--⊱⊱ 22 ⊰⊰--
INTEGRATIV YONDASHUV
Saidova Dilobar Ikrambaevna
pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dotsent.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti “Pedagogika va
psixologiya” kafedrasi mudiri.
Annotatsiya: Tezisda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirishning aksialogik-pedagogik konsepsiyasi murakkab tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Aksiologik ong, ijtimoiy avtonomiya, ijtimoiylashuv jarayonlari oʻzaro integrativ munosabatda koʻrilib, maktabgacha taʼlim tizimi uchun moslashtirilgan metodik model taqdim etiladi. Natijalar maktabgacha taʼlim tashkilotlari amaliyotiga mos holda milliy qadriyatlar va global kompetensiyalar uygʻunligini kuchaytirish zaruratini asoslaydi.
Kalit soʻzlar: aksiologik model, qadriyatlar tizimi, ijtimoiylashuv, ijtimoiy avtonomiya, fasilitatsion yondashuv, institutsional muhit, shaxsning aksialogik rivoji, maktabgacha taʼlim.
Abstract: The thesis examines the axiological-pedagogical mechanisms of value formation among children raised in care institutions. The study emphasizes the importance of aligning national values with global competencies in the context of institutional upbringing.
Keywords: axiology, value system, socialization, autonomy, facilitation, institutional upbringing, early development, preschool pedagogy.
Аннотация: В тезисе представляется комплексный анализ аксиолого-педагогических механизмов формирования системы ценностей у воспитанников домов милосердия. Обоснована необходимость интеграции национальных ценностей и глобальных компетенций в систему дошкольного образования.
Ключевые слова: аксиология, система ценностей, социализация, автономия, фасилитация, институциональная среда, дошкольная педагогика.
Oʻzbekistonning ijtimoiy siyosati doirasida tarbiyalanuvchilarda qadriyatlar tizimini shakllantirish masalasi nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy-falsafiy va psixologik nuqtai nazardan ham dolzarb muammo sifatida talqin etilmoqda. Shu jihatdan, qadriyatlar tizimini shakllantirish jarayonida aksialogik ongning komponentlari — ong, munosabat, yoʻnalganlik va refleksiya — shaxsning ijtimoiy avtonomiyasini belgilovchi asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi [1]. Aksiologik tadqiqotlarda (Xodjaev B. [2]; Yusupov E. [3]) qadriyatlar tizimi jamiyatning tarixiymadaniy rivojlanish bosqichlari bilan uygʻun holda shakllanishi va shaxsning ijtimoiy tajribani oʻzlashtirish qobiliyatiga bevosita taʼsir qilishi koʻrsatiladi. Mehribonlik uylaridagi bolalar esa koʻpincha institutsional muhitning depivatsion taʼsirida boʻlgani sababli, ularning qadriyatlar tizimi fragmentar, barqaror boʻlmagan va tashqi omillarga yuqori darajada sezgir boʻlib qoladi [1], [4]. Qadriyatlar tizimining ijtimoiy-pedagogik modeli [1] bu jarayonning murakkabligini quyidagi uchlik asosida izohlaydi: ijtimoiy mослашuv, ijtimoiy avtonomiya, aksialogik ongning rivoji.
--⊱⊱ 23 ⊰⊰--
Modеlga koʻra, mazkur komponentlar mikro– (tarbiyachi, guruh, institutsional muhit), mezo– (jamiyat, maktabgacha taʼlim tizimi) va makro– (milliy qadriyatlar, davlat siyosati) darajadagi omillar bilan oʻzaro uygʻunlikda faoliyat koʻrsatadi.
Xalqaro ilmiy manbalarda (Ballantine J. [5]; Nelson C. [6]; Wegar K. [7]) bolalarning institutsional sharoitda ijtimoiy-emotsional rivoji koʻpincha individual ehtiyojlar yetarli darajada qondirilmagani sababli sekinlashishi qayd etiladi. Shu bois, fasilitatsion pedagogika — yaʼni tarbiyachining “nazorat qiluvchi subyekt” emas, balki “yoʻnaltiruvchi hamkor” sifatidagi roli — qadriyatlarni shakllantirishda kuchli taʼsirga ega boʻladi [8].
Maktabgacha taʼlim tizimi uchun bunday yondashuvning ahamiyati shundaki, 3–7 yosh oraligʻi shaxsning aksialogik poydevori qoʻyiladigan kritik davrdir. Milliy qadriyatlarga asoslangan integrativ model:
— emotsional xavfsizlikni taʼminlaydi,
— ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantiradi,
— reflektiv madaniyatni shakllantiradi,
— bolada “menlik”ni mustahkamlaydi.
Qadriyatlar tizimini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari. Qadriyatlar tizimi shaxsning ijtimoiy tajribani ongli ravishda oʻzlashtirish qobiliyati, subyektiv baholari va ijtimoiy norma-meyorlar bilan oʻzaro munosabatini ifodalovchi murakkab psixo-sotsial konstruksiyadir. Aksiologik yondashuvlar shuni koʻrsatadiki, inson qadriyatlari faqat ongda emas, balki faoliyat, munosabat va ijtimoiy muloqotda namoyon boʻladi (Xartshorn, May, 1930; Rokeach, 1973) [9], [10]. “Akсиологик ong, munosabat va yoʻnalganlikning oʻzaro uygʻunligi natijasi” deb hisoblaydi [1]. Bu uch komponent bogʻliqligi shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida mustahkamlanadi va oʻz navbatida, pedagogik sharoitlar orqali rivojlantirilishi mumkin. Shaxsning aksiologik rivoji va uning bosqichlari
Zamonaviy aksiologiya shaxs rivojida quyidagi bosqichlarni ajratadi:
1. Perseptiv qadriyatlar – bola atrof-muhitni sezgi va tajriba orqali qabul qiladi (Piaget, 1960) [11].
2. Normativ qadriyatlar – jamiyat qoidalari, kattalar bahosi orqali shakllanadi.
3. Refleksiv qadriyatlar – shaxs oʻz qadriyatini tahlil qila oladigan bosqich (Kohlberg, 1980) [12].
Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarda bu bosqichlar koʻpincha izchil amalga oshmaydi. Chunki ijtimoiy-emotsional ehtiyojlarning qisman qondirilishi, barqaror boʻlmagan mehrmuhabbat muhiti shaxsning aksialogik barqarorligini pasaytiradi [4], [6].
