“Turkiston jadidchilik harakati namoyandalarining ma’rifiy faoliyatida vatanparvarlik tarbiyasi va uning tarixiy ahamiyati. Innovatsion g‘oyalar va madaniy yangilanish” masalasida Turkistonda XIX–XX asrlar boshlarida yuzaga kelgan jadidlar harakatining ma’rifiy faoliyati va uning ijtimoiy, madaniy, ta’lim tizimidagi ahamiyati o‘rganiladi. Jadidlar ta’lim sohasidagi yangiliklar, vatanparvarlik tarbiyasi, an’anaviy ta’lim tizimi va diniy maktablarga qarshi kurash orqali yoshlarni zamonaviy bilimlar bilan ta’minlashni maqsad qilganlar. Tadqiqotda jadidlarning innovatsion ta’lim g‘oyalari, ularning jamiyatni rivojlantirishdagi o‘rni, yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirish va ayniqsa Turkiston hududida ta’limni zamon bilan moslashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi, ayniqsa bugungi kunda, ta’lim tizimining modernizatsiyasi va madaniy yangilanish jarayonida jadidlarning ishlari muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Jadidlar harakatining o‘rganilishi o‘tmishdagi ilmiy, madaniy va ma’naviy izlanishlarni yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratadi. Ilmiy yangiliklar sifatida, tadqiqotda jadidlarning ma’rifiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning ta’lim tizimiga kiritgan yangiliklari, shuningdek, bu harakatlarning ijtimoiy va madaniy rivojlanishga bo‘lgan ta’siri yangi tahlil va xulosalar orqali ochib berilgan. Natijalar, jumladan, jadidlar harakatining ijtimoiy ta’siri, ularning madaniy yangilanishga bo‘lgan hissasi, vatanparvarlik tarbiyasi va ta’lim tizimining transformatsiyasidagi o‘rni aniq ko‘rsatilgan.
в статье рассматривается образовательная деятельность представителей движения джадидов в Туркестане в конце XIX - начале XX века, а также её историческое значение в контексте воспитания патриотизма. Джадиды ставили своей целью обеспечить молодежь современными знаниями, борясь с традиционными образовательными системами и религиозными школами. В исследовании анализируются инновационные образовательные идеи джадидов, их роль в развитии общества, формирование патриотизма среди молодежи и адаптация образования в Туркестане к современным условиям. Актуальность исследования, особенно в современную эпоху, заключается в важности наследия джадидов в процессе модернизации образования и культурных преобразований. Изучение джадидского движения помогает глубже понять научные, культурные и духовные поиски прошлого. Среди научных новшеств, представлен анализ специфики образовательной деятельности джадидов, их вклад в образовательную систему и влияние этих движений на социальное и культурное развитие. Результаты показывают влияние джадидов на общественное развитие, их роль в культурных преобразованиях, воспитании патриотизма и трансформации образовательной системы.