FAKTORINI QO‘SH NURNI SINISHI USULDA ANIQLASH.
Kosimov Asroriddin Sadiyevich
Termiz davlat universiteti fizika-matematka fakulteti umumiy kafedrasi professori.
Nazirov Jonibek Mamayusupovich
Termiz davlat universiteti fizika-matematka fakulteti umumiy fizika kafedrasi
o’qituvchisi.
Amirqulov Jasurjon Shodiqul o’g’li
Termiz davlat universiteti fizika-matematka fakulteti fizika(yo’nalishlari
bo’yicha)magistranti.
ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy-texnik tadqiqot vazifalarning dolzarbligidan kelib chiqib, ushbu loyihaning asosiy maqsadi sellyulozaning sintezi va makromolekula tolalardagi ustmolekulyar tuzilishi va kimyoviy xossalarini innovatsion tarzda joriy etishdan iboratdir.
Kalit so'zlar: polisaharidlar, polipeptidlar, tabiiy kauchuk) va sintetik (plastmassalar, elastomerlar, kimyoviy tolalar) kompozit materiallar funktsional nanotola.
DETERMINATION OF THE ORIENTATION FACTOR OF
MACROMOLECULES IN FIBERS BY THE METHOD OF DOUBLE LIGHT
REFRACTION.
ABSTRACT
Based on the relevance of this scientific and technical research tasks, the main goal of this project is to introduce the synthesis of cellulose and the supramolecular structure and chemical properties of macromolecular fibers in an innovative way.
Key words: polysaccharides, polypeptides, natural rubber) and synthetic (plastics, elastomers, chemical fibers) composite materials functional nanofiber.
ОПРЕДЕЛЕНИЕ ФАКТОРА ОРИЕНТАЦИИ МАКРОМОЛЕКУЛ В
ВОЛОКНАХ МЕТОДОМ ДВОЙНОГО ПРЕЛОМЛЕМАНИЯ СВЕТА.
Абстрактный:
Исходя из актуальности задач научно-технического исследования, основной целью данного проекта является инновационное представление синтеза целлюлозы, супрамолекулярной структуры и химических свойств макромолекулярных волокон.
Ключевые слова: полисахариды, полипептиды, натуральный каучук) и синтетические (пластики, эластомеры, химические волокна) композиционные материалы с функциональным нановолокном.
Polimer elementar zvenosi, segmenti, molekulyar zanjirini xususiy optik anizotropiyalarga ega bo'lishi, uning asosidagi materiallarda ham optik anizotropiyalar namoyon bo'lishiga sabab bo'ladi. Bunday anizotropiyalarning ko'p jihatdan molekulyar zanjirning konformatsion holatiga bog'liq bo'lib, uning maksimal qiymati zanjir rostlangan bo'lganda kuzatiladi. Bunday kuzatuv polimer plenka va tolalarda bevosita qo'sh nurni sinish usuli yordamida amalga oshirishi mumkin. Bunda harorat va tashqi mexanik ta'sirlarni inobatga olish zarur hisoblanadi, chunki molekulyar zanjirlar bu kabi tashqi ta'sirlar ostida osongicha deformatsiyalanadi, ya'ni konformatsion o'zgarishlar namoyon qilishi natijasida optik anizotropiyani o'zgartirib yuboradi.
Bunday tadqiqotlarni o'tkazishnin, ya'ni optik anizotropiyalar o'zgarishini nazorat qilishning maxsus yig'ilgan polyarizatsion-optik qurilmasi rasmda keltirilgan. Bunda harorat termometr (T) bilan nazorat qilinayotgan suvli shisha termostat (TC) ga qalinligi (d) bo'lgan plenka yoki tola vertikal joylashtiriladi va unga perpendikulyar ravishda to'lqin uzunligi 0,56 nm va yo'nalishi burchagi 1 45° ostida bo'lgan qutblangan nur
Yo‘naltiradi .nur yorug‘lik manbasi (L)kondensor (K) Va qutublagich (R) vositasiga hosil qilinadi . Masalan ,tolada o‘tiyotgan nur molekulyaf zanjirini orentatsion tartiblanish darajasiga bog‘liq tarzda 2 burchakka og‘adi
va u poliyarizatsionmikraskop PMK
ning analizatori (A) limbi yordamchida o‘lchanadi.
