ZAMONAVIY IJTIMOIY XIZMATLARNING TENDENSIYALARI
Normamatova Maxsuda Nurmamatovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Sotsiologiya va ijtimoiy ish
kafedrasi professori f.f.d.(DSc)
Annotasiya. Ushbu maqolada raqamlashtirish tushunchasining ma’nosi yoritilgan. Axborotlashgan jamiyatda raqamli jamiyat uning ijtimoiy hayotga ta’siri toʻgʻrisida ilmiy ma’lumot berilgan. Ijtimoiy hayotni bugungi kurinishlari ya’ni raqamli jamiyat, raqamli realliklar ularning bugungi kun ijtimoiy jarayonlarga ta’siri masalasi keng bayon etilgan.
Kalit soʻzlar: raqamlashtirish, bilish, epistemologiya, raqamli reallik, raqamli obraz, axborot.
ТЕНДЕНЦИИ СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНЫХ УСЛУГ
Аннотация. В этой статье объясняется концепция оцифровки. Приводятся научные сведения о влиянии цифрового общества на социальную жизнь в информационном обществе. Подробно описаны сегодняшние взгляды на социальную жизнь, то есть цифровое общество, цифровые реальности и их влияние на сегодняшние социальные процессы.
Ключевые слова: цифровизация, знание, эпистемология, цифровая реальность, цифровой образ, информация.
TRENDS IN MODERN SOCIAL SERVICES
Abstract. This article explains the concept of digitization. Scientific information is provided on the influence of the digital society on social life in the information society. Today's views on social life, that is, digital society, digital realities and their impact on today's social processes are described in detail.
Key words: digitalization, knowledge, epistemology, digital reality, digital image, information.
Mamlakatimizda bugungi kunda aholining turli qatlamlariga yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda amaliy yordam koʻrsatish tizimini virtuallashtirish davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda.“Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-oʻqituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak” [1].
Shu maqsad yoʻlida, rivojlangan mamlakatlarning sinovdan oʻtgan tajribalari asosida ijtimoiy xizmatlar tizimini yangicha mexanizmlarini tashkil etish va mamlakatimizda zamonaviy, ijtimoiy xizmatlarni shakllantirish borasidagi tadqiqotlarga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bundan kelib chiqib, istiqbolli, ijtimoiy xizmatlarini virtuallashtirish qonuniyatlarini nazariy-metodologik tahlil etish obyektiv zaruriyatga aylanmoqda.
Keyingi vaqtlarda shaxsiylashtirilgan xizmat modellari shakllantirilmoqda. Maqsadli internet - marketing, 3D formatda bosib chiqarish va boshqa raqamli texnologiyalar har bir mijozning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishni shaxsiylashtirishga, natijada, resurslarni tejashga yordam beradi, talab va taklifning tuzilishi hamda hajmini muvofiqlashtiradi, aholining turmush darajasi va sifatini oshiradi[2].
Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro ta’sir mavjud. Ishlab chiqaruvchi va oxirgi iste’molchi oʻrtasida vositachilar zanjirini qisqartirish, samarali sanoat va iste’mol kooperasiyasini yaratish "umumiy iqtisodiyot"ning "mulk huquqlari toʻplami" tushunchasining tarqalishi uchun zarur shart -sharoitlar yaratilgan. Tovarlarga birgalikda egalik qilish fenomeni rivojlanmoqda (ayniqsa, texnik jihatdan murakkab va qimmat, masalan, avtomobillar), bu oxirgi foydalanuvchilarning xarajatlarini tubdan kamaytirishi mumkin.
Uni alohida ishtirokchilarining iqtisodiy faolligiga qoʻshgan hissasi ortib bormoqda, kichik va oʻrta biznesning rivojlanishi, moslashuvchan va harakatchan boʻlgani kabi, biznes-jarayonlarda muhim rol oʻynaydi; innovasion startaplarni jadal ragʻbatlantirish amalga oshirilmoqda; "shaxslar iqtisodiyoti" sektori kengaymoqda va iqtisodiyot tuzilmasining oʻsish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, dunyodagi eng koʻp Internet foydalanuvchilari (720 milliondan ortiq kishi) boʻlgan Xitoyning raqamli bozori jahon bozoridan mustaqil ravishda mavjud. Yevropa Ittifoqining 400 milliondan ortiq Internet foydalanuvchilari bor, lekin uning bozori hali ham parchalanib ketgan.
Shu munosabat bilan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari ushbu integratsion uyushma uchun yagona raqamli bozorni yaratish ustida faol ish olib bormoqda. Shunga oʻxshash muammolar alohida mamlakatlar darajasida ham paydo boʻlishi mumkin. Masalan, Hindistonda 460 milliondan ortiq internet foydalanuvchilari bor. Ammo hind raqamli iqtisodiyoti koʻp tilli (undagi moliyaviy operasiyalar bir necha tillarda amalga oshiriladi), bu raqamli bozorning ishlashiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shuni ta’kidlash kerakki, har qanday boshqa keng koʻlamli hodisa singari, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi nafaqat ijobiy natijalar bilan, balki har xil xavf va tahdidlar bilan ham bogʻliq[3].
Bu ta’sirlarning ikkita asosiy manbai bor. Birinchidan, bu raqamli iqtisodiyotga xos boʻlgan va uning texnologik xususiyatlariga asoslangan yangi turdagi xavf va tahdidlarning paydo boʻlishi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyotga oʻtish davrida institusional transformasiya sodir boʻladi, uning oʻzi sabablari va tabiatidan qat’i nazar, barqaror va muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun beqarorlashtiruvchi kuchli omil hisoblanadi[4].
Xulosa qilib aytganda, raqamlashtirish bugungi global jamiyatda dolzarb masala hisoblanadi. Jamiyatni raqamlashtirish orqali fuqarolar davlat organlari faoliyati, qolaversa, virtual xizmat koʻrsatish sifatining bevosita guvohi boʻlish imkoniyatiga ega. Masalan, yagona darcha faoliyati davlat va fuqaro oʻrtasida bevosita raqamli bogʻlanuvchi hisoblanadi. Raqamlashtirish korupsion holatlar va tanish bilish bilan bogʻliq muammolarni oldini oladi.
Adabiyotlar roʻyxati: 1. Mirziyoyev Sh.M. 2021 yil 6 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqi.-Toshkent “Oʻzbekiston ovozi” gazetasi. № 223 (479), 2021 yil 7 noyabr. 2. Бытие: коллективная монография. - Уфа, 2001. –С. 130-152. 3. Нурулин Р.А. Виртуальность как основание бытие бытия. Казань: Изд-во КГУ, 2004. – С. 336. 4. Грязнова Е.В. Виртуальная реальность: анализ смысловых элементов понятия //Философские науки. 2005. №2. -С. 125-143. 5.https://www.pv.uz/uz/news/raqamli-talimga-otishni-pandemiya-jadallashtirdimi
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.