WEDDING CEREMONIES
Uztemirov Vakhobjon
Samarkand State University, a master’s student of
the department of Archeology with specialty in Ethnogenesis.
uztemirovv@gmail.com
Annotation: This article discusses the customs and traditions of wedding ceremonies among the population of the Ishtikhan district of Samarkand region. This article is based on materials collected during an ethnographic survey during visits to the villages of the Ishtikhan district in 2024. The history, ethnography and ethnogenesis of the Ishtikhan district have not been fully studied to this day. Ishtikhan district, like other districts of the Republic of Uzbekistan, has its own rich ethnographic data, and this data is very close to the Kattakurgan, Payariq, Akdarya and Qoshrabot districts, which border the district territorially. However, some customs are not found in these districts, or even in other regions of Uzbekistan.
Kalit so’zlar: nikoh, beshik to’y, porcha, to’qqiz to’y, hudoyi, kelin salom, kuyov chaqirdi, nikoh, maslaxat oshi, kuyov chaqirdi, oqsoqol, chilla.
Kirish. O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan viloyat, tuman va qishloqlar aholisining o’ziga xos bo’lgan turli urf-odatlarga ega bo’lib, bu diniy, dunyoviy va hududiy hususiyatga ega. Bu urf-odatlarda islom va zardushtiylik va boshqa dinlarning ta’siri yaqqol sezilib turadi. Bu urf-odatlarning bazilari aslida birorta diniy qarashlarga umuman aloqasi yo’qdir. Ishtoxon tumani hududida joylashgan qishloqlarda turli urug’ va qabila tegishli bo’lgan aholi vakillari yashab kelishmoqda. Bu qishloqlarda yashovchi odamlarning to’ylarda, dafin marosinlarida va bosh vaziyatlarda bajaruvchi o’zining urfodatlari mavjuddir. Tuman hududida joylashgan aholi urf-odatlarini quydagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 1) to’y bilan bog’iq bo’lgan marosimlar, 2) dafn bilan bog’iq bo’lgan marosimlar, 3) farzand tug’ulishi bilan bog’liq bo’lgan marosimlar, 4) kundalik turmush bilan bog’liq bo’lgan marosimlar. To’y marosimlar. Ishtoxon tumani aholisining to’y-marosimlarining o’ziga xos hususiyatlarga ega. Tumanda nikoh to’yi, fotiha to’yi, sunnat to’yi, muchal to’yi, hoji to’yi, payg’ambar yoshi to’yi kabi ko’plab to’y turlari mavjud bo’lib, ularning har birida bajariladigan o’ziga xos bo’lgan urf-odatlar mavjud. Ishtixon tumani aholisining to’ylaridagi urf-odatlarning tarixi bir necha ming yillar bilan izohlanadi. To’y odamlarning eng baxtga to’la hursandchilik kunlaridan biridir. Shuning uchun xalq orasida “boshung to’ydan chiqmasin”, “topganing to’ylarga buyursun”, “to’ylarga yetkazsin”, “to’ylar bo’lsin”, “to’ylarda ko’rishaylik”, kabi iboralar keng qo’llanadi. Bu iboralardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqi to’y-xashamlarni o’zing eng hursandchilik kuni hisoblashadi. To’y uchun avvilo ko’p yillab tayyorgarlik ko’riladi. To’y uchun kerakli bo’lgan narsalar yig’illib boriladi. Birinchi navbatda to’y uchun sarpo yig’iladi. Misol uchun, nikoh to’yi uchun qiz va yigit tomon uzoq yillar davomida sarpo va sep yigishadi. Qizning onasi qizi voyaga yetgandan keyin uning to’yi uchun turli xil narsaalarni to’lab bir bo’qcha (tugun) yoki sandiqqa yig’ib boradi. To’y birinchi navbata qiz tanlashdan boshlandi. Kuyov tomom o’zi uchun maqul bo’lgan oiladan qiz qidirishadi va topilgan qizni mahallasidan