ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Abstract

Yeryong’oq dukkakdoshlar oilasiga mansub, ildiz tizimi ko’p shoxlanganadigan tugunaklar hosil qiluvchi, poyasi tik o’suvchi o’tsimon, gullari kapalak nusxa rovak to’pgulda joylashgan, pillasimon dukkak meva hosil qiluvchi bir yillik o’simlikdir. Yeryong’oqning yer usti oddiy gullaridan tashqari yer osti gullari ham mavjud bo’lib, ular rangsiz biroz mayda va ochilmasligi bilan farqlanuvchi gullardir. Urug’langandan keyin naycha shakldagi tuguncha hosil qiladi va u ginofor deb ataladi. Uchida urug’langan tuguncha bo’lgan ginofor o’sib yerga tegadi va 8-9 sm, gacha chuqur kiradi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

YERYONG’OQ

Jumayeva Dilnoza Abdusattor qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Biologiya (turlari buyicha) 3bosqich

jumayevad34@gmail.com

Kalit so’zlar; dukkakdoshlar, o’q ildiz, rovak to’pgul, tugunaklar, bir yillik, tik o’suvchi, guli, tez pishar, o’rta pishar, kech pishar, ginofor, pillasimon, dukkak, nav, chatnamaydigan, urug’, oqsil, moy, qisqa kun o’simligi, yorug’sevar, namsevar, Salomat, Mumtoz, Qibray, Toshkent 112, Lider, harorat, yon shoxchalar, o’tsimon, araxis, hosildorlik.

Annotatsiya; Yeryong’oq dukkakdoshlar oilasiga mansub, ildiz tizimi ko’p shoxlanganadigan tugunaklar hosil qiluvchi, poyasi tik o’suvchi o’tsimon, gullari kapalak nusxa rovak to’pgulda joylashgan, pillasimon dukkak meva hosil qiluvchi bir yillik o’simlikdir. Yeryong’oqning yer usti oddiy gullaridan tashqari yer osti gullari ham mavjud bo’lib, ular rangsiz biroz mayda va ochilmasligi bilan farqlanuvchi gullardir. Urug’langandan keyin naycha shakldagi tuguncha hosil qiladi va u ginofor deb ataladi. Uchida urug’langan tuguncha bo’lgan ginofor o’sib yerga tegadi va 8-9 sm, gacha chuqur kiradi. Yeryong’oq urug’i yumaloq bo’yi 1,5-2sm och qizil po’st bilan o’ralgan. Urug’i tarkibida 20-35% gacha oqsil va 45-58% moy saqlaydi. Yeryong’oqning o’suv davri 3 guruhga bo’linadi. Tez pishar navlari 125 kunda, o’rta pishar navlari 136 kunda , kechpishar navlari esa 140 kun va undan ortiq. O’zbekistonda yeryong’oqning Mumtoz, Salomat, Qibray-4, Toshkent 112, Lider navlari ekiladi. Yeryong’oq tugunaklarida azot to’plash xususiyatiga ega.

Bo’lim.Yopiqurug’lilar (Angiospermae), yoki Gulli o’simliklar (Antophyta)

Sinf (ajdod). Ikki urugʻpallalilar (Dicotyledones)

Qabila.Burchoqnamolar(Fabales)

Oila.Burchoqdoshlar (Faboideae)

Turkum.Yeryongʻoq(Arachis)

Tur.Arachis hypogea

Yeryongʻoq Xitoy yongʻogʻi (Arachis hupogaea L.) —dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik bo’lib, 70 dan ortiq turni o’z ichiga oladi.ildiz tizimi o’q ildiz bo’lib yerga 185-200 sm gacha chuqur kirib boradi. Idiz asosi ko’p shoxlanganligi uchun ko’p tugunaklar hosil qiladi. Poyasi oʻtsimon, tik o’suvchi bo’yi 5 sm dan 75 sm gacha yetadi. Poyasi 5 tadan 18-20 tagacha yon shoxchalar chiqaradi. Guli kapalak nusxa, mayda sariq rangda shingil yoki rovak to’pgulda 5-15 donadan bo’ib joylashgan. Guli oz’-o’zidan changlanadi, to’pgullari barg qo’ltig’ida joylashgan. Yeryong’oqning yer usti oddiy gullaridan tashqari yer osti gullari ham mavjud bo’lib, ular rangsiz biroz mayda va ochilmasligi bilan farqlanuvchi gullardir. Urug’langandan keyin naycha shakldagi tuguncha hosil qiladi va u ginofor deb ataladi. Uchida urug’langan tuguncha bo’lgan ginofor o’sib yerga tegadi va 8-9 sm, gacha chuqur kiradi.

