VA TRANSFORMATSIYALAR
Faxriddin Yormatov Joylovovich,
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tarix kafedrasi mudiri, t.f.n, dotsent.
faxriddin_yormatov@tues.uz
Annotatsiya. Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston davrida ilm-fan sohasini rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor hamda erishilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, ilm-fan, innovatsion rivojlanish, amaliy loyihalar, Prezident farmonlari, konsepsiya.
РАЗВИТИЕ НАУКИ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ – ТЕНДЕНЦИИ И
ТРАНСФОРМАЦИИ
Фаxриддин Ёрматов Джайловович
Кандидат исторических наук, доцент,
заведующий кафедрой “История”
Термезского университета экономики и сервиса
faxriddin_yormatov@tues.uz
Аннотация. В данной статье представлена информация о внимании, уделяемом развитию сферы науки в период Нового Узбекистана, а также о достигнутых положительных изменениях.
Ключевые слова: Новый Узбекистан, наука, инновационное развитие, прикладные проекты, указы Президента, концепция.
DEVELOPMENT OF SCIENCE IN NEW UZBEKISTAN: TRENDS AND
TRANSFORMATIONS
Faxriddin Yormatov Djoylovovich
PhD in History, Associate Professor
Head of the Department of History
Termez University of Economics and Service
Abstract. This article provides information regarding the increased focus on the development of the scientific sphere during the New Uzbekistan period, as well as the positive advancements achieved in this direction.
Keywords: New Uzbekistan, science, innovative development, applied projects, presidential decrees, concept.
Jamiyat taraqqiyotini ilm-fan hamda texnika rivojisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, shu ma’noda dunyoning barcha mamlakatlarida ilm-fanga alohida e’tibor qaratiladi. Ilm-fanhar qanday davlatni rivojlanishga yetaklovchi asosiy kuch hisoblanadi. Davlatning rivojlanishini fan taraqqiyoti orqali baholash juda ham o‘rinli, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Nafaqat yoshlar,balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat,yuksak madaniyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqliq, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Eng katta boylik-aql-zakovat va ilm, eng katta meros–bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik–bu bilimsizlikdir”[1].
Shu bois halqimizning bilimi, saviyasini oshirish orqali O‘zbekistonda ilm-fanni taraqqiy ettirish farovonlik va barqarorlik yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Yangi tahrirda qabul qilingan hamda 2023 yil 1 maydan amal qila boshlagan Konstitutsiyamizning 53-moddasida “har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi” deya qa’tiy belgilab qo‘yilganligi ham mazkur ishlarni yanada rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborning yaqqol ifodasidir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun yangi O‘zbekiston va uchinchi renassans so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, halqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda[2]. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Tarixdan o‘zbek jamiyatida ilmga hurmat va ehtirom an’ana sifatida saqlanib kelgan. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy aytganlaridek, “dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”. Shunisi e’tiborliki, ilm-fan ijtimoiy asoslarda yoki davlat tarkibiy tuzilmalarida amalga oshirilmasin, u davlat ahamiyatiga ega bo‘ladi. O‘tmishda ham olimlar, ijod ahli faoliyati davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bizning zamonimizga kelib, u aksariyat davlatlarda xalq xo‘jaligining ajralmas sohasiga aylangan va u davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi hamda uning ijrosi nazorat qilinadi. Dunyo mamlakatlarida fan va texnikaning rivojlanish tarixi va sanoatdagi ulkan o‘zgarishlarning o‘ziga xos jihatlarini hamda uning insoniyat hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan yanada ko‘proq o‘rganish juda muhimdir.
Ayniqsa yangi va eng yangi davrda jahon ilm-fani va texnikasi tarixida juda ko‘pgina qimmatli olamshumul ixtirolar va yangilanishlarning sodir bo‘lishi, sanoat inqilobining yuzaga kelishi va taraqqiyoti dunyo xalqlari hayotida muhim bir tarixiy davr sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki bu davrda jahon mamlakatlari ayniqsa, g‘arb davlatlarida o‘ziga xos olamshumul kashfiyotlar yuz berib, kishilar mehnati ham ancha osonlasha bordi. Mamlakatimizda ham mustaqillikning ilk davridan ilm-fan rivojiga juda jiddiy e’tibor berilib, nihoyatda keng qamrovli ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ilm-fan rivojiga mamlakat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishi sifatida alohida ahamiyat qaratildi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar ayniqsa, Sh.M. Mirziyoyev Prezidentlik qila boshlagan dastlabki vaqtlardanoq izchil davom ettirilib yanada yangi bosqichga ko‘tarildi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 2017 yil 20 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori[3] ham mazkur maqsadlarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Jamiyatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani rivojlantirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Tarixan O‘zbekiston Respublikasida shakllangan intellektual salohiyat XXI asr boshlarida o‘zining rivojlanish darajasi jihatidan, innovatsion kashfiyotlar, imkoniyatlari bilan hozirgi vaqtda jahondagi ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketgan”4]. Prezident farmoniga asosan, mamlakatimizda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘armaning jami daromadlari bugungi kun holatiga 8,7 mln AQSh dollari miqdorida shakllantirildi. Jamg‘arma tomonidan hozirgi kunga qadar 33 nafar yosh olimning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming AQSh dollari hamda 70 mln so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, 2018 yil 20 avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov e’lon qilindi, 8 nafar yosh olim tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. 2019 yili Hindiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda 40 mlrd so‘mga yaqin grantlar e’lon qilinishi rejalashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi PQ-3899- sonli qaror[5] bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi tuzildi. Ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalarni o‘rganish va tijoratlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son qarori[6]ga muvofiq tasdiqlangan 43 ta ishlanmaning tijoratlashtirilishi bilan bog‘liq barcha masalalarga Fanlar Akademiyasining 15 ta ilmiy tekshirish institutlari va 6 ta tijorat banklari jalb etildi. Tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq 18 ta loyiha bo‘yicha innovatsion kompaniyalar ochildi, 9 ta loyiha bo‘yicha litsenziya shartnomasi imzolandi.
