ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING MEHR-MURUVVAT OLAMI

Abstract

Mazkur maqola Zahiriddin Muhammad Boburning yuksak insoniy fazilatlari haqida fikr yuritilgan. Boburning atrofidagilariga bo‘lgan mehr-shavqati, ularning insoniyligini qadrlashi va himmat-saxovat ko‘rsatishi haqida tarixiy mabalari asosida ma’lumotlar keltirilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING MEHR-MURUVVAT OLAMI

TDSHU Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Muradova Husniya Akmal qizi

Ilmiy rahbar: I.B.Xudaynazarov

+99888 804 26 46

Annotatsiya: Mazkur maqola Zahiriddin Muhammad Boburning yuksak insoniy fazilatlari haqida fikr yuritilgan. Boburning atrofidagilariga bo‘lgan mehrshavqati, ularning insoniyligini qadrlashi va himmat-saxovat ko‘rsatishi haqida tarixiy mabalari asosida ma’lumotlar keltirilgan.

Аннотация: Данная статья размышляет о высоких человеческих качествах Бабура. Приводится сведения о доброте Бабура к окружающим, его высокой оценке их гуманности и великодушия.

Abstract: This article reflects on Babur's high human qualities. Information is given about Babur's kindness to those around him, his appreciation of their humanity and generosity.

“Yaxshi kishilarni yaratgan yaxshi insonlar bilan siylaydi”

Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk siymo, davlat arbobi, mehribon ota, mahoratli shoir, tarixchi olim, adabiyotning yorqin yulduzi, xalqparvar hukumdor hisoblanadi. Buyuk Boburiylar sulolasi asoschisi 1483-yilning 14-fevralida Temuriylar avlodidan bo‘lgan, Farg‘ona hukumdori Umar Shayx Mirzo oilasida, Andijon shahrida tavallud topgan. Sultonning otasi Umar Shayx Mirzo, Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzoga evara hisoblanadi. Onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hukumdori Yunusxonning ikkinchi qizi hisoblanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur hali bola chog‘laridayoq davlat boshqarish vazifasini olishga majbur bo‘ldi.Ya’ni otasi Umar Shayx Mirzo 1494-yilning 9-iyunida baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgach, 12-yoshli Bobur otasining o‘rniga Farg‘ona viloyatining hukumdori sifatida taxtga chiqdi. Lekin bu davrda butun mamlakat bo‘ylab tarqoqliklar avj olgan va har bir viloyat hokimlari alohida mustaqil davlat bo‘lishga harakat qilayotgan bir paytda yuz berdi. Davlat mustaqilligini saqlab qolish uchun buyuk sarkarda hayotining mashaqqatli, sertashvish va suronli yillari boshlandi. Uning orzusi butun Movaraunnahrni birlashtirib, bobokaloni Amir Temur davlatini birlashtirib, qayta tiklash edi. U yosh bo‘lishiga qaramasdan ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Ba’zida ulkan saltanat sohibi va adolatli hukumdor, ba’zida mag‘lub yoki g‘olib sarkarda sifatida ko‘rishimiz mumkin. Shunday bo‘lsada hayot yo‘llarida mardanovar jang qildi. Ota yurtidan ketishga majbur bo‘lgan bo‘lsada, Xindistonda katta hududlarni o‘z ichiga olgan ulkan saltanat-bobuburiylar saltanatiga asos soldi.

Zahiriddin Muhammad Boburning mehr-muruvvat olami, insonlarga bo‘lgan mehri, shavqati, saxiyligi, saxovati, himmati borasida ko‘plab tarixchilar, sharqshunos olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Jumladan: G‘arb sharqshunos olimi Vilyam Erskin saxovatli hukumdorning insonlar bilan bo‘lgan munosabatini quyidagicha sharhlaydi: “Saxovati va mardligi, istedodi, ilm fan va san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshoxlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi1.” Bobur yoshligidan temuriy shahzoda sifatida katta e’tibor bilan tarbiyalangan. Qalbida ayrim hukumdorlarda uchraydigan manmanlik kabi tuyg‘ularga o‘rin bo‘lmagan. Buni uning oddiy insonlar bilan, ilm ahli bilan, o‘z yaqinlari, askarlari bilan bo‘lgan munosabatida ko‘rishimiz mumkin.

