JAZOSINI O‘TASH TARTIBI VA SHARTLARI
Kulturayeva Sarvinoz Sadriddin qizi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimi,
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada muallif tomonidan tarbiya koloniyalarida voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibi va shartlari, jazoni ijro etishning boshqa jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash tartibidan alohida o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: voyaga yetmaganlar, ozodlikdan mahrum qilish jazosi, tarbiya koloniylari, jazoni ijro etish, jazoni o‘tash rejimi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligida voyaga yetmaganlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish hamda jazoni o‘tash tartibi alohida 22-bob bilan tartibga solingan. Voyaga yetmagan mahkumlarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o‘tashning alohida belgilanganligi voyaga yetmagan mahkumlarni o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni alohida toifaga ajratib, jazoni ijro etishning individual va tabaqalashtirgan tamoyillarini tatbiq etgan holda jazoni ijro etish muddati davomida ularga maxsus dasturlar asosida tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq.
Amaldagi qonunchilikka asosan, voyaga yetmaganlar ozodlikdan mahrum qilish jazosini alohida jazoni ijro etish muassasasi – tarbiya koloniyalarida o‘taydilar. Tarbiya koloniyalari ilk bor mamlakatimiz hududida 1921-yil 29-may kuni Turkiston ASSR Adliya Xalq komissarligi tomonidan “Voyaga yetmagan ozodlikdan mahrum etilganlar uchun mo‘ljallangan Toshkent mehnat uyi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etilgan1.
Tarbiya koloniyalarida voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi JIK va “O‘zbekiston Respublikasi Ichki 1 Yusufjonov O.A., Yusufjonova G.I. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlash masalalari. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksiga 15 yil. Ilmiy amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – T.: TDYuI nashriyoti, 2010. – B. 121. ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” bilan tartibga solinadi.
Amaldagi JIKning 128-moddasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldirilishi, mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish esa, muassasa boshlig‘ining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshirilishi belgilangan. Biroq, ushbu normada mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish masalasi qaysi toifadagi mahkumlarga nisbatan qo‘llanilishi belgilanmagan.
Bu borada xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilganda, Rossiya Federatsiyasi JIKning 140-moddasida aynan ijobiy tavsifga ega mahkumlar o‘n sakkiz yoshga to‘lganlaridan so‘ng muassasada qoldirilishi mumkinligi belgilangan2.
Ukraina JIKning 148-moddasi 1-qismiga ko‘ra, mahkumlarni axloqan tuzatish natijalarini mustahkamlash, umumiy ta’lim yoki kasbiy-texnik tayyorgarlikni yakunlash uchun o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumlar jazo muddati tugagunga qadar, biroq, yigirma ikki yoshga to‘lgunga qadar ta’lim koloniyasida qoldirilishi mumkin3.
Shuningdek, Belorussiya JIKning 132-moddasi 1-qismida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ozodlikdan mahrum etilganlar, qoida tariqasida, yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar ta’lim koloniyalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun qoldirilishi mumkinligi belgilangan4.
Biroq, 1989-yil 20-noyabrdagi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyaning 37-moddasi, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktning 10-moddasi 2-qismi b-bandi va Mahkumlar bilan muomala qilishning minimal standart Qoidalarining 8-bandida voyaga yetmaganlar voyaga yetgan mahkumlardan alohida saqlanishi lozimligi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi JIKda ham mahkumning tarbiya koloniyasida 21 yoshga to‘lgunga qadar qoldirilishi uchun mezon sifatida mahkumning ijobiy tavsifga ega ekanligi belgilangan. Bizningcha, birinchidan, mazkur normadagi “ijobiy tavsifga ega” mahkumlar tushunchasi huquqni qo‘llash amaliyotida turlicha sharhlanishi mumkin, 2 Уголовнo-исполнителный кодекс Российской Федерации от 08.01.1997, №1-Ф3 (ред. от 27.12.2019) 3 Уголовно-исполнительный кодекс Украины от 11 июля 2003 года, № 1129-IV (с изменениями и дополнениями по состоянию на 08.05.2024 г.) https://continent-online.com/Document/?doc_id=30418034 4 Уголовнo-исполнителный кодекс республики Беларусь от 11 января 2000 года № 365-3. ikkinchidan, bu holat jazoni ijro etish muassasalari faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni yuz berish xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida amaldagi jinoyat-ijroiya qonunchiligiga mahkumning ijobiy tavsifga ega ekanligi aynan qanday xususiyatlarni qamrab olishi lozimligiga ham aniqlik kiritilishi maqsadga
Qayd etish lozimki, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishning alohida xususiyatlaridan biri sifatida 16 yoshgacha bo‘lgan mahkumlarni o‘zidan katta yoshda bo‘lgan mahkumlardan, birinchi marotaba ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni oldin ushbu jazoni o‘tab chiqqan voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishidadir.
