XALQARO HUQUQDA KONSULLIK NIKOHLARINING AHAMIYATI
Nomozov Xusan Axmat o’g’li
xusannomozov1422@gmail.com
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti «Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi»
kafedrasi o‘qituvchisi.
Boboraxmatova Adiba Rustamovna
boboraxmatovaa@gmail.com
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqola xalqaro huquq amaliyotida o‘ziga xos o‘rin egallagan konsullik nikohlari institutining nazariy-huquqiy asoslari va amaliy ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada konsullik nikohlarining huquqiy asoslari sifatida Vena konvensiyasining tegishli normalari, davlatlarning ichki qonunchiligi, ikki tomonlama konsullik bitimlari hamda xalqaro xususiy huquq prinsiplari tizimli ravishda tahlil qilingan. Konsulxonalar tomonidan tuzilgan nikohlarning haqiqiyligi, ularning qabul qiluvchi davlat tomonidan e’tirof etilishi va bunday nikohlar asosida yuzaga keladigan yuridik oqibatlar ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Ayniqsa konsullik nikohlarining yurisdiksiya bilan bog‘liq jihatlari, konsulning vakolat chegaralari hamda nikohni ro‘yxatga olishda ikki davlat huquq tizimlari o‘zaro qanday uyg‘unlashishi masalalari alohida o‘rganilgan.
Maqolada konsullik nikohlarining amaliy ahamiyati keng yoritilib, xorijda yashovchi fuqarolar uchun ushbu tartibning qulayligi, hujjatlar aylanishining soddalashuvi, nikohning yuridik kuchga ega bo‘lishida ishonchlilikning oshishi kabi jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, konsullik nikohlarida tez-tez uchraydigan huquqiy murakkabliklar - turli davlatlarda nikoh yoshi bo‘yicha farqlar, diniy nikohning huquqiy maqomi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ishtiroki kabi masalalar ham ilmiy nuqtayi nazardan baholangan.
Kalit so’zlar: konsullik nikohi, xalqaro xususiy huquq, konsullik munosabatlari, nikohning tan olinishi, kollizion normalar, ikki tomonlama shartnomalar, konsul vakolatlari, nikohni rasmiylashtirish tartibi, huquqiy maqom, fuqarolarning huquqiy himoyasi, suverenitet cheklovlari, nikoh yoshi talablari.
ВАЖНОСТЬ КОНСУЛЬСКИХ БРАКОВ В МЕЖДУНАРОДНОМ ПРАВЕ
Аннотация: Данная статья посвящена освещению теоретических и правовых основ и практического значения института консульских браков, занимающего уникальное место в практике международного права. В статье систематически анализируются соответствующие нормы Венской конвенции, национальное законодательство государств, двусторонние консульские соглашения и принципы частного международного права как правовые основы консульских браков. Научным образом обосновывается действительность браков, заключенных консульствами, их признание принимающим государством и правовые последствия, вытекающие из таких браков. В частности, отдельно изучаются аспекты, связанные с юрисдикцией консульских браков, пределами полномочий консула и вопросами гармонизации правовых систем двух государств при регистрации браков.
В статье широко освещается практическое значение консульских браков, анализируются такие аспекты, как удобство этой процедуры для граждан, проживающих за границей, упрощение документооборота и повышение надежности юридической действительности браков. Кроме того, с научной точки зрения были оценены юридические сложности, часто встречающиеся при консульском браке, такие как различия в возрасте вступления в брак в разных странах, правовой статус религиозного брака и участие лиц без гражданства.
Ключевые слова: консульский брак, международное частное право, консульские отношения, признание брака, коллизионные нормы, двусторонние договоры, консульские полномочия, порядок регистрации брака, правовой статус, правовая защита граждан, ограничения суверенитета, требования к возрасту вступления в брак.
THE IMPORTANCE OF CONSULAR MARRIAGES IN INTERNATIONAL LAW
Abstract: This article is devoted to highlighting the theoretical and legal foundations and practical significance of the institution of consular marriages, which occupies a unique place in the practice of international law. The article systematically analyzes the relevant norms of the Vienna Convention, the domestic legislation of states, bilateral consular agreements and the principles of private international law as the legal foundations of consular marriages. The validity of marriages concluded by consulates, their recognition by the receiving state and the legal consequences arising from such marriages are scientifically substantiated. In particular, the aspects related to jurisdiction of consular marriages, the limits of the consul's authority and the issues of how the legal systems of the two states can be harmonized in registering marriages are studied separately.
