XIX asrning II yarmida Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoga nisbatan
tashqi siyosatida Qoshg’ar hududining ahamiyati: Ch.Ch.Valixonov
ekspeditsiyasi
O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti
2-bosqich Magistranti Boratov Dilshod
Annotatsiya:Ushbu maqolada XIX asrning II yarmida Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoga nisbatan tashqi siyosatida Qoshg’ar hududining ahamiyati: Ch.Ch.Valixonov ekspeditsiyasi haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Rossiya imperiyasi, Markaziy Osiyo, elchilik, Sharqiy Turkiston, Qashg’ar, Valixon to’ra, Ch.Ch.Valixonov, Sinszyan, G’arbiy Sibir, P.Kavalevskiy, X.Gasford.
Ma’lumki, Rossiya imperiyasining XIX asr 2-yarmidan boshlab Markaziy Osiyoga nisbatan qiziqishlari har qachongidan ortib boradi. Bunga asosiy sabab sifatida inglizlarning mazkur hududdagi faollashuvi bilan izohlanasa, boshqa tarafdan Qrim urushidagi mag’lubiyat ortidan Rossiya imperiyasining xalqaro maydondagi obro’sizlanishiga chek qo’yish kerak edi. Aynan mazkur sabablar ortidan Peterburg hukumati Markaziy Osiyo hududlari bilan siyosiy-diplomatik aloqalarni kuchaytirish va ushbu hududlar haqida yetarlicha ma’lumotlar to’plash uchun harakat qila boshladi. Shunday urinishlardan biri 1857-1859-yillardagi Ch.Valixonovning Qashg’ar hududiga amalga oshirgan tashrifi deb hisoblash mumkin.1 1858-yil fevral, A.Xanikovning Bakuga tashrifidan bir oy avval, N.Ignatyevning ekspeditsiyaga otlanishidan 2 oy avval, Cho’qon Chingisovich Valixonov Qoshg’ar hududiga jo’nash haqida buyruq oladi. Uning asosiy vazifasi etib Rossiya imperiyasining Xitoy provinsiyasi hisoblangan Sinszyan hududi bilan siyosiy –iqtisodiy aloqalarini qayta tiklash imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi2.
Ushbu ekspeditsiya tafsilotlarini muhokama qilishdan avval, mazkur hududdagi ijtimoiy-siyosiy hayotga oid ayrim jihatlarni tahlil qilish lozim. Aslida 1857-yilning kuz faslida Qoshg’ar hududida manjur-xitoy feodallariga qarshi boshlangan mahalliy 1 Ураков Д. Ж. Туркистон Генерал-губернаторлигининг қўшни давлатлар билан сиёсий ва иқтисодий алоқалари. монография -Т., 2021. – 10 b. 2 Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии. –М.: Наука, 1974. – 63 с. norozilik harakatidan foydalanib, ushbu hududni o’zining kam sonli tarafdorlari bilan birgalikda Valixon To’ra egallaydi. Hududdagi Manjurlarga qarshi norozilik kayfiyatidan foydalangan Valixon to’ra o’zining hukmronligini keng hududda mustahkamlab olgan edi. Ammo uning mazkur hududdagi ta’siri uzoq davom etmaydi. Chunki Valixon to’raning asosiy tayanchi bu mahalliy aholi hisoblanib, ular yangi yetakchi hukmronligi o’rnatilgan taqdirda o’z hayotlarining yengillashuvidan umid bog’lashgan. Ammo o’z harbiy ortyadlari kerakli ta’sir doiraga ega bo’lishi bilanoq Valixon to’ra soliqlarni oshiradi. Bu esa shahar hunarmandlari va savdogarlarining Valixon to’ra boshchiligidagi manjur-xitoy feodallariga qarshi qaratilgan harakatdan uzqolashishiga sababa bo’lgan3.