Ahamiyatli jihati shundaki, tarbiya koloniyasida 14-16 yoshli mahkumlar 17-18 yoshgacha bo‘lganlardan alohida saqlanadi. Shuningdek, tarbiya koloniyalarining yashash va ishlab chiqarish hududlari ajratilgan uchastkalarga bo‘linmaydi. Tutash va yordamchi hududlar ularda jazoni ijro etish muassasasining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida jihozlangan bino va inshootlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
Tarbiya koloniyalarida jazo o‘tayotgan voyaga yetmagan mahkumlarning maxsus huquqlari doirasi boshqa jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarga qaraganda kengroq bo‘lib, bu voyaga yetmagan mahkumlarni uchrashuvlar va telefon orqali so‘zlashuvlar olib borishi, oziq-ovqat mahsulotlari hamda eng zarur narsalar sotib olishi, posilka, banderol, yo‘qlov hamda pul jo‘natmalarini olish huquqlarini amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi.
Bizningcha, tarbiya koloniyalarida jazoni ijro etishni tashkil etish saqlash sharoitlaridan quyidagi yo‘nalishlarda o‘ziga xos qoidalarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Xususan:
- voyaga yetmagan mahkumlarning iste’moli uchun oziq-ovqat hamda birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarni sotib olishi;
- uchrashuvlar hamda telefon orqali so‘zlashuvlar olishi;
- posilka, banderol, yo‘qlov hamda pul jo‘natmalari olishi va yuborishi;
- voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralari;
- voyaga yetmagan mahkumlarga axloq tuzatish vositalarini qo‘llash masalalari.
Tarbiya koloniyalarida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxslar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilgan hollarda, mehnat vazifalarini vijdonan bajarganda, bayram kunlari rag‘batlantirish maqsadida, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3,6 foizigacha qo‘shimcha pul sarflashlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi JIK 75-moddasi to‘rtinchi qismiga asosan, bir oy muddat mobaynida voyaga yetmagan mahkumlar mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 120 foizigacha pul mablag‘laridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, ular mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari hamda zarur narsalarni sotib olish huquqiga ega5.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi JIKda voyaga yetmagan mahkumlarning ta’minoti uchun sarflanadigan pul miqdorining boshqa jazoni ijro etish muassasalari uchun belgilangan miqdorlarga qaraganda ko‘proq ekanligi ham mahkumlarning voyaga yetmagan shaxs ekanligi, ularning organizmi va jismoniy holati qo‘shimcha g‘amxo‘rlik talab etishi bilan bevosita bog‘liq.
Amaldagi qonunchilikka asosan tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil davomida:
- 24 marta qisqa muddatli hamda 8 marta uzoq muddatli uchrashuv;
- 24 marta telefon orqali so‘zlashuv;
- 12 ta posilka yoki yo‘qlov;
- 12 ta banderol olish huquqiga ega.
Tarbiya koloniyalarida jazo o‘tash tartibi va shartlarining yana bir o‘ziga xosligi shundaki, mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul jo‘natmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Telefon orqali so‘zlashuvlar olib borish esa, tarbiya koloniyasi ma’muriyati tomonidan nazorat qilingan holda o‘tkaziladi hamda ularning haqi voyaga yetmagan mahkumlarning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi. Ushbu qoida JIKning 77-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan.
Biroq, ushbu toifadagi mahkumlar mehnatga jalb etilmasligi hamda shaxsiy hisob varag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmasligi sababli, yaqin qarindoshlari bilan telefon orqali so‘zlashuvlarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, tarbiya koloniyalaridagi voyaga yetmagan mahkumlarni yaqin qarindoshlari bilan telefon 5 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son, 30.01.2018-y., 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son. orqali so‘zlashuvlari respublika budjeti hisobidan amalga oshirilishi lozimligini belgilanishi maqsadga muvofiq.
Telefon orqali so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun mahkum jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan kamida uch kun oldin telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat berishni so‘rab ariza bilan murojaat qilishi lozim. Telefon orqali so‘zlashuvlar amalga oshirilayotganda tarbiya koloniyasi ma’muriyati mahkumlarni besh nafardan olib chiqilishini va so‘zlashuvlarni bir abonent bilan olib borishi, shuningdek muddati o‘n daqiqadan oshmasligini ta’minlaydi.
