MASALASI
Xoldorov Adxam Abdimo’minovich
Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti
Annotatsiya. Jahon filologiya fanida turli janrlarda, xususan ilmiy tadqiqotlar va ta’lim pedagogikasi sohalari bilan bog‘liq janrlarda matn yaratish bilan bog‘liq ilmiy masalalarning hal etilishi, shuningdek, bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida matn yaratishga oid asarlarning o‘ziga xosligini o‘rganish borasidagi izlanishlar salmoqli o‘rinni egallaydi. Biroq, bu masalaning aynan ilmiy-ijodiy janrdagi matnlar kesimida, xususan, annotatsiya, ilmiy taqriz, referat, kurs ishi kabilar misolida deyarli o‘rganilmaganligi hamda masalaga oid ba’zi ilmiy-nazariy izlanishlarning xulosalari umumlashtirilmaganligini mazkur masalaning dolzarbligini belgilaydi. Shu sababli hozirda zamonaviy uslubda ilmiy janrlarga mansub matnlarining o‘ziga xosligini metodologik jihatdan asoslash, jahon va milliy filologiya fanining metodologiya aspektida qiyosiy planda tadqiq etish har tomonlama chuqur o‘rganishni talab qiladigan muhim jiddiy ahamiyatga ega ilmiy masalalardan hisoblanadi.
Kalit so’zlar: matn yaratish, referat, ilmiy taqriz, metodologiya
Аннотация. В науке мировой филологии, в различных жанрах, в частности, в жанрах, связанных с научными исследованиями и педагогической педагогикой, решением научных вопросов, связанных с текстотворчеством, а также изучением своеобразия произведений, связанных с текстотворчеством среди исследования, проводимые в этом направлении, исследования в этой области занимают важное место. Однако актуальность данного вопроса определяется тем, что этот вопрос не исследован в области текстов научнотворческого жанра, в частности, в случае аннотаций, научных обзоров, рефератов, курсовых работ и т.п. выводы некоторых научных и теоретических исследований, связанных с данным вопросом, не получили обобщения. Поэтому методологическое обоснование уникальности текстов, принадлежащих к научным жанрам в современном стиле, исследование методологического аспекта мировой и отечественной филологии на сравнительном уровне является одной из важнейших и серьезных научных проблем, требующих всестороннего углубленного изучения.
Ключевые слова: реферат, ароматические исследования, создание текста, методология
Abstract. In the science of world philology, the solution of scientific issues related to text creation in various genres, especially in the genres related to scientific research and educational pedagogy, as well as among the researches carried out in this regard, research on the study of the uniqueness of works related to text creation occupies an important place. However, the relevance of this issue is determined by the fact that this issue has not been studied in the field of scientific-creative texts, in particular, in the case of annotation, scientific review, abstract, term paper, and the conclusions of some scientific-theoretical researches related to the issue have not been generalized. Therefore, methodologically justifying the uniqueness of texts belonging to scientific genres in a modern style, researching in the methodological aspect of world and national philology science in a comparative plan are important and serious scientific issues that require comprehensive in-depth study.
Key words: referat, scentific research, text creation, metodology
Kirish
Matn yaratish ko‘nikmasini hosil qilinishi, malakasiga ega bo‘lish endi ilmiy ijodga qadam qo‘yayotgan tadqiqotchi uchun nihoyatda muhimdir, zero, tafakkur nutqqa, jumladan uning yozma shakliga bog‘liq tarzda rivojlanadi. Shu sababli aynan matn va uni yaratish nutqiy rivojlanishning belgilovchi omilidir. Begona matnni to‘g‘ri, aniq va to‘liq idrok etish, unga mutonosib tarzda o‘z matningizni yarata bilishni taqozo qiladi.
Turli janrlarda matnlar yaratish nazariyasi va amaliyoti oliy ta’lim tizimida filolog-talabalarda asosiy ikki xil malakani hosil qilishga yo‘naltiriladi: matnni idrok etish (begona matnni - badiiy yoki badiiy bo‘lmagan istalgan matnni - idrok etish, anglash, tushunish va tahlil qilish ko‘nikmasi), matn yaratish/matn shakllantirish, ya’ni shaxsan o‘ziga tegishli matnni taklif qilingan namuna asosida yaratish malakasi. Bu ikki xil malaka ko‘nikmasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi sababli, matnni idrok etish ko‘nikmasini takomillashtirish mobaynida matn yaratish ko‘nikmasini ham shakllantirish uchun sharoit yaratiladi.
Bizning adabiyotshunoslik aspektida turli janrlarda matn yaratish metodologiyasi masalalariga bag‘ishlangan mazkur maqolamiz, umuman muammoning o‘zi kabi, adabiyot o‘qitish metodikasini kursi doirasida bajarilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurti talabalari turli matnlar yaratishlaridagi, xususan adabiyotshunoslik borasida, yo‘l qo‘yishadigan asosiy uslubiy saktalik va xatoliklarni ko‘rsatish va bu orqali ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan.
