YONDOSHUV
Назаров А. А, Усманова М. Н, Рахмат Б. А.
(Тошкент давлат транспорт университети)
Annotatsiya: Maqolada yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yangi yo‘nalish: tadbirkorlik faoliyati turlari va bu yangi faoliyatni baholash, hamda mazkur faoliyatni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: tadbirkorlik, xususiy sektor, yo‘l-transport hodisalari, yo‘l harakati xavfsizligi, soha, avtomototransport vositalari, foto va video.
Annotatsiya: V state privodyatsya vidы predprinimatelskoy deyatelnosti v sfere bezopasnosti dorojnogo dvijeniya o otsenka etoy novoy deyatelnosti, a takje prioritetnыe napravleniya organizatsii dannoy deyatelnosti.
Ключевые слова: предпринимательство, частный сектор, дорожнотранспортные происшествия, безопасность дорожного движения, сфера,автомототранспортные средства, фото и видео.
Annotation: The article describes the types of business activities in the field of road safety and the assessment of these new activities, as well as the priorities for the organization of these activities.
Keywords: business, private sector, traffic accidents, road safety, industry, motor vehicles, photo and video
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash holatini baholovchi ko‘rsatkichlaridan biri – bu yo‘l-transport hodisal (YTH) lari soni va uning oqibatida ijtimoiy va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish, uni tizimli tahlil qilish natijasida asosiy sababini va omillarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish orqali erishish mumkin.
2022-yillarda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalalrini tahlili:
Jami YTH-9 902 ta
O‘lim bilan bog‘liq holat 2 086 ta Jarohat bilan bog‘liq holat 7 816 ta
Jinsi bo‘yicha: Ayol 345 ta, Erkak 9 557 ta
1-rasm. Hodisa sodir etgan haydovchilarning yosh bo‘yicha tahlili
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turubdiki 18-35 yosh oralig‘idagi haydovchliorada orasida YTHlar soni juda ko‘p.
2-rasm. Haydovchilarning tajribasi bo‘yicha
1939 2 226 2101 1433 1258 945
19,50%
22,50% 21,20%
14,50%
12,70%
9,60%
18-25 yosh 25-30 yosh 30-35 yosh 35-40yosh 45-50 yosh 50 yoshdan
yuqori
Ряд1
1 685; 17%
2 210; 22%
2 320; 24%
2 164; 22%
1 523; 15%
1 yilgacha 1-3 yil 3-10 yil 10-20 yil 20 yildan yuqori
3-rasm.Kelib chiqish sabablari
Keltirilgan statistika ma’lumotlar shundan guvohlik beradiki, keyingi yillar davomida sodir bo‘layotgan YTHlar soni kamayib borayotganligi bilan ularning oqibatida yo‘l harakati ishtirokchilarining turli darajada jarohat olayotganlarning sonidan qatiy nazar mavjudligining o‘ziyoq, yo‘l harakati xavfsizligi tadbirlarini turli darajalarda va turli tomondan takomillashtirishni taqoza qiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi turli davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ishlab chiqarish va tadbirkorlik, ommaviy axborot vositalari kabilarni o‘z ichiga oladigan tizim ta’minlashi lozim bo‘ladi. Shakllangan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimidagi holat tahlilidan shunday xulosaga kelish mumkinki, mamlakatimizda mazkur soha bo‘yicha faqat davlat shug‘ullannar edi, boshqa qiziquvchi tashkilotlar esa yo‘llardagi xalokatli darajaga mos bo‘lmagan holatda qisman ishtirok etishar edi.
1 017
1 302
1 154
1 577
1 046
493 299 322 540
piyodalar o'tish joyini tashkil
etilmaganligi
yo'l ikkiga ajratuvchi to'siqlarning
o'rnatilmaganligi
piyodalar harakatini cheklovchi
to'siqlar o'rnatilmaganligi
svetafor va yo'l belgilari
o'rnatilmaganligi
veloyo'laklar yo'lkasi tashkil
etilmaganligi
yo'l qoplamasini nosozligi
belgilangan tezlikka rioya qilmaslik
svetafor va yo'l belgilariga rioya
qilmaslik
haydovchining tajribasizligi
uxlab qolish,charchoq
transport huquqini boshqarish
huquqiga ega bo'lmasdan boshqarish
mast holda boshqarish
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir. Bugungi kunda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o‘sish suratlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan va aholi daromadlarini oshirish xamda ularning bandlik masalalarini hal etishda ham yetakchi o‘rin tutmoqda.
