--⊱⊱ 78 ⊰⊰--
PEDAGOGLARDAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA"
Djumanova Dilyara Masxutovna
Toshkent shahridagi Bucheon universiteti
maktabgacha taʼlim kafedrasi katta
oʻqituvchisi
Annotatsiya. Maqolada pedagoglarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishning samaradorlik omillari tahlil qilinadi. Yoʻnaltirilgan yondashuv, vizual-intellektual metodlar ushbu jarayonning muhim shartlari sifatida koʻrsatiladi. Pedagoglarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini maqsadli integratsiya qilish ularning professional kompetensiyasini oshirishi hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilishi taʼkidlanadi. Tayanch iboralar: kompetensiya, maktabgacha yoshdagi bolalar, tanqidiy fikrlash, taʼlimiy faoliyat, dalillash, anglash, refleksiya, pedagog, metod, tahlil, faollashtirish, pedagog, shakllantirish.
Аннотация. В статье анализируются факторы эффективности формирования компетенции критического мышления у педагогов, направленный подход, интеллектуальные методы. Целенаправленная интеграция методов развития критического мышления способствует повышению профессиональной компетентности педагогов и обеспечивает формирование критического мышления у детей дошкольного возраста. Ключевые слова: компетенция, дошкольник, критическое мышление, образовательная деятельность, аргументирование, осмысление, метод, анализ, активизация.
Abstract. The article analyzes the effectiveness factors of developing critical-thinking competence in educators. А guided approach, the use of visual and intellectual methods, and systematic reflection are identified as key conditions. The study highlights that the targeted integration of critical-thinking development methods enhances teachersʼ professional competence and supports the formation of critical thinking in preschool children. Keywords: competence, critical thinking, preschool, education, argumentation, challenge, comprehension, reflection, method, analysis.
Zamonaviy taʼlim makoni yuqori darajadagi murakkablik, axborotga boylik va oʻzgarishlar intensivligi bilan ajralib turadi. Bunday sharoitda pedagoglarning tanqidiy fikrlashi, puxta asoslangan qarorlar qabul qilishi hamda taʼlim jarayonini moslashuvchan tarzda boshqara olishi ustuvor vazifa sifatida namoyon boʻlmoqda. Pedagogning kasbiy roli bugungi kunda nafaqat maqsadli bilimlarga ega boʻlishni, balki rivojlangan tahliliy, refleksiv va kommunikativ koʻnikmalarni talab qiladi, bu esa taʼlim jarayonida tanqidiy fikrlash kompetensiyasini maqsadli shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu bois mazkur kompetensiyani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan metodik tizimni yaratish zamonaviy pedagogik taʼlimning strategik vazifalaridan biriga aylanmoqda. Pedagog uchun tanqidiy fikrlash qobiliyati quyidagilarda ifodalanadi: uslubiy vositalar va usullarni tanlashga tahliliy yondashuv; savollar berish va taʼlim oluvchilar faolligini ragʻbatlantirish qobiliyati; pedagogik vaziyatda muammoni aniqlash qobiliyati; muqobil yechimlarni koʻrib chiqishga tayyorlik; rivojlangan refleksiv koʻnikmalarning mavjudligi; taʼlim oluvchilarning mustaqilligini qoʻllabquvvatlash qobiliyati. Tanqidiy fikrlash koʻp darajali tizim boʻlib, uning tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:
--⊱⊱ 79 ⊰⊰--
• Kognitiv komponent. Mantiqiy operatsiyalar - tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflash, faktlarni taqqoslash koʻnikmalarini aks ettiradi. Kognitiv tarkibiy qism maʼlumotlarni tizimlashtirish, asosiy narsani ajratib koʻrsatish, sabab-oqibat aloqalarini oʻrnatish va asosli xulosalar chiqarish qobiliyatini taʼminlaydi.
• Baholash-refleksiv komponent. Oʻz fikrlash harakatlarini anglash, jarayonini tahlil qilish, xatolarni payqash qobiliyatini oʻz ichiga oladi. Refleksiya yangi maʼlumotlarni mavjud bilimlar bilan taqqoslash va oʻz qarorlarini tuzatish imkonini beradi.