Asosiy qism
Bir qator adabiyot o‘qitish metodikasi va adabiyotshunoslikka doir ilmiy nashrlar hamda turli tadqiqotlar matnlarida yaxlit tarzda berilmagan, tarqoq fikr va mulohazalardan kelib chiqib, ularning xulosalarini umumlashtirish va amaliy tavsiyalar berish foydadan holi bo’lmaydi deb hisoblaymiz.
Filolog-olimlar hamda tajribali adabiyot o‘qituvchilarining turli nashrlarda berilgan, amalda ulardan foydalanish uslubiy saktalik va xatoliklar keltirib chiqarishi aniqlangan quyidagi so‘z qo‘llanishlarini yozma nutqda, turli matnlar yaratishda qo‘llashdan ehtiyot bo‘lmoq lozim. Ushbu tavsiyalarimiz asosan adabiyotshunoslik aspektida yaratiladigan matnlarga tegishli hisoblanadi.
1. Muallif ushbu matnida – muallif matnda hech ish qilmaydi. U matnda yo‘q.
2. Muallif... urinadi – Siz urinasiz, muallif emas – matn tayyor. Yuqoridagi bandga qarang.
3. Muallif bu bilan shuni aytmoqchiki (ta’kidlamoqchi va hakozo) - Muallif aytmoqchi bo‘lgan narsalarini aytib bo‘lgan. Biz, agar muallif matnida o‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eslatmasa (Men –Usmon Azim, kenja o‘g‘il), faqat tushungan narsalarimiz haqida gapirishimiz mumkin, chunki bizning muallif biron narsani aytmoqchi bo‘lganligi to‘g‘risida aniq asosimiz yo‘q. Bundan tashqari, u aytmoqchi bo‘lgani va aytgani doim ham bir xil bo‘lavermaydi.
4. Muallif yetkazib berishga muvaffaq bo‘libdi, yozuvchi yaxshi tasvirlagan, muallif juda aniq yoritgan – Biz kimmizki muallifni maqtasak?! Go‘yo ajoyib, zo‘rsan, chiroyli, eplabsan, yana davom ettir, demoqchimiz! Bundan tashqari yozuvchi nimani ko‘rib, nimani ko‘rsatmoqchi bo‘lganini biz guvohi bo‘lmaganmiz: unda biz uning eplagan yo eplamaganini, ko‘rsatib bergani yaxshimi yo yomonmi, aniq yoki noto‘g‘ri tasvirlaganmi, qayerdan bilamiz? (Albatta kitobxon o‘zi juda yaxshi biladigan narsalari istisno!)
5. Dolzarb... – Albatta, nimadir dolzarb ham bo‘ladi, ammo o‘tgan asrda yoki undanda ancha ilgari yaratilgan matndan odatda bugungi kun muammolarini axtaraverish doim ham o‘zini oqlamaydi.
6. Muallif daho; mukammal, muhtasham asar va hokozo –Matningizda muallif va asarni ortiqcha maqtovlariga berilmang, odatda bu jihat asar mavzusiga dahldor bo‘lmaydi; Agar siz Navoiyni daho ekanligini, Abdulla Oripovni beqiyosligini, u yoki bu asarni tengsizligini takrorlaganingiz bilan ularning bahosi yanada yuqorilab ketmaydi.
7. Girebola – oshirib, bo‘rttirish har doim ham o‘zini oqlamaydi; uslubda, dalillarni sanashda, keltirishda kamtarlikka urining: “Urush va tinchlik” romanida uyg‘unlashib ketadigan syujet chiziqlari soni nihoyatda ko‘p, ishtirokchilari soni cheksiz” – Nihoyatda ko‘p emas, ularni tez sanab chiqsa bo‘ladi; personajlar ham cheksiz emas: “Uzuklar hukmdori”da undanda ko‘p.[2]
Shu o‘rinda aytishimiz mumkin, “Urush va tinchlik” romanida jami 508 nafar qahramon-personajlar tilga olinadi. “Qur’oni Karim” yoki “Injil”da undagidan bir necha barobar ko‘proq.
8. Berilgan matn – Matnni hech kim bermagan, shu sababli “mazkur matn”, “ushbu asar” tarzida qo‘llagan ma’qul.
9. Yetarli darajada – Nima uchun yetarli? Bu qiyosiy darajani almashtirish yoki unga aniqlik kiritish lozim.
10. Yana bir misol bo‘lib xizmat qilishi (ko‘rsatilishi) mumkin...- Odatda o‘z mulohazalari mantiqini yo‘qotgan yoki uzilishiga yo‘l qo‘yganlar shu iborani qo‘llashadi.
11. ... uchun foydalanadi – Muallif hech narsadan foydalanmaydi. U matn yaratgan, unda esa hamma narsa bor. Yozuvchi yo shoirni go‘yo epitet, metafora yoxud boshqa narsadan foydalanib, yana falon narsani ta’kidlash uchun qabilida hisoblash, ijodkorni santexnikka qiyoslashdek ko‘rinadi.