The article broadly highlights the practical significance of consular marriages, analyzing aspects such as the convenience of this procedure for citizens living abroad, simplification of document circulation, and increased reliability in the legal validity of marriages. Also, legal complexities that are often encountered in consular marriages - such as differences in the age of marriage in different countries, the legal status of religious marriage, and the participation of stateless persons - were evaluated from a scientific point of view.
Keywords: consular marriage, international private law, consular relations, recognition of marriage, conflict of laws rules, bilateral treaties, consular powers, procedure for registering marriage, legal status, legal protection of citizens, sovereignty restrictions, marriage age requirements.
KIRISH
Hozirgi globallashuv jarayonlari jadallashib borayotgan bir sharoitda xalqaro miqyosdagi oilaviy munosabatlar ham kundan-kunga rivojlanmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida turli davlat fuqarolari o‘rtasida oila va nikohga oid munosabatlar tobora ko‘payib bormoqda. Migratsiya jarayonlarining faol kechishi, xalqaro ta’lim tizimining rivojlanishi, turizm va mehnat mobilligidan foydalanishning ortishi bu jarayonni yanada tezlashtirmoqda. Natijada, chet el elementi ishtirokidagi nikoh va oila munosabatlari xalqaro xususiy huquqning eng ko‘p uchraydigan va murakkab institutlaridan biriga aylanmoqda.
Bunday munosabatlar ko‘paygan sari, taraflarning huquqiy maqomi, nikohning haqiqiyligi, nikoh yoshining mos kelishi, nikohni tan olish yoki tan olmaslik kabi masalalar bo‘yicha turli nizolar yuzaga keladi. Asosiy muammo shundan iboratki, har bir davlat o‘zining oilaviy-huquqiy tartibotiga ega bo‘lib, bu tartiblar ko‘pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, nikoh yoshi dunyo davlatlarida turlicha belgilangan, O‘zbekistonda erkaklar va ayollar uchun 18 yosh, Yaponiyada 20 yosh, Ozarbayjonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh, Shvetsiyada 15 yosh, Xitoyda esa 22 yosh deb belgilangan. Shuning uchun, bir davlatda qonuniy hisoblangan nikoh boshqa davlatda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.Masalan, XXRda nikoh yoshi erkaklar uchun 22 yosh etib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida esa nikoh yoshi 18 yosh 1 . Demak, O‘zbekistonda nikohdan o‘tayotgan 18 yoshga to‘lgan Xitoy fuqarosi nikohdan o‘tish huquqiga ega, ammo bu nikoh XXRning qonunchiligi bo‘yicha tan olinmaydi.
Mana shunday kollizion vaziyatlarni bartaraf etishda xalqaro xususiy huquqning ahamiyati nihoyatda kattadir. U manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladigan holatlarda qaysi davlat huquqini qo‘llashni aniqlab beradi va taraflarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kafolatlaydi. Zero, xalqaro inson huquqlari standartlari ham nikoh va oila munosabatlarida shaxs huquqlarining ustuvorligini ta’kidlaydi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt har bir shaxsning nikoh qurish huquqiga egaligini, nikoh tuzish, nikoh davomida va uni tugatishda er-xotin teng huquqlarga egaligini belgilab qo‘yadi. Bu esa davlatlarning ichki qonunchiligi va xalqaro majburiyatlari o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi.
Shu bois xalqaro oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalasi bugungi kunda nafaqat milliy qonunchilik doirasida, balki xalqaro miqyosda ham dolzarb ahamiyat kasb 1 Xalqaro xususiy huquq darslik. Toshkent 2019 https://library-tsul.uz/xalqaro-aloqa-xususiy-huquq-2019/ etmoqda. Xalqaro migratsiya, transmilliy nikohlar sonining ortishi, shaxsning o‘z huquqlaridan erkin foydalanishi bugungi zamon huquqshunoslari oldiga yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Ana shunday muhitda xalqaro xususiy huquqning roli oila institutining mustahkamligini ta’minlash, taraflar manfaatlarini himoya qilish va turli yurisdiksiyalar o‘rtasidagi kollizion masalalarga optimal yechim topish bilan belgilanadi.
ASOSIY QISM
O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari bilan bir xil huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 234-moddasida belgilanishicha:“O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O‘zbekiston fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar”2. Bu normalar shuni anglatadiki, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistonda nikoh tuzishda O‘zbekiston fuqarolari bilan bir xil shartlarga amal qiladilar, ya’ni ularning nikohga kirish huquqlari, turmush o‘rtog‘iga nisbatan majburiyatlari va oilaviy munosabatlarda huquqlari teng hisoblanadi.
