--⊱⊱ 133 ⊰⊰--
HUQUQLARINI TAʼMINLASHNING HUQUQIY ASOSLARI
Dadajonova Feruza Abduazizovna
Toshkent viloyati pedagogik mahorat
markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
metodikasi” Kafedrasi katta oʻqituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida taʼlimdagi tenglik va bola huquqlarini taʼminlash masalasi huquqiy, ijtimoiy hamda institutsional yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda taʼlimdagi tenglikning konstitutsiyaviy asoslari, milliy qonunchilikda mustahkamlangan tamoyillar, amaliyotda uchrayotgan hududiy, ijtimoiy, raqamli va inklyuziv muammolar yoritilgan. Shuningdek, Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari hamda Oʻzbekiston tajribasi asosida taʼlimdagi tenglikni mustahkamlashning ustuvor yoʻnalishlari asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar (oʻzbek): taʼlimdagi tenglik, bola huquqlari, inklyuziv taʼlim, gender tengligi, raqamli tengsizlik, taʼlim sifati, ijtimoiy adolat, Konstitutsiya, milliy qonunchilik.
ANNOTATION
This article analyzes the issues of ensuring equality in education and protecting childrenʼs rights in the Republic of Uzbekistan based on legal, social, and institutional approaches. The study highlights the constitutional foundations of educational equality, the principles закреплённые in national legislation, and the regional, social, digital, and inclusive challenges encountered in practice. In addition, priority directions for strengthening equality in education are substantiated based on the recommendations of international organizations and the experience of Uzbekistan.
Keywords (English): educational equality, childrenʼs rights, inclusive education, gender equality, digital inequality, quality of education, social justice, Constitution, national legislation.
АННОТАЦИЯ
В данной статье на основе правового, социального и институционального подходов проводится анализ вопросов обеспечения равенства в образовании и защиты прав ребёнка в Республике Узбекистан. В исследовании освещаются конституционные основы равенства в образовании, принципы, закреплённые в национальном законодательстве, а также региональные, социальные, цифровые и инклюзивные проблемы, встречающиеся на практике. Также на основе рекомендаций международных организаций и опыта Узбекистана обоснованы приоритетные направления по укреплению равенства в сфере образования.
Ключевые слова (русский): равенство в образовании, права ребёнка, инклюзивное образование, гендерное равенство, цифровое неравенство, качество образования, социальная справедливость, Конституция, национальное законодательство.
KIRISH
Zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim koʻrsatkichlaridan biri taʼlim tizimida adolat va tenglik tamoyillarining mustahkam qaror topgani bilan belgilanadi. Barcha bolalar uchun teng taʼlim imkoniyatlarini yaratish har qanday davlatning ijtimoiy barqarorligi va intellektual salohiyatini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng
--⊱⊱ 134 ⊰⊰-- qamrovli taʼlim islohotlari sharoitida bola huquqlarining toʻlaqonli taʼminlanishi ustuvor davlat siyosatiga aylangan. Xalqaro huquq normalarida, xususan, BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasida bolalarning taʼlim sohasidagi huquqlari alohida eʼtirof etilib, unda taʼlimning barcha uchun ochiqligi, bepulligi, sifatliligi, kamsitishning mutlaqo man etilishi hamda bolaning oʻz fikrini erkin bildirish huquqi kafolatlangan. Ushbu Konvensiyaga qoʻshilgan Oʻzbekiston milliy huquq tizimida ham bola huquqlarini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga olgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2023-yildagi yangi tahriri taʼlim sohasidagi huquqlarni yanada aniq va mustahkam tarzda belgilab berdi. Unda har bir shaxsning sifatli taʼlim olish huquqi5 eʼtirof etilib, davlat zimmasiga taʼlim jarayonida teng sharoitlarni yaratish majburiyati yuklatilgan. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunda taʼlimning uzluksizligi, umumiy ochiqligi, hududlar boʻyicha davlat taʼlim standartlarining bir xil qoʻllanishi, shuningdek, shaxsni ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy holati, jinsi yoki irqiy mansubligiga koʻra kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi asosiy6 tamoyillar sifatida belgilangan. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda 10- moddasi- bolalarning taʼlim olish7 huquqidavlat tomonidan himoyalanishi, 13-modda- taʼlimda tenglik va kamsitilmaslik taʼlim muassasalarida tenglik va adolatli muhit shakllantirilishi zarurligi mustahkamlab qoʻyilgan. Mazkur huquqiy hujjatlar taʼlimdagi tenglikni Oʻzbekistonda faqat ijtimoiy ehtiyoj sifatidagina emas, balki konstitutsiyaviy majburiyat darajasida belgilaydi. Bugungi kunda taʼlim tizimida mavjud muammolar va nomutanosibliklar shuni koʻrasatadiki, amaldagi huquqiy normalar boʻlsada, taʼlim tizimida tenglikni toʻliq taʼminlash yoʻlida bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, hududlar kesimida taʼlim sifati oʻrtasida tafovutlar mavjudligi, qishloq maktablarining moddiy-texnik bazasi yetarli darajada shakllanmaganligi, malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi hamon dolzarbligicha qolmoqda. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar bilan taʼminlanish darajasining hududlar boʻyicha notekisligi, imkoniyati cheklangan bolalar uchun zarur sharoitlarning yetarli darajada yaratilmaganligi ham bola huquqlarining amalda toʻliq taʼminlanishiga jiddiy toʻsqinlik qilmoqda. Ayniqsa, qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi bolalarning taʼlim imkoniyatlari shahar muhitiga nisbatan cheklanganligi tenglik tamoyiliga zid holat sifatida namoyon boʻlmoqda.