Hozirgi kunda changtutgich loyihasi Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati mablag‘lari hisobidan tijoratlashtirilib, dastlabki ikki bosqichi yakuniga yetdi. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar iqtisodiyot tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalaridan kelib chiqib, xorijiy tajribalarni e’tiborga olgan holda bosqichma-bosqich shakllantirilib, grantlar doimiy ravishda e’lon qilinmoqda. Jumladan, 2018 yilda jami 1748 ta loyiha 193,4 mlrd so‘m miqdorida moliyalashtirilib, shundan amaliy loyihalar tegishliligi bo‘yicha 912 ta va 114,5 mlrd, fundamental loyihalar 369 ta va 38,2 mlrd, innovatsion loyihalar 285 ta va 32,9 mlrd, yosh olimlarning amaliy loyihalari - 165 ta va 6,3 mlrd, xalqaro ilmiy-texnik loyihalar esa - 17 ta va 1,3 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ushbu loyihalarning natijaviyligi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda. Mamlakatimizda ilm-fanni har tomonlama yuksak darajada rivojlantirishning ustuvor jihatlari haqida 2020 yil 25 yanvarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida alohida to‘xtalib, “Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz”[7] degan fikrlarini keltirib o‘tishni joiz deb bildik.
Yuqoridagilardan kelib chiqib yurtimizda muayyan ishlar amalga oshirildi va mazkur sohani rivojlantirishga ko‘plab mablag‘lar ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida keltirilgan quyidagi ma’lumotlarga e’tiborlaringizni qaratmoqchiman. “Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu - 2017 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p, degani. Olimlarning ish haqi ham 4,5 barobar oshirildi. Bularning barchasi hisobidan nano va biotexnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo‘nalish tashkil etildi. Kelgusi yili ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratiladi. Endi olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo‘nalishlarda aniq natijalar ko‘rsatishlari kerak”[8]. Ilmiy tashkilotlarni davlat budjetidan moliyalashtirishda qonunchilikda bir qator Prezident farmonlari va qonunlar ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ilm fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida[9]” gi PF-6097-son farmon 2020 yil 29 oktabrda tasdiqlangan edi. 2025 yilga qadar ilm-fanga yo‘naltiriladigan jami mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030 yilgacha esa 10 baravarga oshirish, 2025 yilga qadar ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratiladigan mablag‘lar ulushini amaldagi 8 foizdan 20 foizga, 2030 yilgacha esa 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan[10].
Ma’lumki, bugungi kunda dunyo ilm-fani sun’iy intellekt, nanotexnologiya, biotexnologiya, koinotni o‘rganish, tibbiyot, “yashil” energetika va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha jadal rivojlanmoqda. Davlatlar, xalqlarning ushbu sohalardagi yaqin hamkorligi doimo jamiyat taraqqiyotini ildamlashtiradigan muhim omillaridan biri ekanini hayotning o‘zi isbotlamoqda. Shu ma’noda hozirgi tezkor zamonda O‘zbekiston ham iqtisodiyotning barcha sohalari, jumladan, ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida dunyoning ilg‘or mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlab borishi juda muhim. – bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimizda ilmiy va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, O‘zbekistonda qabul qilingan Innovatsion taraqqiyot starategiyasi 2030 yilgacha respublikamiz dunyodagi eng kuchli 50 mamlakat safidan joy olishini nazarda tutadi. Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, innovatsiya sohasi taraqqiyotini jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” hamda “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi ikki muhim qonuni[11] qabul qilingan. Ayni dam ushbu hujjatlar yurtimizda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
АДАБИЁТЛАР
1.Мирзиёев Ш.М. “Янги Ўзбекистон стратегияси” Т:, “O‘zbekiston” 2021.-Б.24. 2.Мирзиёев Ш.М. “Янги Ўзбекистон демократик ўзгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланмоқда. Toshkent: “O‘qituvchi”MU MCHJ.2021- Б.11. 3.Халқ сўзи.2017. 20 апрель. 4. Yormatov F. J. “Fan va texnika taraqqiyoti hamda sanoatdagi o‘zgarishlar” (XVIIXXI asr boshlari).T.-B.4. 5.O‘sha kitob-B.5. 6.https://lex.uz/docs/3853858. 7. Жаҳонгиров Б.Б. “Ўзбекистонда илм-фан ривожланиши ҳолати,тараққиёт йўналишлари 1985-2010 йиллар)”Т:, “Qaqnus-media” 2020.-Б.3. 8.https://president.uz/uz/lists/view/5774. 9. https://lex.uz/docs/5073447. 10. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 29 октябрдаги “Илмфанни 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ6097-сон фармони, 4-боб. 11. Yormatov F. J. “Fan va texnika taraqqiyoti hamda sanoatdagi o‘zgarishlar” (XVIIXXI asr boshlari).T.-B.163.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.