Nikoh munosabatlari xalqaro xususiy huquqning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va odatda kollizion-huquqiy normalar orqali tartibga solinadi. Bu yerda “kollizion norma” tushunchasi nikohga oid munosabatlarni qaysi davlat qonuniga asosan tartibga solish kerakligini belgilovchi qoidalarni bildiradi. O‘zbekiston hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi nikohlar esa, hududiy tamoyilga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi moddiy-huquqiy qoidalari asosida tartibga solinadi. Shu bilan birga, bu jarayonda chet el fuqarosining shaxsiy qonunida belgilangan qoidalar inobatga olinmaydi.
Nikoh tuzishning moddiy-huquqiy shartlari (masalan, nikohga kirish yoshi, rozilik shartlari) hamda formal shartlari (masalan, nikohni davlat organida rasmiylashtirish tartibi) 2 O’zbekiston Respublikasi Oila kodekisi https://lex.uz/mact/-104720 O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bajariladi. Shu tariqa qonun chiqaruvchi bilvosita, lekin aniq ravishda, shaxsiy qonun emas, balki nikoh tuziladigan joy qonunining qo‘llanilishi lozimligini ta’kidlaydi. Qo‘shimcha jihatdan, bu tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududida oilaviy huquqlari va majburiyatlarini aniq belgilab beradi, shuningdek, nikoh bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarda sud va boshqa organlar uchun asosiy normativ baza sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu yondashuv xalqaro amaliyotga ham mos keladi, chunki ko‘pgina davlatlarda hududiy tamoyil asosida nikohning qonuniyligi belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining oliy bosh qomusi hisoblangan Konstitutsiyasining 23- moddasida, “Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi”3 degan norma belgilanib o’tilgan. Ushbu normaga binoan, chet davlatlarda shunday turdagi faoliyatni elchixonalar va konsullik idoralari qonun doirasida bajaradilar. Shu o’rinda elchixona hamda konsullik idoralarining tushunchasi shuningdek farqli jihatlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, elchixona – bu bir davlatning boshqa bir davlat hududida o‘zini vakillik qiladigan rasmiy diplomatik muassasasi hisoblanadi. Asosiy faoliyati vakillik va davlatlararo diplomatik aloqalarni ta’minlashga qaratilgan. Elchixonalar ikki davlat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi.
Konsullik idoralari esa elchixonadan farqli ravishda bevosita mamlakat fuqarolarining boshqa mamlakat hududidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Konsullar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish, favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish, sud va boshqa rasmiy idoralarda fuqarolarni vakillik qilish kabi vazifalarni bajaradi. Shu tariqa, konsullik idoralari – fuqarolarga yo‘naltirilgan, amaliy yordamga qaratilgan xizmat ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash kerakki, elchixona va konsullik idoralari bir-biri bilan yaqin hamkorlik qiladi: elchixona davlatlararo siyosiy aloqalarni yuritsa, konsullik esa fuqarolar huquqlarini himoya qiladi. Ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalar to’xtatilib, elchixonalar o’z faoliyatiji to’xtatgan taqdirda ham, konsullik idoralari chet davlatda o’z mamlakatining fuqarolarini huquql hamda manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur bo’lgan barcha hatti-harakatlarni amalga oshirishda davom etaverishadi. O’zbekiston 3 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/-6445145 Respublikasining “Konsullik ustavini tasdiqlash to’g’risida”gi Qonunda konsullik idoralarining huquqiy maqomi, shuningdek ularning faoliyat doirasi to’liq tahlil qilingan bo’lib unga ko’ra, konsullik muassasalari quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etadi: • tugʻilish; • nikoh tuzish; • nikohni bekor qilish; • oʻlim4.
Yuqoridagi holatlarni amalga oshiruvchi konsulning vakolatlari doirasi shuningdek nikoh munosabatlariga doir faoliyatini amalga oshirishining huquqiy asoslarini quyidagi qonun va normativ-hujjatlar orqali belgilanadi: 1. O’zbekiston Respublikasi Oila kodekisi; 2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodekisi; 3. O’zbekiston Respublikasining Konsullik Ustavi 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son
qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish” Qoidalari 5. Adliya vazirligi Hay’atining 2005-yil 27-oktabrdagi 37-son qarori bilan tasdiqlangan
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida”gi nizom shuningdek
xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan konsullik konvensiyalari5. Konsullik nikohlari tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda tuziladigan nikohlari ham konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qayd etilishi “konsullik” nikohlarini vujudga keltiradi. 4 ”O’zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to’g’risida”gi Qonun https://lex.uz/docs/-4167683 5 Xalqaro xususiy huquq darslik. Toshkent 2019 https://library-tsul.uz/xalqaro-aloqa-xususiy-huquq-2019/ O‘zbekiston Respublikasida konsullik nikohlari faqatgina milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, chet el fuqarolarining O‘zbekiston hududida joylashgan o‘z davlat konsullik muassasasi yoki elchixonalarida tuzgan nikohlari ham o‘zarolik tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi. Bu tamoyil davlatlararo tenglikni ta’minlaydi va xalqaro huquqda odatiy hisoblanadi.
