ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

TA’LIM TARAQQIYOTIDA XALQARO HAMKORLIKNING AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida integratsiya omilining amal qilishi va ahamiyati ochib beriladi. Bugun mamlakatlar taraqqiyoti, rivoji, yuksalishi taʼlim taraqqiyoti bilan belgilanmoqda. Bu jarayonda integratsiya omili juda muhim o‘rin tutadi. Integratsiya taʼlimda xalqaro  tajriba almashinuvida, fanlarning o‘zaro birlashuvi natijasida yangicha metodologiyalar shakllanishida, yechimi murakkab muammolar yechimini hamkorlikda yechilishida samarali hisoblanadi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

DJAVOTOVA OXISTA DJAMOL QIZI

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida integratsiya omilining amal qilishi va ahamiyati ochib beriladi. Bugun mamlakatlar taraqqiyoti, rivoji, yuksalishi taʼlim taraqqiyoti bilan belgilanmoqda. Bu jarayonda integratsiya omili juda muhim o‘rin tutadi. Integratsiya taʼlimda xalqaro tajriba almashinuvida, fanlarning o‘zaro birlashuvi natijasida yangicha metodologiyalar shakllanishida, yechimi murakkab muammolar yechimini hamkorlikda yechilishida samarali hisoblanadi.

Kalit so’zlar: ta’lim, integratsiya, sinergetika, metodologiya, zamonaviy ta’lim, milliy ta’lim.

АННОТАЦИЯ

В данной статье раскрывается применение и значение интеграционного фактора в образовательном процессе. Сегодня прогресс, развитие и рост стран определяется прогрессом образования. Фактор интеграции играет очень важную роль в этом процессе. Интеграция эффективна при обмене международным опытом в образовании, формировании новых методологий в результате взаимной интеграции наук, совместном решении сложных задач.

Ключевые слова: образование, интеграция, синергетика, методология, современное образование, национальное образование.

ANNOTATION

This article reveals the application and importance of the integration factor in the educational process. Today, the progress, development and growth of countries is determined by the progress of education. The integration factor plays a very important role in this process. Integration is effective in the exchange of international experience in education, the formation of new methodologies as a result of the mutual integration of sciences, and the collaborative solution of complex problems.

Key words: education, integration, synergetics, methodology, modern education, national education.

Taʼlim jarayonining murakkab tizim sifatida integratsion, ya’ni hamkorlikda rivojlanishi bugungi zamon talablaridan biridir. Bugun mamlakatlar taraqqiyoti, rivoji, yuksalishi taʼlim taraqqiyoti bilan belgilanmoqda. Bu jarayonda integratsiya omili juda muhim o‘rin tutadi. Integratsiya taʼlimda xalqaro tajriba almashinuvida, fanlarning o‘zaro birlashuvi natijasida yangicha metodologiyalar shakllanishida, yechimi murakkab muammolar yechimini hamkorlikda yechilishida samarali hisoblanadi. Taʼlim tizimi rivoji integratsion jarayonlar orqali tezlashadi, yana-da mukammallashadi. Bugungi kunda butun jahonda integratsion taʼlim jarayoni jadal rivojlanayotgani buning yorqin namunasidir. Bizga maʼlumki, integratsion jarayonda turli rivojlangan mamlakatlar taʼlim tizimlari bir-biri bilan uyg‘unlashadi, birgalikda, hamkorlikda taʼlim rivoji uchun harakatlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda, o‘z milliy taʼlim tizimiga uyg‘unlashtirish masalasida har bir mamlakat, jumladan, O‘zbekiston davlati ham juda oqilona yondashuvda bo‘lishi lozim. Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy kabi mamlakatlar taʼlim taraqqiyoti bugungi darajasiga aynan xorij taʼlimini o‘z milliy taʼlim tizimiga uyg‘unlashtira olganligi uchun ham shu darajaga yetib kelganligidan xabardormiz. Shuning uchun ham integratsion jarayonlar faqatgina milliy taʼlim tizimi bilan uyg‘unlikda amalga oshirilsagina samarali natijalar berishi hamda taʼlim rivojini taʼminlashi mumkin deb hisoblaymiz.