12. Xulosa chiqarishim mumkin – albatta xulosalang, faqat o‘zbek tili ilmiy uslubi talabiga ko‘ra, birinchi shaxs ko‘plikda –Xulosa chiqarishimiz mumkin, bizningcha – kabi shablon va shtamplarni qo‘llagan maqul va shart. Aks holda nokamtarlik va uslubiy g‘alizlik yuzaga keladi.
13. “Balki nohaqdirman, ammo bu shaxsiy fikrim” – Mantiqiy noto‘g‘ri jumla, chunki, matnda fikr-mulohaza asoslanmog‘i shart, unda bu asos bo‘ladi yoki yo‘q, shu sababli hech qanaqa “shaxsiy fikrga” o‘rin qolmaydi.
14. Shu payt, shu on – birikmalari uslubiy betaraf, biroq adabiy asarga nisbatan ularning o‘rniga “epizod”, “voqea” kabilarni qo‘llagan maqul, aks holda mantiqsiz, absurd jumlalar paydo bo‘lishi mumkin: “Ustiga ustak shu oniy lahzaning uzunligi turlicha ko‘rinish olishi mumkin – bir lahzalik zavqlanishdan yillab davom etadigan xushvaqt xotiralarga qadar”.
15. Ayol, erkak – matnda ulardan qahramon, qahramon ayol yoki personaj birliklarining kontekstual sinonimlari sifatida foydalanish mumkin emas. Bu savodsizlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
16. Bizning qahramon – U sizning qahramoningiz emas! U siz yaratmagan asarning qahramoni.
17. Boshlamoq – keng tarqalgan uslubiy xato yoki g‘alizlik belgisi bo‘lgan gaplarda ishlatiladi: Yigit yaxshi mablag‘ ishlab topa boshladi. Ammo mantiqiy mazmun davom etmaydi, tugallanmaydi ham.
18. Munosabatda bo‘lmoq...- Odatda bu ibora jumlani murakkablashtiradi va mavhumlashtiradi. Muallif qahramonga simpatiya bilan munosabatda bo‘ladi.- Muallif qahramonni yoqtiradi. Otabek Zaynabga achinishli munosabatda bo‘ladi – Otabek Zaynabga achinadi.
19. Muallif ismi-sharifini to‘liq atash lozim. Xuddi asar nomi keltirilganda muallif ismi-sharifini keltirish shart bo‘lganidek.
20. Badiiy asar qahramonlarining ismini qisqartirib qo‘llash mumkin emas: A.Balkonskiy, S.Raximov, G.Pechorin... Ismlarni qisqartma shakllarini ham o‘ta zarurat bo‘lganda qo‘shtirnoqqa olib ishlatsa bo‘ladi, ammo doimiy tavsiya etilmaydi: Petya Bezuxov...
Ta’kidlash joyizki, bunday tavsiya xarakterdagi ko‘plab qoida tusini olgan mulohazalarni bayon etaverish mumkin. Ammo har bir tadqiqotchining o‘z individual uslubi, yozuv manerasi va boshqalar mavjud.
Xulosa
Aslida badiiy matnning filologik tahlili – asar mutolaasining, muallif badiiy g‘oyasini tushunishning muhim adabiyotshunoslik jihozi, qurolidir. Badiiy matnning og‘zaki tahlili nisbatan yengil kechishi mumkin, chunki dialok ishtirokchilari birbirlarini tushunishadi, nutqdagi uslubiy g‘alizliklarga e’tibor qaratishmaydi. Biroq yozma tahlilda vaziyat butunlay boshqacha kechadi. Yozma matn muallifdan nafaqat chuqur mazmun, balki mukammal tuzilish, umumnutqiy savodxonlik, o‘z fikrini uslubiy ravon tuzish malakasi va boshqalar talab qilinadi.
Badiiy matn tahlilining qat’iy algoritmi mavjud emas. Yozayotgan kishi tahlil metodi va usullarini o‘zi tanlaydi, matn tuzilmasini ham ixtiyoriy yaratadi. Biroq muallifning ijodiy erkinligi mavjud bo‘lishiga qaramay, umumiy ilmiy uslub talablari ham mavjudki, ularga rioya qilmaslik, har qanday janrda bo‘lmasin, matn mazmunini xiralashtiradi va tushunilishini murakkablashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sherbakova O.I. Adabiy asarlarning turlari.-M.: Ma'rifat, 2015.-143 b.
2. «Uslubiy cho'chqachilik banki. Adabiyot o'qituvchilari jamoasi (Facebook hamjamiyati)
3. Chernix V.I. Onlayn kursning o'quv va uslubiy rivojlanishi «Ilmiy nashrlarni yozish metodikasi» Elektron ilmiy nashr Almanax Fazo va vaqt T. 16. Nashr. 1–2 2018 yil
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.