zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarni ijodkorlikka yo‘naltirish, texnik tafakkurni rivojlantirish va amaliy bilimlarni mustahkamlash muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonni samarali tashkil etishda muhandislik va kompyuter grafikasi fanlari alohida o‘rin tutadi. Chunki mazkur fanlar o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy-ijodiy tafakkur, muhandislik tahlili, dizayn fikrlash va texnik ijodkorlikni shakllantirish imkonini beradi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish, innovatsion kompyuter dasturlari, 3D modellashtirish va chizmachilik integratsiyasi umumta’lim maktablarida yangi sifat bosqichiga chiqmoqda. Shu boisdan, o‘quvchilarda amaliy-ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhandislik va kompyuter grafikasi fanlari integratsiyasi pedagogik innovatsiya sifatida qaralmoqda.
в современной системе образования одной из приоритетных задач является развитие у учащихся творческих способностей, технического мышления и практических знаний. Эффективная организация данного процесса во многом зависит от преподавания инженерной и компьютерной графики, так как эти дисциплины способствуют формированию не только теоретических знаний, но и практического, инженерно-аналитического, дизайнерского и технического мышления. В условиях цифровизации образования особое значение приобретают инновационные компьютерные программы, технологии 3D-моделирования и интеграция черчения в единую систему. В связи с этим интеграция инженерной и компьютерной графики рассматривается как педагогическое новшество, направленное на развитие у учащихся практических и творческих навыков.