surushtiradi. Bu odat Respublikamizning boshqa hududlard ham mavjuddir. Maqul bo’lgan qiz xonadoniga sovchi yuboriladi. Sovchilik odati. Sovchi yuborish odati turk-mo’g’ul xalqlari orasida qadim zamonlardan beri mavjud bo’lgan. Sovchilar davlat ahamiyatiga ega bo’lgan mihim vazifani bajargan elchiday maxsus sovchilik mahorat ega bo’lib, shunga mos iboralar, maqol, shirinzabonlik, so’z o’yinlari, hozirjavoblik, sir va sukut saqlash, shoirona ruh-u, olimono mantiq egasi bo’lib, oila madaniyatining yetuk arboblari darajasiga ko’tarilgan insonlar tanlab olinadi. Sovchilik faqatgina kuyov tomomidan amalga oshiriladi. Odatda sovchilikka yigitning onasi, ammasi va xolasi yoki yoshi ulug’ bo’lgan xalq orasida hurmatga sazovor bo’lgan kishilar vakil qilib yuboriladi. Sovchilar qiz uyiga borganda qo’lida tugun (xalq orasida tuyunchak deb nomlanadi) bilan boradi. Tugunda non, shirinliklar va oq qand bilan boradi. Oqqand hamisha bu tugunda bo’lishi shart bo’lib, “oqlik” deb ataladi. Bu ezgu niyatning belgisi hisoblandi. Birinchi marta sovchilikka borilganda “tuyunchak” qiz uyiga tashlab kelinadi. Tuyinchak qizning ota-onasi rozi bo’lmaguncha ochilmaydi. Rozi bo’lgandan keyin ochiladi va undagi non va shirinliklar dasturxonga qo’yiladi. Ko’pincha tuyunchak sovchilarga berib yubordi. Bu qizni sovchilarga bermasligini alomati bo’ladi. Xalq orasida “tugunini qo’liga ushlatibdi” degan ibora bejizga qo’llanmaydi. Sovchilar qizning ota-onasidan qizingizni so’rab keldik, deya uning qolini so’rashadi. Bu vazyatda sovchilar tomonidan “qulchilikka kedik”, “bulbul”, “gul” kabi iboralar qo’llanib, kuyov bo’lmish yigitni rosa maqtashadi. Sovchilar qiz uyiga bir necha marta yoki undan ham ko’p marotaba kelishi mumkin. Sovchilik jaroyonida “Elchiga o’lim yo’q” “Qizi borning nozi bor”, “Bir eshik yopiq bolsa, ming eshik ochiq”, “Teng tengi bilan tezak qopi bilan”, “Yaxshi qiz mahalasidan ortmaydi” kabi maqollarni keng ishlatilishi tabiiy holdir. Sovchilar sovchilikdan qaytgandan so’ng “bo’rimi yoki tulki” deya qarshi olinadi. Agar rozilik olingan bo’lsa “bo’ri”, rozilik ololmagan bo’lsa “tulki” deya javob beradi. Sovchilikka borilgandan so’ng qizning ota-onasi kuyovn va uning oilasi haqida mahaladan surushtiradi, maqul kelgandan so’ngina qiz va yigitni uchrashtirib ko’rishadi. Qiz va yigit bir birlariga yoqgandan keyin to’yga rozilik beriladi. Sovchilar qizning ota-onasidan rozilik olgandan keyin fotxa to’yi kuni belgilanadi1. Fotxa to’yi. To’y kuni belgilangandan keyin har ikkala oila tomonida yoshi ulug’ keksa erkak kishilar yig’ilishib, to’y maslahatini qilishadi. Ushbu to’yda kuyov tomon kelin tomonning barcha harajatlarini ko’taradi. Va bu kelushuv asosida amalga oshiriladi. Fotxa to’yda qiz tomonga bir kun avval to’y uchun kerakli bo’lgan barcha narsaalar yetkaziladi. Ertasi kuni qudalar kelguncha qozonda osh, osma shorva va qo’vurma kabi taomlar tayyorlanadi. Dasturxonlar yozilib, dasturxonga turli nozi-ne’matlar qo’yiladi. Tumanda yashovchi aholining hamjihatligi bu ularning to’y-marosimlarida ko’zga yaqqol tashlanadi. To’ylarda qo’ni-qo’shnilar yugurib xizmat qilishadi. Ishtixon tumanida nikoh to’ylarda qudalar kelganda shirinlik bilan kutib olinadi. Bu yangi qurulayotgan oilaning baxti shirin bo’lsin degan niyatda qilinadi. Shuningdek quda-anda o’rtasidagi munosabatlar