ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Umumgeografik qonunlarning o’rganilish tarixi.

Abstract

Ushbu maqolada Yer yuzasi tabiatini boshqarib turuvchi geografik qonuniyatlarning insoniyatning kundalik turmush faoliyatiga ta’sirini o’rganish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish haqida so’z yuritiladi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Mavzu: Umumgeografik qonunlarning o’rganilish tarixi.

Rahmatova Surayyo Nabijon qizi 36-maktab ikkinchi toifali geografiya

fani o’qituvchisi.

Amonova Kamola Aminovna Buxoro Davlat Universiteti geografiya

ixtisosligi 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yer yuzasi tabiatini boshqarib turuvchi geografik qonuniyatlarning insoniyatning kundalik turmush faoliyatiga ta’sirini o’rganish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar: qonun, harakat, o’zaro aloqadorlik, o’zgarish, rivojlanish, umumgeografik qonuniyatlar, birbutunlik, tabiatda modda va energiya almashinuvi, zonallik, azonallik, sektorlik, oy (qamariy) taqvimi, quyosh (shamsiy) taqvimi, quyosh aktivligi, muchal taqvimi, o’zgaruvchan oraliq, muddatli davriylik, ritmiklik, geografik mintaqalar.

Biron fanga doir bilimlar yig’indisi nazariya bilan boyitilgandagina haqiqiy fan bo’lib qoladi, ya’ni mazkur fanning borligi, tarqalishi va taraqqiyotini yo’lga solib turadigan muayyan qonuniyatlarni aniqlab beradi. Sayyoramizning umumiy geografik qonuniyatlarini o’rganish esa umumiy tabiiy geografiya fanining asosiy vazifasidir.

Borliqni bilishdan maqsad –haqiqatni bilishdir. Haqiqat – inson bilimlarini predmet va hodisalarga mos kelishidir, borliqni to’g’ri inikos etishdir.

Ilmiy bilishning asosiy bosqichlari:

1. G’oya – ilmiy bilishning birrinchi bosqichi. G’oya – tadqiqot maqsadi, yo’nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G’oya – bu fikrdir. G’oya – ilmiy va badiiy g’oyalarga bo’linadi. G’oya — inson tafakkurida vujudga keladigaya, jamiyat va olamlarni maqsal sari etaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o’zgartirish maqsadlari ularga erishish yo’llari va vositalari mujassam bo’ladi. Falsafa tarixida g’oya turli ma’nolarda ko’llangan. Demokrit atomlarni, Pluton moddiy bo’lmagan, konkret narsa va hodisalardan tashqarida bo’lgan ideal mohiyatni g’oya deb hisoblagan. Forobiy «fozil jamiyat», Navoiy «adolatli jamiyat» g’oyalarini ilgari surganlar. 17 – 18-asrlarda g’oya tushunchasi bilish pazariyasi bilan bog’lab izohlangan. Shu asosda g’oyalarning kelib chiqishi, bilishning turli darajalari, shakllari bilan aloqasi, umuman bilish jarayonida tutgan o’rni masalalari tahlil qilingan.

2. Muammo – hal qilinmagan bilim shakli. Muammo – arabcha “masala”, “vazifa”dir. Haqiqiy va soxta muammolar bo’ladi. Muammo (qadimgi yunoncha: πρόβλημα prasoba — vazifa, topshiriq) keng maʼnoda — oʻrganish, hal etishni talab qiluvchi murakkab nazariy yoki amaliy masala; fanda — har qanday hodisa, ob’yektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar shaklida harakat qiladigan va uni hal qilish uchun adekvat nazariyani talab qiladigan qaramaqarshi vaziyat; hayotda muammo odamlar tushuna oladigan tarzda shakllantiriladi.

