SIYOSATINING RO’LI
Sotvoldiyev Asadbek Olimjon o’g’li
Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura talabasi
Annotatsiya Ushbu maqolada turizm industriyasining globallashuv sharoitida qanday rivojlanayotgani, uning milliy iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri, shuningdek, O‘zbekiston tajribasi misolida ayrim jihatlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: turizm, globallashuv, milliy iqtisodiyot, iqtisodiy xavfsizlik, O‘zbekiston tajribasi.
Аннотация В данной статье рассматривается, как развивается туристическая индустрия в условиях глобализации, её влияние на национальную экономику и экономическую безопасность, а также анализируются некоторые аспекты на примере опыта Узбекистана. Ключевые слова: туризм, глобализация, национальная экономика, экономическая безопасность, опыт Узбекистана.
Abstract This article examines the development of the tourism industry in the context of globalization, its impact on the national economy and economic security, as well as analyzes certain aspects based on the experience of Uzbekistan. Keywords: tourism, globalization, national economy, economic security, risk, experience of Uzbekistan. Kirish. Hech kimga sir emaski, so‘nggi o‘n yilliklarda globallashuv jarayoni dunyo mamlakatlarini tobora yaqinlashtirmoqda. Axborot texnologiyalari, transport, savdo va investitsiya oqimlarining erkinlashuvi sababli turli mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Bu holat, ayniqsa, turizm sohasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bugungi kunda turizm faqat hordiq chiqarish vositasi emas, balki yirik iqtisodiy tarmoq sifatida har bir davlatning rivojlanish strategiyasida muhim o‘rin tutmoqda. Turizm sohasi orqali mamlakatlar o‘z iqtisodiyotiga yangi investitsiyalar va xorijiy kapitalni jalb qilmoqda, valyuta tushumlarini oshirmoqda va xalqaro maydonda o‘z brendini shakllantirmoqda. Turizm industriyasining globallashuv sharoitida rivojlanishi, Globallashuv jarayoni bilan bir qatorda, xalqaro turizm sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalo, bu transport va logistika tizimlarining takomillashuvi bilan bog‘liq. Samolyotlar soni ko‘payib, parvozlar arzonlashgani sababli, odamlarga xorijga chiqish imkoniyatlari kengaydi. Ikkinchidan, internet va axborot texnologiyalarining rivojlanishi tufayli, turistik xizmatlarga kirish imkoniyati osonlashdi mehmonxonani bron qilish, chiptalarni olish, yo‘nalishlar haqida ma’lumot olish kabi jarayonlar raqamli maydonga ko‘chdi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro tashkilotlar va ko‘p tomonlama kelishuvlar orqali turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan siyosatlar joriy qilinmoqda. Bular orasida viza tartibining soddalashtirilishi, chegara nazoratining liberallashuvi va reklamakampaniyalarning ko‘payishi turizm oqimining ortishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlarida shu jumladan O’zbekistonda ham turizm yangi iqtisodiy imkoniyat sifatida qaralmoqda.