• Kommunikativ komponent. Dalillangan dialog olib borish, suhbatdoshlarni tinglash, oʻz pozitsiyasini toʻgʻri ifodalash va qarama-qarshi nuqtayi nazarlarni hisobga olish qobiliyatini nazarda tutadi.
• Emotsional-irodaviy komponent. Murakkab qarorlar qabul qilishga tayyorlik, yangi gʻoyalarga ochiqlik, noaniqlikka bardosh berish qobiliyati uchun javobgardir. Hissiy moslashuvchanlik konstruktiv tanqidni qabul qilishga yordam beradi.
• Motivatsion komponent. Haqiqatni izlashga ichki ehtiyoj, oʻrganilayotgan materialning maʼnosini tushunishga intilish, muammoli vaziyatlarni hal qilishga qiziqishni oʻz ichiga oladi.
Tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirish uchun faollik, mustaqillik, tahliliy va ijodiy faoliyatni ragʻbatlantiruvchi metodlar tizimi zarur. Bu usullar taʼlim oluvchilarni yechimlarni mustaqil izlashga, muqobillarni taqqoslashga va farazlarni ilgari surishga undaydi. Axborotni vizual tashkil etish usullari: intellektual xaritalar, grafik modellar. Ular axborot elementlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash, murakkab materialni strukturalash va tahlil qilish imkonini beradi. Munozara metodlari ("asosli rozilik yoki norozilik") konstruktiv bahs olib borish, pozitsiyani dalillash va tanqidni qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi. Refleksiv metodlar: oʻz-oʻzini baholash, taʼlim oluvchilarga bajarilgan ishning maʼnosini anglashga va oʻzlarining aqliy harakatlarini nazorat qilishga yordam beradi.
Taʼlim jarayonning sifati, samaradorligini oshirish turli xil, mavzu va vaziyatga eng mos keladigan topshiriqlarni mohirona tanlash va ulardan foydalanishga, shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning butun oʻquv jarayonining subyekt-subyekt munosabatlarini faollashtirishga bevosita bogʻliq. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini tanlash turli yoʻnalishlarga tegishli boʻlgan oʻquv materialining mazmuni va maqsadlaridan kelib chiqadi.
Xorijiy amaliyotda samarali yondashuvlardan biri Toni Byuzenning “xarita intellekti” hamda “muvaffaqiyat formulasi” usulidir. Ular fikrni vizual ifodalash orqali maʼlumotlarni eslab qolish, gʻoyalarni yaratish hamda urinish – hodisa – qayta aloqa – tekshirish – tuzatish – muvaffaqiyat orqali natijani bosqichma-bosqich takomillashtirishga yordam beradi. [2]. Tanqidiy fikrlash nafaqat maʼlum bir koʻnikma, balki birgalikda ishlaydigan fikrlash koʻnikmalarining butun bir toʻplami boʻlib, tahlil qilish, taqqoslash, dalillash va xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimini qoʻllashni oʻz ichiga oladi. Quyidagi usullar alohida qiziqish uygʻotadi:
Mnemojadvallar maʼlumotlarni tizimlashtirish vositasi sifatida maʼlumotlarni vizual shaklga oʻtkazish imkonini beradi, tarbiyalanuvchining tahliliy faoliyatini kuchaytiradi va quyidagilarni rivojlantirishga yordam beradi: axborotning asosiy elementlarini ajrata olish; maʼnolarni kodlash va dekodlash koʻnikmalari; mantiqiy oʻzaro aloqalarni oʻrnatish qobiliyati; refleksiv tahlil.
"Tafakkurning olti shlyapasi" usuli fikrlash operatsiyalarini turli mantiqiy rejimlar boʻyicha taqsimlash imkonini beradi. Har bir "shlyapa" maʼlum bir fikrlash turini ifodalaydi: dalillar bilan ishlash; hissiy baholash; tanqidiy tahlil; ijobiy tomonlarni aniqlash; ijodiy izlanish; fikrlash jarayonini boshqarish. Turli fikrlash uslublari oʻrtasida ongli ravishda almashish; subyektiv reaksiyalarni faktlardan ajratish; muammoni kompleks tahlil qilishga yordam beradi:
--⊱⊱ 80 ⊰⊰--
Morfologik quti usuli oʻz pozitsiyasini shakllantirish, uni asoslash va oqibatlarni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi: pozitsiya - tushuntirish (yoki asoslash) - misol - oqibat (yoki hukm)
IMEN (ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi) pedagogik taʼlimda fikrlashning tizimliligi, qarama-qarshiliklarni tahlil qilish va muammoni yaxlit koʻrish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi: pedagogik vaziyatlarning nostandart yechimlarini izlash; qiyinchiliklarning yashirin sabablarini tahlil qilish; pedagogik qarama-qarshiliklarni aniqlash; masalani yechish variantlarini modellashtirish.