Shundan so’ng Qoshg’ar hududida qonli despotik hukmronlik o’rnatiladi, Ushbu boshqaruv apparati o’zining ko’p jihatlari bilan manjur-xitoy feodallari boshqaruviga o’xshar edi. Shuningdek mahlliy aholining Valixon to’ra boshqaruvidan noroziligining oshishiga bir necha sabablar ham mavjud edi. Masalan, birinchida, ularning hayotiy xavfsizliklariga hech qanday kafolatning mavjud emas ekanligi, ikkinchidan, Qo’qon xonligidan kelgan Valixon To’ra tarafdorlariga eng daromatli hududlarni bo’lib berilishi ham bunga o’z ta’sirini o’tkazgan edi.4
“Tez orada butun hududning iqtisodiy ahvoli yomonlasha boshladi. Ishlab chiqarishning barcha sohalarida ushbu jarayon kuzatiladi. Otlar va eshaklar armiya uchun olinadi. Mis va metal idishlar to’p quyish uchun yig’iladi. Bunda barcha odamlar o’z xavfsizliklaridan xavotir ola boshlashadi. Bu holatda xalq noroziligining uzoq davom etmasligi aniq5.
1857-yilning avgust oyidayoq Valixon to’ra qo’zg’oloni barham topadi. Qoshg’ar bilan yaxshi aloqada bo’lmagan Rus hukumati hududdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyatga nisbatan qiziqishi ortdi. Sababi ushbu hudud Rossiya imperiyasining G’arbiy Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqalari uchun juda muhim hisoblanar edi.6 3 https://e-history.kz/ru/news/show/4297 4 Ураков Д. Ж. Туркистон Генерал-губернаторлигининг қўшни давлатлар билан сиёсий ва иқтисодий алоқалари. монография -Т., 2021. – 147 b. 5 Сочинение. Чокана Чингисовича Валиханова//Под ред. Н.И.Веселовеков. Санк-Петербург, 1904. – 146 с. 6 Халфин Н А. Присоединение Средней Азии к России (60—90-е годы XIX в.) –М.: Наука, 1965. - 64 c.
Qo’zg’olon boshlanganligidan xabar topgan Rossiya hukumati Osiyo departamenti direktori P.Kavalevskiydan mazkur hududdagi vaziyatga zudlik bilan oydinlik kiritishini talab qiladi. Hukumatning ushbu buyrug’iga javoban P.Kavalevskiy “Qoshg’ardagi ishlar holati va bizning u bilan aloqamiz” nomli javob xatida Qoshg’ar haqida ayrim mulohazalarini yozib qoldiradi. Masalan bunda Qoshg’arning geografik joylashuvida alohida to’xtalib uning Xitoy, Hindiston, Afg’oniston va Qo’qon xonligi shuningdek, ko’chmanchi Qirg’izlar hududlari o’rtasida joylashgan muhim hudud deb takidlaydi. Shuningdek mazkur hudud aholisi Manjurlar hukumronligiga qarshi kayfiyatda bo’lib, sobiq Xojalar sulolasi boshqaruvini qayta tiklash kayfiyatida ekanligini ham aytib o’tgan.
O’z fikrlarini tugatar ekan P.Kavalevskiy Rossiya hukumati Qoshg’ardagi “qonuniy hukumat”ga yordam berish bahonasida ushbu hudud ichki ishlariga yanada ko’proq aralashish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkinligini xulosa qiladi. Osiyo departamenti direktori P.Kavalevskiyning ushbu javob xatini muhokama qilish orqali Harbiy vazirlik va Tashqi ishlar vazirligi birgalikda quyidagi qarorga keladi:
Birinchidan, maxsus tayyorlangan harbiy ofiser boshchiligida guruh yuborib hududdagi vaziyatni o’rganish;
Ikkinchidan, agarda G’arbiy Sibir general-gubernatori X.Gasford tasdiqlasa, Qoshg’ar bilan chegarada rus harbiylarini kuchaytirish;7
Uchinchidan, agar Qoshg’arda Xitoydan mustaqil tarzda avvalgi hukumat tiklanadigan bo’lsa, va ushbu hukumat G’arbiy Sibir general-gubernatorligi bilan yaqinlashishga harakat qilsa, ushbu vaziyatda General-gubernator Qoshg’arning iltimosini rad etmasdan, uning elchilarini qabul qilishi lozim, qolgan ko’rsatmalarni hukumatdan so’rashi talab qilinadi.
Ushbu qarorning qabul qilinishi va Imperator tomonidan tasdiqlanishi Rossiyaning Qoshg’ar hududidagi siyosatining uzoq muddatli va aniq strategiyalarga asoslanishini ko’rsatar edi. Shuningdek, 3-muhim punkt imperiya siyosatining bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ko’rsatadi8. 7 Халфин Н А. Присоединение Средней Азии к России (60—90-е годы XIX в.) –М.: Наука, 1965. - 65 c 8 Халфин Н А. Присоединение Средней Азии к России (60—90-е годы XIX в.) –М.: Наука, 1965. - 66 c.