Turizm sohasining iqtisodiyotga ta’siri bir nechta yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Avvalo, bu soha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yalpi ichki mahsulotga (YaIM) hissa qo‘shadi. Turistlarning mamlakat ichida qilgan xarajatlari, xususan, transport, ovqatlanish, joylashish va madaniy xizmatlar orqali minglab kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyat yuritadi. Ikkinchidan, turizm sohasi aholini bandligini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish, transport va savdo sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati kengayadi. Shu bilan birga, turizm qishloq hududlari iqtisodiyotini jonlantirishda ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agroturizm, etnoturizm kabi yo‘nalishlar orqali mahalliy aholi daromadi ortadi. Uchinchidan, turizm xorijiy valyuta tushumlarining muhim manbai hisoblanadi. Ayniqsa, eksporti cheklangan yoki xom ashyo resurslariga boy bo‘lmagan davlatlar uchun turizm barqaror valyuta tushumlarini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, turizmning milliy iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Turizmning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri ikki tomonlama: bir tomondan, bu soha iqtisodiy barqarorlikka xizmat qilishi mumkin bo‘lsa, boshqa tomondan, ayrim xavf-xatarlarni ham keltirib chiqaradi. Ayniqsa, globallashuv sharoitida tashqi omillarga nisbatan bog‘liqlik oshib borayotgan bir paytda, turizm sohasi iqtisodiy xavfsizlikning ham tahdid, ham imkoniyat manbai bo‘lishi mumkin. Masalan, tashqi bozorlarga haddan tashqari tayanish, xorijiy turistlar oqimiga bog‘liq bo‘lish, kutilmagan global inqirozlar, pandemiyalar yoki davlatlar o’rtasidagi siyosiy keskinliklar yuzaga kelganida ichki iqtisodiy muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, turizmni barqaror rivojlantirishda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish va mahalliy resurslarga tayanish orqali sohaning mustahkamligini oshirish muhim hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida turizm sohasini milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda strategik yo‘nalish sifatida rivojlantirish bo‘yicha bir qator tizimli islohotlar amalga oshirrib kelinmoqda. Jumladan, 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli Farmon bilan turizmni tezkor rivojlantirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. 1 Ushbu farmon turizm infratuzilmasini kengaytirish, sayyohlik xizmatlari sifatini yaxshilash va mamlakatning xalqaro obro‘sini oshirishga katta e’tibor qaratdi.
Keyinchalik, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da turizm milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri sifatida ko‘riladi.2 Strategiyada turizm xizmatlari eksportini ko‘paytirish, ichki turizmni rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabi maqsadlar belgilangan. Bular mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlash va valyuta tushumlarini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, 2025-yil 15-mayda qabul qilingan PF-87-sonli Farmonda 2025–2026-yillarda turizmni jadal rivojlantirish uchun aniq maqsadlar qo‘yildi.3 Xorijiy sayyohlar sonini 15,8 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF–5611-son Farmoni – “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni – “2022–2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoni – “2025–2026- yillarda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. millionga yetkazish, turizm xizmatlari eksportini 4 milliard dollarga oshirish, 40 million mahalliy sayyohlar safarini tashkil etish va yangi mehmonxonalar hamda turistik obyektlarni barpo etish rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbirlar nafaqat iqtisodiy o‘sishga yordam beradi, balki milliy iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining farovonligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu qarorlar amalda qo‘llanib, ayniqsa viza rejimining soddalashtirilishi va yangi viza turlarining joriy etilishi tufayli O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni ortmoqda. Hozirda 93 ta xorijiy davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin. 56 ta davlat uchun elektron viza, 47 ta davlat uchun esa besh kunlik tranzit vizasiz kirish tartibi mavjud. Shuningdek, 76 ta davlat uchun turistik vizani olish jarayoni yengillashtirildi.55 yoshdan katta bo‘lib, turizm maqsadida 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga kelayotgan Xitoy, AQSh va Vyetnam fuqarolari uchun ham vizasiz kirish imkoniyati taqdim etildi. Bundan tashqari, «Vatandosh», «Student visa», «Academic visa», «Medical visa» va «Pilgrim visa» kabi yangi turdagi vizalar joriy etildi. 4 Sh u bilan birga quyidag malumotlar bilan bu qarorlar amalda oz ifodasini topayotganiga guvoh bolishimiz mumkin.