Shu bilan bir qatorda, voyaga yetmagan mahkumlarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari ham o‘ziga xos va voyaga yetgan shaxslarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralaridan farqli bo‘lib, qonunchilikda voyaga yetmagan mahkumlarga ularning individual xususiyatlari, sog‘lig‘i, psixologik va fiziologik holatini e’tiborga olgan holda qo‘shimcha rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi nazarda tutiladi.
Xususan, ijobiy tavsifga ega bo‘lgan mahkumlarga Jinoyat-ijroiya kodeksi 102- moddasida nazarda tutilgan umumiy tartibda qo‘llaniladigan rag‘batlantirish choralaridan tashqari qo‘shimcha tarzida mazkur Kodeksning 126-moddasida belgilangan quyidagi qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:
- muassasa hududidan tashqarida o‘tkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini ko‘rishga yuborish;
- qisqa muddatli uchrashuv o‘rniga ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha bo‘lgan muddatga erkinlikka chiqarish;
- hibsxonada bo‘lish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish.
Jazoni o‘tash tartibi hamda shartlariga rioya etilmaganligi sababli mahkumlarga JIKning 105-moddasida belgilangan ogohlantirish, hayfsan, yengillashtirilgan saqlash sharoitini bekor qilish kabi intizmoiy jazolardan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish hamda hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi qo‘shimcha choralar qo‘llanilishi mumkin.
Hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi intizomiy jazo o‘n to‘rt yoshdan o‘n oltigacha bo‘lgan mahkumlarga 7 sutkagacha, o‘n olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa 10 sutkagacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi6.
Amaldagi JIK 127-moddasi 2-qismida tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qo‘yilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilangan. 1990- yil 14-dekabrdagi “Ozodlikdan mahrum etilgan voyaga yetmaganlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi BMT qoidalari normalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, intizomiy jazoga tortilgan voyaga yetmagan mahkumlarning toza havodan nafas olish, xususan sayr qilish imkoniyati muassasa tomonidan qattiq cheklanishi maqsadga muvofiq emas.
Shunga ko‘ra, 127-modda 2-qismida belgilangan hibsxonaga kiritib qo‘yilgan voyaga yetmagan mahkumning sayr qilish muddatini sutkasiga to‘rt soat qilib belgilanishi maqsadga muvofiq. Bu voyaga yetmagan mahkumlarning mamlakatimiz qonunchiligida belgilangan huquqlarini yanada kengayishiga xizmat qiladi.
Qayd etish lozimki, 1984-yil 10-dekabrdagi BMT Bosh Assambleyasining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsitadigan muomala va jazolash turlariga qarshi Konvensiyasining 14-moddasida7 penitensiar muassasalarda mahkumlarga qo‘llaniladigan jazolar shaxsning turli usullar orqali qiynoqqa solinishi va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsitadigan muomala usullarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozim ekanligi belgilangan.
Bundan tashqari, Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh Konferensiyasining 1957-yil 25-iyundagi 40-Sessiyasida qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 498–I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan “Majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risida”gi 105-Konvensiyasining 1-moddasi 1-bandiga asosan jazoni o‘tayotgan mahkumlar muassasa tartib-qoiadalarini buzganligi sababli jazo chorasi sifatida majburiy og‘ir mehnatga jalb etilmasligi lozimligi8 qayd etilgan. 6 “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10/22/2495-6/0978-son; 12.12.2023-y., 10/23/2495-7/0930-son; 19.09.2024-y., 10/24/2495-8/0729-son. 7 Subramanian R., Shames A. The main aspect of Sentencing and Prison Practices in the USA. Vera Institute of Justice, October. 2013. – P. 16. 8 Convention concerning the Abolition of Forced Labour (No.105). Geneva, 25 June 1957, in force 17 January 1959.
2003–2004-yillarda 50 dan ortiq penitensiar muassasalardan ozod etilgan 400 nafar voyaga yetmagan shaxslar to‘g‘risida tadqiqot olib borgan Aleksandr Yakovlevich Gerdning ta’kidlashicha, 57 foiz sobiq voyaga yetmagan mahkumlar penitensiar muassasalar tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan jazolarning qattiqligini aytib o‘tishgan9.
Biroq, jazo o‘tayotgan mahkumlarning avvalo inson ekanligini, jazo o‘tash davomida ularga insonparvarlarcha muomala qilish lozimligini e’tiborga olib shuni aytishimiz mumkinki, muayyan bir mahkumga nisbatan intizomiy jazoni qo‘llash vaqtida intizomiy jazo choralarini qo‘llash uchun sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruhiy holat buzilishining mavjudligi, olib tashlanmagan hamda bekor bo‘lmagan intizomiy jazolari bor-yo‘qligi e’tiborga olinishi lozim.
