maaqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda startap ekotizimining pedagogik imkoniyatlari ilmiy– pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy yondashuv, kontekstli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, mentorlik, biznes–inkubatorlar, akseleratorlar va startap–studiyalar faoliyatining pedagogik salohiyati o‘rganildi. Shuningdek, Erasmus+TRIGGER loyihasi doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik ta’limining mavjud holati hamda mehnat bozori talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirish masalalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, startap ekotizimi nafaqat iqtisodiy tashabbuslarni qo‘llab–quvvatlovchi infratuzilma, balki talabalarda kreativ fikrlash, innovatsion tafakkur, liderlik, jamoada ishlash, muammolarni hal qilish va tavakkalchilikni boshqarish kabi muhim tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantiruvchi pedagogik muhit hisoblanadi. Maqolada oliy ta’limda startap ekotizimini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
в статье рассматриваются педагогические возможности стартап– экосистемы в развитии предпринимательских компетенций студентов высших учебных заведений. Исследование основано на компетентностном и контекстном подходах, а также анализе образовательных практик университетских стартап– экосистем. Особое внимание уделено роли бизнес–инкубаторов, акселераторов, стартап–студий, наставничества и проектного обучения в формировании предпринимательского мышления студентов. Проанализированы результаты проекта Erasmus+ TRIGGER, отражающие современное состояние предпринимательского образования в вузах Узбекистана. Сделан вывод о том, что стартап–экосистема представляет собой эффективную педагогическую среду формирования профессиональных, социальных и личностных предпринимательских компетенций обучающихся. Предложены рекомендации по совершенствованию образовательного процесса посредством интеграции элементов университетской стартап–экосистемы.