ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

«UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIK TA’LIMNI O’QITISHNING –ILMIY ASOSLARI»

Abstract

Ushbu metodik tavsiyada texnologiya fanini mumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitilishida, o’quvchini mashg’ulot davomida olgan bilim, ko’nikma, malakasini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri baholash orqali o’quvchining ijodkorligini, hunarmadligini, tadbirkorligini, qobiliyatini tafakkurini qay darajada o’zlashtirayotganini aniqlanadi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

O’QITISHNING –ILMIY ASOSLARI»

Toshkent viloyati Qibray tumani 39-umumiy o‘rta ta'lim maktabi.

“Texnologiya” fani o‘qituvchisi

To‘laganov Dilmurot Mirjalolovich

Annotatsiya: Ushbu metodik tavsiyada texnologiya fanini mumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitilishida, o’quvchini mashg’ulot davomida olgan bilim, ko’nikma, malakasini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri baholash orqali o’quvchining ijodkorligini, hunarmadligini, tadbirkorligini, qobiliyatini tafakkurini qay darajada o’zlashtirayotganini aniqlanadi.

Kalit so'zlar: texnologiya darslari, innovatsion texnologiya, pedagogik texnologiya, ta’lim tizimi.

Umumiy o‘rta ta’limda “Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.

Texnologiya (yunoncha techne-san’at, mohirlik, uquv)-sanoat, qurulish, transport, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish , ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shug’ullanadigan fan. Texnologiya (grekcha”techno”- hunar, usta va “logos”-fan,ta’lim)-ilmiy-praktika asosida xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari. Texnologiya fanining maqsadi tayyor mahsulot yaratish haqidagi bilimlarni berib, ko’nikma shakllantirib, yaratuvchanlik malakasini rivojlantirishdan iborat hisoblanadi.Texnologiya fani o’quvchilarda ijodkorlikni,qobiliyatni,tafakkurni rivojlantiradi. Ijodkorlik-bu yangi g’oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishdir. Ijodkorlik orqali hayotimiz rivojlanmoqda,yumushlarimiz yengillashmoqda kundan-kunga yangi-yangi g’oyalar asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.fan-texnika chiddat bilan rivojlanmoqda. Qobiliyat-bu kisining muayyan faoliyatiga bo’lgan layoqatidir.Kishilar qobiliyati nihoyatda turli-tuman bo’ladi.Har bir kishidan mehnatda,ijodiyotda va o’qish faoliyatlarida har bir soha o’ziga ta’luqli qobiliyat talab etadi.Kishining muayyan bir faoliyatiga bo’lganlayoqati darajasi uning individual xususiyatini ko’rsatadi.Shahsning rivoj topib,qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma xususiyatlarini iste’dod deb atashadi. Har bir shaxsning qobiliyat va iste’dodi taraqqiyot mahsulidir.

Kishining qobiliyati uning tug’ma layyoqati asosida,muhitga bog’liq ravishda,olayotgan ta’lim-tarbiyasiga qarab,shuningdek,kishining o’z ustida ishlashi bilan bog’liq holda o’sib kamol topib boradi. Tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak formasi, olamni bilish qurolidir. Borliqdagi narsa va hodisalarni umumiy qonuniy bog’lanishlarni ongimizda aks ettirishdir Texnologiya fani o’quvchilarning iste’dodining tug’ulishiga ham sababchi bo’luvchi fandir.Shuningdek shaxsning layoqatini rivojlantiradi.Bu ijodkorlik,qobiliyat,iste’dod,tafakkur kabi yaratuvchanlikka oid fazilatlarni texnologiya fani amaliy mehnat faoliyatida shakllantiradi va rivojlantiradi.Texnologiya darslari o’quvchilarni amaliy mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fani quyidagicha sinflarda o’qitiladi.

1-4-sinflar uchun:

1.Qog’oz va karton bilan ishlash.

2.Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash.

3.Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.

4.Badiiy qurush-yasash va texnik modellashtirish .

5-7 sinflar uchun:

1.Texnologiya va dizayn yo’nalishi.

2.Servis xizmat yo’nalishi.

8-9 sinflar uchun:

1.Texnologiya va dizayn yo’nalishi.

2.Servis xizmat yo’nalishi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini amaliy o’rganish faoliyatida o’zlashtirgan mavzularni amalda qo’llay olish va egallagan bilimlarini hayotda tadbiq etishni o’rgangan maktab bitiruvchilari Vatanimiz ravnaqi yo’lida har tomonlama yetuk shahs sifatida shakllanishi, sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring,ilmiy tadqiqot tajriba konsturoktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bozor munosabatlarida raqobatbardosh kadr bo’lishga xizmat qiladi.

