ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

The Role of Teacher Skill in the Upbringing of a Harmonious Generation

Abstract

This article states that the upbringing of an individual is an extremely complex activity, and since ancient times, mature representatives of society have been involved in this activity. This situation implies that the upbringing of the younger generation and the content of its organization are important not only for personal development but also for determining the progress of society. In the current conditions, society's demands on the teaching profession are increasing day by day, and the task of correctly organizing these demands in practice depends on the teacher. A modern teacher performs a number of tasks. The teacher is primarily the organizer of the educational process.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA O’QITUVCHI MAHORATINING PO’LI

Jumayeva Gulnara Tursunpulatovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Pedagogika va texnologik ta’lim kafedrasi pedаgоgikа

fаnlаri bо’yichа fаlsаfа dоktоri (PhD) v/b professor.

gulnara_jumayeva@tues.uz

Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbivasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Hozirgi sharoitda jamiyatning o’qituvchilik kasbiga nisbatan qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’g’ri tashkil qilish vazifasi o’qituvchiga bog’liq. Zamonaviy o’qituvchi qator vazifalami bajaradi. O’qituvchi avvalo tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir.

Kalit so‘zlar: yosh avlod, shaxs, faoliyat, shaxs kamoloti, o’qituvchil, zamonaviy o’qituvchi, tashkilotchi, mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual, ma’naviy salohiyat, pedagogik mahorati.

Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ham hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev bugungi kunda “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart!” - degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o’rin egallagan. ... Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo’yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur. SHu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o’qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. ... Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.” - degan fikrlarni ta’kidlab o’tdilar.

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni zamonaviy o’qituvchini talab etadi. Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi zarur? Uning pedagogik mahorati zaminida qanday kompanentlar mujassam etilgan? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo’yicha ko’plab pedagog va psixolog olimlar o’z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urfodatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish uchun metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo’ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo’yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.

XXI asrga kelib o’qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. endilikda global o’zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o’qituvchidan yuksak mahoratni, o’tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo’lishni talab qiladi.

Hozirgi zamon o’qituvchisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlami egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda hozirgi kunda zamonaviy o’qituvchi quyidagi pedagogik mahoratni hamda ijobiy fazilatlarni o’zida shakllantirmog’i lozim.

1. O’qituvchi, eng avvalo, mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ’ibotchisidir.

2. O’qituvchi tabiatan o’quvchilami seva olishi, o’z mehrini, his- tuyg’ularini har lahzada o’quvchilar ichki dunyosi bilan bog’lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo’lishi kerak,

3. O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlami doimiy bera olishi lozim.

4. Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi talab etiladi.

5. O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur va puxta bilimga ega bo’lishi, barcha fanlar integratsiyasini o’zlashtirib borishi, bunda o’z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi zarur.

6. O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

7. O’qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.

8. O’qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.

9. O’qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o’zlashtirib borishi shart.

10. O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi kerak: turli sheva so’zlardan holi bo’lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi;

O’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi; hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda konselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) kabi norasmiy so’zlardan holi bo’lishi.

11. O’qituvchining kiyinish madaniyati o’ziga xos bo’lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.

12. O’qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.

13. O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.

14. O’qituvchi, eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.

Pedagoglar unutmasliklari kerakki, o’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo’nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir.

Muloqot jarayonida o’qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do’stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib turishi lozim. Shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklaming mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbati;

Kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo’lishi; yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, gigiyena talablaridan o’z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;

O’z kasbi bo’yicha jahon fanida erishilayotgan so’nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo’lib borishi;

Ta’lim-tarbiya metodikasidan ko’nikma va malakalarini oshirib borishi; O’z kasbiga ijodiy yondashishi;

Pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lishi;

Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va harakteri bilan bog’liq.

Davlatimiz bugungi kun o’qituvchisi zimmasiga mas’uliyatli vazifalarni qo’ymoqda. Ushbu mas’uliyatli vazifalarni har bir o’qituvchi o’z burchi deya qabul qilmog’i shart va zarur. Bu esa barkamol avlod tarbiyasiga qo’yilgan muhim qadam hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1.Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. T.: “Moliya” – 2003. 2.Farberman B.L., Musina R.G., Jumaboeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari. O’quv qo’llanma - T.: 2002. 301 3.Жумаева Г. Т. Современные технологии обучения учащихся //Евразийский научный журнал. – 2016. – №. 6. – c. 456-458. 4.Жумаева Г.Т. Основные тенденции развития педагогического мастерства учителя //Педагогическое образование и наука.–2019.–№. 5. – c. 9-11.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.