INFEKSIYASINING KLINIK VA MIKROBIOLOGIK OʻZIGA XOSLIGI
Xolboyeva Farangiz Rustam qizi
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Termiz filiali Tadqiqot maqsadi: Ushbu tadqiqotning maqsadi — viloyatda bolalar orasida uchrayotgan Streptococcus pyogenes bilan bog‘liq infeksion kasalliklarning tarqalish darajasini, ularning klinik kechish shakllarini va mikrobiologik xususiyatlarini chuqur o‘rganishdir. Tadqiqotda asosiy e’tibor kasallikning yoshga oid o‘ziga xosliklarini, klinik ko‘rinishlarning og‘irlik darajasi bilan mikrobiologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan Tadqiqot materiali va usullari: Tadqiqot 2024–2025-yillar davomida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yuqumli kasalliklar, LOR va laboratoriya bo‘limlarida olib borildi. Tadqiqotga 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan, klinik jihatdan streptokokk etiologiyali kasalliklarga gumon qilingan 210 nafar bola jalb etildi. Tadqiqotda har bir bemor bo‘yicha anamnez yig‘ish, klinik ko‘rik, laborator va mikrobiologik tekshiruvlar tizimli tarzda o‘tkazildi. Klinik baholashda tana harorati, bo‘g‘im og‘riqlari, tomoqdagi yallig‘lanish darajasi, teri toshmalari, limfa tugunlarining kattalashuvi kabi belgilar inobatga olindi. Laborator tahlillar quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
1. Umumiy qon tahlili (OAK) – leykotsitlar soni, ESR, neytrofil va limfotsit
nisbatlarini aniqlash uchun;
2. ASL-O titri – streptokokk antigenlariga nisbatan antitelalar miqdorini
baholash uchun;
3. C-reaktiv oqsil darajasi – yallig‘lanish jarayonining faolligini ko‘rsatkich
sifatida. Mikrobiologik tekshiruvlar tomoq, burun va teri yuzasidan olingan surtma namunalarida olib borildi. Namunalar qonli agar, saburo, hamda selektiv ToddHewitt muhitlariga ekilib, 37°C haroratda 24–48 soat inkubatsiya qilindi. Hosil bo‘lgan koloniyalar β-gemolitik faoliyat bo‘yicha baholandi va katalaza testi orqali Streptococcus jinsiga mansubligi tasdiqlandi. Serologik identifikatsiya uchun Lancefield guruhlash usuli qo‘llanildi, natijada Streptococcus pyogenes (A guruhi β-gemolitik streptokokk) asosiy etiologik omil sifatida aniqlangan. Antibiotik sezuvchanlik disk-diffuziya (Kirbi-Bauer) usuli bilan baholandi. Sinov uchun penitsillin, amoksitsillin/klavulanat, tsefaleksin, eritromitsin, azitromitsin, linkomitsin, vankomitsin va klindamitsinlar qo‘llanildi. Natijalar: Tadqiqot davomida viloyat bo‘yicha tekshirilgan 210 nafar boladan 124 nafarida (59,0%) tomoq surtmasi namunalarida β-gemolitik Streptococcus pyogenes aniqlangan. Shulardan 74 tasi (59,7%) o‘g‘il bolalar, 50 tasi (40,3%) qiz bolalar bo‘lib, bu kasallikning o‘g‘il bolalar orasida nisbatan yuqori uchrashini ko‘rsatdi. Eng yuqori kasallanish ko‘rsatkichi 7–10 yoshli bolalar guruhida (63%) qayd etildi, bu yoshda maktab jamoalarida yaqin aloqadorlik va yuqori infeksion kontakt bilan izohlanadi. Klinik jihatdan kuzatilgan holatlarning 51,6 foizida tonzillofaringit, 17,7 foizida impetigo, 10,5 foizida o‘rta quloq yallig‘lanishi (otit), 7,2 foizida limfadenit, 6,4 foizida skarlatina va 6,6 foizida boshqa aralash klinik shakllar (sinusit, bronxit bilan kechuvchi holatlar) aniqlangan. Xulosa:Viloyatda bolalar orasida β-gemolitik Streptococcus pyogenes infeksiyasi keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa 7–10 yoshli bolalar orasida ustunlik qiladi. Asosiy klinik shakllar tonzillofaringit, impetigo va o‘rta quloq yallig‘lanishi hisoblanadi. Mikrobiologik tahlillar natijasida penitsillin va amoksitsillin guruhidagi antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik saqlanib qolgan, makrolidlar guruhiga esa o‘rta darajadagi rezistentlik aniqlangan. Tadqiqot natijalari streptokokk infeksiyalarini erta aniqlash, mikrobiologik tekshiruvlar asosida oqilona antibiotikoterapiya o‘tkazish va nazoratsiz dori qo‘llashning oldini olish zarurligini ko‘rsatadi.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.