Agar chet el mamlakatida O‘zbekiston fuqarosining konsullik muassasasida tuzgan nikohi tan olinmasa, retorsiya printsipi asosida, ushbu mamlakat fuqarolarining O‘zbekiston konsullik muassasasida tuzgan nikohlari ham tan olinmaydi. Shu bilan birga, bu prinsip ikki tomonlama diplomatik aloqalarda adolat va huquqiy barqarorlikni kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida konsullik nikohlari quyidagi ikki shart asosida amalga oshiriladi: – o‘zarolik asosida, ya’ni konsulni tayinlagan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining nikohlarini konsullik muassasada yoki elchixonada qayd etishga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; – shaxslarning ikkalasi ham konsulni tayinlagan davlat fuqarolari bo‘lsalar.
Konsullik muassasasida rasmiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nikohlar, avvalo, konsul vakili bo‘lgan davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, nikoh tuzishning shartlari, uning o‘tkazilish tartibi va huquqiy shakli konsul o‘z faoliyatini yuritayotgan davlatning moddiy hamda kollizion huquq normalariga asoslanadi. Biroq bu qoida konsullik muassasasi joylashgan mamlakat qonunlariga amal qilish majburiyatini bekor qilmaydi. Konsullik organi chet el hududida faoliyat yuritar ekan, u o‘z vakolatlarini bajarishda qabul qiluvchi davlatning ichki tartib-qoidalarini hurmat qilishi, ularni buzmasligi shart. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi va Latviya o‘rtasida tuzilgan konsullik konventsiyasining 44-moddasi 3-qismida shunday norma belgilangan: “ushbu moddaning 1-bandining a va b-kichik bandlarida qayd etilgan holatlar manfaatdor shaxslarni qabul qiluvchi davlat qonunlariga amal qilish majburiyatidan ozod etmaydi”. Bu esa shuni anglatadiki, konsullik orqali bajariladigan har qanday huquqiy harakat – jumladan, nikohni ro‘yxatga olish – konsul yuborilgan davlat qonunchiligi asosida bajatilsa-da, baribir konsullik joylashgan mamlakat huquqiy tartiblariga zid bo‘lishi mumkin emas6.
Xuddi shu mazmun Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Konvensiyaga ko‘ra, konsullik muassasasi yoki elchixona o‘z vakolatlarini, jumladan nikohni qayd etish bilan bog‘liq funksiyalarni, “agar bu harakatlar konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga qarshi kelmasa”,gina amalga oshirishi mumkin. Shu sababli, agar shaxsning vatani ko‘p xotinlilikka ruxsat bergan bo‘lsa ham, bu holat konsulga O‘zbekiston hududidagi diplomatik vakolatxona orqali bunday nikohni ro‘yxatga olish imkonini bermaydi. O‘zbekiston qonunchiligi bir vaqtning o‘zida ikkita nikohga yo‘l qo‘ymagani bois, birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmagan fuqaro yangi nikohni konsullik orqali tasdiqlata olmaydi7.
Bu qoidalar ikki tomonlama huquqiy ziddiyatlarning oldini olish, davlatlar suverenitetini hurmat qilish hamda shaxsiy holat masalalarida barqaror huquqiy tartibni saqlashga xizmat qiladi. Aks holda, bir davlatda ruxsat etilgan, ammo boshqa davlat qonunchiligi bo‘yicha mutlaqo tan olinmaydigan nikoh shakllari xalqaro huquq amaliyotida jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun konsullik muassasalari o‘z fuqarolariga xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, ular joylashgan davlatning huquqiy maydonidan tashqariga chiqa olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda tuziladigan nikohlari nafaqat O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari yoki elchixonalarida, balki ushbu davlatning vakolatli organlarida ham rasmiylashtirilishi mumkin. Bu degani, O‘zbekiston fuqarolari o‘z nikohlarini chet mamlakatda qayd etishda konsullik orqali amalga oshirish majburiyatiga ega emas, balki ularning nikohini o‘sha mamlakatning vakolatli organlarida ham rasmiylashtirish huquqi mavjud.
