“АНАЛИЗ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ ТРЕБОВАНИЙ, ПРЕДЪЯВЛЯЕМЫХ К
СОВРЕМЕННЫМ РУКОВОДИТЕЛЯМ ШКОЛ”
“ANALYSIS OF MANAGERIAL REQUIREMENTS FOR MODERN SCHOOL
LEADERS”
Isaqov Dilmurod Abduhamitovich
Oriental universiteti Magistratura fakulteti
Ta’lim menejmenti yo‘nalishi magistranti
+998 99 992 24 49
Anontasiya: Maqolada zamonaviy maktab rahbarlariga qo‘yiladigan menejerlik talablari tahlil qilinib, ularning strategik fikrlash, yetakchilik, moliyaviy boshqaruv va professional rivojlanishga e’tibor qaratishi zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, rahbarlarning axloqiy tamoyillarga rioya qilishi va jamoani samarali boshqarishi ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Aннотация: В статье проводится анализ требований к менеджерским качествам современных руководителей школ. Подчеркивается необходимость стратегического мышления, лидерства, финансового управления и постоянного профессионального развития руководителей. Также отмечается важность соблюдения этических норм и эффективного управления коллективом для повышения качества образования.
Annotation: This article analyzes the managerial requirements for modern school principals. It emphasizes the need for strategic thinking, leadership, financial management, and continuous professional development. The importance of adhering to ethical standards and effectively managing the team to improve education quality is also highlighted.
Kalit so‘zlar: menejerlik, ta’lim menejmenti, strategik boshqaruv, innovatsiya, yetakchilik, moliyaviy boshqaruv, kommunikatsiya, professional rivojlanish, axloqiy tamoyillar, jamoani boshqarish.
Ключевые слова: менеджмент, управление образованием, стратегическое управление, инновации, лидерство, финансовое управление, коммуникация, профессиональное развитие, этические принципы, управление коллективом.
Keywords: management, educational management, strategic management, innovation, leadership, financial management, communication, professional development, ethical principles, team management.
KIRISH
Zamonaviy ta’lim tizimining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan maktab rahbarlarining samarali boshqaruviga bog‘liq. Bugungi kunda ta’lim muassasalari nafaqat o‘quv jarayonini tashkil etish, balki ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashish, innovatsiyalarni joriy etish va o‘quvchilar hamda jamoa manfaatlarini birlashtirish kabi murakkab vazifalarni bajarishga majbur.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, zamonaviy maktablar sifatini oshirish va xalqaro standartlarga mos keluvchi ta’lim muassasalarini yaratish asosiy vazifalardan biridir. Shu bois, maktab rahbarlaridan nafaqat an’anaviy boshqaruv ko‘nikmalarini, balki ilg‘or menejerlik usullarini qo‘llay olish, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish va davlat siyosatining ta’lim sohasidagi ustuvorliklarini samarali amalga oshirish talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning pedagog hodimlarga qarata: “Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz. Bu ulkan boylik — aql-zakovat va ilm, bu o‘lmas meros — yaxshi tarbiyadir” [1], — degan iqtibosli so‘zlarrini aytib o‘tishimiz mumkin.
ASOSIY QISM
Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda ta’lim sohasida menejment masalalari haqida kam gapirilgan. Ta’lim muassasalariga ko‘proq mustaqillik berilishi, maktab faoliyatini ta’minlovchi mablag‘larni o‘z holicha boshqarish huquqining berilishi hamda o‘qituvchilarni rag‘batlantirish zarurati rahbarlardan yangi ilm va mahoratlarni egallashni talab etmoqda. Shu tariqa, bugungi kunda O‘zbekiston maktablari tobora ko‘proq bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tashkilotlarga o‘xshash vaziyatga duch kelmoqda. Albatta, bu jarayon maktablarning o‘ziga xos jihatlarini saqlagan holda kechmoqda: zamonaviy ta’lim muassasalarini boshqarish sohasidagi turli muammolar endi maktab rahbarligining mas’uliyat doirasiga ham kirib kelmoqda.
Bunday murakkab va o‘zgaruvchan sharoitda maktab rahbarining o‘rni yanada muhimlashib, u nafaqat ma’muriy boshqaruvni amalga oshiruvchi, balki ta’lim jarayonining sifatini ta’minlovchi yetakchi sifatida yuzaga chiqmoqda. Rahbarning ilmiy va amaliy jihatdan doimiy rivojlanishi, innovatsion boshqaruv uslublarini qo‘llashi, hamda ta’lim jamoasi a’zolarini bir maqsad yo‘lida birlashtirish qobiliyati muassasaning farovonligi va o‘quvchilarning barkamolligi uchun poydevor bo‘ladi. Shu sababli, zamonaviy ta’lim muassasalarining barqaror rivoji uchun maktab rahbarlarini yuqori malakali, zamonaviy menejerlik bilimlariga ega shaxslar sifatida tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.
Har qanday muassasaning barqaror muvaffaqiyati uning daromad yoki zarar qilishi, rivojlanishi, farovonligi yoki inqirozi butunlay rahbari – ya’ni menejerining malaka, kasbiy mahorat va samaradorligiga bog‘liqdir. So‘nggi yillarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar, ayniqsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktab direktorlariga moliyaviy taqsimot va o‘quvchilarning yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarini rag‘batlantirish bo‘yicha keng vakolatlar berishi, maktab rahbariyatini samarali boshqaruvning yangi usullarini izlashga undadi [2-20 b.].