Mamlakatda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shartsharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, davlat tomonidan alohida sohalarni ortiqcha tartibga solish holatlari hanuzgacha mavjudligi xususiy sektorning davlat funksiyalarini amalga oshirishdagi ishtiroki darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Jumladan, davlat funksiyalarini xususiy sektorga berish imkoniyatini o‘rganishga hamda mazkur yo‘nalishda tegishli shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashuvchi tizimning mavjud emasligi davlat organlari tomonidan ushbu masalalarga e’tibor qaratilmayotganligiga olib kelmoqda.Shuning uchun ham
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi PQ-4913- sonli “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining qabul qilinishi ayni muddoa bo‘ldi. Yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilashga shu sohada tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish juda muhim kasb etadi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida qator yo‘nalishlarga ham xususiy sektorni jalb qilishga ruxsat berildi [3].
Qarorga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida 2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi beriladi.Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga bunday joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.Shunga ko‘ra, 2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta statsionar radarlar o‘rnatiladi.
2021 yil 1 apreldan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlar barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi: haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish va baholash inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi;imtihonlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida o‘tkaziladi;imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori tadbirkorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi;maxsus himoyalangan sertifikatlarning barcha zarur rekvizitlari tadbirkor tomonidan davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.
Tadbirkorlar tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha jami 14 ta statsionar shoxobcha o‘rnatiladi.Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 martdan tadbirkorlar avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish huquqiga ega bo‘ladi.Og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.Elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi.
Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.
Shunga ko‘ra, 2021-2022 yillarda respublikada tadbirkorlar tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha jami 14 ta statsionar shoxobchalar o‘rnatiladi. Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berilar ekan, unda tavakkalchilikni baholash ehtiyoji tug‘iladi.
Tavakkalchilik - yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarga karamay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatar tushuniladi. Tavakkalchilik tushunchasi murakkab va ko‘p qirralidir, uni bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Umumiy xolda, xo‘jalik tavakkalchiligi bu inson faoliyatidagi noaniqlik va ziddiyat xolati o‘lchovidir, u xavf-xatar, omadsizlik, yo‘ldan chalg‘ish va zarar ko‘rish bilan tavsiflanadi. Tavakkalchilikka baxo berishda turli statistik, hisob-analitik va ekspert uslublariga asoslangan usullardan foydalanadilar. Statistik usul amaldagi xolatlarda yuz bergan yo‘qotishlar dinamikasini kuzatishga imkon yaratadi va ular asosida zarar ko‘rish extimolligining egri chizigi chiziladi, ѐki tavakkilchilik xarajatlarining miqdor ko‘rsatkichi topiladi. Ekspert usuli ekspert ѐrdamida baholash nomi bilan mashxur. U mutaxassislarni, tajribali ishbilarmonlarni jalb qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar analitik ekspertizani bir necha eksnertlar olib borsa, ularning xar biri tavakkalchilik ehtimoli va yo‘qotish saviyasini o‘zi alohida baholashi kerak. Shundan keyin o‘rtacha miqdorlar hisoblanishi mumkin. Bu ma’lumotlar daromadni yo‘qotish saviyasini ekspertizaviy egri chiziqni ko‘rish uchun ishlatilishi mumkin. Tavakkalchilik faoliyatiniig ko‘rsatkichlarini hisob-analitik baholash uslubida muammoni nazariy asoslash va farazdan namoyish etish asosiy o‘rin tutadi. O‘yin nazariyasi bo‘yicha, tavakkalchilik bir qator o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan o‘lchovlar bilan baholanadi. Tavakkalchilikning amaliy nazariyasi faqat o‘yin biznesida ishlatish maqsadida ishlab chiqarilgan. Xo‘jalik tavakkalchiligini bunday nazariya bo‘yicha baholash usullari amalda faqat bizning davlatda emas, balki xorijda xam tadqiq qilinmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimida tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilikni boshqarishni baholash juda muhimdir. Bunda quyidagicha tarkibda qaralsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
- ijtimoiy va iqtisodiy holatlar tahlilini va tavakkalchilik ehtimolini aniqlash loyihaning ilk bosqichlarida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir;
-eng samarali usullarni aniqlash va tavakkalchilikni pasaytirish texnologiyalari hamda ularning amaliyotga joriy etish;
- yo‘l harakati xavfsizligini faoliyati davomida tavakkalchilik nazoratini olib borish.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida tadbirkorlik faoliyati yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘qitish maqsadida ta’lim sohasiga kengaytirish, avtomobil transporti sanoati tizimiga faol va sust xavfsizligini takomillashtirish maqsadida, ommaviy axborot yo‘l-transport jarohatlanishlari muammolarini ommalashtirish va yo‘l harakati xavfsizligining barcha savollarini axborotlashtirish, hamda sog‘liqni saqlash tizimi yo‘l harakati ishtirokchilarining sog‘ligi va hayotini saqlash maqsadida tashkil etilgan. Demak, yo‘l harakati xavfsizligi sohasi bozori sintetik bozorni tashkil qilishi kerak: transport vositalari bozori, transport xizmatlari bozori, tibbiyot xizmatlari bozori, yo‘l qurilishi bozori, ommaviy axborot bozori, ta’lim tizimi bozori, intelektual transport tizimi bozorlarini o‘z ichiga olishi kerak bo‘ladi.