3. Gipoteza – ilmiy jihatdan asoslangan, lekin isbotlanmagan ilmiy bilish shakli. Gipoteza (qadimgi yunoncha: ὑπόθεσις - hypothesis — asos, taxmin) — hodisalarning qonuniy (sababli) bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxminan mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos boʻladi. Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga oʻtish, sababiy bogʻlanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy gipoteza bir guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi toʻgʻrisidagi, xususiy gipoteza alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sababi toʻgʻrisidagi taxmindir. Har qanday gipoteza tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar bilan izohlash mumkin boʻlmaganda, cheklangan miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda gipotezaga ehtiyoj tugʻiladi. U keyingi bilimlarga, tekshirishlarga yoʻl ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa gipotezani tugʻdiradi. Gipoteza bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.

Nazariya – ilmiy bilishning eng yuqori shakli. Isbotlangan g’oyalar, qarashlar, qonun va prinsiplar tizimidir. Nazariya — biror hodisa va faktlarni izohlovchi va bashorat qila biluvchi bilimlar tizimi, sxemasidir. Nazariyalar ilmiy uslub vositasida yaratiladi, shakllantiriladi voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. Nazariya borliqning muayyan sohasiga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda Nazariya ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat. Har qanday Nazariya ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni tugallangan, oʻzgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. Nazariya bilish jarayonida biz toʻplagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi boshlangʻich asosdir. Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. Nazariyaning boshlangʻich shakli gipotezalar. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda yangi Nazariya yuzaga kelishi mumkin nazariya Ilmiy bilish jarayonida kishilarning ilmiy nazariyalar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi nazariyalarning shakllanishiga olib keladi.

4. Ilmiy bashorat – fan sohasida tabiat va jamiyatda kelgusida ro’y beradigan hodisa, voqea yoki jarayonni oldindan aytishdir. “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat” – ilmiy asoslanganligiga guvoh bo’lmoqdamiz.

Qonun (tabiiy) inson ongidan tashqari sodir bo’ladigan tabiiy jarayonlar. Tabiat qonunlari kuch, hukmga ega. Ijtimoiy jamiyat qonunlari esa qachon bajarilsagina kuchga kiradi. Tabiat qonunlari muqim, uzoq muddatli, jamiyat qonunlari tez o’zgarib turadi, muqim emas. Qonun – gapirmaydigan hukumat, hukumat esa gapiradigan qonundir (Sitseron).

Konsepsiya – lotincha, to’plash, tizim, birlashtirish, qarashlar yig’indisi, fikrlar tizimi, dunyoni tushunish, anglash usuli. Masalan, umumta’lim taktablari konsepsiyasi, tabiatshunoslik konsepsiyasi va h.k.

Ta’limot – tamoyil, g’oya, qonunlarni birlashtiruvchi ma’lum sohaga tegishli nazariya. [6; 10-14 bet]

Zonallikning davriy qonuniyati, ya’ni bir-biriga o’xshash landshaft zonalarning qutblardan ekvatorga tomon geografik mintaqalarda takrorlanishi kuzatiladi. Mazkur qonun 1956 yilda A.A.Grigorev va M.I.Budiko tomonidan kashf qilingan. Olimlar mintaqalardagi qurg’oqchilikning radiation indeksi (issiqlik va namlikning o’zaro nisbatini, aniqrog’i radiatsiya balansining yillik yog’inlarni bug’latishga sarf bo’lgan issiqlik miqdoriga nisbati) asosida biomassa miqdorini qutblardan ekvatorga tomon qonuniy takrorlanishini aniqlaydilar. Shunga ko’ra qurg’oqchilikning radiatsion indeksi ko’rsatkichi 1 ga yaqin bo’lgan yerlar (o’rmon)da biologik mahsuldorlik (biomassa) eng yuqori, 3 dan yuqori bo’lgan yerlar (cho’l)da esa eng kam bo’ladi. Mazkur o’zgarishlar qutblardan ekvatorga tomon uch marta takrorlanadi. Masalan, mo’tadil, subtropik, ekvatorial mintaqalardagi o’rmonlar yoki mo’tadil, subtropik, tropik mintaqalardagi cho’llar zonasi kabilar zonallikning davriy takrorlanish qonunining amalda namoyon bo’lishidir.