«Argument sxemasini chizish (vizual xarita)» metodi taʼlim oluvchilarning argumentatsiyani tahlil qilish jarayonini interaktiv qiladi. Ish jarayonida dalillashning borishini aks ettiruvchi koʻrgazmali sxemalar tuziladi, soʻngra ularning qiyosiy tahlili va muhokamasi oʻtkaziladi.
SINKVEYN - savolni chuqurroq tushunishga erishish, taʼlim oluvchilarning berilgan mavzu boʻyicha oʻz fikrlarini qisqa va aniq ifodalash qobiliyatini tekshirish vazifasining bajarilishini ifodalaydi.
Oʻtkazilgan tahlillar pedagoglarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirish ularning kasbiy shakllanishining zaruriy sharti ekanligini taʼkidlash imkonini beradi. Mazkur kompetensiyani shakllantirish samaradorligi taʼlim oluvchining real hayotiy vaziyatlar va kelajakdagi kasbiy muammolarni hal qilishga tayyorligini tavsiya etilgan metodikalardan tizimli foydalanish orqali taʼminlanadi. Agar pedagoglarda tanqidiy fikrlash muntazam ravishda rivojlantirilsa, bu ularning taʼlim jarayonini tanqidiy yondashuvga asoslangan tarzda tashkil etishiga imkon yaratadi. Natijada pedagoglar MTT tarbiyalanuvchilarda tanqidiy fikrlash kompetentsiyasini shakllantirishga yanada ongli, maqsadli va samarali yoʻnaltira oladilar. Tanqidiy fikrlaydigan pedagog bolalarning fikrini tekshirish, dalillarni tahlil qilish, savollar berish, muqobil nuqtai nazarlarni koʻrib chiqish va mustaqil xulosa chiqarish jarayonlarini ongli ravishda qoʻllab-quvvatlaydi. Bunday yondashuv bolalarda mantiqiy fikrlash, sabab–oqibatni anglash, muammolarni hal qilish, axborotni baholay olish kabi tanqidiy fikrlashning asosiy komponentlarini shakllantiradi. Pedagogning oʻzi tanqidiy fikrlashni qanchalik chuqur egallagan boʻlsa, u maktabgacha yoshdagi bolalarda ushbu koʻnikmalarni shakllantirishga shunchalik samarali taʼsir koʻrsatadi. Shu bois tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlarini pedagogik amaliyotga joriy etish nafaqat taʼlim sifatini oshiradi, balki zamonaviy jamiyatda masʼuliyatli, ongli va samarali faoliyat olib boradigan shaxsni tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Барышева Т. А. Формирование критического мышления студентов педагогического вуза. – Вестник ЮУрГГПУ, 2018. № 6. С. 34–41.
2. Бьюзен Т. Супермышление: как повысить ясность и эффективность мышления, а также общий уровень интеллекта и быстроту мысли. пер. с англ. Е. А. Самсонова. - Минск: Попурри, 2008. 304 с.
3. Горина, А.В. Психолого-педагогическое сопровождение формирования профессиональной компетентности студентов в социальной проектной деятельности. А. В. Горина, П. И. Фролова. - Вестник СибАДИ, 2014. № 5 (39). С. 125–133.
4. Гулямова Г. Н. Совершенствование педагогических технологий развития критического мышления студентов педагогических вузов. Проблемы современного образования. – Ташкент, 2023. № 2. С. 112–118.
5. Заир-Бек С. И. Развитие критического мышления на уроке: пособие для учителей общеобразоват. Учреждений. - М.: Просвещение, 2011. 223 с.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.