1-Rasm tola uchun maxsus polyarizatsion-optikqurulma chizmasi.
Bunda ( 1 - 2 )oddiy va g'ayri oddiy nurlar qutblanish burchaklari o'rtasidagi farqni ifodalaydi. Bunga asosan qo'sh nurning sinish miqdori ( n) quyidagicha hisoblanadi
n ( 1 - 2 )/180d
Polimer molekulalarining orientatsiya faktori ( ) quyidagi nisbat bilan aniqlanadi.
( n/ n0 )1/2
bu yerda n0 - polimer molekulalarining dastlabki, ya'ni erituvchisiz muhitdagi qo'sh nurni sinish miqdori. Shuningdek, raqamli fotoapparat (F) orqali materialning anizotropik tavsiri qayd etish uchun mumkin.
Mazkur qurilmaning polyarizatsion optik tizimi tadqiqotlarni erituvchisiz yoki erituvchi muhitida, haroratning turli miqdorlarida bevosita qo'shni nurni sinish miqdorlarini o'lchash orqali olib borish imkonini beradi. Misol uchun rasmda paxta tolasining optik anizotropiyasini issiq suv ta'sirida o'zgarishini qiyosiy tadqiqot natijalarini ifodalovchi mikrofototasvirlar keltirilgan.
39-rasm. Paxta tolalari turli haroratli suv muhitidagi optik- anizotropiyasini mikrofototasvirlari: a -20 °C; b - 80 °C, c- 100°C.
Muhitning haroratini oshib borishi bilan paxta tolalarini shakllari va optik anizotropiyasi ozgarishi ko'rinib turibdi. Bu hol issiqlik beruvchi muhit sohasida paxta tolalarida strukturaviy ozgarishlar ruy berishidan dalolat beradi. Bunda issiqlikni oshishi tufayli tolalarning diametri ham ozgarishi kuzatilgan.
Shuningdek, polimer plenkalar mexanik tarzda cho'zilganda ham optik anizotropik o'zgarishlar yorqin tarzda kuzatiladi. Plenkalarning shaffofligi qo‘sh nurni sinishi usulini qo'llash katta imkon beradi.
Paxta tolasi. Polyarizatsion-optik qurilmaning termostatli (TC) optik yacheykasiga 50 ml distillangan suv solinadi va 20 °C haroratda ushlab turiladi hamda undan perpendikulyar tarzda polyarizatsion nur o'tkaziladi. Bunda polyaryaroid (R) dan chiqayotgan nurni qutblanishi vertikalga nisbatan 45° ni tashkil etadi va optik yacheykadan o'tib analizator (A) ga kelib tushadi. PMK orqali vizual tarzda kuzatgan holda analizator qutbi vertikalga nisbatan 900 atrofida buraladi va maksimal qorong'ulikka, ya'ni polyarizator va analizator qutblarini bir biriga nisbatan perpendikulyar kesishgan holatga erishiladi. Bunda oddiy va g'ayri oddiy nurlar orasidagi fazalar farqi 1 , ya'ni analizotor limbidagi noniusli shkalada necha gradusni tashkil etishi qayd aniqlanadi. Bunday holda tola undan perpendikulyar tarzda o'tayotgan polyarizatsion nurni qutb yo'nalishini ma'lum 2 burchakka buradi va uning miqdori analizator limbini qorong'ulik holatiga erishguncha burish orqali aniqlanadi. So'ngra (1) va (2) formula yordamida qosh nurni sinish ko'rsatgichi n va orientatsiya faktori ẞ aniqlanadi. Qosh nurni sinish ko'rsatgichini o'zgarishi makromolekulyar zanjirlar konformatsion holatiga tuhridan to'g'ri bog'liqligidir. Konformatsion o'zgarishlar, maksimal rostlangan holatni qo'sh nur sinish ko'rsatgichi
n0, bo'lib, unga nisbatan n o`zgarishi aynan makromolekulalar orientatsiya faktori ifodalaydi. Shu bois n o'zgarishini turli harorat (t) larda o'lchash makromolekulalar holatini issiqlik ta'siriga nisbatan qanchalik o'zgaruvchan ekanligi haqida ma'lumot beradi.