Tarbiya koloniyalaridagi voyaga yetmagan mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish ularni qayta tarbiyalashning bosh mezonlaridan biri hisoblanib, tarbiyaviy tadbirlar har bir mahkum uchun yakka ya’ni individual shaklda yoki guruh bilan ommaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bunda e’tiborlisi shundaki, tarbiyaviy ta’sir individuallashtirish prinsipiga asosan mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Ko‘plab tadqiqotchilarning fikricha, voyaga yetmagan mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniya, kinofilmlardan, kutubxona, sport tadbirlari va boshqa vositalardan foydalanish mahkumning axloqi tuzalishida ijobiy vositalardan biri hisoblanadi. Germaniyalik tadqiqotchilar P.Ktadoczny hamda M.Wolnylar penitensiar muassasalarda jazo o‘tayotgan mahkumlarning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tarbiyaviy jarayonni uch bosqichga bo‘lib tahlil etishgan:
1. boshlang‘ich bosqich – taxminan mahkumning jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgan kundan 6 oygacha davom etadi hamda mazkur jarayon mahkumning jazoni ijro etish muassasasi qabul bo‘limida saqlanishi, psixologik tekshiruvdan o‘tishi, boshqa mahkumlar bilan dastlabki aloqada bo‘lish jarayonlarini qamrab oladi.
2. asosiy bosqich – jazo muddatining 6 oyidan so‘ng boshlanib, jazoni o‘tashining butun muddatida mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning maxsus va individual metodlaridan foydalaniladi. 9 Gerd A.Y. Psychological condition of juvenile returning from penitentiary institutions. Article. Journal of Crime Prevention and Community Safety, October. 2006. – P. 18.
3. yakuniy bosqich – mahkumni jazoni ijro etish muassasasidan ozod etishga tayyorgarlik bosqichi hisoblanib, mazkur jarayon jazo muddati tugashiga 6 oy qolganda mahkumlarni ishda va turmushda moslashib ketishiga yordam beradigan tarbiyaviy ta’sir choralarini qo‘llash jarayonini qamrab oladi10.
Shuningdek, JIKning 99-moddasida korxona, muassasa, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda fuqarolar mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir etishda ishtirok etishlari belgilangan. Jamoatchilik va fuqarolarning mahkumlarni tarbiyalashda ishtirok etishi mumkinligi mazkur normada belgilangan bo‘lsa-da, bugungi kunda tarbiya koloniyalarida jazoni o‘tayotgan voyaga yetmagan mahkumlarning xulq-atvori ustidan tarbiyaviy ta’sir olib borishda jamoatchilik nazorati sust darajada ekanligi ko‘zga tashlanmoqda va bu borada maxsus ekspert komissiyalarini tashkil etish ehtiyoji mavjudligi sezilmoqda, shuningdek voyaga yetmaganlarning jamoatchi tarbiyachilari ishlari amalda kutilgan natijani bermayapti.
Bu borada huquqshunos olim N.S.Salayevning fikrini keltirish o‘rinli. Penitensiar tizim faoliyatida jamoat tashkilotlarining ishtirok etishi masalasiga aniqlik kiritilishi, mazkur faoliyatning asosiy yo‘nalishlari mustahkamlanishi lozim. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 87 foizi bu tizimda jamoatchilik nazorati yetarli darajada emasligini qayd etgan11. Shu sababdan har bir jazoni ijro etish muassasasida vasiylik va jamoatchilik kengashi hamda kasaba uyushmalari, tarbiya koloniyalarida esa mahkumlarning otaonalari qo‘mitasini tashkil qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.
Voyaga yetmagan mahkumlar saqlanadigan penitensiar muassasalarda jamoatchilik vakillaridan iborat shaxslardan tashkil topgan kengashning ijobiy jihatlarini Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi tajribasida ko‘rish mumkin. Xususan, Germaniya Federativ Respublikasida voyaga yetmagan mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda mahkumning ota-onasi, qonuniy vakillari, xattoki qarindoshlari hamda maktab jamoasi ham muntazam ravishda ishtirok etishlari ta’minlanadi12. 10 Ktadoczny P., Wolny M. Prison conditions in Europe. Dissertation. European Prison Observatory. Rome, September. 2013. – P. 34. 11 Salayev N.S. Penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish: yuridik fanlar doktori (Doctor of science) dissertasiyasi avtoreferati – Toshkent, 2017. – B. 16. 12 Frieder Dunkel. Youth justice in Germany. Online Publication Date: Jan. 2016. DOI: 10.1093.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi JIKning 142-moddasida13 tarbiya koloniyalarida voyaga yetmagan mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda mahkumlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari ham ishtirok etishi mumkinligi belgilangan. E’tiborli jihat shundaki, mazkur shaxslarni tarbiyaviy ishlarda ishtirok etishini ta’minlash maqsadida tarbiya koloniyalarida mahkumlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlaridan tashkil topgan qo‘mitalar tuzilishi mumkinligidadir.