Rossiya imperiyasining Qoshg’arning ichki ishlariga aralashishni istamasligi Tashqi ishlar vaziri M.Goncharovning G’arbiy Sibir general-gubernatoriga yo’llangan 1857- yil 1-noyabrdagi xatida ham qayd etilgan. Masalan ushbu xatda “Bizning hukumatimiz amaliy harakatlarning qabul qilinmasligidan maqsad shuki, biz har qanday holatga tayyor turishimizdir” deb yozilgan.
Shuningdek, harbiy vazir O.Suxozmatenning X,Gasfordga yo’llagan xatida Peterbur hukumatining Qashg’ar masalasida qabul qilgan qarori haqida yozar ekan, ushbu hudud bilan savdo iqtisodiy aloqalarning yo’lga qo’yilishi Yekaterina II davridayoq imperiyaning asosiy tashqi siyosiy maqsadlaridan biriga aylanganligi,. Kuldjin traktatida ham Qashg’arda rus faktoriyalarining ochilish masalasi qayd etilishi ham ushbu masalaning chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanligini ko’rsatadi. “Shuning uchun bugungi kundagi Valixon to’ra boshchiligidagi isyonlardan foydalangan holda Qashg’arda rus hokimyatini o’rnatishga urinishlar xato siyosat bo’ladi. Xitoy bilan o’zaro munosabatlarda bunday yo’ldan borish mumkin emas” kabi ogohlantirishlar ham Peterburg hukumatining Qoshg’ar masalasidagi qarorlarini ko’rsatib beradi9.
Ammo G’arbiy Sibir general-gubernatori Gasford Peterburgda qabul qilingan qarorlarning mohiyatiga to’liq tushunib yetmaganligi uning hukumatga yo’llagan javob xatida ham ko’rinadi. Masalan ushbu xatda u G’arbiy Sibirda to’plangan Rus harbiy kuchlarini ko’paytirish va bu orqali Qashg’ardagi isyonlarga yordam berish imkoniga ega bo’lish mumkinligini takidlab o’tadi.
O’z xatida Gasfort shunday so’zlarni ham yozgan edi. ”Xitoy hukumatining hozirgi qiynalayotgan davrida katta ehtimol ehtimol bilan Qashg’ar hududiga yaqin hududlarni bosib olish mumkin.”
Shuningdek uning fikricha, Qashg’ardagi vaziyat haqida batafsil ma’lumot to’plash asosiy vazifa hisoblanadi. Yana bir muhim masala Ili o’lkasidagi harbiy salohiyatni yanada kuchaytirish lozim chunki bu orqali qayta tiklangan sobiq musulmon sulolasiga yordam berish mumkin bo’ladi. Qolaversa, Gasfortning etiroficha uning G’arbiy Sibir General-gubernatori sifatidagi faoliyatining asosiy maqsadi Ili o’lkasidagi Rossiya ta’sir doiralarini oshirish bo’lgan. Bu masalaga u nafat ushbu hududda hukmronlikka 9 Халфин Н А. Присоединение Средней Азии к России (60—90-е годы XIX в.) –М.: Наука, 1965. - 67c. bo’lgan urinish balki, butun Markaziy Osiyoga hukmronlik salohiyatini berishini anglatar edi.
Ammo general-gubernatorning ushbu tashabbusi Harbiy vazir va Peterburg hukumati tomonidan qo’llab quvvatlanmaydi. Buning asosiy sababi esa Rossiya imperiyasining Xitoy bilan munosabatlarda shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymaslik va ortiqcha sarf xarajatlar orqali Qoshg’arga bosib o’tkazmaslikka intilish edi.
Harbiy vazir Suxoznaten faqatgina bir shart bilan general-gubernatorning taklifini qo’llab quvvatlashini ma’lum qiladi. Bu shart Qoshg’arda sobiq musulmon sulolasining qayta tiklanishi va Xitoy tomonidan to’liq mustaqil hudud sifatida e’tirof etilishi edi. Qoshg’ar hududi agarda o’z kuchi bilan mazkur hududni sobiq musulmon sulolasining tasarrufiga kirsa Rossiya imperiyasi barcha kerakli moddiy yordam bilan taminlashini ham harbiy vazir takidlab o’tadi.