Адабиётлар:
1. Усманова М.Н. «Математико-статистическое моделирование процессов безопасности дорожного движения. Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук.1991г.
2. Усманова, М. Н. (2020). Подход к решению проблем по обеспечению безопасности дорожного движения. http: // yelib. bsut. By / bitstream / handle / 123456789
3. Усманова М.Н. (2022). Интеграция высшего учебного заведения и предприятия при подготовке специалистов по безопасности движения. Экономика и социум 1-2 (92) 276-28.
4. Усманова, М. Н. (2020). Подход к решению проблем по обеспечению безопасности дорожного движения. http: // yelib. bsut. By /bitstream /handle/123456789 17.
5. Усманова, М. Н., Юлдошев, Д. Ф. (2020). Пути повышения безопасности дорожного движения. Проблемы науки, (2 (50)). dorozhnogodvizheniya.pdf
6. Усманова М.Н., Юсупов А. Методы исследования сотсиалноэкономических факторов, влияющих на труд водителей "Yekonomika i sotsium". - 1, 2022-йил.
7. Усманова М.Н , Абдуразакова Д.А. Упрощение возмещения материалного ущерба, причиненного участникам ДТП. Журнал «Академия» издателство «проблемы науки». -№ 1 (72), 2022, 2022-йил. ИССН 2542-0755
8. Usmanova M.N., Raxmat B.A. Bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishda tashviqot ishlarining o‘rni. Journal of new century innovations 15 (3), 144-147
9. Усманова М.Н., Абдуразакова Д.А. Упрощение возмещения материального ущерба, причиненного участникам ДТП Academy, 24-26.2022
10. Usmanova M.N. Yo‘l-transport hodisalarida yevroprotokolni qo‘llash. Journal of new century innovations 26 (3), 103-106
11. Usmanova M, Turg‘unboev T, Madaminov I. Piyodalarni bosib ketish hodisalari ekspertizasi umumiy uslubiyati. Journal of new century innovations 26 (3), 98.
12. Inatovich, A. B., & Aripovich, N. A. (2018). Ways quality increasing of exploitation of city bus capacity and traffic. European science review, (5-6), 374-376.
13. Nazarov, A. A. (2020). Organizatsiya gorodskogo zakaza na perevozke passajirov v Uzbekistane. «Aktualnыe voprosы sovershenstvovaniya texnicheskoy ekspluatatsii mobilnoy texniki» (pp. 236-240).
14. A.Nazarov, A.Ustabaev, A.Nazarov Method of determination of public passenger transport interval for "critical situations" Har. Edu.a.sci.rev. 0362-8027
15. A.Nazarov, A.Ustabaev, A.Nazarov Selection of rational order of buses in traffic routes Har. Edu.a.sci.rev. 0362-8027 Vol.2. Issue 1 Pages 14-19. 10.5281/zenodo.5908837.
16. Shavkat Alimukhamedov, Anvar Nazarov, Akmal Nazarov, Abdulla Ustabaev Estimation of the interval of movement of public passenger transport in the direction. Cite as: AIP Conference Proceedings 2432, 030055 (2022); https: // doi.org /10.1063/ 5.0090848 Published Online: 16 June 2022.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.