Kirish: mazkur maqolada metall kandakorligi xalq hunarmandchiligining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida kompleks ilmiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu san’atning tarixiy shakllanishi, Markaziy Osiyo hududida rivojlanishi, hududiy maktablari hamda badiiy-estetik va texnologik xususiyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, globallashuv sharoitida kandakorlik san’atining transformatsiyasi, raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi hamda kasbiy ta’lim tizimidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari asosida metall kandakorligini saqlash va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Maqsad: metall kandakorligi san’atining tarixiy rivojlanishi, badiiy va texnologik xususiyatlarini ilmiy tahlil qilish hamda uning zamonaviy rivojlanish omillarini aniqlashdan iborat. Materiallar va metodlar: mazkur tadqiqotda metall kandakorligi san’atiga oid tarixiy, san’atshunoslik, madaniy va texnologik adabiyotlar tahlili amalga oshirildi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-tahliliy, qiyosiy-tahliliy yondashuv, tizimli umumlashtirish hamda san’atshunoslik tahlili metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, kandakorlik san’atining rivojlanishiga oid xalqaro (UNESCO) va respublika miqyosidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar o‘rganildi hamda mavjud ilmiy manbalar asosida umumiy xulosalar chiqarildi. Muhokama va natijalar: tahlillar metall kandakorligi san’atining tarixiy shakllanishi va hududiy maktablar asosida rivojlanganini, ularning badiiy va texnologik xususiyatlari bilan farqlanishini ko‘rsatdi. Zamonaviy bosqichda ushbu san’atni samarali rivojlantirish uchun an’anaviy usullarni saqlagan holda innovatsion texnologiyalar bilan integratsiya qilish zarur. Xulosa: metall kandakorligi xalq hunarmandchiligining muhim yo‘nalishi bo‘lib, tarixiy va badiiy ahamiyatga ega. Uni rivojlantirish an’anaviy tajriba va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligiga bog‘liq.
Introduction: this article examines metal chasing as one of the important branches of folk handicrafts based on a comprehensive scientific approach. The study provides a detailed analysis of its historical formation, development in Central Asia, regional schools, as well as artistic-aesthetic and technological features. In addition, the transformation of chasing art under globalization, its integration with digital technologies, and its role in the vocational education system are scientifically analyzed. Based on the results, priority directions for the preservation and development of metal kandakorlik art have been identified. Objective: to scientifically analyze the historical development, artistic and technological characteristics of metal chasing art, and to identify factors influencing its modern development. Materials and Methods: the study analyzes historical, art historical, cultural, and technological literature related to metal chasing art. Historical-analytical and comparativeanalytical approaches, systematic generalization, and art historical analysis methods were used. International (UNESCO) and national regulatory documents related to the development of this art were also examined, and general conclusions were drawn based on scientific sources. Discussion and Results: the analysis showed that metal chasing art historically developed through regional schools, each distinguished by unique artistic and technological features. In the modern stage, effective development of this art requires integration of traditional methods with innovative technologies. Conclusion: metal chasing is an important branch of folk handicrafts with significant historical and artistic value. Its development depends on the harmonious integration of traditional experience and modern technologies.