, mashqlar, konspektlar, o‘quvchilarga o‘z sur’atida o‘rganishga yordam beradigan interaktiv tarkib kabi vositalar yordamida mustaqil ta’lim olish imkoniyati mavjudligi;
d) raqamli sinf davlat va xususiy maktab o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p jihatdan tenglikni ta’minlaydi, raqamli tafovutni bartaraf etadi va barcha uchun ta’lim olishga yagona imkoniyat yaratadi. 2 Daniel D Bryant – Collaborative Realities | LinkedIn
Demak yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, raqamli sinflar, shubhasiz, o‘quv jarayonini to‘ldirish, sinflarni yanada interaktiv va qiziqarli qilish, o‘qituvchilarga real vaqt rejimida kuzatish va ularga samarali ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali o‘quvchilarning akademik natijalarini oshirishi mumkin.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Bonk, C. J., & Graham, C. R. (2006). The Handbook of Blended Learning: Global Perspectives, Local Designs. San Francisco: Pfeiffer.
2. V.L.Byrd and P.A.Asunda, "Using Evidence Based Practices and Learning to Enhance Critical Thinking Skills in Students Through Data Visualization," 2020 IEEE Frontiers in Education Conference (FIE), Uppsala, Sweden, 2020, pp. 1-9, doi:
10.1109/FIE44824.2020.9274157.
3. Voogt, J., & Roblin, N. P. (2012). A comparative analysis of international frameworks for 21st century competences: Implications for national curriculum policies. Journal of Curriculum Studies, 44(3), 299–321.
4. Голубинская А.В., Демарева В.А. Цифровая педагогика: учебное пособие. – Нижний Новгород: Нижегородкий госуниверситет, 2021
5. Isaksen, S.G., Dorval, K.B., Treffinger, D.J. (2011). Create Approaches to Problem Solving: A Framework for Innovation and Cange 3rd Edition (3rd ed.).Sage Publication, Ins.
6. SINGLETON, DAVID. "150 People Who Made Scranton Great - Thomas J. Foster". Retrieved 2016-10-14.
7. Pardede, P. (2020). Integrating the 4Cs into EFL Integrated Skills Learning. Journal of English Teaching, 6(1), 71-85.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.