Bunday nikohlarning shakli, formal va moddiy shartlari nikoh tuzilgan joyning qonunchiligiga muvofiq ravishda haqiqiy deb e’tirof etiladi. Shu bilan birga, chet mamlakatda, ularning oila qonunchiligiga muvofiq, boshqa shakllarda tuzilgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi nikohlar ham O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi. Bu prinsip 6 Oʻzbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi oʻrtasida konsullik konvensiyasi https://lex.uz/ru/docs/-1346861 7 Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi https://lex.uz/docs/2750193 xalqaro amaliyotda “nikohning haqiqiyligini nikoh tuzilgan joy qonuni belgilaydi” degan umumiy qoidaga mos keladi.
Chet mamlakatdagi O‘zbekiston konsullik muassasalarida nikohni qayd etmoqchi bo‘lgan shaxslar uchun ayrim qo‘shimcha shartlar mavjud. Agar nikohlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida belgilangan nikoh yoshiga yetmagan bo‘lsa, lekin konsullik joylashgan mamlakat qonunchiligiga ko‘ra nikoh yoshiga yetgan hisoblansa va ushbu mamlakat nikoh shartlarini nikoh tuzish joyi qonuniga havola qilsa, unda nikohlanuvchilar ushbu mamlakat vakolatli organlarida nikohlarini qayd etish huquqiga ega bo‘ladilar. Bu holat O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 235-moddasiga binoan haqiqiy deb tan olinadi.Biroq ,chet elda qayd etilgan nikoh O‘zbekiston hududida yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi majburiy hisoblanadi:
1. Yakka nikohlilik prinsipi (O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, 16-modda) buzilmasligi.
2. Qonunda ko‘rsatilgan qon-qarindoshlik darajalari va nikoh ruhan sog‘lom shaxslar o‘rtasida tuzilishi shartlariga rioya qilinishi. Agar ushbu shartlar bajarilmasa, nikoh O‘zbekiston hududida hech qanday yuridik ahamiyatga ega bo‘lmaydi8.
Bundan tashqari, chet mamlakatda qayd etilgan nikohni O‘zbekiston qonunchiligiga moslashtirish jarayonida moddiy-huquqiy shartlarining bajarilishini nazorat qilish muhimdir. Agar nikoh tuzilgan mamlakat qonunchiligi nikohlanuvchilarning fuqaroligi bo‘lgan mamlakat qonuniga havola qilsa (renvoi, ya’ni qayta havola), bu ba’zi hollarda O‘zbekiston qonunchiligidagi moddiy-huquqiy shartlarni chet el nikohiga qo‘llashga bahona bo‘lishi mumkin. Shu sababli O‘zbekiston fuqarolari chet elda nikoh tuzishdan oldin, nafaqat nikoh tuzilgan mamlakat qonunini, balki O‘zbekiston Oila kodeksidagi asosiy shartlarni ham inobatga olishlari lozim.
Malayziya hamda O’zbekiston fuqarolari o’rtasida tuziladigan nikoh tartibi hamda ahamiyati 8 O’zbekiston Respublikasi Oila kodekisi https://lex.uz/mact/-104720
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Malayziyada boshqa davlat fuqarosi bilan nikoh tuzishi qonuniy ravishda mumkin. Nikoh Malayziyada musulmon yoki no-musulmon qoida boʻyicha turlicha tartibda amalga oshiriladi. Agar turmushga kiruvchi tomonlardan biri musulmon boʻlsa, nikoh faqat islom qonunchiligi (Sharia) asosida oʻtkaziladi va musulmon bo’lmagan sherigi islomni qabul qilishi majburiy. Aks holda, fuqarolik nikohi milliy Qonunlar (Law Reform (Marriage and Divorce) Act 1976) boʻyicha NRD (National Registration Department) ofisida roʻyxatga olinadi. Roʻyxatga olish uchun murojaat qilgan shaxs nikohni oʻtkazmoqchi boʻlgan hududda kamida 7 kundan ortiq yashashi talab etiladi. Undan soʻng nikoh arizasi 21 kunlik eʼlon muddatidan keyin (21 kun + 1 kun) va ariza berilgan vaqtdan 6 oy ichida amalga oshirilishi mumkin. Tashqi davlat fuqarosi sifatida, Oʻzbekiston fuqarosidan Malayziya qoidalariga muvofiq nikohdan boʻsh ekanlik toʻgʻrisida hukumat xati talab qilinadi. Ushbu xat Oʻzbekiston hukumati yoki elchixonasi tomonidan berilganligi va Malayziya Tashqi Ishlar Vazirligi (Wisma Putra) tomonidan autentifikatsiyadan oʻtkazilganligi bo’lishi lozim. Bundan tashqari, nikohdan avval ikkai tarafdan ham kki guvoh (21 yoshdan katta) ishtirok etishi lozim