Aksiologik tizimning institutsional buzilishi
Nelson C. tadqiqotlariga koʻra, internat tipidagi muassasalar bolalarda “psixologik boʻshliq” (psychological vacuum) hosil qiladi [6]. Bu boʻshliq emotsional kechimlarning yetishmasligi, barqaror “kattalik modeli”ning yoʻqligi, mustahkam ijtimoiy identifikatsiyaning shakllanmasligi bilan bogʻliq. Shu sabab qadriyatlar barqaror emas, epizodik shakllanadi; muloqotdagi cheklovlar ijtimoiy kompetensiyani susaytiradi; “menga munosabat” оrqали shakllanadigan oʻz-oʻzini baholash tizimi pasayadi.
Bu jarayonlar maktabgacha yoshdagi bolalarda yanada sezgir kechadi, chunki ular hali asosiy ehtiyojlarini oila darajasida qondira olmaydi (Bowlby, 1969) [13]. Milliy qadriyatlar va global kompetensiyalar oʻrtasidagi uzviylik
Maktabgacha taʼlimda qadriyatlar tizimi milliy oʻzlik, madaniy identifikatsiya, ijtimoiy masʼuliyat, global kompetensiyalar (hamkorlik, fikrlash, tolerantlik) bilan uygʻunlashishi lozim [14],
--⊱⊱ 24 ⊰⊰-- [15]. “Qadriyatlar tizimi – shaxsning jamiyatga ijtimoiy moslashuvining asosiy prediktori boʻlib, milliy va umuminsоniy qadriyatlar uygʻunligi barqaror shaxs rivojiga xizmat qiladi.” [1]
Fasilitаtsion yondashuvning aksiologik samaradorligi
Reggio Emilia, Vygotskiy, Bruner kabi pedagogik yondashuvlar shuni koʻrsatadiki, bola oʻz qadriyatlarini faol muloqot jarayonida shakllantiradi [16], [17]. Fasilitatsiya – aynan shu jarayonni kuchaytiruvchi metod sifatida qaraladi.
Fasilitatsiyaning ichki mexanizmlari dialog yaratish, subyekt-subyekt munosabatlari, refleksiv savollar, emotsional xavfsizlikdan iborat. Bularning barchasi aksialogik ongning rivojlanishiga xizmat qiladi (Rogers, 1961) [18].
Mehribonlik uylaridagi bolalar bilan ishlashda fasilitatsiyaning ahamiyati
Koʻplab tadqiqotlar (Wegar, 2000; Carter, 2001) shuni koʻrsatadiki, tarbiyachining yumshoq, qoʻllab-quvvatlovchi yondashuvi bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini, ijtimoiy moslashuv qobiliyatini, ijobiy xatti-harakatlarni tanlash qobiliyatini kuchaytiradi [7], [19]. Fasilitatsion yondashuv qoʻllanilganda bolalarning qadriyatlar boʻyicha tasavvurlari kengaygan, ijtimoiyemotsional refleksiya kuchaygan, ijtimoiy moslashuvning sifat koʻrsatkichlari 15–20% oshganligi aniqlangan [1].
Maktabgacha taʼlim jarayonida qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan metodik tavsiyalar
1. Qadriyatlar boʻyicha oʻyin-senariylar tizimini yaratish (doʻstlik, yordam, adolat).
2. Fasilitatsion suhbatlar jadvali – haftasiga 2–3 marotaba.
3. Hissiy karta (emotion cards) orqali emotsional savodxonlikni oshirish.
4. Mehribonlik uylaridan kelgan bolalar uchun moslashtirilgan qoʻllab-quvvatlash dasturi.
5.Tarbiyachilarni fasilitatsion kompetensiyalar boʻyicha muntazam oʻqitish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Saidova D.I. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarda qadriyatlar tizimini shakllantirish texnologiyasi. PhD dissertatsiyasi. Toshkent, 2020. Xodjaev B. Pedagogik aksialogiya. Toshkent, 2018.
2. Yusupov E. Aksiologiya nazariyasi. Toshkent, 2016.
3. Dubrovina I. Psixologiya sotsialʼnogo sirotstva. Moskva, 2015.
4. Ballantine J. Sociology of Education. New York, 2007.
5. Nelson C. Early Institutionalization and Development. Harvard, 2014.
6. Wegar K. Adoption, Identity and Socialization. Oxford, 2000.
7. Reggio Emilia Approach. The Hundred Languages of Children. 2012.
8. Hartshorne, M., May V. Studies in Character. 1930.
9. Rokeach M. The Nature of Human Values. 1973.
10. Piaget J. The Childʼs Conception of the World. 1960.
11. Kohlberg L. Stages of Moral Development. 1980.
12. Bowlby J. Attachment Theory. 1969.
13. OECD. Global Competency for an Inclusive World. 2016.
14. UNESCO. Guidelines on Early Childhood Education. 2017.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.