Yuqoridagi muhokamalar davom etayotgan bir vaqtda Qoshg’ardagi qo’zg’olon bostiriladi. Ammo malakali va ishonchli ofiser yuborish orqali hududagi voqeliklar va ta’fsilotlarga ega bo’lish rejasi o’z kuchida qoladi. “Topshiriq juda murakkab, buning uchun yuksak topqirlikka, kuzatish mahoratiga ega, tatar tili va Osiyo odatlaridan xabardor, kiyinish madaniyati sharq xalqlariga mos keluvchi kishi lozim” ekanligi ham o’sha davr manbalarida qayd etilgan.
Bunday kishi tanlovi Peterburg hukumati uchun anchayin omadli kechadi. Ch.Ch.Valixonov (1835-1865) tabiatan juda qobilyatli va qiziquvchan inson bo’lib, uning kelib chiqishi buyuk qozoq xoni Ablayning evarasi hisoblanadi. 1853-yilda Omsk kadetlar korpusini tamomlaydi. G’arbiy Sibir General-gubernatorligidagi o’zining 5 yillik faoliyati davomida Jung’orlar o’lkasi va Issik-ko’l hududlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan, qolaversa P.P.Semyonovning e’tiborini qozana olgan edi. P.P.Semyonov o’sha vaqtlarda Rus geografiya jamiyatining rahbari hisoblanib, aynan u Qoshg’ar singari qaltis ekspeditsiyalarda Valixonovni jalb qilish mumkin ekanligini taklif etadi. Bu kabi tavfsiyalardan tashqari, Ch.Valixonovning 1856-yil oktabr oyida G’arbiy Xitoy hududlariga sharq xalqlari tili, madaniyati va turmush tarzini o’rganish maqsadida amalga oshirgan tadqiqot ekspeditsiyalari ham Peterburg hukumatini uni tanlashga bo’lgan ishonchini oshiradi.
1857-yil oxirida musulmon savdogari qiyofasidagi Ch.Valixonov Sinszyan provinsiyasi yaqinidagi ko’chmanchi qirg’izlar hududiga tashrif buyuradi.10 Uning uzoq safarga tayyorgarlik ko’rish vaqtida Sibir qirg’izlari viloyati boshqaruvchisi K.Gutkovskiy Semipalatinskga tashrif buyurib, ushbu hudud orqali Qoshg’arga maxsus karvon yuborish bo’yicha mahalliy savdogarlar bilan kelishuvga erishadi. Kelishuvga binoan, 1858-yil iyun oyida karvon yo’lga otlanadi. Kopal yaqinida Valixonov ushbu karvonga Qo’qonlik savdogar Alimboy nomi bilan qo’shiladi.11
1858-yilning kuz faslida Ch.Valixonov va uning hamrohlari Sinszyan chegarasiga yetib borishadi. Bu vaqtda Qoshg’ar hududida sharq kishisi qiyofasidagi rus xufyalari kelishi kutilayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo shunga qaramasdan, Valixonov shaharga kirib boradi. Shubha uyg’otmaslik maqsadida savdo ishlari bilan shug’ullana boshlaydi. Ammo shu bilan birga asosiy maqsadidan uzoqlashmaydi.12
Uning o’zi keyinchalik quyidagicha qaydlarni yozib qoldirgan, “bu yerga kelishim bilan ushbu o’lka haqida eng kerakli ma’lumotlarni to’plashga harakat qila boshladim, asosiy e’tiborimni siyosiy hayotga qaratdim. Turli tabaqa va kasb kishilari bilan tanishishga harakat qildim. Vaziyatning bu holatga kelishiga sabablarni yorituvchi tarixiy kitoblarni o’rgandim”
Ch.Valixonov garchi Qoshg’ar hududiga yuborilgan va ushbu hududni tadqiq etishi lozim bo’lsada ammo u Rossiya imperiyasining tashqi siyosatining doirasida hisoblangan boshqa hududlar bilan ham domiy qiziqishda bo’lib turadi. Masalan, uning o’zi e’tirof etganidek “Men qo’qonlik savdogarlar bilan doimiy aloqada bo’lganligim uchun ushbu xonlik va undagi vaziyat shuningdek, Xudoyorxon haqidagi ma’lumotlarni to’pladim.