O‘lchashlar. Tajribalar =0,56x10-4 sm to‘lqi uzunligida 1 , 2 va d ning miqdorlari 20-80 c0 diapazonda o‘lchash orqali amalga oshiriladi.
Makromolekula (makro... va molekula) — oʻzaro kovalent bogʻlar orqali birikkan oʻn mingdan yuz minggacha atomlardan tuzilgan yirik molekula. M. zanjirida elementar zveno (maʼlum sondagi atomlar guruhi) juda koʻp marta takrorlanadi, shuning uchun ham uni kup sonli bir xil yoki har xil kichik molekulalardan (bir necha minggacha) hosil boʻladigan molekula deb kabul kilsa boʻladi, polivinil xlorid molekulasi tarkibidagi — SN2—SN— guruhi soni hatto 3000 ga yetishi mumkin. Kimyoviy tarkibi bir xil, ammo mol. m. har xil, yaxlit boʻlib reaksiyaga kirishadigan M.lar yigʻindisidan tashkil topgan moddalarga yuqori molekulali birikmalar (polimerlar) deyiladi; ular tabiiy (polisaharidlar, polipeptidlar, tabiiy kauchuk) va sintetik (plastmassalar, elastomerlar, kimyoviy tolalar) turlarga boʻlinadi. Tashqi sharoit oʻzgarganda, polimerlar tarkibidagi molekulyar zanjirlarning oʻz konfiguratsiyalarini oʻzgartira olishi M.larning asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda barcha M.lar chiziqli (uzunchoq) egiluvchan (tabiiy kauchuk, kauchuksimon sintetik moddalar M.lari), chiziqli qattiq (sellyuloza M.lari), spiralsimon (oqsillar, nuklein kislotalar makromolekulalari), tarmoqlangan (polisaharidlar makromolekulalari), fazoviy (uch oʻlchamli) turlarga boʻlinadi. M.ning uz. 4000— 8000 A, koʻndalang kesimi 3—7,5 A. Karbozanjirli (zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan) va geterozanjirli (zanjirida uglerod atomlaridan tashqari azot, kislorod, oltingugurt atomlari saqlagan) M. boʻladi. Zanjirning tuzilishi, kattaligi (mol. m.) va zvenolarining joylanish tartibi, uning xossalariga (egiluvchanligi, bogʻlarining mustahkamligi, elektr oʻtkazuvchanligi, kimyoviy reaksiyaga kirishiga) taʼsir koʻrsatadi. M.larning bu xossalaridan ular asosida plastmassa, sintetik kauchuk, sunʼiy tola kabi materiallar olishda foydalaniladi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tolalarda makromolekula lalarni faqat optik yo‘li bilan aniqlanadi .Bundey tadqiqotni o‘tkazishni yani optik anizatropiyalar o‘zgarishini nazorat qilishning maxsus yig‘ilga polyarizatsionoptik qurulmasi orqali aniqlash mumkin. Shuning uchun ham uni kup sonli bir xil yoki har xil kichik molekulalardan (bir necha minggacha) hosil boʻladigan molekula deb kabul kilsa boʻladi, . Polyarizatsion-optik qurilmaning termostatli (TC) optik yacheykasiga 50 ml distillangan suv solinadi va 20 °C haroratda ushlab turiladi hamda undan perpendikulyar tarzda polyarizatsion nur o'tkaziladi.
ADABIYOTLAR
1.Kosimov Asroriddin Sadievich “POLIMERLAR FIZIKASI” Termiz-2022
2. Asqarov M.A., Ismoilov I.I. Polimerlar kimyosi va fizikasi,
T.O'zbekiston, 2004.
3. Xolmuminov Abdulfatto Axatovich “polimerlar fizikasi” Toshkent -2014
4.Kosimov A.S.Nazirov.J.M Amirqulov.J.Sh.Mahalliy polimerlar asosida nanotolalar shakilantirilishi. Termiz-2023
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.