ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

TARBIYALANUVCHILAR NUTQINI OʻSTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Abstract

Dunyoda roʻy berayotgan texnologik taraqqiyot fonida bolalarning nutqiy faolligi pasayish muammosi dolzarb boʻlib bormoqda. Ilmiy bashoratlarga koʻra nutqi ravon, fikrlarini dadil bildiradigan mutaxassislar yaqin kelajakda eng koʻp talabga ega boʻladi. Zamonaviy dunyoda jamiyatda oʻz oʻrnini topadigan, fikrlarini erkin bayon etadigan, tashabbuskor va mustaqil fikrli shaxslarga ehtiyoj ortayotganini kuzatib turibmiz. Bunday avlodni shakllantirish strategiyasini esa maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan boshlash vazifasi dolzarbdir.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 201 ⊰⊰--

TARBIYALANUVCHILAR NUTQINI OʻSTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Erhanova Nasiba Absayitovna

MTTDMQTMO instituti

dotsent v.b. p.f.f.d. (PhD),

Dunyoda roʻy berayotgan texnologik taraqqiyot fonida bolalarning nutqiy faolligi pasayish muammosi dolzarb boʻlib bormoqda. Ilmiy bashoratlarga koʻra nutqi ravon, fikrlarini dadil bildiradigan mutaxassislar yaqin kelajakda eng koʻp talabga ega boʻladi. Zamonaviy dunyoda jamiyatda oʻz oʻrnini topadigan, fikrlarini erkin bayon etadigan, tashabbuskor va mustaqil fikrli shaxslarga ehtiyoj ortayotganini kuzatib turibmiz. Bunday avlodni shakllantirish strategiyasini esa maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan boshlash vazifasi dolzarbdir.

Shunday ekan, nutq oʻstirish jarayonida tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish masalasi aktualdir. Bu boradagi xorij tajribasini oʻrganganimizda ham mazkur doiradagi ishlar dolzarbligini kuzatdik. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarning til va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsad qilgan LENA (Language Environment Analysis) loyihasi aynan bolalar nutqini rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi. Ushbu loyihaga boʻlgan ehtiyoj tufayli bugungi kunda butun dunyo LENA loyihasi asosida bolalarni faol muloqotga oʻrgatish texnologiyalariga murojaat qiladi. Loyihaning regional kengayishi va rivojlanishi natijasida bolalarning muloqot koʻnikmalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan akademik amaliyotlar global saʼy-harakatlarga aylanganini aytib oʻtish joiz.

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining maktabgacha taʼlimga qaratayotgan eʼtibori va sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar taʼlimiy jarayonlarga ham zamonaviy yondashuvlarni taqozo etmoqda. Maktabgacha taʼlim sohasidagi tub oʻzgarishlar yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan izchil oʻzgarishlar tendensiyasida alohida oʻrin tutishi, sohaga innovasion taʼlim tamoyillarini tatbiq qilish zarurati yaqqol koʻzga tashlanmoqda. 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli taʼlim-tarbiya olishini taʼminlash masalasiga yangi zamon fokusi va rakursida hal etiladigan dolzarb vazifa sifatida qaralishi sohada qoʻllaniladigan taʼlim texnologiyalarini ham modernizatsiya qilish talabini vujudga keltirdi. Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqini oʻstirishga qaratilgan taʼlimiy resurslarni uzluksiz ravishda yangilash va takomillashtirish ehtiyoji mavjud.

Sababi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning nutqiy faolligini oshirish alohida ahamiyatga ega. Chunki, bir qator kompetensiyalar qatorida nutq va muloqot koʻnikmalari rivojlangan bolagina maktab taʼlimiga tayyor hisoblanadi. Aynan mazkur kompetensiya Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti”, “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari” va “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida tarbiyalanuvchilarda faol rivojlantirilishi zarurligi belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amaliyotda toʻlaqonli bajarish va innovatsion texnologiyalardan foydalanib maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy faolligini oshirishning dolzarbligi shundan iboratki, hozirgi kunda oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan foydalanishga tobora koʻproq eʼtibor berilmoqda, ammo hamma amaliyotchilar ham taʼlimiy jarayonda undan toʻgʻri foydalana olmaydilar. Bolalarning rivojlanishini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, nutqiy faollik noanʼanaviy taʼlim sharoitida boshqa faoliyat turlariga qaraganda samaraliroq rivojlanadi, shuning uchun tarbiyalanuvchilarni keng nutqiy faoliyatga kirishishga undaydigan taʼlim resurslarini zamonaviy pedtexnologiyalar asosida oʻrgatish metodikasiga tayanish tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirishdagi eng muhim usul hisoblanadi.

--⊱⊱ 202 ⊰⊰--

Anʼanaga koʻra, nutqni rivojlantirish boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida takroriy mashqlar va eslab qolish kabi usullarga tayanilgan. Ushbu yondashuvlar maʼlum darajada samarali boʻlsada, ular bugungi kun bolalarining dinamik ehtiyojlarini toʻliq qondira olmaydi. Anʼanaviy usullarning cheklovlari texnologiya va interfaol taʼlimni oʻz ichiga olgan zamonaviy texnikalarning integratsiyalashuviga yoʻl ochadi.

Ushbularni inobatga olgan holda biz tadqiqotimiz davomida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish boʻyicha quyidagi yondashuvlar samarali degan toʻxtamga keldik:

1. Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv

• Har bir bolaning individual nutqiy rivojlanish xususiyatlari, muloqotchanlik darajasi va

qiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

• Bolaning nutqiy salohiyatini namoyon qilishiga yordam beradigan topshiriqlar va oʻyinlar

qoʻllaniladi.

2. Oʻyinli-taʻlimiy yondashuv

• Nutqiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik oʻyinlardan foydalanishga

asoslanadi.

• Oʻyinlarning koʻrgazmali-bosma hamda elektron resurs shaklidan foydalanishga ustuvorlik

beriladi.

3. Muloqotga yoʻnaltirilgan yondashuv

• Bolaning muloqot vaziyatlarida nutqni faol qoʻllashiga imkon beruvchi taʻlimiy muhit

yaratishga eʻtibor qaratiladi.

• Faol muloqot uchun simulyatsion jarayon tashkil etilishi nazarda tutiladi va bolalarni nutq

bilan bogʻliq faoliyatga jalb qilishga asoslangan hikoya qilish, qayta hikoya qilish, sheʻrni yod

aytish badiiy-estetik faoliyat bilan uzviy ravishda olib borish nazarda tutiladi.

4. Texnologik yondashuv

• Zamonaviy taʻlim texnologiyalaridan, masalan, multimediali taʻlimiy resurslar, audioertaklar,

audiovizual vositalar va interaktiv oʻyinlardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.

• Nutqni rivojlantirishga kompleks taʻsir koʻrsatish uchun turli metod va faoliyat turlarini

birlashtiradi.

Mazkur yondashuvlar tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlariga koʻra nutqiy

koʻnikmalarini samarali rivojlantirishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Berdaliyeva G. “Maktabgacha taʼlim muassasalari nutq oʻstirish mashgʻulotlarida tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish tizimi”. // Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati . – Toshkent. – 2019.

3. N.A.Erhanova, “Tarbiyachi kitobi Nutq oʻstirish” metodik qoʻllanma, “Davr press” nashriyot-matbaa uyi, Toshkent – 2023.

4. Moraru A. “Maktabgacha taʼlim muassasasida tashkiliy rivojlanish dasturi”, Ruminiya,

WCES, 2020.

5. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.