Malayziyadagi Oʻzbekiston elchixonasi nikohni oʻtkazish vakolatiga ega emas. Xalqaro konsullik amaliyotiga koʻra, elchixonalarda nikoh tantanasi oʻtkazilmaydi. Nikoh Malayziyada mahalliy qonunchilikka muvofiq roʻyxatdan oʻtganidan keyin oʻsha hujjat Oʻzbekiston qonunlari doirasida tan olinadi. Masalan, Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, chet elda qonuniy tuzilgan nikoh Oʻzbekistonda haqiqiy hisoblanadi. Shunday ekan, Malayziyadagi nikoh tugagach, er-xotinning Malayziya nikoh guvohnomasini olib kelib, Oʻzbekiston chegaralarida konsullik roʻyxatidan oʻtkazish mumkin. Buning uchun nikoh guvohnomasi mazmuni Oʻzbek tiliga tarjima qilinib, hujjat Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanishi (apostil yoki konsullik legalizatsiyasi) kerak. Qayd etish lozimki, Oʻzbekiston fuqarosining Malayziyada tuzilgan nikohi Oʻzbekiston hududida alohida rasmiy tasdiq (qayd) talab qilmaydi, chunki qonunga muvofiq chet el qonunlariga koʻra tuzilgan nikoh tan olinadi
Malayziyadagi nikoh guvohnomasi Oʻzbekistonda rasmiy eʼtirof etilishi uchun hujjatni Malayziya Tashqi Ishlar Vazirligida legallashtirish zarur, chunki Malayziya Haaqu konventsiyasiga aʼzo emas. Aksincha, Oʻzbekiston ushbu konventsiyani ratifikatsiya qilgan (Haaqqonvensiya tomonlari) va undagi hujjatlar Oʻzbekistonga apostil bilan qabul qilinadi. Demak, Malayziyadagi nikoh guvohnomasi konsul tasdiqi va Wisma Putra yuridiklashtiruvidan o‘tgandan so‘ng, O‘zbekistonga taqdim etilganda apostilsiz (legalizatsiya qilingan) shaklda qabul qilinadi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonga beriladigan turli chet el hujjatlari (masalan, nikoh guvohnomasi) Oʻzbekistonda foydalanish uchun o‘zbek tiliga professional tarjima qilinishi shart.Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, chet elda berilgan hujjatni qoʻllash uchun u tasdiqlangan (apostil qoʻyilgan yoki konsul tasdiqidan oʻtgan) hamda rasmiy tilga tarjima qilingan boʻlishi zarur9. Malayziya va Oʻzbekiston nikoh toʻgʻrisidagi qonunlari bir qator jihatlar bilan farqlanadi va o’xshash jihatliklari ham mavjud.
Birinchidan, Malayziyada musulmon nikoh uchun alohida Sharia qonunchiligi amal qiladi, agar turmush quruvchi erdan yoki xotindan biri musulmon boʻlsa, nikoh faqat Islom usulida rasmiylanadi. Oʻzbekistonda esa huquqiy jihatdan faqat fuqarolik nikohi tan olinadi va diniy nikoh (Masjidda oʻtkaziladigan nikoh) qonunan ahamiyatga ega emas
Ikkinchidan, nikohga kirish yoshi bo‘yicha farqlar mavjud: Oʻzbekistonda er-xotin har ikkisi uchun nikoh yoshi 18 yosh deb belgilangani uchun 18 yoshdan kichiklar turmush qura olmaydi. Malayziyada esa erkaklarda ham 18 yosh, ayollarda esa 16 yoshdan nikoh ruxsat etilgan (16–18 yoshdagilar ota-onadan ruxsat olib turmush qura oladi) – yaʼni yosh farqi bor.
Oʻzbekistonda turmush qurishdan oldin koʻp bosqichli tibbiy koʻrikdan oʻtish majburiy (shifokorning tibbiy xulosasi olinishi kerak). Bu norma O’zbekiston Respublikasi Oila kodekisining 17-moddasida mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar10.Malayziyada ham nikohga kirishish istagini bildiruvchi taraflar tegishli tartibda bir nechta tekshiruvlardan o’tishlari lozimligi bilan bir-biriga o’xshashliklari mavjud.
Boshqa tomondan, har ikkala mamlakat ham er-xotinlardan nikohga kirishishmaganliklarini tasdiqlovchi guvohnomasini talab qiladi va oldingi nikoh bekor qilingan taqdirda tegishli hujjatni koʻrsatishlari ham lozim. Umuman olganda, Malayziya 9 Marriage of Foreigners in Malaysia https://kuala-lumpur.diplo.de/my-en/service/2724498- 2724498#:~:text=A%20civil%20marriage%20before%20a,law%2C%20this%20conversion%20is%20irrevocable 10 O’zbekiston Respublikasi Oila kodekisi https://lex.uz/mact/-104720 va Oʻzbekiston nikoh qonunlari oʻzaro farqli tartibga ega, lekin ikki tomon uchun ham erxotinlik hujjatlari toʻliq va qonuniy bo‘lishini taʼminlash maqsadida legalizatsiya va tarjima talablari oʻxshashdir.