Turizm sohasidagi o‘sish va natijalar
So‘nggi yillarda O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar sonida sezilarli o‘sish kuzatildi. Masalan, 2017 yilda mamlakatimizga 2,7 million nafar xorijiy turist tashrif buyurgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 5,2 millionga yetgan. 2023 yilning 9 oyi davomida esa 4,3 million nafar sayyoh O‘zbekistonni ziyorat qilgan. Bu esa mamlakatimiz turizm salohiyati yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, xorijiy sayyohlarning o‘rtacha qolish muddati 4–5 kunni tashkil etib, avvalgi yilga qaraganda 1,5 barobar oshgan. Mamlakatimizga kelayotgan har bir xorijiy sayyoh nafaqat sayohat xarajatlariga, balki boshqa ehtiyojlariga ham sezilarli mablag‘ sarflamoqda. Agar 2017 yilda bir turist o‘rtacha 197 AQSh dollari sarflagan bo‘lsa, 2023 yilda bu raqam 400 dollarga yetgan. Bu esa turizm eksporti hajmiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, 2023 yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra 1,72 milliard dollarni tashkil etdi. Ichki turizm borasida ham sezilarli o‘sish qayd etildi. 2017 yilga nisbatan mahalliy sayyohlar soni 107 foizga oshib, 14,9 million 4 Kun.uz — O‘zbekistonda turizm sohasi 2017–2023 yillarda: islohotlar qanday natijalarga olib keldi? nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkichlar aholining turizmga bo‘lgan qiziqishi ortayotganini anglatadi.5
Turizm infratuzilmasi bo‘yicha ham katta yutuqlarga erishildi. 2017 yilda mavjud bo‘lgan mehmon o‘rinlari soni 37 mingta bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 128 mingtagacha ko‘paydi. Bu degani, joylashtirish imkoniyatlari 3,4 barobarga ortgan.2017 yildagi 767 ta joylashtirish vositalari soni 2023 yilda 5,5 mingtagacha oshdi. Shu bilan birga, turistik tashkilotlar soni ham 749 tadan 2 404 taga yetdi.Gid va ekskursovodlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilib, ularning soni 574 tadan 2 864 taga ko‘paydi. Bu esa sayyohlarga malakali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.6 Yangi yo‘nalishlar va turizm qishloqlari
Mamlakatda yangi turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Turistik salohiyatga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» va «Turizm ovuli» kabi maqomlar berilib, ularni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar joriy etildi. Jumladan, Samarqand viloyatining Konigil qishlog‘ida birinchi «turizm qishlog‘i» tashkil etildi. Bu yerda 52 ta hunarmandchilik va dam olish maskanlari ish boshladi va 200 dan ortiq mahalliy aholi bandligi ta’minlandi. 2022 yilda Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan Sentob qishlog‘i hamda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Ertosh-soy va Ovjazsoy qishloqlariga ham «turizm qishlog‘i» maqomi berildi. Ushbu joylarda 90 ta oilaviy mehmon uylari va 20 ga yaqin turistik xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali 400 nafarga yaqin aholi doimiy ish bilan ta’minlandi.Shuningdek, Toshkent viloyatining Angren shahridagi Lashkarak, Parkent tumanidagi Kumushkon, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi G‘yelon va Boysun tumanining Omonxona qishloqlariga ham turizm qishlog‘i maqomi berish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar va xalqaro brendlar
Turizm sohasiga jalb qilinayotgan investitsiyalar miqdori yildan-yilga ortmoqda. 