Shuningdek, tarbiya koloniyalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ularni ijtimoiy hayotga tezroq moslashtirish, yaqin qarindoshlari bilan munosabatlarini yaxshilash va avvalgi fuqarolik qiyofasini tiklashga yordam berish maqsadida jazo o‘tayotgan ijobiy xulq-atvorga ega mahkumlar jazoni o‘tash muddati tugashiga uzog‘i bilan olti oy qolganda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilishi, mazkur muddat davomida muassasa tomonidan mahkumga fuqarolik kiyimida yurishiga, cheklanmagan miqdorda telefon orqali so‘zlashuvlar va cheklanmagan miqdorda yaqin qarindoshlari bilan uchrashuvlarga ruxsat berilishi to‘g‘risidagi normani jinoyat-ijroiya qonunchiligiga kiritilishi maqsadga muvofiq.
Bu borada xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, mahkumlarning ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlashga yordam beradigan usullardan biri bu “penitentsiar ta’til” hamda “yengillashtirilgan saqlash sharoiti” hisoblanib, mazkur davr mobaynida jazoni ijro etish muassasasidan biriktirilgan xodim bilan birgalikda mahkumlar o‘zlari uchun ish izlash, o‘qish joyi bilan qayta aloqa o‘rnatish, yashash joyi topish, jamiyat a’zolari bilan foydali aloqani o‘rnatish, yaqin qarindoshlari bilan cheklanmagan miqdorda uchrashish, oilaviy masalalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar.
“Kanada qamoqxonalari to‘g‘risida”gi Qonunda Kanada penitensiar muassasalarida mahkumlar, shu jumladan voyaga yetmagan mahkumlar jazo muddati tugashidan 3 oy oldin yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilib, ushbu davr mobaynida 1 xaftalik ta’tilga chiqishlari mumkin ekanligi belgilangan14. Mazkur davrda 13 Уголовнo-исполнителный кодекс Российской Федерации от 08.01.1997, №1-Ф3 (ред. от 27.12.2019). 14 И.М.Режапова, Ю.М.Заборовская. Зарубежный опыт работы с заключенными с целью их дальнейшей ресоциализации (на примере законодательства Соединенных Штатов Америки и Канады). mahkumlar yuqorida ta’kidlangan huquqlardan foydalanish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Ayni shu mazmundagi tartib Norvegiya hamda Ispaniya jinoyat-ijroiya qonunchiligiga ham xosdir.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, tarbiya koloniyalarida ozodlikdan mahrum qilish jazosini samarali ijro etish va mahkumlarni huquqlarini yanada kengaytirish yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
birinchidan, tarbiya koloniyalarida jazoni ijro etishni tashkil etish saqlash sharoitlaridan mahkumlarning iste’moli uchun oziq-ovqat hamda birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarni sotib olish, uchrashuvlar hamda telefon orqali so‘zlashuvlar olish, posilka, banderol, yo‘qlov hamda pul jo‘natmalari olish va yuborish, mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralari, mahkumlarga axloq tuzatish vositalarini qo‘llash masalalari bilan ajralib turadi.
ikkinchidan, amaldagi jinoyat-ijroiya qonunchiligiga tarbiya koloniyalaridagi voyaga yetmagan mahkumlarni yaqin qarindoshlari bilan telefon orqali so‘zlashuvlari haqi respublika budjeti hisobidan amalga oshirilishi lozimligini belgilanishi maqsadga
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 127-moddasi 2-qismida belgilangan hibsxonaga kiritib qo‘yilgan voyaga yetmagan mahkumning sayr qilish muddatini sutkasiga to‘rt soat qilib belgilanishi maqsadga muvofiq. Bu voyaga yetmagan mahkumlarning mamlakatimiz qonunchiligida belgilangan huquqlarini yanada kengayishiga xizmat qiladi.
to‘rtinchidan, tarbiya koloniyalarida mahkumlarni ozodlikka tayyorlash va ularni jazodan ozod etilganlaridan so‘ng resotsializatsiyasini ta’minlashga xizmat qiladigan maxsus dasturlarni ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.