Taniqli tarixchi, sharq xalqlari etnogenezi bilimdoni L.Gumilov (buyuk rus shoirlari A.A.Axmatova va N.S.Gumilovlarning farzandi) etnoslarning (qavm, urug’lar) kelib chiqishini ayni hudud, mintaqaning tabiiy sharoiti bilan bog’liqligini qayd qiladi va etnologiyani geografiya fanlari tizimiga mansub deb hisoblaydi.[7; 96 b].

Dastlabki geografik asar "Surat al-arz"dayoq Muhammad Xorazmiy Yerning obod qismidagi shaharlar, tog’lar, daryolarning koordinatalarini alohida-alohida iqlimlar bo’yicha ko’rsatgan edi. Uning "Yetti iqlim" to’g’risidagi ta’limotini H.H.Hasanov o’sha zamon geografiyasidagi original yangilik deb hisoblagandi. "Yetti iqlim" tushunchasi Muhammad Xorazmiydan keyin ham, ko’p asrlar davomida geografiyaning fundamental tushunchasi sifatida qo’llanib kelindi.

"Yetti iqlim" yoki "iqlimlar" ("aqolim") terminlaridan keyinchalik qator mualliflar o’z asarlarini nomlashda yoki ayrim boblarini sarlavhalashda ham qo’llay boshlaganlar. Shu ma’noda, Ahmad Farg’oniyning "Yetti iqlimni hisoblash haqida", iroqlik Suxrobning "Yetti iqlim ajoyibotlari kitobi", xurosonlik Abu Zayd Balxiyning "Iqlimlar surati", arab geografi Muqaddasiyning "Iqlimlarni o’rganish uchun eng yaxshi qo’llanma", mashxur Abu Rayhon Beruniyning bizgacha yetib kelmagan "Iqlimlar taqsimoti", eronlik adib Amin Axmad Roziyning 1594 yilda Hindistonda boburiy podshoh Akbarga bag’ishlab yozgan "Yetti iqlim" kabi asarlarni eslash kifoya. Ushbu asarlarda mualliflar "Yetti iqlim" yoki "iqlimlar" terminini dunyo yoki yer yuzasining odamlarga ma’lum qismi so’zlarining muqobili sifatida ishlatganlar. Ba’zan dunyoning doiraviy xaritalari iqlimlar xaritasi deb ham hisoblangan.

"Boburnoma" asarida Boburning Farg’ona hamda Qobul viloyatlarini to’rtinchi iqlimdandir deb, yoki Hindistonni birinchi, ikkinchi va uchinchi iqlimlardan ekanligini yozganida "iqlim" tushunchasi viloyatlar va o’lkaning geografik o’rnini aks ettiruvchi tushuncha sifat xizmat kilgan.

"Yetti iqlim" tushunchasi regional tasviriy geografiyaga oid asarlarda ham keng ishlatilgan. Masalan, "masofalar va mamlakatlar" turkum asarlarda Sharq olamining geografik tavsiflari iqlimlar bo’yicha bayon qilinganini ko’ramiz. Ammo ularning hammasida ham "iqlim" tushunchasining mazmuni, iqlimlarning chegaralari va ularga qarashli mamlakatlar bir xil emas. Bu holga o’z davrida Beruniy ham e’tibor bergandi. "Iqlimlar bayoni muhim narsa. Bu to’g’rida ixtilof bo’lmasligi kerak"- deb yozgandi u. Shu sababdan ham Beruniy o’zining asarlarida iqlimlar va ularning ta’rifiga ko’p bor to’xtalgan. Uning "Iqlimlar taqsimoti" nomli alohida asari ham bo’lgan. Abu Rayhon Beruniyning hayoti, ijodi va geografik merosi bilan astoydil qiziqqan H.H. Hasanov buyuk olimning "at-Tafhim", "Geodeziya" va "Qonuni Mas’udiy" asarlarida keltirilgan iqlimlar tarixi va ta’rifi bayonidan tanlab olingan ko’chirmalar keltirilganki, ulardan o’quvchi "yetti iqlim" tushunchasi haqida yetarli tasavvurga ega bo’lishi mumkin.