2021 yilda umumiy qiymati 11,4 trillion so‘mlik 495 ta loyiha amalga oshirildi. Davlat 5 O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi, "Turizm sohasining rivojlanishi bo‘yicha yillik 6 Kun.uz — O‘zbekistonda turizm sohasi 2017–2023 yillarda: islohotlar qanday natijalarga olib keldi? investitsiya dasturi doirasida esa 1,2 milliard AQSh dollarlik 62 ta loyiha shakllantirildi, ulardan 31 tasi ishga tushib, 562,7 million dollar investitsiya o‘zlashtirildi.7 2022 yilda qiymati 22,1 trillion so‘m bo‘lgan 735 ta loyiha ishga tushirildi va natijada 23 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa soha raqobatbardoshligini oshirib, investorlar uchun jozibador muhit yaratdi. Shu asosda dunyodagi yirik mehmonxona brendlari — Hilton, Marriott, Hyatt, Wyndham, InterContinental Hotels Group va Accor O‘zbekiston bozoriga kirib keldi.Ular faoliyatini faqat poytaxtda emas, balki Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlarida ham kengaytirishni boshladi. Ayniqsa, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti yaqqol misolidir. Bu hududda 8 ta zamonaviy mehmonxona ishga tushirilib, loyihaga 516 million dollar investitsiya yo‘naltirildi.8
Mamlakatimizning turistik imiji ham xalqaro miqyosda tobora mustahkamlanmoqda. UNESCO tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy merosini targ‘ib qilish tashabbusi doirasida «Xiva deklaratsiyasi» qabul qilindi. Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasida Xiva shahri 2024 yil uchun «Islom dunyosining turizm poytaxti» deb e’lon qilindi.9 Shu bilan birga, Turkiy davlatlar tashkilotining turizm vazirlari yig‘ilishida Qo‘qon shahri «Ilk turizm poytaxti» maqomini oldi.Yana bir muhim voqea — UNWTO’ning (Butunjahon turizm tashkiloti) 24-sessiyasi Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tib, 25- Bosh assambleyasini ilk bor O‘zbekistonda, qadimiy Samarqandda 2023 yilda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, UNWTO O‘zbekistonni eng tez rivojlanayotgan 20 ta turistik davlat ichida 4-o‘rinda e’tirof etdi. «Jahon musulmon sayyohlari indeksi»da esa O‘zbekiston 32-o‘rindan 22-o‘ringa ko‘tarilib, «eng jozibador», xavfsizlik va bag‘rikenglik darajasi yuqori bo‘lgan 10 ta mamlakat qatoriga kiritildi. 10
Ushbu ilmiy maqolada turizm industriyasining globallashuv sharoitida rivojlanishi va uning milliy iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri ko‘p qirrali va tizimli yondashuv asosida 7 O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi, "Turizm sohasining rivojlanishi bo‘yicha yillik 8 Kun.uz — O‘zbekistonda turizm sohasi 2017–2023 yillarda: islohotlar qanday natijalarga olib keldi? 9 O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — https://uzbektourism.uz/ 10 UNWTO (Butunjahon turizm tashkiloti) rasmiy sayti https://www.unwto.org/ o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida bir nechta ilmiy-uslubiy yondashuvlar uyg‘unlashtirildi. Jumladan, statistik tahlil, taqqoslash, kontent-tahlil, normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, empirik kuzatuvlar va xalqaro tajriba asosida solishtirma tahlil metodlaridan foydalanildi. Har bir metodning tanlanishi tadqiqot mavzusining murakkabligi, ko‘p omilliligi va zamonaviy dolzarbligi bilan izohlanadi.
Birinchidan, statistik tahlil usuli orqali O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining 2017–2023 yillar oralig‘idagi rivojlanish dinamikasi o‘rganildi. Bu jarayonda Davlat Statistika Qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, shuningdek, Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) tomonidan e’lon qilingan rasmiy hisobotlar asos qilib olindi. Xususan, xorijiy va mahalliy sayyohlar soni, ularning o‘rtacha xarajatlari, turizm eksporti hajmi, yangi ish o‘rinlari, investitsiyalar miqdori, mehmonxona o‘rinlari soni kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Bu ko‘rsatkichlar orqali turizmning iqtisodiyotga bevosita va bilvosita ta’siri aniqlashtirildi.
Ikkinchidan, taqqoslash usuli yordamida O‘zbekiston tajribasi boshqa rivojlanayotgan davlatlar, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan solishtirildi. Bu orqali milliy turizm siyosatining o‘ziga xos jihatlari, ustuvorliklari va zaif tomonlari aniqlanib, xalqaro tajriba bilan uyg‘unlik darajasi baholandi. Misol uchun, viza rejimining liberallashuvi, infratuzilma rivoji, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar boshqa davlatlar bilan solishtirildi.