Bundan tashqari, maktabdan tashqari tadbirlarni qo‘shimcha moliyalashtirish masalasi ham dolzarb muammo sifatida yuzaga keldi. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatdiki, rahbar endi faollik ko‘rsatib, qarorlar uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, yuqoridan ko‘rsatmalar yoki direktivalarni kutmasdan mustaqil harakat qilishi talab qilinadi. Afsuski, ko‘plab maktab rahbarlari bunday sharoitlarga tayyor emas edi va o‘quv muassasalari yangi shart-sharoitlarga tezda moslashishda qiyinchiliklarga duch keldi.
Zamonaviy jamiyatda ta’lim sohasining o‘zgaruvchanligi va murakkabligi sababli, maktab rahbarlari o‘z oldilariga qo‘yiladigan talablarni doimiy ravishda yangilab borishlari zarur. Yangi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarda, xususan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida, ta’lim muassasalarining mustaqilligi oshib, rahbarlarning mas’uliyati yanada kengaymoqda.
Birinchidan, rahbarlardan innovatsion menejerlik yondashuvlarini qo‘llash talab etiladi. Ular o‘z maktablarini nafaqat mavjud sharoitlarga moslashtiribgina qolmasdan, balki yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishda faol bo‘lishlari lozim. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy me’yorlarga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi [3-112 b.].
Ikkinchidan, rahbarlarning iqtisodiy bilimlari va moliyaviy boshqaruv ko‘nikmalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab faoliyatini samarali moliyalashtirish, mablag‘larni oqilona taqsimlash, grant va subsidiya imkoniyatlaridan foydalanish orqali ta’lim muassasasining barqarorligini ta’minlash zarur. Shuningdek, rahbarlar qo‘shimcha daromad manbalarini topish, maktabdan tashqari tadbirlarni moliyalashtirish masalalarida ham faollik ko‘rsatishi talab qilinadi.
Uchinchidan, rahbarlarning jamoani boshqarish va ijtimoiy ko‘nikmalari juda muhimdir. Ular o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatish, jamoaviy ruhni shakllantirish, konfliktlarni bartaraf etish va barcha manfaatdor tomonlarning fikrini hisobga olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak. Zamonaviy rahbar o‘z jamoasining ruhiy va professional holatini doimiy nazorat qilib boradi va ularni rag‘batlantirishda yetakchi rol o‘ynaydi.
To‘rtinchidan, maktab rahbarlari o‘z faoliyatlarida axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilishlari shart. Ta’lim muassasasining obro‘sini saqlash, adolat va shaffoflik tamoyillarini amalga oshirish, o‘quvchilar va xodimlar huquqlarini himoya qilish ularning asosiy vazifalaridan biridir.
Bundan tashqari, zamonaviy rahbarlardan o‘z ustida doimiy ishlash, malakasini oshirish va yangi bilimlarni egallashga intilish kutiladi. Ta’lim tizimidagi yangiliklar, davlat siyosati hamda xalqaro standartlar bilan hamqadam bo‘lish, professional seminarlar, treninglar va konferensiyalarda faol ishtirok etish orqali rahbar o‘zining menejerlik salohiyatini oshirishi kerak.
XULOSA
Zamonaviy maktab rahbarlariga qo‘yiladigan menejerlik talablarining o‘sib borayotgan murakkabligi va kengayib borayotgan spektri ta’lim muassasalarining sifatli va barqaror faoliyatini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Bugungi kunda maktab rahbarlari nafaqat boshqaruv ishlarini samarali tashkil etuvchi, balki strategik fikrlashga ega yetakchilar sifatida o‘z jamoasini yangi yuksakliklarga yetaklashga majburdir.
Yangi O‘zbekiston sharoitida maktablar iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘lib, rahbarlardan innovatsion yondashuvlar, moliyaviy bilimlar va ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etilmoqda. Bu esa ularning mas’uliyatini yanada oshiradi, rahbarlarni doimiy o‘z ustida ishlash, zamonaviy menejerlik uslublarini qo‘llashga undaydi. Shuningdek, maktab rahbarining axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilishi, jamoaviy ruhni shakllantirish va barcha manfaatdor tomonlar bilan samarali muloqot qilish qobiliyati muassasaning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlaydi. Menejerlik talablarining zamonaviy talablarga mosligi ta’lim jarayonining har tomonlama rivojlanishini ta’minlab, yosh avlodni xalqaro miqyosda raqobatbardosh yetuk kadrlar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Shu bois, ta’lim tizimida maktab rahbarlarini tayyorlash va ularning professional rivojlanishini doimiy ta’minlash, zamonaviy menejerlik bilimlari va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlarini rag‘batlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Faol va malakali rahbarning mavjudligi mamlakatimiz ta’lim sohasining yuksalishiga, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining amalga oshishiga katta hissa qo‘shadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’im to‘g‘risida”gi Qonuni O‘RQ-637-son 23.09.2020 yil 2. О‘zbekistоn Resрublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Davlat
umumiy о‘rta ta’lim muassasalari direktоri lavоzimiga nоmzоdlarni menejerlik о‘quv
kurslarida о‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi tо‘g‘risidagi nizоmni
tasdiqlash haqida”gi 681-sоnli Qarоri. httрs://lex.uz/mact/-6705811 3. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni 1 oktabrda
nishonlanadigan kasb bayrami ishtiroki nutqidan. 30.09.2021. 4. Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 5. R.X.Djurayev, S.T.Turg‘unov., “Ta’lim menejmenti”, O‘quv qo‘llanma - Toshkent,
“Voris-Nashriyot”., 2006, 6. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: Fan, 2006. 7. McGregor D. The Human Side of Enterprise. N. Y., McGraw-Hill, 1960. 8. Ушева М. Н. Стратегия успеха современного школьного директора-менеджера.
Образование и наука. 2010. № 4 (72). 9. Le Boeuf M. The Greatest Managment Principle in the World. N. Y., G. P. Putman’s
Sons, 1985.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.