Shuningdek, o’z kasbining mohir ustasi bo’lib etishadi. Texnologiya fani amaliy fandir. Zamonaviy texnologiya fanini o’rganishda STEM, STREM, STEAM ta’lim texnologiyalari asosida o’qitilsa, xalqaro tajribalarga tayangan holda qo’llanilsa maqsadga mufoviq bo’ladi va natijada fan samaradorligiga erishiladi. STEM-ta’lim texnologiiyasi loyhalash metodiga tayangan holda, uning asosida o’quvchiga bilim va ijodiy izlanish beradi. Ko’rinib turibdi-ki, bu ta’lim texnologiyasi texnologiya fani uchun muhum ahamiyatga ega. STREM-ta’lim texnologiyasi robototexnika ishlarini ham o’z ichiga oladi va texnologiya fani uchun yangilik hisoblanib 2022-2023 o’quv yilidan boshlab, yangi o’quv darsliklariga robototexnika haqidagi bilimlar kiritildi va shu o’quv yilidan 5-sinf o’quvchilari uchun yangi darslikdan foydalanib robototexnika haqidagi bilimlar o’qitila boshlandi. STEAM-bu ta’lim texnologiyasiga san’at, mahorat kabi tushunchalarni o’z ichiga olgan va o’quvchilar olgan nazariy bilimlaridan foydalanib o’z hunarini san’atkorona, mohirona bajarishga undagan ko’nikma, malakadir. Texnologiya fanida o’quvchilarning nechog’lik o’z bilimiga tayangan holda mavzu bo’yicha bajargan texnologik jarayonlari va yaratgan mahsulotining sifatiga qarab o’quvchining bahosi berilishi lozim. Texnologiya fani amaliy fan bo’lgani ushun o’quvchi olgan bahoning ko’proq qismini mahsulotni tayyor holatga keltirguncha bo’lgan texnologik jarayonga qo’yilgan baho bo’lishi lozim.

Texnologiya fanida baholash tizimi orqali o’quvchida qay darajada ijodkorlik, qobiliyat, tafakkur rivojlanganligni ko’rish mumkun. Texnologiya fani o’z nomidan ham amaliy, tayyor buyum holatiga keltirish, yangi modellarni loyihasini yaratish vazifalarini aniq bajaradigan fandir. Zamonaviy bilimlar asosida o’quvchini zamonaviy kasbiy mahoratini va ijodkorligini rivojlantiruvchi fandir.Texnologiya fani o’qitilishida dars mashg’ulotlari an’anaviy va aralash shakllarda juftlikda 2 soatdan 90 daqiqa davom etadi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonlarida interfaol usullardan(innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. 2020-2021 o’quv yilidan maktab darsliklarinin yangi avlodlari zamonaviy bilimlarga asoslangan holda, an’anaviy usulda dars o’tish texnologiyalari va onlayn(online) usulda dars o’tish texnologiyalari kiritildi. Dars o’tishning eng muhum jihati darsning to’g’ri tashkil etilishi va dars jarayoniga qo’yiladigan barcha talablar :davomat, uy vazifasini tekshirish, yang mavzu bilan tanishish, yangi mavzuni mustahkamlash, mustaqil ishlash, amaliy ish bajarish, baholash, uy vazifasini berish usullarining to’g’ri bajarilishi shart.

Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik

ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasbhunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

-materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;

- texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;

-texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;

-texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;

-texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’limni o’qitishning-ilmiy asoslari nechog’lik to’g’ri bajarilashi texnologiya faning asosini tashkil etadi. Texnologiya darslarida bajariladigan jarayonlar ilmiy jihatdan to’g’ri bajarilishini faning ravnaqini, muhumligini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar royhati.

1.Texnologiya o’quv fani dasturi 2017 yil 6-apreldagi Vazirlar Mahkamasining 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan o’quv dasturi.

2.O’.O.Tohirov,D.S.Mirahmedova,Z.S.Shamsiyeva Texnologiya metodik qo’llanma Toshkent-2020. 16-bet

3. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil.

4.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va unio‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.

5.Абдулхай, Г. У. (2020). ТУРКИСТОН АССР: ҚАНДАЙ ДАВЛАТ

БЎЛИШИ КЕРАК ЭДИ?. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(1).

6.АБДУЛҲАЙ, Г. ТУРКИСТОН МАТБУОТИДА ЯНГИ ДАВЛАТ

ХУСУСИДАГИ МУНОЗАРАЛАР (1918-1924 ЙИЛЛАР). INFOLIB

ИНФОРМАЦИОННО-БИБЛИОТЕЧНЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Общество с ограниченной ответственностью с участием иностранного капитала" E-LINE

PRESS", (1), 56-60.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.