Bugun mamlakatimiz taʼlimini taraqqiy etishida integratsion omil juda zarur. Bu sohada jahonda taʼlim juda ilgarilab ketdi. Rivojlanayotgan mamlakat sifatida taʼlim islohotlarini tezlashtirish uchun jahondagi rivojlangan taʼlim tizimlari bilan hamkorlik, yaʼni integratsiyalashuv milliy taʼlim tizimimiz rivojiga faqat foyda beradi deb o‘ylaymiz. Hech bir tizim yakkalikda taraqqiy etishi juda mushkul. Hamkorlik, integratsiya tizim rivojining asosiy atributiv xususiyatidir.

Taʼlim jarayoniga integratsion yondashuv deganda, shuni tushunishimiz lozimki, bunda tizimda fanlararo, sohalararo, faoliyatlararo uyg‘unlashuv, birlashuv jarayoni kechadi. Integratsiya yechimini kutayotgan muammolar yechimida samarali mexanizmdir. Murakkab masalalar yechimida faqat hamkorlikdagi faoliyat orqali samarali natijalarga erishish mumkin. Faylasuf olim V.P.Branskiy taʼbiri bilan aytganda, raqobat turli sohalarda, baʼzan qarama-qarshi yo‘nalishdagi faoliyatni anglatsa, kooperatsiya bir yo‘nalishdagi faoliyatni bildiradi. Qadimgi yunon tilida harakat, faoliyat tushunchalari “energiya”, birgalikdagi faoliyat esa “sinergiya” deb yuritilgan. Shu sababdan xam sinergetika avvalambor, birgalikdagi faoliyat, hamkorlikni anglatadi. Shu fikrdan kelib chiqib, taʼlim jarayonida, xususan, milliy taʼlim tizimining rivojida integratsiya omilining o‘rni muhim deb hisoblaymiz.

Shuni ham inobatga olmog‘imiz lozimki, hamkorlik masalasi azal-azaldan insonlarning diqqat-markazida bo‘lgan. Olimlar bu tushunchaga azaldan individuallikka nisbatan ijobiy munosabatta yondashishgan. Shu sababdan azaldan ham buyuk olimlar hamkorlikda turli xil akademiyalar tashkil etib turli muammolar yechimiga bosh qotirishgan va muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirishgan. V.Budanov fikricha, sinergetik tushunchalar va tamoyillarning turli sohalarda keng tadbiq qilinishi tufayli, matematikaga o‘xshab universal xarakterga ega bo‘lib bormoqda [2]. Vaholanki, sinergetik (hamkorlikda) yondashuv murakkab tuzilishga ega bo‘lgan har qanday tizimning rivojlanish qonuniyatlarini, ayniqsa, bir-biridan farq qiluvchi uslub va qoidalarini birlashtirib, umumlashtiradi. Shu jihatidan qaraganda, integratsion yondashuvni sinergetikaning taʼlim jarayonini rivojini taʼminlash uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy qirralaridan biri deb hisoblaymiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida O‘zbekistonda milliy taʼlim tizimini zamon talablariga moslashtirish uchun taʼlimga integratsiya tamoyili orqali yondashuv muhim hisoblanadi.

Nafaqat oliy taʼlimda, balki taʼlimning barcha bo‘g‘inlarida integratsion omil birdek zarur.

Bugungi kunda butun dunyoda STEAM taʼlimi tushunchasi qo‘llanilmoqdaki, buning asl mohiyatida aynan integratsion taʼlim nazarda tutiladi. Ingliz tilida bu shunday bo‘ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika.