shirin bo’lsin degan niyatda qilinadi. Erkaklarni erkaklar, ayollarni ayollar kutib oladi. Erkaklar va ayollar alohida alohida xonalarga o’tqaziladi. Marosim davomida yoshi ulug’ keksalar yoki el orasida hurmati baland bo’lgan insonlar tomonidan bir juft non va holva birgalikda sindiriladi, so’ng fotxa o’qiladi. Bu odat “non sindirish” yoki “patir ushatish” deb ataladi. Ikki yoshning birga qo’sha qarishini niyat qilib duo qolishadi. Sindirilgan non va patirlar dasturxon va odamlarga tarqatiladi. O’g’il-qizi bor insonlar “meni o’g’il-qizi kuyov bo’lsin, kelin bo’lsin” deya niyat qilib, sindirilgan non, shirinliklardan olib ketadi. Xar ikki tomon ham bir biriga sarpo-suruv berishadi. Katta to’y sharoitga qarab o’tkaziladi. Har ikkal taraf ham to’y uchun yayyorgarlik ko’radi. To’qqiz to’y. Katta to’ygacha “to’qqiz to’y” ham o’tkaziladi. “To’qqiz to’y” o’zbeklarning to’ygacha bo’lgan kichik bir urf-odatlaridan biridir. “To’qqiz to’y”da 1 Dala so’rovnomasi. Ruqiya momo, 68 yosh. 10.23.2024. kuyov tomondan kelin uchun “to’qqizlik” yuboriladi. Bu to’qqiz xil kiyimlik uchun alohida matodan iborat bo’adi. To’qqizlik yuborish qadimgi turkiy xalqlardan qolgan urfodatlardan biri hisoblanadi. Chunki to'qqiz soni qadimgi turkiylarda muqaddas hisoblangan. To’qqiz to’yda ayol qudalarga “shirachoy” va “to’qqiz tavoq” kirgiziladi. Choy ichilib bo’lgandan keyin, pyolaga pul tashlandi. Olib borilgan matolarni hammaga ko’z-ko’z qilib ko’rsatladi2 Nikoh to’y. Ishtixon tumanida qiz tomonda to’y katta to’ydan oldin o’kaziladi. Lekin “Porcha to’y” ham mavjud bo’lib katta bazm bilan o’tkaziladi. “Porcha to’y” katta to’ydan ancha oldin o’tkaziladi. Bazi bir qishloqlarda porcha to’yning o’rniga qiz tomonda to’y katta to’ydan bir kun avval o’tkaziladi. Bu to’y uchun hamma narsani kuyov tomon yuboradi. Qiz tomon qarindoshlari va dugonalariga bazim uyushtiradi. Bu “qizlar bazmi” deb ham ataladi. Qizlar bazi uyda yoki biror to’yxonada unchalik katta bo’lmagan tartibda o’yin-kulgi bilan o’tkaziladi. Bu to’yga quda tomon va kuyov do’slari bilan borishi ham mumkin. Etasi kuni kuyov tomonda asosiy to’y marosimlari boshlanadi. To’ydan ikkiuch kun avval “maslahat oshi” o’tkaziladi. Maslaxat oshiga o’g’ayin-qarindoshlar va qo’ni-qo’shnilar yig’ilishadi. To’y maslaxati qilinadi. Bu maslaxatda qishloq yoki urug’ oqsoqli boshchilik qiladi. Osh damlanadi va kelganlarga tarqatiladi. To’ydan bir kun avval hamma yig’ilishib o’tin yorishadi, savzi to’g’rashadi va mol so’yib, ertangi to’y uchun tayyogarlik ko’rishadi. Ertasi kuni to’yda kuyov kelin tomondan kelgan sarpolarni kiyib kelin tomonga do’stlari va yangasi bilan kelinni olib kelish uchun boradi. Bu “kuyov navkar” deb ataladi. Kuyov navkarga qo’shilib kuyovning qarindoshlari ham vakil bo’lib borishadi. Kelin tomonga borishayotgan paytda qishloqning kichik yoshdagi bolalari tomonida yo’lning ikki tarafiga turib olib yo’lni to’sishadi. Bu “odat balqon tutish” odati deyiladi. Kuyovning yangasi ularga pul bergandan keyingina yo’l ochib beriladi. Kuyov navkar kelining uyiga borgandan keyin u yerda bajarilardigan rasm-rusumlar ham bor bo’lib, birinchi navbatta olov atrofida aylanishdir. Bunda kuyov, do’stlari va yangasi alov atrofida aylanadi. Olov keng mayodning o’rtasiga yoqiladi3. Bu odatning ildizi zardushtiylik bilan boglanadi. Olov atrofida aylanish bu xalqning uzoq o’tmishdan qolgan odatlaridan biri hisiblanadi. Ammo bu dinndor oila vakillari b odatni amalga oshirmaydi. Chunki olov atrofida 2 Dala so’rovnomasi. Ishtixon, Qo’rli qishlog’i. 10. 