Beruniyning "Qonuni Mas’udiy" kitobidagi iqlimlar taqsimoti quyidagicha ko’rinishda bo’lgan.

Iqlimlar Janubiy

chegarasi

Shimoliy

chegarasi

Eng uzun

kun

Birinchi iqlim

12°40' 20°27' 12s 45min

Ikkinchi iqlim

20°27' 27°30' 13s 15min

Uchinchi iqlim

27°30' 33°38' 13s 45min

To’rtinchi iqlim

33°38' 38°54' 14s 15min

Beshinchi iqlim

38°54' 43°22' 14s 45min

Oltinchi iqlim

43°22' 47°12' 15s 15min

Ettinchi iqlim

47°12' 50°20' 15s 45min

Shunga ko’ra "yetti iqlimning o’rtasi to’rtinchi iqlim hisoblanadi. Iqlimlar o’rtasidagi yarim soatdan farq bo’lib, bir iqlimning o’zi boshi bilan oxiri o’rtasida chorak soatdan farq qiladi". Ushbu asarda keltirilgan quyidagi iqlimlar chizmasi ham e’tiborga loyiq (1-rasm).

1-rasm.Beruniyning iqlimlar chizmasi

Ushbu chizmada oltita iqlim vosita hisoblangan to’rtinchi iqlim atrofiga kontsentrik joylashtirilgan. Agar bu iqlimlarni jadvalda ko’rsatilgandek janubiy va shimoliy chegaralarini sharqiy yarimshar xaritasining ekvatordan shimolda bo’lgan qismiga tushirilsa paralellar bo’ylab uzunasiga cho’zilgan zonalar hosil bo’ladi.

O’rta asrlarda tuzilgan ayrim dunyo xaritalarida shunday qilingan ham, ya’ni paralellar va meridianlar bilan bir vaqtda iqlimlar ham aks ettirilgan.

"Qonuni Mas’udiy"da aytilgan: "... kenglik bo’ylab (janubdan shimolga) yurganda (iqlimlar) tuprog’i, suvi, noz-ne’matlari va xalqi jihatidan farq qiladi" jumlasiga asoslansak, sharqliklarning iqlimlarini tabiat zonalariga o’xshatish mumkin. Ammo ularning soni, chegaralari ham hozirgi tabiat zonalarining soni va chegaralariga to’g’ri kelmaydi.

XX asrning ikkinchi yarmida, katta hajmdagi ma’lumotlarning tahlili asosida tuzilgan xaritalarda Sharqiy yarimsharning ekvatordan shimoldagi qismida 30 dan ortiq tabiat zonalari ajratilgan.[2; 165-b]

Taniqli tabiatshunos olimlar A. Gumbolt, V.V.Dokuchaev, A.A.Grigorev, S.V.Kalesnik, L.S.Berg va boshqalarning ilmiy izlanishlari tufayli barcha tabiat komponentlari hamda tabiiy landshaftlarning kengliklar bo’ylab, ya’ni ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o’zgarib borishi geografik zonallik qonuni deb ataldi. Bir turdagi landshaft zonalarining turli geografik mintaqalarda qaytalanishi esa geografik zonallikning davriy qonuni ekanligi aniqlandi va zaruriy miqdor ko’rsatkichlari bilan isbotlab berildi. Shunday qilib, Sharq olami geografiyasida keng qo’llanib kelingan "yetti iqlim" tushunchasi tarixiy ahamiyatgagina ega bo’lib qoldi.