Tuguncha gorizontal holatiga o’tib, o’sa boshlaydi va oqarib mevaga aylanadi. Yerga tegmay qolgan ginoforlar qurib meva tugmaydi yoki nobud bo’ladi. Bargi murakkab, juft patsimon ovalsimon yoki teskari tuxumsimon shakldagi yashil to’rtta bargchadan iborat bo’lgan bandli va barg yuzasi tukchalar bilan qoplangan. Yeryongoq mevasi pillasimon dukak bo’lib, uzunligi 2 smdan 6 smgacha, somon rangli sariq, yuzi to’rsimon bo’ladi. Dukkaklarining po’sti qalin yoki yupqa bo’lishi uning naviga bog’liq. Po’chog’i yupqa bo’lgan yeryong’oq dukkak vaznining 25%ga teng bo’lsa, o’rtacha va qalin pochog’i dukak vaznining 32-40% ga teng bo’ladi. Dukkagida 1-3 tadan 4-6 gacha urugʻi boʻladi. 1000 dona urugʻining vazni 200—1500 g (oʻrtacha 400—500 g). Dukkagi chatnamaydi. Bir tupda 700 gacha dukkak boʻladi. Yeryong’oq urug’i yumaloq bo’yi 1,5-2sm och qizil po’st bilan o’ralgan. Urug’i tarkibida 20-35% gacha oqsil va 45-58% moy saqlaydi. Unumli tuproqlarga talabchan, shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarda yaxshi oʻsmaydi. Urugʻi 12—15°C da unib chiqadi, maysasi sovuqda nobud boʻladi. Oʻsuv davri 150—170 kun. Oʻzbekistonda yeryong’oq. sugʻoriladigan yerlarda ekiladi, hosildorligi 20—40 s/ga yetadi.

Yeryong’oq urug’lari 15-16 kunda 15°C haroratda una boshlaydi. Maysalari - 1°C sovuqda, voyaga yetganlari -2°C da nobud bo’ladi. 25-27°C lar o’simlikning yaxshi rivojlanishi uchun maqbul hisoblanadi.Yeryong’oqning o’suv davri 3 guruhga bo’linadi. Tez pishar navlari 125 kunda, o’rta pishar navlari 136 kunda, kechpishar navlari esa 140 kun va undan ortiq. O’zbekistonda yeryong’oqning Mumtoz, Salomat, Qibray-4, Toshkent 112, Lider navlari ekiladi. Qibray 4 navining o’suv davri o’rta pishar bo’lib 138 kunda pishadi. Doni tarkibidagi moy miqdori 48,5%, oqsil 21 % teng.

Yeryong’oq issiqsevar, namsevar, yorug’sevar va qisqa kun o’simligi bo’lib, vatani Janubiy Amerika, hozirgi kunda yer yuzida 21,78 mln ga maydonda ekiladi. Dunyo bo’yicha yuqori yuqori hosildorlik Xitoy 2,5 -3,0t/ga va Amerika Qo’shma Shtatlarida 3-4t/ga qayd etilgan. hushtam araxis moyi ishlab chiqariladi. Yeryong’oq moyi tarkibida 28-36%gacha oqsil va vitaminlar, minerallar mavjud. Undan qandolatchilik, yuqori sifatli konservalar va parfumeriyalar tayyorlashda ishlatiladi. Dukkagi qovurilib istemol qilinadi Yeryong’oq urug’lari qon hosil qilish xususiyatiga ega. Yeryong’oq moyini ishlab chiqarish jarayonida ajratib olinadigan kunjarasining tarkibida 48%oqsil va 8% moy tashkil qilip, chorvachilikda bebaho ozuqa sifatida foydaniladi.

Kasalliklari va zararkunandalari: asosan kasallik va zararkunandalardan kam zararlanadi. Oʻrgimchakkana xavfli zararkunanda hisoblanadi.