Uchinchidan, kontent-tahlil usuli orqali turizm sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, strategik dasturlar, Prezident farmonlari va qarorlari tahlil qilindi. Jumladan, 2019- yil 5-yanvardagi PF–5611-sonli Farmon, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, 2025-yil 15-maydagi PF–87-sonli Farmonlar asosida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari aniqlab berildi. Ushbu hujjatlar asosida turizmni iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar
To‘rtinchidan, empirik kuzatuv va mavjud holatni o‘rganish orqali turizm sohasidagi real o‘zgarishlar, ya’ni yangi turizm qishloqlari tashkil etilishi, xalqaro brendlarning kirib kelishi, xizmatlar sifati va kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘zgarishlar amaliy misollar orqali yoritildi. Bu esa nazariy tahlilni amaliy holatlar bilan boyitishga xizmat qildi. Beshinchidan, xalqaro tajriba tahlili orqali UNWTO, WTTC (World Travel & Tourism Council), va boshqa xalqaro tashkilotlarning reytinglari, hisobotlari va tavsiyalari asosida O‘zbekistonning turizm sohasidagi o‘rni va istiqbollari baholandi. Xususan, UNWTO tomonidan O‘zbekistonning eng tez rivojlanayotgan 20 ta davlat qatoriga kiritilishi, Xiva va Qo‘qon shaharlarining xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lishi, “Jahon musulmon sayyohlari indeksi”dagi o‘rni – bularning barchasi xalqaro miqyosdagi baholash mezonlari asosida
Shuningdek, tadqiqotda sifatli va miqdoriy yondashuvlar uyg‘unlashtirildi. Mavjud raqamli ma’lumotlar asosida miqdoriy tahlil olib borilgan bo‘lsa, turizmning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri, xavf-xatarlar va imkoniyatlar esa sifatli tahlil asosida yoritildi. Bu yondashuv turizmning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, siyosiy va madaniy jihatlariga ham e’tibor qaratish imkonini berdi.
Xulosa va takliflar
Globallashuv sharoitida turizm industriyasining rivojlanishi nafaqat iqtisodiy o‘sishning yangi manbai, balki milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda ham muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda turizm sohasiga qaratilgan e’tibor, qabul qilingan strategik hujjatlar va amaliy islohotlar natijasida bu soha mamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylanmoqda. Turizmning yalpi ichki mahsulotga qo‘shgan hissasi, bandlik darajasini oshirishdagi roli, xorijiy valyuta tushumlarini ta’minlashdagi ahamiyati va hududiy iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi o‘rni beqiyosdir.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, turizm sohasi orqali yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, xizmatlar sifati va infratuzilmaning rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi, xalqaro brendlarning kirib kelishi va mamlakatning turistik imijining mustahkamlanishi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, turizm eksportining hajmi yil sayin ortib borayotgani, xorijiy sayyohlar sonining ko‘payishi va ularning sarf qilayotgan mablag‘lari iqtisodiy o‘sishning muhim drayveriga aylanmoqda.
Biroq, turizm sohasi bilan bog‘liq ayrim xavf-xatarlar ham mavjud. Jumladan, tashqi omillarga yuqori darajadagi bog‘liqlik, global inqirozlar, pandemiyalar, geosiyosiy beqarorliklar va ekologik muammolar turizm oqimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy xavfsizlikka tahdid tug‘diradi. Shu sababli, turizmni rivojlantirishda faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarga emas, balki xavfsizlik, barqarorlik va diversifikatsiyaga ham alohida e’tibor qaratish zarur.O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan PF–5611, PF–60 va PF–87-sonli Farmonlar, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” doirasida belgilangan maqsadlar turizmni iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlovchi strategik tarmoq sifatida rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Vizalash tizimining liberallashuvi, turizm qishloqlari va yangi yo‘nalishlarning yaratilishi, xalqaro e’tirof va reytinglardagi o‘sishlar bu boradagi yutuqlarni yaqqol namoyon etadi.