22. 2024. 3 Dala so’rovnomasi. Ishtixon, To’y. 08.12.2024. aylanish islon dini mafkurasiga mutloq zid an’ana hisoblandi. Kuyovga ko’z tegib qolmasin degan niyatda isriq tutatiladi. Kelinning yangasi kuyovga kuyov chopon (to’n) va do’ppi kiydiradi. Beli belbog’ bilan bog’lanadi. Shundan keyin kuyovning ustidan bug’doy yoki guruch sepiladi. Bu odat kuyovni risqli bo’lsin deya niyatda amalga oshiriladi. Chopniga oq ipdan tikish tushuriladi. Bu odat ikki yoshni bir biriga shu tikishday birlashib ketishi nazarda tutiladi. Ishtoxon tumaning bazi bir qishloqlarida kuyov salom ham mavjud bo’lib, kuyov egilib salom beradi. Quydagi odatlar qilib bo’lingandan so’ng kuyov navkarlar kelining uyiga kiradi. Kuyov kirishdan oldin unga payondoz solinadi. Bu payondoz gilamcha yoki biror mato bo’lagi bo’lishi mumkin. Kuyov kirgandan keyin kuyovning do’slari o’rtasida ushbu payondoz uchun kurash ketadi. Ular payondoz uchun talashadi. Kimning qo’li baland kelsa, o’sha payondoz sohibi bo’ladi. Kuyov navkar uchun maxsus bir xonada dasturxon tayyorlanadi. Dasturxonga turli nozi-nematlar qo’yiladi. Kuyov uyga kirgandan keyin unga yetti qavat ko’rpacha to’shaladi. Agar yeti qavat bo’lmasa, o’tirilmaydi. Ko’rpachaga o’tirshdan avval kuyiv “enchi” so’raydi. “Enchi” yoki “yenchi” bu kuyov tomonga vada qilinga bir sigir bo’ishi kerak. Bu berilishi shart bo’lgan qarz hisoblandi. Enchini kuyovning qaynonasi berishi kerak. Bu paytda asoasan “palonchi sigirning bolasini berdim” degan javob bilan qaynona vaziyatdan qutuladi. Lekin “enchi” kelin-kuyov yangi xonadonga ko’chganida albatta beriladi. Bu biror g’unojin yoki xo’kkiz bo’lishi mumkin. Enchi berish haqida xalq orasida turli munozaralar mavjud. Yangi tug’ulgan bola tilani chiqarib g’uldirasa “enchisini so’rayapti, enchisini bering” degan iboralar qo’llashadi4.
Enchi berish marosimi tugagandan keyingina kuyov o’tiradi. So’ngra ziyofat boshlandai. Birinchi shakar choy tortiladi. Hamma shakar choyni ichib bo’lgandan keyin, himmatiga qarab piyolaga pul tashlaydi. Bu pulni yangalar yig’ib oladi. So’ngra toam tortiladi. Toamdan so’ng “to’qqiz tavoq” tortiladi. “To’qqiz tovoq”da to’qqiz xil ovqat keladi. Bu ovqatlarda barak, patir, qaynatilgan tuxim, surguruch, pishirilgan go’sht va bashqa ovqatlar bo’lishi mumkin. Ovqatlar yeb bo’lingandan keyin har bir tovoqqa kuyov jo’ralar tomonida alohida-alohida pul tashlab chiqadi. Bu jaroyon shovqin-suronli va hazil-huzul bilan o’tadi. Shu jarayonlar davomida “kuyov tovaq” ham tortiladi. Kuyov tovoqda kuyov uchun maxsus pishirilgan “to’sh” beriladi. Kelinning yangasi kuyovga to’shni tishlatadi. Va undan keyin kuyovdan tovoq pulini talab qiladi. Kuyov o’zining 4 Dala so'rovnomasi. 21. 05. 