Demak, STEAM taʼlimi bir qancha taʼlim sohalarini, bir qancha fanlarni, nazariya va amaliyotni birlashtira olgan integratsion rivojlanish usulidir. Vaholanki, bugungi zamon bir qancha sohalar uyg‘unligidagina taraqqiy etadi.

Demak, milliy taʼlim tizimida integratsion rivojlanish tamoyilining amal qilishi, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni 4 moddasida taʼkidlangan taʼlimning quyidagi asosiy prinsiplarini amalga oshirishga xizmat qiladi:

 taʼlim olish shaklini tanlash erkinligi;

 taʼlim olishga doir teng imkoniyatlarning taʼminlanishi;

 taʼlim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi;

 taʼlim va tarbiyaning demokratik xususiyati;

 taʼlim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;

 bilimlilik, qobiliyatlilik va isteʼdodning rag‘batlantirilishi;

 taʼlim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;

 taʼlim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash [1].

Bizningcha, yuqorida keltirilgan, qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgan mazkur taʼlim prinsiplarini amalga oshirish, sinergetik metodologiya imkoniyatlaridan keng foydalanishni talab etadi.

Ayniqsa, milliy taʼlim tizimini taraqqiy etishida integratsion omilning muhimligi shundaki, u fanlararo, sohalararo, mamlakatlararo hamkorlikni, taʼlimdagi uyg‘unlashuvni taʼminlaydi.

Zamonaviy ilm-fanda tabiiy va gumanitar fanlarning integratsiyalashuv tendensiyasi aniqlangan. Sinergetik paradigmaning rivojlanishi ikki soha – tabiatshunoslik va gumanitar yo‘nalishning o‘zaro taʼsirida ko‘plab muammolarini hal qilishga yordam beradi. Bu tabiatshunoslik va ijtimoiy-gumanitar bilimlarni birlashtirish uchun yangi yo‘nalishni taqdim etadi va shu bilan birga o‘zi ham ushbu integratsiyaning natijasidir. Demak, tabiy fanlar va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarni bir-biridan ajratmagan holda, balki ilm-fan taraqqiyotida ularning integratsion faoliyatidan foydalanish taʼlim samaradorligi uchun muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa:

Birinchidan, integratsion omil O‘zbekistonda zamonaviy taʼlimni milliy taʼlim tizimi bilan uyg‘unlashtirishda zaruriy ehtiyoj sanaladi. Integratsiya milliy taʼlim tizimini isloh etilishida, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari zamon talabiga moslashishiga zamin yaratadi.

Ikkinchidan, integratsion rivojlanish natijasida, yangicha taʼlim paradigmalari kirib keladi hamda zamonaviy taʼlim tizimi milliy taʼlim tizimini butunlay yangi ko‘rinishga olib chiqadi.

Uchinchidan, Taʼlim tizimidagi sohalararo, faoliyatlararo, mamlakatlararo hamkorlik sohadagi muammolarning yechimida tezkor takliflar ishlab chiqilishida hamda taʼlim tizimi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида” ги Қонуни. ЎРҚ-637-сон 23.09.2020.

2. Буданов В.П. Методология синергетики в постнеклассической науке: принципы и перспективы //http: //www intelros.ru/intelros/reiting/reytihg 09/material sofiy/5242-matodologiya-sinergetiki -v- postnoklassicheskoj –houkcprinсipy -i- perspentivy.html.

3. Замонавий узлуксиз таълим муаммолари: инновация ва истиқболлар. Халқаро илмий конференция материаллари. 27 апрель, 2018 йил. – Тошкент.:Тошкент Давлат педагогика университети, 2018. – Б. 8.

4. Моисеев Н.Н. Современный рационализм. – М.: “МПЗП, КОКС”, 1995. – С. 364.

5. Мукушев. Б.А. Синергетика в системе образования. Образование и наука. 2008. № 3 (51) – С.105-122.

6. https://ru.wikipedia.org/wiki.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.