Shunday qilib, turizm sohasi O‘zbekiston uchun nafaqat iqtisodiy foyda manbai, balki milliy iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlovchi muhim strategik resurs sifatida qaralishi lozim. Bu esa ushbu sohani yanada chuqurroq tahlil qilish, barqaror rivojlanish mexanizmlarini ishlab chiqish va xavf-xatarlarga qarshi chidamli tizimlarni shakllantirishni taqozo etadi.
Yuqoridagi tahlillar va xulosalar asosida quyidagi amaliy takliflar ilgari suriladi:
- Ichki turizmni rivojlantirishga ustuvor e’tibor qaratish. Tashqi omillarga bog‘liqlikni kamaytirish uchun ichki turizm salohiyatini to‘liq ishga solish zarur.
- Turizm xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqish. Global inqirozlar, pandemiyalar yoki siyosiy beqarorliklar sharoitida turizm sohasining barqarorligini ta’minlash uchun maxsus xavfsizlik protokollari, sug‘urta mexanizmlari va tezkor javob choralarini ishlab chiqish muhim.
- Turizm xizmatlari sifatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirish. Gidlar, mehmonxona xodimlari, transport va ovqatlanish sohasidagi mutaxassislar uchun zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish, xalqaro sertifikatlash tizimlarini tatbiq etish zarur.
- Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish. Turizm xizmatlarini raqamlashtirish, mobil ilovalar, onlayn bron qilish tizimlari, sun’iy intellekt asosidagi yo‘riqnomalar va virtual gidlar orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish mumkin.
- Turizm infratuzilmasini hududiy diversifikatsiya qilish. Faqat yirik shaharlarda emas, balki qishloq joylarida ham turizm obyektlarini rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish va mahalliy aholi bandligini oshirish mumkin.
- Xalqaro hamkorlikni kengaytirish. UNWTO, ISESCO, Turkiy davlatlar tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va forumlar orqali O‘zbekistonning turistik brendini kuchaytirish lozim.
- Ekoturizm va barqaror turizm konsepsiyalarini joriy etish. Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, ekologik jihatdan barqaror turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali uzoq muddatli iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mumkin.
- Investitsion muhitni yanada yaxshilash. Xorijiy investorlar uchun soliq imtiyozlari, yer ajratish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish orqali turizm sohasiga sarmoya jalb qilishni jadallashtirish zarur.
- Turizm statistikasi va monitoring tizimini takomillashtirish. Aniq, ishonchli va tezkor statistik ma’lumotlar asosida qarorlar qabul qilish uchun zamonaviy monitoring tizimlarini joriy etish lozim.
- Mahalliy brendlar va mahsulotlarni turizm bilan integratsiyalash. Hunarmandchilik, milliy taomlar, madaniy meros va boshqa noyob resurslarni turizm xizmatlariga integratsiya qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF–5611-son Farmoni “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. – https://lex.uz/docs/4143183 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. – https://lex.uz/docs/5841063 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoni “2025– 2026-yillarda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi. “Turizm sohasining rivojlanishi bo‘yicha yillik hisobotlar (2017–2023 yillar)”. – https://stat.uz/statistics/tourism-report5. Kun.uz. “O‘zbekistonda turizm sohasi 2017–2023 yillarda: islohotlar qanday natijalarga olib keldi?” – 16.10.2023. – https://kun.uz/news/2023/10/16/ozbekistonda-turizm-sohasi2017-2023-yillarda-islohotlar-qanday-natijalarga-olib-keldi 6. UNWTO – World Tourism Organization. Official website. – https://www.unwto.org 7. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. Rasmiy veb-sayt. – 8. WTTC – World Travel & Tourism Council. “Economic Impact Reports”. – https://wttc.org
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.