Urug‘lik ekilguniga qadar quruq va salqin joyda saqlanishi zarur. Urug‘lik yong‘oqlarni ehtiyotlik bilan qo‘lda chaqib tayyorlash tavsiya etiladi. Biroq, yer yong‘oq urug‘ligini qo‘lda chaqib tayyorlash mashaqqatli ish bo‘lib, katta maydonlarga ekishda maxsus aparatlardan foydalanish tavsiya etiladi. Mexanizm yordamida urug‘lar qobig‘idan ajratilganda 10-15 foizgacha urug‘liklar mexanik zararlanadi. Shu sababdan ekish nor-masi 15-20 foizga ko‘paytirish maqsadga muvofiq isoblanadi.

Yeryong‘oq yetishtirish uchun sug‘oriladigan, qumloq, yengil mexanik tarkibli, o‘tloqi, bo‘z, qora va kashtan tuproqli, ko‘p yillik begona o‘tlarning (qamish, g‘ummay, ajriq, salamalik) urug‘lari kam bo‘lgan, oxirgi 4-5 yilda yeryong‘oq yetishtirilmagan, sug‘orish imkoniyati yaxshi bo‘lgan maydonlar tanlanadi. Quyosh nuri 6-8 soat tik tushish imkoniyati bo‘lgan yosh bog‘larning orasiga ham ekib yuqori hosil yetishtirish mumkin.

Agrotexnikasi chopiq qilinadigan ekinlarnikiga oʻxshash. 2—3 marta haydalib boronalangan maydonlarga bahorda ya’ni aprel oyining oxirlarida ekiladi. Fosforli va azotli oʻgʻitlarga talabchan. Urugʻi yoki dukkagi makkajoʻxori yoki chigit seyalkalarida keng qatorlab (60—70 sm) 70x10, 70x15 sxemasida har uyaga 7—8 yoki 4—5 tadan urugʻ tashlab 5—7 sm chuqurlikka ekiladi. Gektariga 70— 100 kg urugʻlik sarflanadi. Oʻsish davrida 5—6 marotaba sugʻoriladi. Qator oralariga ishlov beriladi, oʻsuv davrida 2—3 marta chopiq qilinadi, ildiz boʻgʻzi tuproq bilan koʻmilsa hosildorlik ancha oshad

Yeryong‘oq uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin kuzgi g‘alla, kartoshka bo‘lib, sabzavot va poliz ekinlaridan keyin ham ekish mumkin. Sholi va yeryong‘oqdan keyin ekish tavsiya etilmaydi. yer osti suvi yuza (0,3-1,0 m) joylashgan, og‘ir mexanik tarkibli, toshloq, suv ko‘llaydigan dalalarga ekish tavsiya etilmaydi. hushtam araxis moyi ishlab chiqariladi. Yeryong’oq moyi tarkibida 28-36%gacha oqsil va vitaminlar, minerallar mavjud. Undan qandolatchilik, yuqori sifatli konservalar va parfumeriyalar tayyorlashda ishlatiladi. Dukkagi qovurilib istemol qilinadi Yeryong’oq urug’lari qon hosil qilish xususiyatiga ega. Yeryong’oq moyini ishlab chiqarish jarayonida ajratib olinadigan kunjarasining tarkibida 48%oqsil va 8% moy tashkil qilip, chorvachilikda bebaho ozuqa sifatida foydaniladi. Yeryong’oq tugunaklarida azot to’plash xususiyatiga ega bo’lganligi uchun dala ekinlari uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi.

Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati;

1.O’. Pratov, L.Shamsuliyeva, E. Sulaymonov, X.Axunov, K. Ibodov, V. mahmudov, Botanika ( morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika) Toshkeny2010.

2. A.Q. Qayimov, E.T. Berdiyev ‘‘Dendrologiya’’ Toshkent-2012.

3. Botanika (o’quv qo’llanma). Toshkent 2018.

4. Tursunova Gulbahor Sultanova, Komilova Shoira Rafiqova Botanika asoslari ( o’quv qo’llanma). Toshkent 2009.

5. E.T. Berdiyev, SH.F. Gulamxodjayeva ‘‘Manzarali daraxtlarni ko’paytirish’’ Toshkent 2020 .

6.O’zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

7.www. ziyouz.com kutubxonasi.

8.www.FAO stat.fao.Org-2016year.

9.TURSUNOV Donchilik. T., 2009y

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.