2024. himmatiga qarab kelining yangasiga pul beradi. Butun to’y davomida kuyovga kuyov jo’ra va yangasi hamroxlik qiladi. Kuyov jo’ralarga kelinning yangasi qo’lda to’qilgan ro’molcha tarqatib chiqadi. Kuyov ziyofati tugagandan keyin nikoh marosimi boshlanadi5. Nikoh marsimida kelin va kuyovning yonida bittadan guvoh bo’ladi. Nikoh o’qilishidan oldin kelining tog’asi tanlab olinadi va undan rozilik olingandan keyingina marosim boshlanadi. Tog’ani rozi qilish uchun sarpo va “tog’a puli” beriladi. “Tog’a puli” kelining tog’asini nikoh o’qishga ruxsat olish uchun beriladigan puldir. Mulla tomonidan diniy savollar va tushuntirishlar amalga oshiriladi. So’ngra marosim boshlanadi. Kelinkuyovdan uch martadan rozilik so’raladi. Rozilik olingandan keyin nikoh o’qiladi. Kekindan maxrga nima sorashligini so’rashdi. So’rgan maxr berilgandan keyin nikoh o’qiladi. Shundan so’ng fotixa o’qilib, duo qilinadi. Nikoh marosimi tugagandan keyin kelin bilan oila azolari hayirlashadi. Bu jarayon ko’z yoshlar bilan kechadi. Kelin ketishi paytida otasi va yoshi ulug’ qarindoshlari hamda keksa nuroniylar uy oldida yig’ilishib, kelin-kuyovga fotxa berishadi. Qiz otasini va boshqalar oyog’iga bosh urib yig’laydi. Ushbu jaroyonda ota o’z qizini boshqa bir uyga ko’zida yosh bilan kuzatadi. Shundan so’ng kelin-kuyovga javob beriladi. Kuyov navkar to’y vaqtigacha sayir uchun biror bazimgohga ketishadi. Kuyov navkar kelguniga qadar to’yxonada to’y uchun tayyorgarlik ko’riladi. To’yxonada erkak va ayollar uchun alohida joy taxlanadi. Bu odat islom dinni an’analaridan biri hisoblandi. Chunki bir nomahramning yonida begona ayol kishi o’tirshi islom dinda qoralangan. Kelin-kuyov kelgunga qadar mehmonlar to’yxonaga to’planishadi. Kelin kelgandan so’ngina to’y boshlanadi. Kelin-kuyov “Yoryor” yoki “To’ylar muborak” kabi sadolar ostida to’yxonaga kirib keladi va davrada to’xtaydi. So’ngra kelin kuyov va mehmonlarga egilib salom beradi. Keyin shoxsupaga ko’tarildi. To’yni asosan eshonlar yoki el orasida hurmat-izzatga ega bo’lgan yoshi ulug’ insonlar ochib beradi. Kelinlar hamisha boshi va yuzida yopinchiq bilan kekishadi. Bu yopinchiqni kuyovning onasi ochib beradi. To’yda turli xil toamlar mehmonlarga tortiq qilinadi. To’y davomida “To’n kiydirish” marosimi bo’ib o’tadi. Bunda kelin va kuyovning qaridoshlariga va eshonlar to’n kiydiriladi. To’n kiydirdi marosimida kelinning otasi, tog’asi va amakisiga to’n kiydirish shartdir. To’y shu zayilda to’rt-besh soatgacha davom etishi mumkin. To’y tugagandan keyin kelin kiyovga javob beriladi. Kelin kuyovning uyiga kelgandan keyin ham qilinadiga urf-odatlar ham mavjuddir. 5 Dala so’rovnomsi, 21. 05. 2024. Yuqorida kelitirib o’tilgan olov atrofida aylanish odati shu yerda ham qilinadi. Kelin kuyovning oila azolariga egilib salom solidi. Kelin uyga kirishda eshikning supasidan taob oladi. Bu odat ham zardushtiylik dinning mintaqada saqlanib qolgan odatlaridan biridir. Supadan taob olinishining sababi kelining qadami qutluq kelsin degan manoni kasb etadi. Aslida zardushtiylikda supaga ota-bobolaring hokini maxsus idishlarga solib supaning ostiga ko’mib qo’yishgan. Supadan taob olish shu zayilda avlod-avodga yetib kelgan. Bundan tashqari eskikka yog’ surtush va o’choqdagi olovgaq yog’ quyush kabi urf-odatlar ham mavjud. Bu odtlar kelin risqli bo’lsin, o’choq hech qachon o’chmasin deya qilinadi. Barcha urf-odatlar bajarilib bo’lgandan keyin kechasi chimildiq bo’lib o’tadi. Chimildiqda ikki yanga kelin-kuyovga barcha narsalarni tushuntiradi. Shu zayilda ikki yosh ilk kechasini o’tkazadi. Chimildiqqa kirish odati o’zbeklarning qadim qadimdan qolgan urf-odatlaridan biridir. Xar bir qiz o’z iffatini chimildiq uchun saqlab yuradi. Shu g’oya ostida tarbiyalanadi.