Tarixiy ma’lumotlarda aytilishicha Bobur Afg‘oniston hukumdori bo‘lib turgan bir paytda mamlakatda kelib chiqqan isyon xavfi kelib chiqadi. Bu xavfni bostirish uchun qish fasli bo‘lishiga qaramasdan Hindikush tog‘laridan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holatda yo‘llarni qor bosib qolganligi sababli yo‘l ochish mashaqqatiga duchor bo‘lishadi. Bobur ushbu vaziyatda hukumdor sifatida faqat buyruq berib kuzatib turmasdan, askarlari bilan tengma-teng ravishda yo‘l ochish ishlarida harakat qilgan. Boburning bag‘rikengligi, mehr-shavqati, ota-onasiga, farzanlariga, fuqorolariyu, lashkariga nisbatan muruvvati tahsinga sazovordir. ”Bobur sadoqatli o‘g‘il, mehribon ota, sodiq do‘st, vafodor er va g‘amxo‘r qarindosh edi,-deb yozadi L.P.Sharma,-Bobur qarindosh-urug‘laridan mehr-muruvvatini ayamas, do‘stlarining tashvishlariga hamdardlik qilar va quvonchlariga sherik bo‘lar, xotinlari bir necha bo‘lishiga qarasdan ularning barchasiga bir xil munosabatda bo‘lar va bir xil izzat ikrom ko‘rsatardi, o‘g‘illarining hammasiga birdek mehr bilan qarar edi2.” Yoshligidanoq o‘tkir zehni, yuksak insoniy xislatlari bilan ajralib turgan yosh shoirning volidasi Qutlug‘nigorxonimga va opasi Xonzoda begimga nisbatan bo‘lgan otashin mehri cheksiz hurmati misolida ayyollarga nisbatan izzat-ikromini ko‘rsatadi.”Tarixiy 1 Qudratullayev H. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi.-“Sharq” Toshkent. 2011. 328-b. 2 H.Qudratullayev. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi.-“Sharq” Toshkent. 2011.130-b. Rashidiy” asarining muallifi Mirzo Muhammad Haydarning yozishicha Bobur yoshligidanoq “son-sanoqsiz yaxshi fazilatlarga ega edi, dovyuraklik va vallomatlikda hammaning orasida ajralib turar edi3. Zahiriddin Muhammad Boburning ota sifatida farzandlariga mehri va umir yo‘ldosh sifatida xotinlariga hurmati yuqori edi. Boburning jami yettita ayoli va o‘n sakkiz nafar farzandi bo‘lgan. Bular: Birinchi ayoli Oisha sulton begim bilan nikohidan Faxriniso begim (chaqoloqligida vafot etgan) ismli farzandi bo‘lgan. Ikkinch ayoli Zaynab Sulton begim nikohidan farzandli bo‘lishmaydi.Uchinchi malika Moxim begim nikohidan Humoyun Mirzo,Borbul Mirzo,Mexr Jahon Begim,Eshon Davlat begim, Foruq Mirzo ismli farzanlari bo‘lgan.Ulardan faqat Humoyun Mirzogina yashab qolgan. Kamron Mirzo,Askariy Mirzo,Shoxruh Mirzo,Sulton Ahmad Mirzo ,Gulzorbegim ismli farzandlarining onasi Gulruh begim bo‘lgan. Ulardan Kamron Mirzo va Askariy Mirzolardan boshqalari yoshligida vafot etgan. To‘rtinchi malika Dildor begim bilan nikohidan Gulrang begim,Gulchehra begim,Hindol Mirzo,Gulbadan begim va Olamur Mirzolar bo‘lgan. Gulbadan begim va Hindol Mirzolargina yashab qoladi. Oltinchi ayoli Masuma begim nikohidan Masuma sulton begim ismli farzandi bo‘lgan. Yettinchi ayoli Mexri begim bo ‘lib undan Mexrjon begim ismli qizi bo‘lgan. Mehribon ota farzandlarini birdek sevib ularni birdek ardoqlagan.Buni ushbu to‘rtlikda ham ko‘rishimiz mumkin.

