ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

ВЛИЯНИЕ ОПЕРАЦИИ КЕСАРЕВА СЕЧЕНИЯ НА КИШЕЧНУЮ МИКРОФЛОРУ У НОВОРОЖДЕННЫХ (в примере Самаркандской области

Abstract

При изучении частоты операций кесарева сечения в Самаркандской области в разрезе районов и городов в период с 2018 по 2020 годы было выявлено резкое увеличение данного показателя - от 20 % до 100 % в зависимости от территории. На сегодняшний день значительная часть хирургических родоразрешений проводится не по медицинским показаниям, а по желанию беременных. Основными критериями для назначения операции являются результаты допплерометрии и кардиотокографии, однако их неверная интерпретация приводит к необоснованному росту числа кесаревых сечений.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

BAKTERIAL ICHAK INFEKTSIYALARINING AHAMIYATI VA ASOSIY

PATOGEN INFEKTSIYALARNI ZAMONAVIY ANIQLASH

USULLARINING ISTIQBOLLARI

1,2Berdiyeva Z.I.

1Respublika OITSga qarshi kurash markazi statsionari, 2Toshkent vaksina va

zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston. Dolzarbligi. Bakteriyalar keltirib chiqaradigan infektsiyalar aholi salomatligi bilan bog‘liq kasallanish hamda o‘limga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi va ularni oldini olish, davolashda sezilarli yutuqlarga qaramay, butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy va ijtimoiy yukning ortishi davom etmoqda. Shartli ravishda ESKAPE (Enterococcus faecium, Pseudomonas aeruginosa Enterobacter spp.) deb nomlanuvchi yuquvchanligi juda yuqori oltita bakteriya Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositalariga chidamli bakteriyalar sifatida e’tirof etilgan. Aynan shu sababli, ushbu patogenlarni tez va aniq tashxislash nafaqat samarali antibiotik terapiyasini o‘z vaqtida buyurish, balki epidemiyalarni bostirish hamda mikroblarga qarshi keyingi qarshilikni minimallashtirish uchun ham muhim hisoblanadi. Molekulyar diagnostika usullariga bo‘lgan ehtiyojning doimiy ravishda takomillashib borishi bakterial infektsiyalarning epidemiologik nazoratini yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, bakterial infektsiyalarni tashxislashda genomik va proteomik yondashuvlarga asoslangan molekulyar usullardan foydalanishning so‘nggi yutuqlarini tahlil qilish va har bir usulning afzalliklari va cheklovlarini muhokama qilish dolzab vazifa hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. Ushbu taqdim etilgan tadqiqot ishining asosiy maqsadi tibbiy amaliyotida bakterial ichak infektsiyalarining ahamiyati va asosiy patogen infektsiyalarni aniqlashning zamonaviy usullari istiqbollari to‘g‘risida qisqacha tahlil o‘tkazishdan iborat. Tadqiqot materiali va usullari. Patogenlarni aniqlashda bugungi kunda klinik amaliyotda yuqumli kasalliklarni tashxislashda eng ko‘p qo‘llaniladigan real vaqtda yuqori tezlik, sezuvchanlik va o‘ziga xoslikka polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) usulidan foydalanilgan. Ushbu usul yordamida real vaqt rejimida o‘ziga xos bo‘lmagan interkalatsiyalangan lyuminestsent bo‘yoqlar yoki o‘ziga xos lyuminestsent yorliqli zondlar yordamida nishon kuchaytirilishini kuzatish olib borilgan. Bunda asosiy diqqat e’tibor faqat bir-birini to‘ldiruvchi nishon bilan duragaylashdan keyin paydo bo‘luvchi fluorestsent signal va hosil bo‘lgan PZR amplikonlari soniga to‘g‘ri proportsionallikka qaratilgan. Foydalanilgan usulning samaradorligi klinik belgilar hamda laborator ko‘rsatkichlarga mutanosibligi bilan baholangan. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Olib borilgan PZR tahlillar asosida ESKAPE tarkibini tashkil etuvchi barcha Enterococcus faecium, Pseudomonas aeruginosa Enterobacter spp. bakteriyalarning mavjudligini anglatuvchi musbat natijalar olingan. Boshqa usullarda bo‘lgani kabi patogenlar va ularning qarshilik genlarini bevosita biologik namunalarda aniqlashda yolg‘on ijobiy yoki yolg‘on salbiy natijalar qayd etilmagan. Bu esa o‘z nacvbatida genomdagi genlarni qayta qurish va gorizontal uzatish tizimlari orqali yangi genlarni olish kabi turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi xususidagi fikrni ilgari suradi. Aynan jiddiy infektsiyalarni tezda tashxislash tegishli davolash chora tadbirlarini imkon qadar erta boshlash uchun juda muhim bo‘lib, ehtiyoj mavjud bo‘lmagan keraksiz antibiotiklardan foydalanishni, kasallanish va sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa. Shunday qilib, bakterial patogenlar va mikroblarga qarshi qarshilikni keltirib chiqaradigan genlarni aniqlashda molekulyar yondashuvning asosiy afzalliklarga ega istiqbollari quyidagilardan iborat; qisqa vaqt ichida aniq natijalarga erishish; ushbu usullarni klinik namunalarga bevosita qo'llash, juda tezkor javob olish imkoniyati; tegishli vaqt boshlanishidan oldin vaqtni qisqartirish orqali xarajatlarni tejash davolash va qo‘shincha kasalliklar yoki asoratlar hamda va o‘lim bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.