To’yning ertasi kuni ham amalga oshiriladigan urf-odatlar ham bor bo’lib, bu kelining tong sahar uyqudan uyg’onib, qo’shnilarning uyining darvozasiga joynamoz osib kelishidir. Shundan so’ng ko’cha supuradi. Ko’cha supirish odati ancha vaqtgacha davom etishi mumkin. Ertalab hamma uyqudan turguncha kelin dasturxon tayyorlaydi va hamma yig’ilgandan keyin egilib salom beradi. Kelin salomga kelganlar ko’rmana uchun kelinga savg’a berish odati ham mavjud. Bu “ko’rmana” deb nomlandi. Kuyov tomondagi kichik bolalarga kelin o’z qo’li bilan toqigan ro’molcha tarqatadi. Shu yerda yana bir odat bajariladi. Bu odat qaynotasining ostiga kelin ko’rpacha solishidir. Odatda ko’rpacha o’z sepidan bo’ladi va ko’rpachani qaynotasiga beradi. Bu qaynotaga bo’lgan yuksak hurmatni ko’rsatadi. Keyin kelin hammaga choy quyib uzatadi. Bu jarayonlarga kelining yangasi va kuyovning yangasi yordam beradi. Shu vaqt davomida “chimildiq oshi” uchun tayyorgarlik ko’riladi. Chimildiq oshida faqatgina ayollar qatnashadi. Chimildiq oshini tayyorlash va yetkazish kelin tomonga yuklatiladi. Ko’pincha chimildiq oshi kuyovning uyida pishiriladi. Barcha masaliqlar kelin tomondan keltiriladi. Agar kelining uyi yaqin bo’lsa, osh u yerda pishirilib olib kelinadi. Oshni ayollar birgalikda yiyishadi. Yeb bo’lingandan keyin duo o’qishadi.
Chillla davri. Barcha marosimlar tugagandan keyin hamma uyiga tarqaydi. Kelin kuyov 40 kecha chilla saqlaydi. Bu vaqtda kelin kuyov shomdan keyin yolg’iz ko’chaqa chiqmaydi. Bu vaqtda kelin-kuyovga “chillali” atamasi qo’llanadi. “Chilla davrida kuyovning qarindoshlari va qo’ni-qo’shnilar kelinni choyga chaqirishadi. Shundan so’ngina kelin bu kishilarning uyiga borishi mumkin. Bu odat “kelin chaqirdi” deb nomlanadi. Kelin bu paytda qaynona va ovsinlari bilan birgalikda, bir juft yostiq bilan boradi. Yostiq uy egalariga sovg’a sifatida beriladi. Chilla” davri tugagandan keyin kelinni ota uyiga olib borib kelishadi. Bu “chilla quvdi” deb ataladi. Bu payda qiz qizlik uyiga qaynona bilan birgalikda boriladi6. Kuyov chaqirdi marosimi. Kuyov qaynotasining uyiga kuyovni uyiga chaqirmaguncha bormaydi. Bu marosim “Kuyov chaqirdi” marosimi deb ataladi. “Kuyov chaqirdi” marosimi asosan “chilla” davri tugagandan keyin bo’lib o’tadi. Bunda qudalar, kuyov va kuyovning do’stlari birga borishadi. Bu odat “nonga chaqirdi”, “choyga chaqirdi” kabi nomlar bilan nomlanadi. Kuyovning qaynotasi ularga ziyofar beradi. Kuyovga boshdan ayoq sarpo beradi. Shunindek qudalarga ham sarpo beriladi. Bundan tashqari turli xil sovg’alar ham beriladi. Bu marosim qanday o’tkazilishi qaynotaning moddiy ahvoliga qarab o’tkaziladi. Beshik to’y. Beshik to’y yangi kelin kuyov farzandili bo’lganda qilinadigan to’ydir. Bunda kelining otasi yangi tug’ulgan nabirasi uchun yangi beshik olib boradi. Beshik bilan birgalik beshik to’y uchun kerakli bo’lgan barcha narsa kuyovning qaynotasi zimmasiga tushadi. Odatda beshik faqat