Dinu donishda har kun afzal bo‘l,

Davlatu baxt ila Humoyun bo‘l

Kamron,bo‘l ,jahonda davlat ko‘r

Yuz tuman obro‘-yu izzat ko‘r .

Buyuk hukumdor saltanatni boshqarish va davlat ishlaridan ko‘ra adabiy muhitni yoqtirar edi. Hayotining so‘ngi yillarida taxtni o‘g‘li Humoyunga topshirib siyosiy hayotdan ko‘ra adabiyot olamida umrini o‘tkazmoqchi bo‘ladi.Ammo saroy ahli bunga qarshilik qilishadi. Shunday kezlarda Sunbul hokimligini boshqarayotgan o‘g‘li Humoyunning og‘ir betobligi haqida mash’um xabar keltirishadilar. Humoyun saroyga keltirilgach ahvoli og‘irlashishda davom etaveradi. Farzandiga bo‘lgan cheksiz mehr xoh u shoh bo‘lsin xoh u gado bo‘lsin bir biridan farqlanmaydi. Mehribon ota o‘g‘lining betobligiga chiday olmaydi va Humoyunning atrofida aylanib, bosh tomoniga o‘tirib “Hudoyo agar jon o‘rniga jon berish mumkin bo‘lsa, 3 Z.Mashrabov,S.Shokarimov.Asrlarni bo‘ylagan Bobur.-“Yozuvchi”Toshkent,1997.11-b. men borman, umri jonimni Humoyunga bag‘ishlayman” deydi .Yana bir kishini Murtazo Alining mozorlari ziyoratiga yuborib undan ham shu gaplarni aytib duo qilishni aytadi.Shu kunlardan keyin Humoyun Mirzoning ahvoli yaxshilanib, mehribon otaning ahvoli yomonlasha boshlaydi.