Xulosa va takliflar

Geografik qobiq biosfera, noosfera nazariyalari er tabiati taraqqiyotining ilmiymantiqiy ifodasidir. Ular bir-biri bilan chambarchas bog’liq va birbutun sistemani tashkil qiladi. Bular orasida geografik qobiq birlamchidir. Geografik qobiqda esa umumgeografik qonuniyatlar mavjud bo’lib, bu qonuniyatlar butun dunyo aholisining kundalik turmush tarzini belgilab beradi. Geografik qobiq o’zida biosfera, noosferani mujassamlashtirgan holda o’ta murakkab tuzulishga ega. Geografik qobiq biosfera va noosfera nazariyalari qator tabiiy va ijtimoiy fanlar uchun metodologik va amaliy ahamiyatga ega. Chunki yaxshi nazariya amaliyot eshigini ochish uchun kalitdir.

Har qanday fanda erishilgan yutuqlar amaliyot uchun xizmat qilishi zarur. Aks holda mazkur fanning ahamiyati quruq safsataga aylanadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida geografiya fanining inson hayotidagi o’rnini yaqqol anglash qiyin bo’lmasa kerak. Geograf – mutaxassis tabiat qonunlarini chuqur anglaga1) Dialektik mantiq tili bilan aytganda harakat, o’zaro aloqadorlik, o’zgarish, rivojlanish tufayli geografik qobiq birbutunlikka ega bo’lgan o’zini-o’zi boshqarib turgan tabiiy geotizimdir.

2) Birbutunlikning shiddati va samarasi chegara hududlari (ayniqsa tog’ va tekislik, suv va quruqlik, tabiiy va antropogen hudud kabilar)da yaqqol ifodalanadi.

3) Birbutunlik qonunini inobatga olgan holda ish tutish samarali bo’ladi va oxir oqibat Yer tabiatini asrab avaylashga olib keladi.

4) Yer tabiatiga tegishli bo’lgan geografik zonallik qonunini mukammal bilish va undan metodologik poydevor sifatida foydalanish, nafaqat geograf, balki geografiyaga “yondosh” bo’lgan fan vakillarining ham zaruriy burchidir.

5) Yer tabiatda sodir bo’layotgan tabiiy jarayon va hodisalarning davriylik qonuniyatlarini yanada mukammal o’rganish nafaqat nazariy, eng muhimi amaliy ahamiyatga ega. Bu o’z navbatida geografiya fanining ijtimoiy nufuzini yuksaltirish imkoniyatlarini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бухоро метеорити. Fan va turmush. №2-3. 2004. – Б.

2. Зокиров Ш.С., Тошов Х.Р. География тарихи. Бухоро, “Дурдона” нашриёти, 2018.

3. Калесник С.В. Общее географические закономерности Земли. Москва, “Мысль”, 1970

4. Назаров И.К., Аллаёров И.Ш., Ҳалимова Г.С., Эргашева М.К. Орол муаммоси ҳақида мулоҳазалар. Ўзбекистон география жамияти материаллари. – Нукус, 27-28 ноябрь 2009.

5. Назаров И.Қ. Обидов У., Ҳалимова Г.С. География фанининг методологик асослари. Ўзбекистон география жамияти ахбороти. 47-жилд. Тошкент, 2016

6. Туленов Ж. Фалсафий маданият ва маънавий камолот. – Тошкент: “Меҳнат”, 2000

7. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 4 жилд Тошкент, “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. 2002

8. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 6 жилд Тошкент, “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. 2003

9. Фалсафа. Қисқача изоҳли луғат. – Тшкент: “Шарқ”, 2004

10. Halimova G.S. Some distribution regularity of atmospheric precipitation in the ridge Kuljuktau. European Seience Review. “EAST-WEST”: Austria, Vienna,

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.