Bu kabi qiyinchiliklarga qaramasdan, Valixonov deyarli yarim yil Qoshg’arda yashaydi. 1859-yil 11-mart kuni u ortga yo’l olib, 12-aprel kuni Verniy shahriga yetib boradi. Butun yo’l vaqtlari bilan hisoblaganda bir yarim yil davomida Valixonov ushbu epkspeditsiya uchun harakat qiladi va ushbu o’lka haqida uning siyosiy va iqtisodiy hayoti haqida eng kerakli ma’lumotlarni to’playdi. 1859-yil iyul oyiga qadar u karvon 10 Сочинение. Чокана Чингисовича Валиханова//Под ред. Н.И.Веселовеков. Санк-Петербург, 1904. – 351 с. 11 Халфин Н А. Присоединение Средней Азии к России (60—90-е годы XIX в.) –М.: Наука, 1965. - 67 c. 12 https://articlekz.com/article/28582 bilan Semipalatinsk shahriga yetib borib, o’zi to’plagan ma’lumotlarni podsho hukumatiga taqdim qiladi. Uning to’plagan ma’lumotlari shu jihati bilan muhimki, Rosssiya imperiyasining G’arbiy Xitoy bilan savdo aloqalarining rivojlanishi uchun kerakli ma’lumotlar to’plagan edi.13
Valixonovning ushbu ekspeditsiyasi o’zining bir necha jihatlari bilan ahamiyatli edi. Masalan uning o’zi safar yakunlari haqida xulosa chiqarar ekan shunday yozadi“Qoshg’ar hududi bilan savdo aloqalarini yo’lga qo’yishimiz faqatgina shu hududga bo’lgan ta’sir uchun emas balki, Qo’qon xonligining Sinszyanning janubiy hududlari bilan iqtisodiy aloqalariga ham ta’sir o’tkazadi. Shu tariqa Osiyo davlatlarining choy savdosi bevosita bizning Rus savdogarlarimiz qo’liga o’tadi” Ushbu fikrlardan ham xulosa qilishimiz mumkinki, Valixonov bir vaqtning o’zida Rossiya imperiyasi tashqi siyosati uchun uzoq ko’zlangan strategik ma’lumotlar to’plashga harakat qiladi.
Qolaversa, ko’plab tadqiqotchilar Valixonov ekspeditsiyaning muhimliligiga turlicha izoh berishadi, podsho Rossiyasi hukumatining Xitoy bilan o’zaro munosabatlarda diplomatik usullardan foydalanishga urinishi ham Valixonovning Qashg’ar ekspeditsiyasidan olingan xulosalariga tayanib olib borilgan siyosat edi.14
Boshqa tarafdan XIX asrning 2-yarmida amalga oshirilgan bir qator ekspeditsiyalar jumladan Ch.Valixonov ekspeditsiyasi ham Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyo davlatlaridagi o’z ta’sir doirasini kengaytirishga bo’lgan urunishlari tinch diplomatik yo’l bilan erishib bo’lmas darajaga yetganligini ham ko’rsatar edi.15 Shuning uchun ham Peterburg hukumatining keyingi tashqi aloqalarida Markaziy Osiyoga nisbatan harbiy qurol kuchiga tayangan holda faoliyat olib borish jarayoni yuz beradi. 13 Ураков Д. Ж. Туркистон Генерал-губернаторлигининг қўшни давлатлар билан сиёсий ва иқтисодий алоқалари. монография -Т., 2021. – 151 b. 14 Халфин Н А. Присоединение Средней Азии к России (60—90-е годы XIX в.) –М.: Наука, 1965. - 68 c. 15 Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии. –М.: Наука, 1974. – 100 с.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии. –М.: Наука, 1974. – 406 с. 2. Сочинение. Чокана Чингисовича Валиханова//Под ред. Н.И.Веселовеков. Санк-Петербург, 1904. – 619 с. 3. Ураков Д. Ж. Туркистон Генерал-губернаторлигининг қўшни давлатлар билан сиёсий ва иқтисодий алоқалари. монография -Т., 2021. – 216 b. 4. Халфин Н А. Присоединение Средней Азии к России (60—90-е годы XIX в.) –М.: Наука, 1965. -472 c. 5. Холиқова, Р. Э. (2022). Аёллар тадбиркорлигини ривожлантиришда замонавий ёндашувлар ва хукуматимиз томонидан қўллаб-қувватланиши. Results of National Scientific Research International Journal, 1(9), 303-310. 6. https://e-history.kz/ru/news/show/4297 7. https://articlekz.com/article/28582
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.