Buyuk podshohning yana bir go‘zal xislatlaridan biri kechirimliligi va saxovatliligidir. Bu xislatlaridan o‘rnak olishga arziydi. Saxovatpesha hukumdorning jo‘vmardligi yoshlik chog‘laridan ko‘zga tashlanadi. Masalan hokimdorligining dastlabki yillarida bobosi saltanatini qayta tiklash orzusida Samarqand shahriga bir necha bor yurish qilgan.1497-yil ilk marotaba Samarqand shahrini qo‘lga kiritish jarayonida shahar 7-oy davomida qamal qilinib egallanadi. Bu vaqt mobaynida shahar ahli ochlikdan, suvsizlikdan aziyat chekayotgan edi. Shahar egallangach o‘sha payt urf odatlariga ko‘ra biror shahar yoki davlat egallansa bek-u sarkardalar, askarlar o‘rtasida egallangan hudud aholisidan o‘lja yig‘ish, ularga ma’lum miqdorda mulk belgilanishi kerak edi. Shunday bo‘lsada saxovatpesha hukumdor shaharning talanishiga yo‘l qo‘ymadi. Qiynalgan aholini battar qiynamaydi. Bu xususida Bobur o‘zining “Boburnoma “kitobida shunday yozadi: “Cherik ahlining o‘ljasi tugagandi.Samarqandni olg‘onda Samarqanda andoq xarob erdikim, madad va taqoviga ehtiyoji bor edi4.” O‘zining qo‘shinidagi taminot yaxshi bo‘lmasada, Samarqand ahli uchun ancha vaqtdan beri yoqilmagan tandirlarni yondirib non pishirtirib tarqatiradi. Kechirimlilik hislati unda bolalik chog‘laridan yuqori edi. Jumladan bir necha bor xiyonat qilgan amaldorlarini kechirib, ularga qayta ishonch bildiradi. Bu haqda adolatli podshoh shunday deydi: “Samarqand taxtiga chiqqach men bilan bo‘lganlarni amallariga yarasha tarbiyat va shafqat qildim.”- deydi. Boburning kechirimi, shavqati ham tahsinga sazovor bo‘la oladi. Mohir sarkarda Ibrohim Lo‘diyni yengib Hindistonni egallagach, uning onasi malika Baydaga mehr – shavqat ko‘rsatadi va unga mulklar in’om etadi. Unga siz mening ham onamsiz, meni ham o‘z o‘g‘lingizdek ko‘ring deb aytadi. Saroy amaldorlaiga ham uni hurmat qilishlarini aytadi. Lekin o‘g‘lining qasosi uchun malika unga qilingan yaxshiliklarni unutadi. Saroy xizmatkorlaridan birini ko‘p miqdorda oltin berish evaziga aldab, Boburning ovqatiga zahar qo‘shtiradi. Bobur zahardan omon qolgan bo‘lsada vaqtlar o‘tib o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Yuqorida aytib o‘tilgan shahzoda Humoyunning kasal 4 Z.M.Bobur.”Boburnoma”.-“O‘qituvchi “ Toshkent.2008. bo‘lishi bilan bo‘gliq voqealardan so‘ng Humoyun Mirzoning ahvoli yaxshilanib boradi, lekin Boburning ahvoli yomonlashib boradi. Bu haqda bizga malika Gulbadanbegim o‘zining “Humoyunnoma” asarida ma’lumot beradi. Kasallik ta’siri natijasida buyuk shoh va shoir, mehribon ota, adolatli va sahovatpesha hukumdor, qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur 1530 –yilning 25-dekabirida 47 yoshida bu olamni tark etdi. U qisqa va suronli umri davomida jahon sivilizatsiyasi va tarixida juda ko‘plab asarlari, madaniy va moddiy yodgorliklari bilan o‘chmas iz qoldirdi.

Xulosa qilib aytganda Zahiriddin Muhammad Boburning mehr muruvvati, saxiyligi, insonparvarligi tahsinga sazovardir. Uning kechrimliligi insonlarga o‘rnak bo‘la oladi. Boburning insonparvarligi butun mamlakat bo‘ylab fuqarolarining baxtsaodati, turmush tarzini yaxshilashga harakat qilgani va bu borada ko‘plab qarorlar qabul qilgani, imoratlar, madrasa va masjidlar, saroylar qurdurgani misolida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu hislatlari jihatidan Boburnning shaxsiyati muhim hisoblanadi. Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zi qurgan davlatida fuqarolarini qaram xalq emas, davlatining bir qismi sifatida qaragan. Mamlakatga turli tomonlardan mashhur me’morlarni yig‘ib mamlakat bo‘ylab obodonchilik ishlarini olib bordi. Ko‘plab bog‘lar tashkil ettirdi. Mamlakatda turli xil din vakillari bo‘lishiga qaramay ularga din erkinliklari berdi va bu xususda farzandlariga ham maslahatlar berdi. Vatandan yiroqda bo‘lsada vatanni yodidan chiqarmadi.Movaraunnahrda hukumdorlik qilayotgan sulolalar bilan iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni tikladi.Bobur shaxsiyati tahsinga sazovorligi butun dunyo Boburshunos olimlari tomonidan e’tirof etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. H.Qudratillayev. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi T.:Sharq.2011.

2. Z. Mashrabov, S. Shokarimov. Asrlarni bo‘ylagan Bobur.” Yozuvchi” Toshkent. 1997-176b.

3. Z.M.Bobur.”Boburnoma”.-“O‘qituvchi “ Toshkent.2008.

4. X.Sultonov, R.Farmonov. Boburiyzodalar.”Manaviyat”Toshkent.2003.

5. Fayziyev.T.Bobur vauning avlodlari.”Yozuvchi”Toshkent.1996.

6. Nuriddinov.M.Boburiylar sulolasi.”Fan”Toshkent .1994.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.