KIRISH: VR texnologiyalari chet tillarni o‘qitishda real kommunikativ vaziyatlarga yaqin sharoit yaratib, nutqiy faollik va ichki motivatsiyani kuchaytiradi. Ta’lim samaradorligi pedagogik dizayn va psixologik omillarning uyg‘unligiga bog‘liq. MAQSAD: VR muhitida ingliz tilini o‘qitishning pedagogik va psixologik mexanizmlarini asoslash hamda immersivlik va interaktivlik orqali kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatish. MATERIALLAR VA METODLAR: VR va ta’lim psixologiyasi bo‘yicha ilmiy manbalar nazariy tahlil qilindi. Sistemali yondashuv asosida VRning didaktik imkoniyatlari va motivatsion omillari umumlashtirildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: VR asosidagi ta’lim real kontekstda til birliklarini qo‘llashni kuchaytiradi. 3D vizuallashtirish va interaktivlik bilish jarayonini faollashtirib, xotirani mustahkamlaydi. Immersiv muhit xatodan qo‘rqishni kamaytirib, nutqiy ishonchni oshiradi; o‘yin va hamkorlik elementlari esa ichki motivatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. XULOSA: VR texnologiyalarini metodik jihatdan to‘g‘ri qo‘llash o‘quvchilarning motivatsiyasi va kommunikativ kompetensiyasini sezilarli darajada oshiradi.
INTRODUCTION: VR enables simulated real-life communication, increasing learner engagement and intrinsic motivation. AIM: to explain the pedagogical and psychological mechanisms of VR-based English instruction. MATERIALS AND METHODS: a theoretical review of VR learning and motivation research was conducted. DISCUSSION AND RESULTS: VR supports contextual language use, strengthens cognitive processing, reduces anxiety, and promotes speaking confidence through interactive and gamified tasks. CONCLUSION: properly implemented VR enhances motivation and communicative competence in English learning.