Singapurdagi Italiya elchixonasi yoki konsullik muassasalarida nikohni rasmiylashtirish uchun:
• Singapurda yashash (rezident bo‘lish);
• AIRE ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lish (chet elda yashovchi italiyaliklar reestri) talab etiladi. Nikohga ariza har ikki turmush o‘rtog‘i tomonidan imzolanadi va shaxsan konsullikka topshiriladi. Ariza bilan birga har ikki tomonning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari taqdim etiladi. AIREda ro‘yxatdan o‘tgan Italiya fuqarolari “Nulla Osta” olishlari shart. Buning uchun ular o‘z-o‘zidan deklaratsiya (self-declaration) to‘ldiriladi, 6,00 yevroga teng Singapur dollarida to‘lov amalga oshiriladi va konsullik zarur tekshiruvlarni o‘tkazgandan so‘ng Nulla Osta sertifikatini rasmiylashtiradi. Agar ariza qonunchilik talablariga to‘liq mos bo‘lsa, konsullik nikoh e’lonlarini (bans) chiqarishga kirishadi.
Italiyalik bo‘lmagan turmush o‘rtoqlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1. Apostillangan yoki qonuniylashtirilgan hujjatlar va ularning italyan tiliga tarjimalari, shuningdek tarjimalarning Italiya konsulligi tomonidan tasdig‘i.
2. O‘z mamlakatining vakolatli organlari tomonidan berilgan “nikohga to‘sqinlik yo‘qligi to‘g‘risida sertifikat” (No Impediment Certificate). Agar bunday hujjat berilmasa — Italiyadagi o‘z mamlakati elchixonasiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Agar mahalliy qonunlar nikohga ruxsat bermasa yoki turmush o‘rtoqlar turli konsullik okruglarida istiqomat qilsa, konsullik nikohni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi mumkin11. Italiyada nikohdan oldin majburiy nikoh e’lonlari (taqiqlar) rasmiylashtiriladi.
• Nikoh taqiqlari konsullik e’lonlar taxtasida kamida 8 kun osib qo‘yiladi. 11https://ambsingapore.esteri.it/en/servizi-consolari-e-visti/servizi-per-il-cittadino-italiano/stato-civile/marriage-at-theembassy/
• Taqiq ko‘tarilganidan 3 kundan keyin nikoh tuzish mumkin.
• Nikoh tantanasi e’lonlar tugaganidan keyingi 180 kun ichida o‘tkazilishi shart.Taqiqni olish uchun maxsus shakl to‘ldiriladi va turmush o‘rtoqlar tomonidan konsullikda imzolanadi. Nikoh taqiqlari bo‘yicha ariza topshirish tartibi quyida ko‘rsatilgan shakllarda taqdim etilishi mumkin: a) Shaxsan turmush o‘rtoqlar tomonidan b) Vakolatli shaxs orqali
• Oddiy qog‘ozdagi maxsus ishonchnoma bilan;
• Turmush o‘rtoqlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari bilan.
EI a’zosi bo‘lmagan va Italiyada yashovchi shaxslar uchun imzo konsullik xodimi huzurida tasdiqlanishi shart.
Taqiqni nikoh tuziladigan konsullikda rasmiylashtirish talab etiladi.Agar ular turli okruglarda yashasa – har ikki konsullikda e’lonlar chiqariladi. Biroq biri Italiyada, biri chet elda yashasa nikoh konsullikda o‘tkazilsa – konsullik Italiyadagi yashash joyi bo‘yicha organlar orqali taqiq rasmiylashtiradi.
• Har ikki joyda (Italiya va chet el) e’lonlar chiqariladi. Italiya fuqarosi Italiyada, chet ellik turmush o‘rtoqi chet elda yashasa buning ikki varianti mavjud:
• to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsullikka murojaat qilib taqiq qo‘yish;
• yoki nikoh o‘tkaziladigan Italiya munitsipalitetiga murojaat qilish.