Soʻnggi yillarda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish yoʻnalishida muhim qadamlar qoʻyilgan boʻlsa-da, bu borada yechimini kutayotgan muammolar mavjud. “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun imkoniyati cheklangan bolalarning umumiy taʼlim muassasalarida tahsil olishini nazarda tutadi. Biroq amaliyotda maxsus mutaxassislar yetishmasligi, taʼlim muassasalarining moslashtirilmaganligi va maxsus oʻquv vositalarining kamligi sababli inklyuziv taʼlim toʻliq joriy etilmagan. Taʼlim tizimida adolatni taʼminlashning yana bir muhim yoʻnalishi gender tengligi bilan bogʻliqdir.
Oʻzbekistonda bu borada huquqiy asos yaratilganiga qaramay, ayrim hududlarda qiz bolalarning taʼlim jarayonidan erta chetlanishi bilan bogʻliq holatlar uchrab turibdi. Bu holat jamiyatdagi anʼanaviy qarashlar bilan bogʻliq boʻlib, Konstitutsiyada belgilangan tenglik prinsiplari bilan mos kelmaydi.
Shuni taʼkidlash joizki masofaviy taʼlim tizimi joriy etilgan COVID-19 pandemiyasi davrida raqamli tengsizlik muammosi yanada oydinlashdi. Internet tarmogʻi va elektron qurilmalarning yetishmasligi sababli minglab oʻquvchilar taʼlim jarayonidan chetda qoldi. “Raqamli Oʻzbekiston – 5 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 50-modda, 2023 yilgi tahrir. 6 O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda. 7 O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 13-modda.
--⊱⊱ 135 ⊰⊰-- 2030” strategiyasi doirasida bu muammoni bartaraf etish yoʻlida muhim ishlar amalga oshirilmoqda, biroq hududlar oʻrtasidagi texnologik farqlar hanuz saqlanib qolmoqda.
Xalqaro tashkilotlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, taʼlimdagi tenglikni taʼminlash uchun boshlangʻich taʼlimning sifati va qamrovini oshirish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, pedagoglar malakasini muntazam oshirib borish, raqamli resurslardan teng foydalanish imkonini yaratish hamda kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekistonda bu yoʻnalishda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq barqaror va kompleks natijalarga erishish uchun moliyaviy resurslar samaradorligini oshirish, pedagogik kadrlar salohiyatini mustahkamlash va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish zarur.
Umuman olganda, taʼlimdagi tenglik bola huquqlarining ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsiya, milliy qonunchilik hamda xalqaro majburiyatlar bilan kafolatlangan. Har bir bola qayerda tugʻilganidan, ijtimoiy holatidan, sogʻligʻidan qatʼi nazar, sifatli taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishi shart. Taʼlimdagi tenglikni taʼminlash mamlakatda ijtimoiy adolat, barqaror taraqqiyot va demokratik jamiyat shakllanishining muhim omili hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, 13- modda.Oʻzbekiston Respublikasi “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun (2021).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish strategiyasi” PQ-187-son qarori.
3. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun (2019).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PQ–187-son qarori.
5. United Nations. Convention on the Rights of the Child. — New York, 1989.
6. UNESCO. Global Education Monitoring Report. — Paris, 2022.
7. UNICEF. The State of the Worldʼs Children. — New York, 2023.
8. OECD. Equity in Education: Breaking Down Barriers to Social Mobility. — Paris: OECD Publishing, 2020.
9. World Bank. World Development Report 2021: Data for Better Lives. — Washington, DC, 2021.
10. Ainscow, M. Struggling for Equity in Education. — London: Routledge, 2020.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.