birinchi farzadga olib boriladi. Olib borilayotgan beshik barcha jihozlari bilan birgaikda, bezatilgan holda olib boriladi. Beshik to’y kuyovning uyda bo’ladi. Og’ayin-qarindosh, do’stlari va qo’shnilari taklif qilinadi. Kelin tomon kuyovga va nabirasiga boshdan oyoq sarpo qiladi. Shuningdek quda-andalarga ham sarpo qiladi. To’y davomida mulla tamonidan Quron tilovat qilinib, fotxa o’qiladi. Beshik to’ydan ancha oldin olib boriladi. Chunki bola tug’ulgandan keyin u 40 kun davomida “chillali” hisoblanadi. Beshik to’y “chillla” davri tugagandan keyin bo’lib o’tadi. Ota har bir qizining birinchi tug’ilgan farzandiga beshik olib borishi bu xalqning bir urf-odatiga aylanib qolgan. Chupron to’y yoki Sunnat to’y. Bu toy islom dinni bilan bog’liq bo’lgan bir amallardan biridir. Oiladagi yoshi kichik bo’lgan o’g’il bolalarni sunnat qilish davomida qo’niqo’shni, qarindosh-urug’ va tanish-bilishlarni chaqirib ularga hudoyi berishdir. Chupron to’y unchalik dabdaba bilan o’tkazilmaydi. Bollarni sunnat qilishda maxsus bilimga ega bo’lgan usta yoki tibbiy bilimga ega bo’lgan shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Sunnat bo’lgan bolaga atrofdagi erkak kishilar pul berishadi. Bu odat xalqimiz orasida 6 Dala so’rovnomasi. 23. 07. 2024 uzoq o’tmishlardan beri mavjud bo’lib kelgan. Sunnat qiluvchu ustaga qo’l haqqi sifatida bir juft yostiq, chopon, do’ppi, belbog’ va pul beriladi. Sunnat bo’lgandan keyin bolaning qo’li xalol bo’lgan hisoblanadi. Bu to’y xalq orasida “chupron to’y” deb nomlanadi. Chupron to’yda to’y bolaga qarindoshlari sarpo olib kelishadi. To’y bolaning tog’asi bolaga toy olib keladi. To’y bolaning bobo va momolariga sarpo beriladi. Chupron to’y Ishtixon tumaning ming yillardavomida qilinib kelinayotgan to’y marosimlaridan bir hisoblandi.
Xulosa. Ishtixon tumanin aholisining to’y marosimlaridagi urf-odatlarining o’ziga xosligi o’zaro hurmat-izzat bog’liqligidir. Tuman aholisi qadimdan mavjud bo’lgan urfodatlarni bugungi kunda ham kanda qilmasdan bajarib kelishmoqda. To’ylardagi marosimlar to’yning ajralmas bir qismi sifatida diqqatga sazovardir. Urf-odatlarning to’g’ri bajarilishiga yoshi ulug’ kishilar bosh-qosh bo’lib kelishmoqda. Tuman yashab kelyotgan aholi bu urf-odatlarni bajarishada yoshlarga ham o’rnak bo’lib kelmoqda, chunku bu an’ana va qadiryatlar avloddan avlodga o’tishi tuman axolisi uchun juda muhim hisoblaandi. Ishtixon tumanidagi to’y-marosimlaridagi urf-odatlar tumanga qo’shni bo’lgan Kattaqo’rg’on, Payariq, Qo’shrabot va boshqa tumanlardagi urf-odatlarga o’xshashdir. Shunday qilib Ishtixon tumani aholisining etnografiyasining ajralmas qismi bo’lgan to’ylardagi bajarilayotgan urf-odatlar tuman tarixini o’rgnish uchun o’ta muhim manba sifatida qaralishi haqiqatga to’g’ri keladi. Tumandagi urf-odatlar aholining ming yillik tarixi haqida ko’plab malumotlar berishi bilan diqqatga sazovardir.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.