Taqiqni yashash joyidagi munitsipalitet rasmiylashtiradi. Agar ular turli shaharlar aholisi bo‘lsa - har ikkala munitsipalitetda e’lonlar chiqariladi. Nikoh taqiqlarini qo‘llash uchun to‘lov 12 yevro (kurs har chorakda yangilanadi) qilib belgilangan. Aktual miqdor konsullik tariflari bo‘yicha belgilanadi. Konsullik nikohi Italiya qonunchiligi asosida o‘tkazilgani sababli, nikoh Italiyada ham to‘liq yuridik kuchga ega bo‘ladi. Taqiq jarayoni fuqarolarni himoya qilish va noqonuniy nikohlarning oldini olishga qaratilgan. Barcha hujjatlar Italiya fuqarolik holati registrida qayd etilishi uchun konsullik transkripsiya jarayonini ham amalga oshiradi. Uchrashuvni oldindan bron qilish majburiy (onlayn tizim orqali) hisoblanadi.12
XULOSA
Chet el elementi bilan murakkablashgan nikoh munosabatlarini huquqiy tartibga solishda asosiy vositalar sifatida davlatlarning milliy qonunchilik normalari va xalqaro xususiy huquqning kollizion qoidalari qo‘llaniladi. Bunday nikohlar ko‘p hollarda turli yurisdiksiyalarni qamrab olgani bois, nikoh munosabatlarida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal etishda qaysi davlat huquqi qo‘llanishi masalasi murakkablik tug‘diradi. Natijada, nizolarni hal qilish jarayoni uzoq davom etishi va ko‘p resurs talab qilishi mumkin.
Nikoh tuzilayotganda, agar tomonlar - chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lsa, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun nikoh shartnomalari orqali tomonlarning mulkiy, moliyaviy va boshqa huquqiy majburiyatlari oldindan belgilanishi, shuningdek, nizolar yuzaga kelganda qaysi davlat qonunchiligi asosida hal qilinishini ko‘rsatish tavsiya etiladi. Bunday tartib, nafaqat nizolarni tezda hal qilish imkonini beradi, balki ikki tomonning ham huquqiy kafolatlar va natijadan qoniqishiga xizmat qiladi.Albatta, tuzilgan nikoh shartnomasi soxta yoki qonunga xilof asosga ega bo‘lmasligi lozim. Shartnoma tomonlarning erkin roziligi va qonuniy huquqlari asosida tuzilishi shart. Shu tariqa, nikoh munosabatlarini qonunlar va kollizion normalar bilan tartibga solish nafaqat taraflar o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtiradi, balki ularning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy o‘rnini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, nikoh munosabatlaridan kelib chiqadigan oila-jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Oilaning barqarorligi va taraflarning huquqiy himoyasi davlatlararo munosabatlarda ham ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi. Shu bois, xalqaro xususiy huquq, milliy qonunchilik va konsullik institutlari orqali chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlar tartibga solinishi, nafaqat shaxsiy huquqlarni himoya qilish, balki oila va jamiyatning barqaror rivojlanishini kafolatlaydi. 12 Marriage at the Embassy https://ambsingapore.esteri.it/en/servizi-consolari-e-visti/servizi-per-il-cittadino-italiano/statocivile/marriage-at-the-embassy/
Xulosa sifatida aytish mumkinki, chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlarni huquqiy jihatdan tartibga solish instituti zamonaviy global jarayonlarda fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, turli davlatlar qonunchiligi o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish va oilaning jamiyatdagi ijtimoiy rolini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tariqa, nikoh munosabatlarini qonuniy tartibga solish nafaqat shaxslararo nizolarni kamaytiradi, balki davlatlararo huquqiy uyg‘unlikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Xalqaro xususiy huquq darslik. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
(REFERENCES)
• Toshkent 2019 https://library-tsul.uz/xalqaro-aloqa-xususiy-huquq-2019/ • O’zbekiston Respublikasi Oila kodekisi https://lex.uz/mact/-104720 • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/-6445145 • ”O’zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to’g’risida”gi Qonun • O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodekisi https://lex.uz/docs/-
180552?ONDATE=05.11.2023
• Oʻzbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi oʻrtasida konsullik konvensiyasi https://lex.uz/ru/docs/-1346861 • Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi https://lex.uz/docs/2750193 • Marriage of Foreigners in Malaysia https://kuala-lumpur.diplo.de/myen/service/2724498- 2724498#:~:text=A%20civil%20marriage%20before%20a,law%2C%20this%20conversio n%20is%20irrevocable • Registration Of Marriage For Non-Muslim https://www.jpn.gov.my/en/corebusiness/marriage/kahwin-daftareng#:~:text=4,Letter%20to%20get%20married%20issued • Marriage at the Embassy https://ambsingapore.esteri.it/en/servizi-consolari-evisti/servizi-per-il-cittadino-italiano/stato-civile/marriage-at-the-embassy/
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.